|
Marketing nazariyasi kontseptsiyasi va uning evolyutsiyasi
|
bet | 8/109 | Sana | 21.12.2023 | Hajmi | 1,13 Mb. | | #125699 |
Bog'liq portal.guldu.uz-M A R K E T I N G Marketing nazariyasi kontseptsiyasi va uning evolyutsiyasi
Marketing kontseptsiyasi - bozor munosabati sharoitlarida faoliyat ko’rsatayotgan firma, tashkilot yoki shaxsning ish yuritish, tadbirkorlikni tashkil etish falsafasi yoki korxonaning yakuniy maqsadi - daromad olish va iste’molchilar ehtiyojini qondirish uchun foydalaniluvchi marketing faoliyatining asosiy vositalari, qoida va g’oyalari tizimidir.
Marketing kontseptsiyasi rejalashtirilayotgan va amalga oshirilayotgan firma faoliyatining strategik tahlili asosida ishlab chiqiladi. Marketing kontseptsiyasini ishlab chiqish odatda quyidagi bosqichlarni qamrab oladi:
ichki va tashqi muhit strategik tahlilini amalga oshirish;
marketing faoliyati va korxonaning maqsadlarini aniqlash;
marketing strategiyasini aniqlash;
rejalashtirilayotgan natijalarga erishish maqsadida marketing
faoliyati elementlarini tanlash.
Marketing kontseptsiyasi ishlab chiqarish va taklif etilayotgan tovarlarga bo’lgan talabni rivojlanish darajasiga bog’liqligi jihatidan evolyutsion taraqqiyot bosqichini kechdi.
Marketing va tadbirkorlik sohasida dunyo ilmi va amaliyoti marketing evolyutsiyasida quyidagi kontseptsiyalarni asosladi va tavsiya etdi:
ishlab chiqarish kontseptsiyasi;
tovar kontseptsiyasi;
sotish kontseptsiyasi;
an’anaviy marketing kontseptsiyasi;
ijtimoiy-axloqiy marketing kontseptsiyasi;
o’zaro aloqaviy marketing kontseptsiyasi.
Bo’lar haqida quyida 2-jadvalda ma’lumotlar berilgan.
2-jadval
|
| |