Bozor kon’yunkturasi holati va kelgusida rivojlanish ko’rsatkichlari hamda baholash uslublari




Download 1,13 Mb.
bet39/109
Sana21.12.2023
Hajmi1,13 Mb.
#125699
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   109
Bog'liq
portal.guldu.uz-M A R K E T I N G

7.2.Bozor kon’yunkturasi holati va kelgusida rivojlanish ko’rsatkichlari hamda baholash uslublari

Kon’yunktura tahlili o’z ichiga ishlab chiqarish va iste’molning hajmi, tarkibi, bir tovarning boshqasining o’rnini egalay olish imkoniyati, tovar zaxiralari, narxning o’zgarishi, reklama xizmati, bozor ishtirokchilarining o’rganishni oladi. Bozor konyu’nkturasini muntazam ravishda o’rganib borish savdo faoliyatini muvaffaqiyatli yakuniga imkon beradi. Xar davrda bozor kon’yunkturasi qaysi tovar chiqarishni ko’paytirish, qaysi tovarga talabning qamayishi haqida aniq ma’lumotlar beradi. Bu ma’lumotlar ishlab chiqarish firmasi uchun ham savdo firmasi uchun ham zarurdir. Bozor kon’yunkturasi bozorda muvozanatni mavjudligi yoki buzilganligi bilan xarakterlanadi. Shunga ko’ra bozor kon’yunkturasi ijobiy va salbiy, qulay va noqulay bo’lishi mumkin.


Bozor kon’yunkturasi ayrim tovar ishlab chiqaruvchilar miqyosiga va sotib oluvchilarning xarid qobiliyatiga bog’liqdir, narx- navoga, modaning o’zgarishiga qarab har xil bo’ladi. Bozorning kelajakdagi holatini ishlab chiqarishning Tehnikaviy ahvoli, unga sarflangan qo’shimcha resurslar, ularning qaytarib berish muddatlari, tovar zaxiralari dinamiqasi, eksport va import, shuningdek narx - navodagi o’zgarishlar yo’nalishiga qarab aniqlash mumkin. Bu bilan tovar taklifi o’rganiladi.
Investitsiya summasi va tuzilishiga, mexnat predmetiga bo’lgan talab va korxona, tashkilotlar pul sarfining yo’nalishiga qarab, shuningdek aholi xarid qobiliyatining, uning tovarlar bilan ta’minlanishini darajasini hisobga olib talab o’rganiladi.
Uzoq muddatli o’sish imkoniyalarini aniqlash va kon’yunktura tahlili bir -biri bilan bog’liq va u bir-birini to’ldira boradi.
Sifatli tahlil qilish uchun to’plangan ma’lumotlarni uchta guruxga bo’linadi:
-o’tgan davr kon’yunktura ma’lumotlari;
-tadqiq kilinayotgan davr kon’yunktura ma’lumotlari;
-kelgusidagi kon’yunkturaga ta’sir etuvchi ma’lumotlar.
Kon’yunkturani tahlil qilish shakli bo’lib, kon’yunktura sharxi bo’lib hisoblanadi.
Kon’yunkturani tahlil qilish savollariga o’tishdan avval kon’yunkturani ko’rsatkichlar tizimini ko’rib chiqish darkor.
Ko’rsatkichlar shartli ravishda makro va mikro ko’rsatkichlarga bo’linadi. Makroko’rsatkichlarga-umumxo’jalik kon’yunkturasini tavsiflovchi ko’rsatkichlar: yalpi milliy mahsulot, yalpi milliy daromad, ishlab chiqarish ko’rsatkichlari, tovar aylanmasi ko’rsatkichlari, pul muomalasi ko’rsatkichlari, iste’mol ko’rsatkichlari kiradi. Mikroko’rsatkichlarga esa aloxida tovarlar bozorini tavsiflovchi ko’rsatkichlar kiradi: ishlab chiqarish ko’rsatkichlari, mahsulot sotilishi va iste’moli, narx dinamiqasi va xokozolar.
Umumxujalik kon’yunkturaning tahlilini izlanishni maqsadiga ko’ra ikkita yo’l bilan olib borish mumkin:1

  1. Agar ma’lum bir vaqtning ichida kon’yunkturaning rivojlanish tendentsiyalari va sur’atlarini bilib olish masalasi quyilgan bo’lsa, u holda kon’yunktura tahlili shu vaqtning ichida uning dinamiqasini o’rganish yo’li bilan olib boriladi,

  2. Agar eng oxirgi sanaga kon’yunktura holatini aniqlash masalasi quyilgan bo’lsa, u holda, iqtisodiy tsiklning fazasini va faza ichidagi misol tariqasidagi joyini aniqlash yo’li bilan olib boriladi. Shuni e’tiborga olish kerakki, kon’yunktura tahlili va uzoq tendentsiyalarning rivojlanishini aniqlash o’zora bog’liq va bir - birini to’ldiradi.

Kon’yunktura tahlili jamiyatning xo’jalik xayotining qiyinligini hisobga olmagan holda u yoki bu qarashlarni tasdiqlaydigan o’zboshimchalik bilan tanlangan omillar va statistiktik ma’lumotlarga yondoshib emas, balki bir-biriga qarama-qarshi xodisalarning yig’indisiga yondashish kerak. Kon’yunktura tahlilining shakli bu kon’yunktura sharxi va ma’lumotnomasidir.
Mahsulotni ishlab chiqarishni belgilanganligiga qarab, mahsulotni absolyut birligi o’lchovlarida ishlab chiqarib, ishlab chiqarish davrini davomiyligi, iste’molchilar doirasi tezroq yoki sekinroq kon’yunkturani o’zgarishini aks ettiradi.
Ba’zi tarmoqlar, masalan qora metallurgiya, xavo va suv transporti,kurilish belgilangan iste’molchilar uchun oldindan buyurtma qilish tizimi bo’yicha ishlaydilar. Boshqalar esa, ya’ni avtomobil , radioelektron va shu kabilar qisqa muddat ichida ishlab chiqariladi va bozorda noma’lum iste’molchilarga sotiladi. Uzoq muddatli tovarlarni ishlab chiqarishni qisqarishi yoki o’z ishi natijasida ishlab chiqarish konyunkturasini yaxshilash yoki yomonlash aniq ko’rsatkichi bo’lib hisoblanmaydi. Chunki katta buyurtma portfelining kattaligi yoki shunday tarmoqlarda uning yo’qligi mahsulot ishlab chiqarish dinamiqasining iqtisodiy tsiklning dinamiqasidan rad etadi.

Download 1,13 Mb.
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   109




Download 1,13 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bozor kon’yunkturasi holati va kelgusida rivojlanish ko’rsatkichlari hamda baholash uslublari

Download 1,13 Mb.