• “iste’molchini tahlil etish”
  • VIII - BOB. Bozor segmentatsiyasi va xaridorlar turlari




    Download 1,13 Mb.
    bet43/109
    Sana21.12.2023
    Hajmi1,13 Mb.
    #125699
    1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   109
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-M A R K E T I N G

    VIII - BOB. Bozor segmentatsiyasi va xaridorlar turlari


    8.1. Bozor segmentatsiyasining mohiyati va uning ahamiyati

    Marketingni boshqaruv tizimida bozor segmentatsiyasi muhim ahamiyatga ega va bozorda talabni o’rganish yoki marketologlar atamasi bilan aytganda “iste’molchini tahlil etish”- bozorlar holatini tahlil etishdagi birinchi bosqich hisoblanadi. U uch tarkibiy qismga bo’linadi: bozor segmentatsiyasi; iste’molchi talabi sabablarini o’rganish; qondirilmagan ehtiyojlarni aniqlash.1 Bozor segmentatsiyasi talabni qondirishga tabaqalangan holda yondashuvga , tovarlarning turi, sifati va miqdoriga ko’ra xar xil talab qo’yadigan iste’molchilarni guruhlarga ajratishda turli mezonlar qo’llashga asoslanadi, ya’ni bozor bir jinsli xodisa tarzida emas , balki ayrim-ayrim segmentlar majmui tarzida , xar bir segment doirasida alohida o’ziga xos bir talab namoyon bo’ladigan hodisa tarzida olib qaraladi.


    Bozorda xaridorlarning ma’lum bir tovarga bo’lgan talablari xilma-xildir, xar bir xaridorning o’zini didi bor. Xaridorning talabi, hohishi, ehtiyoji, turmush tarzi, tovar sotib olishdagi hulq-atvori haqidagi ma’lumotlar samarali marketing tadbirlari ishlab chiqish va amalga oshirish imkoniyatlarini vujudga keltiradi. Ya’ni bozor segmentatsiyasi xaridorlarning talabiga muvofiq tovarni taklif etilishini va tovarga talabni qat’iyligini ta’minlaydi.
    Demak, xaridorlarning tovarlarni sotib olishdagi xulk-atvorlari, talabi va tovarlarga munosabatidagi xususiyatlariga qarab, guruxlarga ajratishni bozor segmentatsiyasi deyiladi.
    Segmentlarga ajratish mezonlarini tanlash ko’p jihatlardan tovar yoki xizmatning turiga, shuningdek korxona bozor faoliyatida hal qilmoqchi bo’lgan masalaga bog’liq.
    Sanoat tovarlari va keng iste’mol tovarlari uchun tanlov mezonlari bir-biridan juda keskin farq qiladi. Rejalashtirish ehtiyojlariga juda mos keladigan maqbul mezon tovarni bozorda joylashtirish masalalariga umuman to’g’ri kelmasligi mumkin. Mabodo muayyan mezon xaridorlar o’rtasida paydo bo’lgan farqlarni izoxlab berishga imkon bermasa, unda boshqa mezonni kiritish va to bu farqlarni ravshan aniqlashga qadar tadqiqotlarni davom ettirish lozim.
    Segmentlashning asosiy maqsadi bozordagi xatti-harakatlarni o’rganib, ularning obrazini (modelini) va kelajakdagi ehtiyoj talablarni tasavvur qilishdan iborat. Hozirgi raqobatda yutib chiqishning asosiy sharti yangi, yuqori sifatli tovar va kompleks servis Tehnika xizmatlarni hamda samarali sotish usullarini qo’llashdan iborat bo’lib qoldi. Ana shu talablar asosida marketing tadqiqotlarining ustuvor turi iste’molchilarni o’rganish navbatida bozorni segmentlashdan boshlanadi, chunki bozor bir xil sub’ektlardan tashkil topgan emas.

    Download 1,13 Mb.
    1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   109




    Download 1,13 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    VIII - BOB. Bozor segmentatsiyasi va xaridorlar turlari

    Download 1,13 Mb.