|
1-боб: маркетинг ва унинг ривожланишининг
|
bet | 9/109 | Sana | 21.12.2023 | Hajmi | 1,13 Mb. | | #125699 |
Bog'liq portal.guldu.uz-M A R K E T I N G Kontseptsiya
|
Asosiy goya
|
Asosiy vosita
|
Asosiy maqsadi
|
1860-1920
|
Ishlab chiqarish
|
Imkoniyati boricha ishlab chiqarish
|
Tannarx, mehnat unumdorligi
|
Ishlab chiqarishni takomillashtirish, sotish hajmini o’stirish
|
1920-1930
|
Tovar
|
Sifatli tovarlarni ishlab chiqarish
|
Tovar siyosati
|
Iste’mol tovarlari xossalarini takomillashtirish
|
1930-1950
|
Sotish
|
Sotish tarmoqlari va kanalini rivojlantirish
|
Sotish siyosati
|
Tovarlar sotish intensifiqatsiyasi
|
1960-1980
|
An’anaviy marketing
|
Iste’molchiga nima kerak bo’lsa o’shani ishlab chiqarish
|
marketing miks kompleksi, iste’molchini tadqiq qilish
|
Maqsadli bozorni xohish-ehtiyojlari-ni tadqiq etish
|
1980-1995
|
Ijtimoiy-axloqiy marketing
|
Jamiyat talablarini hisobga olgan holda iste’molchiga kerak bo’lgan tovarlarni ishlab chiqarish
|
marketing miks kompleksi, ishlab chiqariladigan tovar va xizmat ishlab chiqarish, iste’molchi bilan bog’liq bo’lgan ijtimoiy va ekologik oqibatlarni tadqiq etish
|
Maqsadli bozorni xohish-ehtiyojlarini qondirish
|
1995 yildan shu davrgacha
|
Marketingni o’zaro aloqaviy kontseptsii-yasi
|
Biznes bo’yicha sheriklar va iste’molchilarni kondiradigan tovarlar ishlab chiqarish
|
Marketing miks kompleksi, integratsiya va tarmoqli tahlil, koordi-natsiya uslubi
|
|
Ko’rsatib o’tilgan marketing kontseptsiyalari har bir mamlakat uchun standart yoki norma yoki qoida sifatida ko’rilmasligi kerak. Marketing kontseptsiyasi evolyutsiyasi har qaysi mamlakatda o’zini xususiyatlari va bozor munosabatlarini rivojlanish darajasiga bog’liq bo’ladi. Biroq marketingni paydo bo’lishi bilan bog’liq jahon tajribasi hamda bozor munosabatlarini rivojlanishi ayrim mamlakatlarda tadbirkorlik faoliyatini tatbiq etish va bozor munosabatlarini shakllantirishga marketing kontseptsiyasini ishlatilishi foydali hisoblanadi. Bundan tashqari marketingni rivojlanishida mashhur umumiy tendentsiya – e’tiborni tovar ishlab chiqarishdan iste’molchiga, uning hohish va ehtiyojlariga qaratish talab etiladi.
Birinchi davr - marketing kontseptsiyasi “ishlab chiqarish kontseptsiyasi” - “mahsulot ustunligi” tarzida belgilanadi, bunda eng muhim masala yaxshi tovar ishlab chiqarish va uni xaridorga arzon narxlarda sotish deb hisoblanadi. Kontseptsiya shiori - “imkoni boricha ko’proq tovar ishlab chiqar, chunki bozor talabi cheksiz”. Shunisi diqqatga sazovorki, bizning iqtisodiyotimiz hozirgi davrda hammadan ko’ra ibtidoiy marketing kotseptsiyasiga yaqin turadi.
Tovar kontseptsiyasi iste’molchi e’tiborini tovarga, uning sifatiga va narxiga qaratishni talab etadi. Iste’molchilar o’xshash tovarlarni sifatlarini boshqa firmani shunday tovarlari bilan solishtirib ko’radilar. Bu kontseptsiyani ko’pincha kompaniya, firma, tashkilotlar, shuningdek, notijorat tashkilotlar ham qo’llab turadilar. Biroq tovar kontseptsiyasi muvaffaqiyat keltiravermaydi.
Keyingi davr “sotish kontseptsiyasi” nomini oldi. Bunda firmaning mahsulotini “mana tovar tayyor, kelavering va savdolashing” shiori bilan sotishni muljallash birinchi uringa chiqadi. Tovar va savdo marketinggi kontseptsiyalari mahsulot ishlab chiqarish hali seriyali, ya’ni yalpi tus olmagan davrda maydonga kelgan edi. Tovarlarning yangi turlari va xillari hisobiga yuqori darajada foyda qo’lga kiritilar edi, sababi mohiyat e’tibori bilan cheksiz talabga ega bo’lgan bozorda, bu tovarlarga nisbatan talab benihoyat katta edi.
O’tgan asrning 50-yillarda boshqarish kontseptsiyasining ilk asosini sotish hajmi, ishlab chiqarish va muomala xarajatlari darajasi, daromad, foyda va boshqa ko’rsatgichlarni uzoq muddatli o’zgarishlarini aniqlash tahlil qilindi. Shunga ko’ra bozordagi ish faoliyatini bir yildan besh yilgacha moslashtirish ko’zda to’tilgan.
Marketing rivoji tarixida XX-asrning 50-yillari muhim bosqich bo’ldi. Ortiqcha mahsulot ishlab chiqarish tangligi ko’rinib koldi. Marketing - ishlab chiqarishni bozor talabiga moslashtirish kontseptsiyasi, uning asosini iste’molchiga - “bozor ustunligi”ga erishish tashkil etdi. Marketing boshqaruvining bozor kontseptsiyasi shu yillarda yanada rivojlandi.
An’anaviy marketing kontseptsiyasi XX-asrning 50-yillari o’rtalaridan boshlab marketing bozor kontseptsiyasi tarzida boshqarishda firmaning faqat bozor strategiyasini emas, balki ishlab chiqarish strategiyasini ham belgilaydigan etakchi vazifaga aylandi. Marketing xizmati firmaning asosiy boshqarish markazi, bozor, ishlab chiqarish, ilmiy-Tehnika va moliyaviy faoliyati masalalari bo’yicha axborotlar va tavsiyalar manbai bo’lib qoldi. Marketing xizmati ijtimoiy talab va bozor konyunkturasi holati hamda o’zgarishlarini batafsil tahlil qilish asosida u yoki bu tovarni ishlab chiqarish zarurati, istiqboli va foydaliligi, ishlab chiqarish dasturlarini moddiy-Tehnika jihatlaridan ta’minlash imkoniyatlari to’g’risidagi masalalarni hal etadi.
Quyidagi keltirilayotgan chizmada sotish va marketing kontseptsiyasi berilgan.
S
Oldi-sotdi va sotishni rag’batlantirish
Tovarlar
Sotish hajmini ko’paytirish hisobiga foyda olish
otish (tijorat) kontseptsiyasi
|
| |