• VII- BOB. Bozor kon’yunkturasini tadqiq etish va bashorat etish Bozor kon’yunkturasi haqida tushuncha
  • 1-боб: маркетинг ва унинг ривожланишининг




    Download 1,13 Mb.
    bet38/109
    Sana21.12.2023
    Hajmi1,13 Mb.
    #125699
    1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   109
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-M A R K E T I N G

    Asosiy adabiyotlar:

    1.Панкрухин А.П. Маркетинг: учеб. Для студентов, обучающихся по специальности «Маркетинг» / А.П. Панкрухин; Гильдия маркетологов.-4-е изд., стер.-М.: Омега-Л, 2006-656 с


    2.Рейс Э., Джек Траут. 22 непреложенных закона маркетинга / пер.с. анг. А.П.Исаевой, - М.: АСТ-ЛЮКС, 2005.
    3.Божук С.Г., Ковалик Л.Н. Маркетинговые исследования, -СПб.: Питер, 2004.
    4.Аакер Д., и др. Маркетинговые исследования. Изд. 7-е. Пер. с англ /Под ред. С. Божук. - СПб.: Питер,2004. - 848 с.
    5. www.bci-marketing.aha.ru.
    6.www.marketing.spb.ru.


    VII- BOB. Bozor kon’yunkturasini tadqiq etish va bashorat etish



    1. Bozor kon’yunkturasi haqida tushuncha

    Kon’yunkturani o’rganish marketing xizmatini ajralmas qismini tashkil etadi. Bizning mamlakatimizda kon’yunkturani o’rganish XX–asrning 20 yillarda tashkil etildi. “Kon’yunktura” lotincha so’z bo’lib, holat degan ma’noni anglatadi, u keng ma’noda ularning o’zaro aloqasidan olingan shartlarning yig’indisi, o’tar sharoit, predmetlarining joylashishidir.


    Bozor kon’yunkturasi – bu ma’lum bir vaqtda, ma’lum bir xududda talab bilan taklif urtasidagi nisbatdir.
    Marketing sharoitini va bozorni tekshirish iqtisodiy, demografik, ijtimoiy, tabiiy, siyosiy va boshqa shart-sharoitlarni tahlil va bashoratni taxmin qiladi. Hozirgi kunda deyarli hamma yirik firmalar xususiy kon’yunktura xizmatlariga egadirlar, ular o’zining faoliyat doirasida jaxon va milliy masshtabda kon’yunkturani rivojlanishini kuzatishadi. Iqtisodiy kon’yunktura bu omillar va qayta ishlash sharoitlarining rivojlanishi va o’zaro aloqadorlikda talab, taklif, narx omillari asosida bozordagi bir ko’rinishdir. Bu ko’rsatilgan aniqlik o’z ichida kon’yunktura tushunchasining barcha amaliy sifatlarini o’zida mujassamlashtiradi.
    Birinchidan, unda iqtisodiy kon’yunktura predmeti ko’rsatilgan, ya’ni bozor, ayirboshlash soxasidagi kon’yunkturani avval olib borilayotgan ishlar bilan bog’laydi.
    Ikkinchidan, kon’yunkturani faqat ayirboshlash sohasidagini emas, balki butun ishlab chiqarish jarayonini, ya’ni (ishlab chiqarish, taqsimlash, muomala, iste’mol, bo’lar ayirboshlash prizmasi orqali aniqlanadi) o’z ichiga qamrab oladi.
    Uchinchidan, kon’yunktura dinamik usish davrlarida kuriladi.
    To’rtinchidan, kon’yunktura ishlab chiqarish jarayoni aniq tarixiy sharoitlari bilan bog’liq, xar bir ishlash jarayonining yangi bosqichi uchun omillarning va kon’yunkturani rivojlanishining sharoitlarining mosligi o’ziga xosdir.
    Beshinchidan, uning ko’rinishining asosiy shakli talab, taklif, va narx dinamiqasining nisbatidir. Bir so’z bilan aytganda, ayni shu omillar bozorning holatini va dinamiqasini aniqlashda markaziy bo’g’in bo’lib hisoblanadi. Kon’yunktura tadqiqotining ikkita ob’ektiga ko’ra - ya’ni iqtisodiy kon’yunktura tushunchasidagi ho’jalik va tovar bozori, ikki mustaqil tarkibiy qismga ajratiladi:

    • umumxo’jalik kon’yunkturasi;

    • tovar bozori kon’yunkturasi.

    Umumxo’jalik kon’yunkturani strukturaviy birlik deb, shunga qaramasdan tovar bozorlarining va ko’plab o’zaro munosabatlar kon’yunkturasini yig’indisi deb qarash mumkin. Tovar kon’yunkturasi umumxo’jalik kon’yunkturasini tashkil etadi, umumxo’jalik kon’yunkturasi esa tovar bozorlari kon’yunkturasini keltirib chiqaradi. Shuning uchun ham umumxo’jalik kon’yunkturani uni tashkil etuvchi tovar kon’yunkturalarini xususiyatlarining arifmetik summasi deb hisoblab bo’lmaydi. Tovar bozorlari kon’yunkturasini umumxo’jalik kon’yunkturasini elementi sifatida birlashuvi, bir butun kabi tovar kon’yunkturasini tashkil etuvchilarga mavjud bo’lmagan yangi sifatni beradi. Shunday qilib, uning butun qismi va bo’g’inlarining belgilari o’zaro ta’sirchanligi va o’zaro aloqadorligi shakllarining fe’l - atvorini, umumxo’jalik va tovar kon’yunkturasini rivojlanishni aniqlaydi.
    Bozorni va avvalo butun bozorni kon’yunkturasini kompleks izlanishlar ishbilarmonlar doirasining fikriga ko’ra, ishbilarmonlarga ularning xo’jalik qarorlarini qabul qilishda xatoga yo’l qo’ymasligi uchun tavakqalchilikni pasaytirishda qurol hisoblanadi. Iqtisodiy kon’yunkturani izlash, faqatgina ayirboshlash soxasini rivojlanishi va uning qayta ishlab chiqarish jarayonining boshqa bosqichlari bilan o’zaro aloqadorligining umumiy qonunchiligini o’rganish bilan chegaralanib qolmaydi. U, u yoki bu tovar bozorda vujudga keladigan asoslangan tahlil va bashorat qilishni amalga oshirishga qaratilgan.
    Tovar bozori o’zida, birinchidan, ma’lum bir tovarni ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar o’rtasida, ikkinchidan, ishlab chiqaruvchilar guruxi va iste’molchilar guruxi o’rtasida iqtisodiy aloqalarining tizimini o’zida aks ettiradi. Aloqalarning asosiy ko’rinishining birinchi turi bu oldi-sotdi jarayoni, ikkinchisi esa raqobatdir. Tovar bozorlari tarmoqlararo raqobatning mexanizmi orqali o’zaro ta’sirga egadir va u milliy bozorni butunlay shakllantiradi. Bozor munosabatlarning tarixiy rivojlanishi davomida milliy chegara doirasidan chetga chiqmaydi va halqaro tovar bozorlari shakllanadi.



    Download 1,13 Mb.
    1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   109




    Download 1,13 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-боб: маркетинг ва унинг ривожланишининг

    Download 1,13 Mb.