Marketingning asosiy rivojlanish bosqichlari
Marketingni asosiy elementlarini tashkil topishi – bozorni tadqiq qilish va tahlil etish, narxni shakllantirish tamoyili hamda servis siyosati – (1809-1884) Sayrus Makormik nomi bilan bog’lanadi. 1902 yildan boshlab AQShning (Michigan, Qaliforniya, Illinoys) universitetlarida marketing muammolari bo’yicha (“Tovarlar marketingi”, “Marketing uslublari” fanlari va boshqalar) fanlar kiritilib, ma’ruzalar o’qitila boshlandi.
1926 yilda AQShda milliy marketing va reklama assotsiatsiyasi tashkil topdi, keyinchalik uning negizida Amerika marketing jamiyati barpo etildi, bu jamiyat 1937 yilda Amerika marketing assotsiatsiyasi nomini oldi. Bir oz keyinroq bunday uyushma va tashkilotlar G’arbiy Evropa mamlakatlari va Yaponiyada ham paydo bo’ldi. Halqaro marketing tashkilotlari - jamoatchilik fikrlari masalalari va marketing bo’yicha Evropa jamiyati, Halqaro marketing federatsiyasi, Evropa marketing aqademiyasi va shunga o’xshashlar yuzaga keldi.
Bular haqida quyidagi 1-jadvalda to’liq tanishib chiqish mumkin.
1-jadval
Marketingni rivojlanish tarixidan asosiy lavhalar
Sana, yillar
| Marketingda ro’y bergan o’zgarishlar |
1902 yillarda
|
AQShda mustaqil ravishda marketing kursini o’qitish boshlandi
|
1908 yillarda
|
Ilk bor tijorat marketing tashkiloti tuzildi. AQShning yirik sanoat kompaniyalarida birinchi marketing bo’limlari tashkil etildi
|
1920 yillarda
|
Halqaro savdo palatasi tuzildi
|
1926 yillarda
|
AQShda Milliy marketing va reklama assotsiatsiyasi tashkil topdi, uning asosida keyinchalik Amerika marketing assotsiatsiyasi deb qayta nomlandi
|
1930-1940 yillarda
|
Dunyoning ko’pgina iqtisodiy rivojlangan davlatlarida milliy marketing assotsiatsiyalari tashkil topdi
|
1950-1960 yillarda
|
Halqaro marketing federatsiyasi, Jamoatchilik fikrlari masalalari va marketing bo’yicha Evropa jamiyati va Evropa marketing Aqademiyasi kabi halqaro marketing tashkilotlari tuzildi
|
1980 yillarning II yarmi
|
Mamlakatimizning iqtisodiy oliy o’quv muassasalarida marketing kursi o’qitila boshladi
|
1990 yillarning oxirlari
va hozirda
|
Mamlakatimizda marketing bo’yicha xorijiy adabiyotlar tarjima qilingan holda va O’zbekistonlik mualliflar tomonidan ko’plab chop etilmoqda
|
O’tgan asrning 60-yillar o’rtasida eng yirik Amerika korporatsiyalarining 80 foizga yaqini o’z xo’jalik faoliyatida marketingning asosiy talablarini qullay boshladi. G’arbiy Evropa va Yaponiyada marketing g’oyalari AQShga qaraganda sustroq joriy qilindi. Ammo XX-60-yillarning oxiriga kelib ular marketing amaliyotini tezkorlik bilan o’zlashtirishga kirishdilar va bunda muhim yutuqlarga erishdilar. Marketing an’anaviy savdo usullaridan farqli o’laroq aniq maqsadlarni ko’zlaydi, xo’jalik vazifalarini esa yaqqol ifodalaydi va buning natijasida korxona shunday sifatli mahsulot tayyorlashi lozimki, uni sotish qulay bo’lsin. Darhaqiqat, mahsulot ishlab chiqarilgani bilan u albatta foyda keltiradi degan ma’noni hali aslo bildirmaydi. Ilgari xo’jalik rahbarlarining vazifasi asosan jami resurslarni ishlab chiqarish talablari bilan muvofiqlashtirishdan iborat edi, ya’ni korxona o’zi hohlagan mahsulotni ishlab chiqarar va hamma e’tiborini uni sotishga qaratar edi. Marketingning maqsadi esa bozorning mavjud va kelgusida ehtimol tutadigan imkoniyatlarini aniqlash hamda sifat jihatidan to’g’ri baholashdan, so’ngra unga tayanib, butun kuchini o’z mahsulotiga qizo’qish va ehtiyojni kuchaytirishga, xaridorga mahsulotni, shuningdek ko’rsatilandigan tegishli xizmat turini tanlash imkonini yaratgan holda, mahsulotni sotishga qaratishdan iborat.
XX-asrning ikkinchi yarmidan AQShning barcha yirik firmalarida marketing masalalari bo’yicha tadqiqot firmalari faoliyat olib bormoqda.
Marketing muammolarini tadqiq qilishni tijorat boshlashuvi asosida universitetlar ham, savdo-sanoat assotsiatsiyalari, davlat tashkilotlari va xizmatlari ham shug’ullana boshladi.
1972 yilda Amerikalik marketolog olim F.Kotler mikromarketing va makromarketing tushunchalarini asoslab berdi. 1976 yilda Shelbi Xant marketing ayirboshlash jarayoni haqida ilm hisoblanishini ko’rsatdi.
XX-asrning 80-yillar oxiri 90-yillar boshlarida jahonda marketingni globallashtirish jarayoni kuzatildi. Shuningdek, 1990 yilda Kanberra shahrida (Avstraliya) “Marketing – bu hamma narsa”, “Marketing biznesni anglatadi” shiori ostida global marketing bo’yicha halqaro konferentsiya bo’lib o’tdi.1
Hozirgi davrda jahon iqtisodiyotida sanoat davri axborot davriga o’rin bo’shatib bermoqda. Bu jarayon AQSh, Yaponiya, Germaniya va boshqa Evropa mamlakatlari hamda Singapur, Tayvan, Janubiy Koreya va boshqa rivojlangan davlatlarda kuzatilmoqda. Tez o’zgaruvchan bozor sharoitlari, narxsiz raqobat usullarining rivojlanishi, ishlab chiqarishni yuksak darajada rivojlanishiga chaqqon moslashuvchan, yakka iste’molchiga mo’ljallangan, hajmi kichik bozor sohalari, bozor segmentlari va ayrim “so’qmoq”larning ko’pligi unga xos xususiyatlardir. Ayni paytda ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi shunday darajaga etdiki, bir bozorning oraliq segmentlarida bo’sh makon juda qam qoladi. Natijada bozor raqobati yanada shiddatli tus olmoqda. Ammo bu jarayon narx omili negizida emas, balki raqobatning yanada takomillashgan usul va shakllari paydo bo’lishi natijasida yuz bermoqda.
Tovarning “hayotiy davri” misli ko’rilmagan darajada qisqaradi.
Hozirgi davrda etakchi yapon elektron firmalari bozorga o’rtacha har uch oyda bir marta mikrosxemalarning yangi turini chiqarmoqda. Mahsulotlar assortimentning xilma-xilligi ortdi, bir xil buyumlarni ko’plab ishlab chiqarish qamaydi, ya’ni to’p-to’p qilib o’yib tashlash tajribasidan voz kechilmokda. Tovar sifatiga ega bo’lgan tovarlar mazmuni o’zgardi. Endi yaxshi mahsulot ishlab chiqarish bilangina ish bitmaydi, raqobatga bardosh berish uchun sotuvdan keyingi, firma ko’rsatadigan qo’shimcha xizmatlar sifati darajasini tubdan yaxshilash zarur.
Korxonalar xarajatlarini oddiy qamaytirish yo’llarini o’ylabgina qolmay, ayni paytda tovarlarni sotish va o’tkazish, daromadlarni muttasil ko’paytirish sohalariga ko’proq e’tibor berishga majburdirlar. Mahsulot sotishga yangi bozorlar, muayyan afzalligi tufayli mahsulot o’ziga jalb etadigan yangi xaridorlarni kidirish lozim. Bu ishlarni hozirgi zamon marketingiga tayanibgina amalga oshirish mumkin. Korxonaning raqobatga bardosh berishi hamda rivojlanishi iqtisodiy, ilmiy-Tehnikaviy, konyunktura-tijorat, ijtimoiy va boshqa
axborotlarni o’z vaqtida olishi kabi omillardan ustalik bilan foydalanish natijasida ta’minlanadi.
Rivojlangan xorijiy davlatlarda to’plangan tajribalar ishlab chiqarishning bozor iqtisodiyoti belgilab berilgan vazifalarini echishda marketing yondashuvlaridan foydalanishning samaradorligi yuqori ekanligini isbotlab berdi. Shunday bo’lsada, “ayni paytda bozorni o’rganish – marketing bo’yicha, xaridorgir tovarlar ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish, zamonaviy menejmentni joriy qilish, xaridorlarni rag’batlantirish, ya’ni ularning ish haqini oshirish borasida hech qanday harakat yoki intilishni o’zi yo’q”,1 - deb Prezidentimiz I.Karimov ta’kidlab o’tgan edi. Biroq, amaliyot O’zbekiston milliy iqtisodiyotida, marketingni xorijiy davlatlar tajribasidan ko’r-ko’rona ko’chirib maqsadga muvofiq emasligini ko’rsatmoqda. Shu sababli marketingning tamoyillari va qoidalarini chuqur o’rganish natijalari asosida mamlakatimiz iqtisodiyotining muayyan sharoitlariga mos keluvchi marketing tizimini yaratish talab qilinadi.
|