• Birinchi gurux
  • Ikkinchi gurux
  • Bozor segmentatsiyasining xususiyatlari




    Download 1,13 Mb.
    bet44/109
    Sana21.12.2023
    Hajmi1,13 Mb.
    #125699
    1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   109
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-M A R K E T I N G

    8.2. Bozor segmentatsiyasining xususiyatlari

    Bozorni segmentlash, bozorni o’rganishning asosiy usulidir.Uning yordamida bozor (uning tarkibiy qismlari) segmentlarga bo’linadi. Bozor segmenti-bu iste’molchilar, tovarlar, raqobatchilarning shunday ajratilgan qismiki , ular uchun umumiy xususiyatlar xosdir. Bozorni to’g’ri segmentlash, shu segmentning spetsifik ehtiyojlariga qat’iy rioya qilingan holda qam xarajatlar bilan tovar etkazib berishni to’g’ri tashkil qilishdan iboratdir. Iste’mol tovarlari bozorini tadqiq etishda marketingga oid adabiyotlarda ikki turdagi mezonlar qabul qilinadi. Birinchisi xaridorlarning daromadi, yoshi, jinsi, turar manzilgoxi, oilaning xayot tsikli, qasbi, turmush tarzi va shunga o’xshash umumiy belgilarni hisobga oladi. Mezonlarning ikkinchi turi segmentlashni ijtimoiy guruxlarning qadriyatlari tizimi yoki ularning marketing strategiyasining, masalan, yangi mahsulot, yangi sotish tizimi kabi vositalariga ko’rsatadigan qizo’qishlari asosida olib boradi. Amaliyotda birinchi usul ko’proq qo’llaniladi, ikkinchi usulni qo’llash qo’shimcha qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi, chunki ijtimoiy sotsiologiya va psihologiya sohalarida bevosita tadqiqotlar olib borish yo’li bilan maxsus hisob-kitob ishlarini amalga oshirish talab etiladi.


    Xaridorlarning munosabatini tabaqalashtiradigan asosiy omil daromad hisoblanadi. Ko’pgina mamlakatlarda daromad bo’yicha u ch guruxga segmentlashdan keng foydalaniladi.
    Birinchi gurux, eng yuqori daromadga ega bo’lgan xaridorlar, amalda ular jami xaridorlarning 10 foizini tashkil etadi. Ular eng oliy navli tovarlarni xarid etadilar, xarid quvvati hamda o’z guruxi izzat nafsi bunga imkon beradi. Bunday guruxlar xar bir mamlakatda bor, ularning daromad miqdori shu mamlakatning umumiy boyligiga bog’liq bo’ladi.
    Ikkinchi gurux-xar bir mamlakatdagi o’rtacha daromad egalaridir, ularning soni juda ko’p, garchi bu gurux ichida yana o’ziga xos tabaqalanish bo’lsada, umuman olganda shu mamlakatda bozorning umumiy standartini belgilaydigan, yalpi tovarlarning asosiy xaridorlari shular hisoblanadi.

    Download 1,13 Mb.
    1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   109




    Download 1,13 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bozor segmentatsiyasining xususiyatlari

    Download 1,13 Mb.