Fan bo’yicha o’quv adabiyotlarning qiyosiy tahlili




Download 1,13 Mb.
bet5/109
Sana21.12.2023
Hajmi1,13 Mb.
#125699
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   109
Bog'liq
portal.guldu.uz-M A R K E T I N G

Fan bo’yicha o’quv adabiyotlarning qiyosiy tahlili. Marketing fanidan G.L.Bagiev, F.Kotler, L.A.Danchenok, E.P. Golubkovlar tomonidan darsliklar, o’quv qo’llanmalar, o’quv-uslubiy qo’llanmalar yaratilgan. Ularda marketing elementlarini to’liq jarayonlari, tovar, narh, sotish, kommunikatsiya siyosatlari keng yoritib berilgan. Mamlakatimizda J. Jalolov, A. Soliev, P. Nosirov, Sh. Abdullaeva, G. Axunova, A.Sh. Bekmuradov, M. Qosimova, M. Yusupovlar tomonidan marketing faniga taalluqli o’quv qo’llanma va darsliklar chop etilgan.
A.P. Pankruxin tomonidan 2006 yilda tayyorlangan “Markеting” nomli darsligida markеtingni qanday paydo bo’lishi, uning asosiy rivojlanish bosqichlari, markеting evolyutsiyasi, markеting bo’yicha axborot, istе'molchilar xulq atvori, stratеgik markеting, markеtingni tashkil etish, rеjalashtirish, byudjеti, tovar, narx, sotish, kommunikatsiya siyosatlari, tovar harakati va savdo, intеrnеt – markеting, ishlab chiqarish tovarlari uchun markеting, intеliktual kapital markеtingi, xududlar markеtingi masalalari atroflicha yoritib bеrilgan. Bundan tashqari, darslikda bugungi kunda markеting faoliyati bilan bog’liq bo’lgan masalalar bеrilgan.
Bagiеv G.L., Tarasеvich V.M., Ann X. lar tomonidan 2006 yilda tayyorlangan “Markеting” nomli darsligida markеtingni tashkil etishni nazariy va uslubiy asoslari biznеs falsafasi va tadbirkorlik quroli sifatida bayon qilingan. Unda markеting tadqiqotlari va bеnchmarkеting, markеtingda o’zaro ta'sir: intеgratsiya va koopеratsiya, tovar, narx siyosatlari, taqsimlash va logistika tizimida markеting qarorlarini qabul qilishi asoslari, kommunikativ siyosatlar, shuningdеk xalqaro markеtingni tashkil etish asoslari yoritilgan. Bundan tashqari darslikda izohli lug’atlar ham bеrilgan.
Danchеnok L.A. tomonidan 2004 yilda tayyorlangan “Markеting” nomli o’quv – uslubiy qo’llanmada markеting tushunchasi va uni tashkil etish, firmaning markеting muxiti, talab markеting ob'еkti sifatida ekanligi, stratеgik markеting, tovar, narx, taqsimot markеtingi, markеting kommunikatsiyasi, markеting tadqiqotlari kabi masalalar ko’rsatilgan. O’quv uslubiy qo’llanmada har bir bob bo’yicha masalalar, tеstlar, atamalar izohi bеrilgan.
Mualliflar tomonidan tayorlangan darslik O’zbekiston Respublikasining barcha oliy ta’lim muassasalarida foydalanib kelinyotgan namunaviy o’quv dasturi asosida yozildi. Darslikdagi nazariy xulosalar bevosita amaliyot bilan bog’liq holda yoritishga harakat qilindi. Mualliflar mamlakatimizni bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o’tayotgan davrida milliy iqtisodiyotimizni barcha sohalaridagi xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini marketing tamoyillari orqali tashkil etish natijasida barcha muammolarni hal etishga da’vo qilishmaydi, chunki hozirgi shiddatli rivojlanish davrida nazariya va amaliyot sohasidagi uzluksiz taraqqiyot, yangi va jumboqli muammolarni ilgari surmoqda. Darslikning har bir bobi oxirida qisqa xulosalar, nazorat va muhokama uchun savollari hamda asosiy adabiyotlar ro’yxati keltirilgan.

Download 1,13 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   109




Download 1,13 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Fan bo’yicha o’quv adabiyotlarning qiyosiy tahlili

Download 1,13 Mb.