Marketing nazorati va uning turlari




Download 1,13 Mb.
bet36/109
Sana21.12.2023
Hajmi1,13 Mb.
#125699
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   109
Bog'liq
portal.guldu.uz-M A R K E T I N G

6.3.Marketing nazorati va uning turlari
Marketing nazoratining maqsadlari quyidagilardan iborat:
-maqsadga erishish darajasini belgilash,
-yahshilanish imkoniyatini aniqlash,
-korxona moslashuvchanligini talab qilingan atrof-muhit o’zgarishlariga qanchalik mos kelishini aniqlash va xoqazolar.
Marketing faoliyatini nazorati mahsulotlarni sotish ustidan nazorat qilish, sotish imkoniyatlarini tahlil qilish, tadbirkorlik faoliyatini nazorat qilish, marketing xarajatlarini tahlil qilish, taktik va strategik nazorat va marketing taftishini nazarda tutadi.
Rentabellikni nazorat qilish, xaqiqiy sotish va ular tendentsiyalarini rejalashtirilgan ko’rsatkichlari bilan taqqoslashda hisobga olish yo’li bilan amalga oshiriladi.
Marketingda nazoratni uch turi farqlanadi:1

  1. Yillik rejani bajarilishini nazorat qilish;

  2. Foydadorlikni nazorat qilish;

  3. Strategik nazorat .

Yillik rejani nazorat qilishdan maqsad mo’ljallangan natijalarga erishishga ishonishdir. Bunda sotish imkoniyatlari tahlili, bozordagi hissa tahlili, marketing xarajatlari bilan mahsulot sotish o’rtasidagi nisbiy tahlillar, mijozlarning munosabatini kuzatish kabi nazorat usullaridan keng foydalaniladi.
Foydani nazorat qilishni maqsadi firma nima hisobiga daromad topayotganligini va qaysi o’rinlarda uni yo’qotayotganligini aniqlashdan iborat.
Foydalilikni nazorat qilish va marketing xarajatlarini tahlil qilish aloxida tovarlar, ularning assortiment guruxlari, bozor segmentlari, xududlari, savdo kanallari, reklama vositalari, savdo hodimlari va boshqalar bo’yicha amalga oshiriladi.
Marketingni strategik nazorati va tahlili korxona ishlab chiqarish-sotish va ilmiy-texnik faoliyati rivojlanishning asosiy kiyinchiliklari va istiqlolini aniqlash maqsadida asosiy vazifalar, strategiyalarini chamalaydi. Marketing taftishi o’z ichiga marketing makro va mikro marketing muhiti marketing xizmatlarini faoliyat yuritish samaradorligini tahlilini hamda marketing siyosati, tovar, narx, reklama xodimlarini oladi.
Strategik nazoratning maqsadi esa xaqiqatdan ham firma o’zidagi marketing imkoniyatlarining eng yaxshilaridan foydalanayaptimi yoki yo’qmi eqanligi aniqlanadi.
Marketing taktikasi strategiyasidan farq qilgan holda bosh maqsadda firma mahsulotiga bo’lgan iste’molchilar talabini shakllantirish va qondirish tamoyillarini hamda kon’yunktura sharoitlarini ifodalaydi. Marketing taktikasi ma’lum bir muddatdagi aniq tovar nomenklaturasi bo’yicha hamda aniq bozorda firma maqsadlarini ishlab chiqish va amalga oshirish bilan bog’liqdir.
U kon’yunktura va xaqiqiy bozor holati dinamiqasini hisobga olish, shuningdek marketing strategiyasi asosida shakllanadi. Marketing taktikasini vazifasi korxonada marketing faoliyatini tashkil etishni joriy vazifalari bilan qisman bog’liqdir. Marketing taktikasi firmaning strategik maqsadlariga erishishni oqilona ta’minlashda marketingni amalga oshirishni yo’llari va vositalari, shakl va usullarini aniqlaydi va tartibga soladi.
Marketingni operativ rivojlantirishda qisqa davr uchun reja chora-tadbirlarini aniqlash yo’li bilan taktik dasturlarni aniqlashtiradi.
Marketingni strategik, taktik va operativ rejalarini ishlab chiqish jarayonida rejalashtirishning turli xil uslublaridan foydalaniladi. Ular bir-biridan muddati bo’yicha farq qiladi va uzoq muddatli, o’rta muddatli va qisqa muddatli bo’ladi. Uzoq muddatli marketingni rejalashtirish uslubiga portfel tahlil, morfologik tahlil, Delfi uslublarini kiritish mumkin.
O’rta muddatli marketingni rejalashtirish uslublariga tarmoqli rejalashtirish Tehnikasi, maqsadli daraxt bo’yicha qaror qabul qilish uslubi, morfologik tahlil, chiziqli dasturlash, moliyaviy-matematik uslublar, evristik uslublar kiradi.
Qisqa muddatli marketingni rejalashtirish uslublariga esa tarmoqli rejalashtirish Tehnikasi, chiziqli dasturlash, transport masalalarini optimallashtirish uslublari, evristik uslublar kiradi. Amaliyotda tarmoqli rejalashtirish, bozor tahlili, moliyaviy-matematik, chiziqli dasturlash uslublari keng qo’llaniladi.
Marketingni nazorat qilish jarayoni beshta asosiy bosqichni o’z ichiga oladi:
1.Nazorat qilishga muljallangan reja ko’rsatkichlarini asoslash (masalan, bozor ulushi, oborot va xoqazolar)
2.Faoliyatni haqikiy ko’rsatkichlari natijalarini o’lchash (ma’lumotlarni yig’ish)
3.Faoliyatni reja va xaqiqiy ko’rsatkichlari natijalarini solishtirish
4.Reja ko’rsatkichlaridan xaqiqiysini imkoniyat farqini tahlili
5.Yangi rejalar ishlab chiqish, korrektirovqalash.
Marketing soxasida nazorat qilishni asosiy vazifalari quyidagi 4-chizmada berilgan.
1974 yilda F.Kotler marketingni nazorat qilishni ikki turini marketingni boshqarish tizimiga ta’sir etishini ko’rsatib o’tgan, ya’ni tashqi va ichki muhitni omillarini o’zgarish imkoniyatiga ko’ra – marketingni nazorat qilishni ochiq va yopiq tizimlaridir.
Yopik nazorat tizimida marketing -menejment guruhi vakilini to’g’ri aralashuvsiz reja va xaqiqiy ko’rsatkichlarini solishtirish va ularni korrektirovqa qilish amalga oshiriladi.

Marketing bo’limi faoliyati natija-larini nazorat qilish

Marketing chora-tadbirlari natijalarini nazorat qilish



Marketing nuqtai nazaridan aralash bulinmalar fao-liyat natijalarini nazorat qilish

Marketing xizmati xodimlari fao-liyatini nazorat qilish


Download 1,13 Mb.
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   109




Download 1,13 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Marketing nazorati va uning turlari

Download 1,13 Mb.