Taktik rejalashtirishning roli va urni




Download 1,13 Mb.
bet35/109
Sana21.12.2023
Hajmi1,13 Mb.
#125699
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   109
Bog'liq
portal.guldu.uz-M A R K E T I N G

6.2.Taktik rejalashtirishning roli va urni

Korxonaning taktik rejasi strategik rejasining bir qismi bo’lib, unga qo’yilgan maqsadlarga erishishning vositalari, usullari aniqlanadi. Agar strategik rejalashtirishni asosiy mezoni uzok muddatlilik hisoblansa, unda marketingni taktik rejalashtirishda o’rta muddatli strategik chora-tadbirlar amalga oshiriladi. Marketingni operativ rejalashtirishning mezoni bo’lib qisqa muddatlilik hisoblanadi. Taktik rejalarda umumiy sotish rejasi, xar bir tovar guruxi bo’yicha ta’minot va sotish rejasi, daromadlar rejasi, xarajatlar rejasi, foyda rejasi, savdo uchun zarur jixozlar, asbob-uskunalar bilan ta’minlanish rejasi, bozorning hozirgi holatiga baxo berish, korxona imkoniyatlari va xavf-xatarlari ifodalanadi.


Taktik rejalarda o’tgan yildagi ko’rsatkichlardan , jumladan korxonaning tovar oboroti ko’rsatkichidan o’sish, ustunlikqa ega bo’lish mo’ljallansa, bu o’sishga imkon beruvchi vositalar (xususan, sotishni rag’batlantirish, reklama va boshqalar) ham keltiriladi. Bozordagi sotiladigan tovarlar xaridori , asosiy segmenti, iste’molchilarning zarurati, raqobatchilar va mol taqsimoti yo’llari ko’rsatib beriladi.
Ayniqsa korxonani faoliyat davomida kutayotgan xavf-xatarini bilish, imkoniyatlarini aniqlash muhimdir. Korxona raxbariyati bularni doim diqqat markazida saqlashi va xavf xatarning salbiy ta’siri oldini olish choralarini izlashi kerak.
Tovarni sotish imkoniyatlarida avvalo korxonaning bozordagi tovari ulushi, raqobatchilar o’rtasidagi mavqei hisobga olinadi. Agar korxona tovarining sotilish hajmi oshayotgan bo’lsa, bu yoki umumiy iqtisodiy holatning yaxshilanishi hisobiga (bunda barcha firmalar oboroti oshadi) yoki raqobatchilariga nisbatan korxona faoliyatining takomillashgani hisobiga bo’lishi mumkin. Raxbariyat korxonaning bozordagi ulushi o’zgarishini muntazam ravishda nazorat qilib borishi kerak. Agar bu ulush oshib borsa, korxonaning raqobat qobiliyati kuchayganini bildiradi, va aksincha.
Korxona raxbariyati, menedjeri mijozlar munosabatiga, ularning o’zgaruvchan ehtiyojiga ehtiyotkorlik bilan qarashi, ularni yo’qotmaslikqa yo’naltirilgan tadbirlar ishlab chiqishi va hayotga tadbiq etish yo’llarini belgilashi kerak. Bu boradagi axborotlar mijozlarning imkoniyati yoki takliflari orqali fikrlari yoki maxsus to’latiladigan so’rovnomalar yordamida to’planadi.
Bozor talabi asosidagi joriy ko’rsatkichlar mo’ljallangan reja ko’rsatkichlaridan keskin farq qila boshlasa, mo’ljallangan rejaga tuzatishlar kiritiladi.

Download 1,13 Mb.
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   109




Download 1,13 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Taktik rejalashtirishning roli va urni

Download 1,13 Mb.