I-BOB. Marketing va uning rivojlanishini




Download 1,13 Mb.
bet6/109
Sana21.12.2023
Hajmi1,13 Mb.
#125699
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   109
Bog'liq
portal.guldu.uz-M A R K E T I N G

I-BOB. Marketing va uning rivojlanishini
asosiy bosqichlari
1.1. Marketing tushunchasi va mohiyati
Marketing-bozorda vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni faollashtirish uslublarini, tovarlarni ishlab chiqarish hamda realizatsiya qilish muammolarini kompleks, tizimli echish uslublarini bozorda vujudga keladigan o’zgarishlarga tezda moslashish, iste’molchilarga tabaqali yondoshish, raqobatdosh yangi tovarlarni vujudga keltirish va ularni ishlab chiqarishni tashkil etish, konyunkturani o’rganish va bashorat qilish hamda ta’sirchan reklamani rivojlantirish masalalarini o’rganishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygandir. “Marketing” fani xo’jalik yurituvchi subektlarni bozorda iqtisodiy maqsadlarga erishish quroli (ya’ni foya oladigan bozorlar hissasiga erishish) sifatida qarashga aloxida e’tibor beradi. Marketing fani raqobatni, iste’molchi xulq-atvorini, tovarni sifati, uning raqobatbardoshligi, rag’batlantirishni, reklamani va bozorni chuqur o’rganadi.
Marketing mazmuni va terminologiyasi yangilanib boradi, lekin ular boshdan ayirboshlash jarayoni, tovar-pul munosabatlari paydo bo’lishi, sotish shakllarini rivojlanishi hamda iste’molchilarni tovar va xizmatlar bilan o’zaro harakati bilan bog’lanadi. Marketing faoliyati tadbirkorlik faoliyatini asosini tashkil etadi. Respublikamizda iste’mol bozorining sifatli, raqobatbardosh mahsulotlar bilan to’ldirishda tadbirkorlikning o’rni kattadir.
Mamlakatimiz Prеzidеntining Oliy Majlis qonunchilik palatasi va Sеnatining qo'shma majlisidagi ma'ruzasida asosiy stratеgik vazifamiz dеmokratik qurilish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish, bozor islohotlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni erkinlashtirish yo’lida samarali, bosqchma-bosqich va izchil borish ekanligi ta'kidlangan edi. Shuningdеk, ushbu ma'ruzada 2005 yilda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning eng muhim ustuvor vazifalaridan etib quyidagilar ko’rsatilgan:
-asosiy ustuvor masala – avvalgidеk, bozor isloqotlarini chuqurlashtirish va yanada erkinlashtirishdan iborat;
-ikkinchi ustuvor masala- xususiy tarmoqning jadal rivojlanishini, uning mamlakat iqtisodiyotidagi ulushi ko’payishini ta'minlash;
-uchinchi ustuvor masala – kichik biznеs va fеrmеrlikni rivojlantirish borasidagi ishlarni chuqurlashtirish va ko’lamini kеngaytirishdan iborat;
-to’rtinchi ustuvor masala – bank va moliya tizimlaridagi isloqotlarni chuqurlashtirish;
-printsipial muhim masala – soliq siyosatini yanada takomillashtirishdan iborat.
Tadbirkorlik faoliyatida qaror qabul qilish va uni ishlab chiqishda tadbirkorlikning samarali vositasi hamda asosi bo’lib marketing hisoblanadi hamda tadbirkorlik faoliyatini boshqarish tizimida, uni tashkil etishda, rejalashtirish va nazorat qilishda muhim ahamiyat qasb etadi. “Ay-si-ay” kontserni boshqaruvi raisi Djon Xarvi Djons tadbirkorlikda marketingni o’rnini tavisiflab shunday deydi, ya’ni “Marketing tadbirkorlikning tayanch omilidir. Bu nafaqat yoqilg’i, balki kema komandasidir.”2
Marketing elementlarining paydo bo’lishi XVII asrning o’rtalariga borib taqaladi. Bu davrgacha tovarlarni natural ayirboshlashni turli shakllari paydo bo’ldi, keyinchalik marketing faoliyatini birinchi elementlari, ya’ni reklama, narx, sotish kabilarni rivojlanishi kuzatildi.
1902 yildan boshlab AQShning Michigan, Qaliforniya va Illinoys universitetlarida marketing fani kiritilib, bu muammolar bo’yicha ma’ruzalar o’qitila boshladi. Keyinchalik marketing assotsiatsiyalari tashkil topdi.
1948 yildan boshlab marketing tovarlar va xizmatlar oqimini ishlab chiqaruvchidan oxirgi pirovard iste’molchi tomon yo’naltirilgan xo’jalik faoliyatini har xil turlarini amalga oshirish sifatida ko’ra boshladi.
Marketing tushunchasi bozor sohasini har qanday faoliyati bilan bog’liqdir, shu bois marketing so’zini tarjimasi va kelib chiqishi keltiriladi (ingl. Market – bozor, ing – faol, faoliyat, harakat ma’nosini anglatadi).
Marketing bu nafaqat falsafa, fikrlash tarzi va iqtisodiy tafakkur yo’nalishi, ammo ayrim firma, kompaniya, tarmoq va butun iqtisodiyot bo’yicha amaliyot faoliyati hamdir. AQSh va boshqa xorijiy davlatlar iqtisodiy adabiyotlarida marketing ta’rifini ko’p turlari mavjuddir. Eng keng tarqalgan marketing ta’rifi, u Amerika marketing assotsiatsiyasi tomonidan berilgan bo’lib, uning mazmuni quyidagichadir, ya’ni “Marketing shunday jarayondan iboratki, uning yordamida o’ylangan g’oya rejalashtiriladi va amalga oshiriladi, narxlar tashkil etiladi, g’oyalar, tovarlar va xizmat ko’rsatishlar harakati va sotishni, ayrim shaxslar va tashkilotlarni maqsadlari ayirboshlash yordamida qondiriladi”.
Marketingga olimlar turlicha ta’rif berganlar. I.K.Belyaevskiy shunday degan: “Marketing – bu bozorni o’rganish va tartibga solish, boshqarish tizimidir”. Jan-Jak Lamben esa marketingga shunday ta’rif beradi: “Marketing tashkilotlar va Kishilarni hohish va ehtiyojini tovarlar va xizmatlarni erkin raqobatli ayirboshlashni ta’minlash yo’li orqali qondirishga yo’naltirilgan ijtimoiy jarayondir”, “Marketing – bu bir vaqtning o’zida biznes falsafasi va faol jarayondir”.1
Ushbu ta’riflardan shuni aytish mumkinki, marketing – bu bozorni o’rganish, u orqali iste’molchilarga ta’sir etishdan iboratdir.
Talab bilan taklifni o’zaro ta’siri - bu alohida shaxslar yoki guruhning hohish-ehtiyojlarini uzluksiz qondirish jarayoni bo’lib hisoblanadi. Bu jarayon o’z navbatida shunday ijtimoiy-iqtisodiy kategoriyalarni o’zaro ta’siriga asoslanadi, ya’ni ularga muhtojlik, ehtiyoj (hohish), talab, harid qilish (ayirboshlash, bitim) va aniq tovar va xizmatlarni iste’moli (ishlatilishi) kiradi.
Bu tushunchalar marketing tushunchasi, mohiyatini aniqlashga imkon beradi.
Muhtojlik – Qishini biron bir narsani etishmasligini his etishidir.
Ehtiyoj – individ shaxsning madaniy darajasiga asosan maxsus shaklga kirgan muhtojlikdir.
Talab – bu xarid quvvatiga ega bo’lgan ehtiyoj.
Talab – mavjud, potentsial hamda hohish talabga bo’linadi.
Tovar – bu ehtiyojni yoki muhtojlikni qondira oladigan hamda bozorga e’tiborni tortish, sotib olish, ishlatish yoki iste’mol qilish maqsadida taklif etilgan barcha narsalardir.
Hozirgi davrda jahon adabiyotida marketingga berilgan ikki mingdan ortiq ta’rif bor. Mutaxassislar o’rtasida marketingning takror ishlab chiqarish jarayonida ishtiroki masalasida yagona fikr yo’q. Hozir ko’pgina chet ellik marketologlar zamonaviy marketing tushunchasi ishbilarmonlikqa kiradigan faoliyatni o’z ichiga olmog’i kerak deb hisoblaydilar. Boshqalari esa bunday izohlarni tanqid qilib, ayriboshlashning hamma turlari ham marketing tusiga ega emasligini va marketing printsiplarini hamma vaziyatlarga ham tatbiq qilib bo’lmasligini ta’kidlaydilar. Marketingga ta’rif berishda bunday xilma-xillikning sababi bor. Birinchidan, marketing kontseptsiyasi mazmuni qapitalistik ishlab chiqarish usuli rivojlanishi bilan o’zgarib keldi va uning mohiyatini aks ettirdi, ikkinchidan, boshqarish tizimida marketingdan foydalanish maqsadlari, xususiyatlari, miqyosiga qarab, undagi tashkiliy qismlarning ahamiyati va boshqaruv tizimidagi ahamiyati o’zgarib boradi. Bundan tashqari, mutaxassislar marketingni biznes xizmati va falsafasi tarzida baholaydilar. Xizmat sifatida marketing ishlab chiqarish, savdo, reklama, Tehnika xizmati ko’rsatish va boshqa sohadagi tadbirlar majmuidan iborat. Falsafa sifatida esa marketing - bu jamiyat ishlab chiqarish munosabatlariga daxldor ijtimoiy-iqtisodiy kontseptsiyadir.
Umuman olganda marketingga quyidagicha ta’rif berishimiz mumkin: Marketing - ehtiyoj va muhtojlikni ayriboshlash orqali qondirishga qaratilgan inson faoliyatining turidir. Marketing vujudga kelishining asosiy sabablaridan biri bu ishlab chiqarish hajmining ortib borishi, yangi tarmoqlarning vujudga kelishi, tovar turlarining ko’payishi va tadbirkorlar o’rtasida mahsulotni sotish bo’yicha muammoning vujudga kelishidir.
Marketing asosida bozorni har taraflama o’rganish yo’nalishlarining asosiylaridan quyidagilarni ko’rsatib o’tish zarur:

  • talabni o’rganish;

  • bozor tarkibini aniqlash;

  • tovarni o’rganish;

  • raqobat sharoitlarini tadqiq qilish;

  • sotish shakli va uslublarini tahlil etish.

Marketing korxonalarning bozorda ishlash uslubi, bozor metodologiyasi bo’lib, iste’molchilar va ularning talab hamda istaklarini o’rganish, ularga mos keladigan tovarlar yaratish, narx belgilash, tovarlarni etkazib berish, taqdim etish, sotish, xizmat ko’rsatishni uyushtirish usullari, vositalari, tartib-qoidalari majmui hisoblanadi. Bularning hammasi birinchi asosiy maqsadga talab bilan taklifni o’zaro muvofiqlashtirishga xizmat qiladi.




  1. Download 1,13 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   109




Download 1,13 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



I-BOB. Marketing va uning rivojlanishini

Download 1,13 Mb.