|
1-dars. Mavzu: atom tuzilishi. Atom tarkibidagi elektronlarni pog’ona va pog’onachalarda joylashuvi. Darsning maqsadi: Ta’limiy
|
bet | 181/218 | Sana | 07.05.2021 | Hajmi | 0,53 Mb. | | #14382 |
V.Tashkily qism;
a)Salomlashish
b)Yo’qlama
c)Siyosiy daqiqa
VI.O’tilgan mavzuni takrorlash uchun savol va topshiriqlar berish.
11) quyidagi reaksiya NO(g)]Cl2(g)«NOCl(g) bosimi 5 marta kamaysa, reaksiya tezligi qanday o‘zgaradi ? A)120 marta ortadi B)125 marta kamayadi C)120 marta kamayadi D)125 marta ortadi E)112 marta ortadi
12) Reaksiya tezligi 30oC da 0,1 mol/l·s ga teng. Agar reaksiya tezligining temperatura koeffitsienti 2 ga teng bыlsa, shu reaksiyaning 0oC dagi tezligi (mol/l·s) =anchaga teng bыladi? A)0,8 B)2,8·10-2 C)3,0 D)8,0 E)1,25·10-2
13) Temperatura koeffitsienti 2 ga teng bыlgan reaksiyaning 70oC dagi tezligi 3 mol/l·sek bыlsa, uning 20oC dagi tezligini (mol/l·sek) щisoblang. A)32 B)96 C)0,048 D)81 E)0,093
14) Reaksiya 20oC da 2 minut ichida tugaydi. Reaksiya tezligining temperatura koeffitsienti 2 ga teng bыlsa, 60oC da reaksiya necha sekundda tugaydi? A)15,5 B)10,4 C)7,5 D)4,4 E)13,3
15) Temperatura 10oC ga oshganda reaksiya tezligi 3 marta oshadi. Agar temperatura 90oC dan 30oC gacha kamaysa, reaksiya tezligi qanday o‘zgaradi ?
A)729 marta kamayadi B)243 marta oshadi C)81 marta kamayadi D)81 marta ortadi E)243 marta kamayadi
VII.Dars bayoni:
masala: Hajmi 3 litr bo‘lgan idish 11,5 mol ammiak bilan to‘ldirildi. 90 sekunddan so‘ng (2NH3(g)^N2(g)+3H2(g) reaksiya bo‘yicha) idishda 2,5 mol ammiak qoldi. Reaksiyani o‘rtacha tezligini(mol/litrmin) aniqlang.
Masalaning yechimi: Reaksiya tezligini aniqlashda, birinchi navbatda ma’lum bir moddaning miqdori (mol) necha birlikka o‘zgarganligi aniqlab olinadi. Masala shartidan ko‘rinib turibdiki ammiakning miqdori 11,5 mol- dan 2,5 molga qadar kamaymoqda. Agar ikkala miqdor orasidagi farqni aniqlasak:
mol - 2,5 mol = 9 molmolga farq borligini aniqlaymiz. Endi masala shartidagi tezlikning o‘lchov birligiga e’tibor beramiz. “mol/ litrminut”, demak tezlikni to‘g‘ri aniqlash uchun avvalo vaqtni “sekund” o‘lchov birligidan “minut” o‘lchov birligiga o‘tkazib olish kerak.
sekund : 60 = minut 90 sekund : 60 = 1,5 minut
masala: Hajmi 0,005 m3 bo‘lgan reaktorda reaksiya borishi natijasida 0,1 minut davomida moddaning miqdori 80 moldan, 5 molgacha kamaygan bo‘lsa, shu reaksiyaning o‘rtacha tezligini (mol/litnsek) aniqlang.
Masalaning yechimi: Ushbu masalani ishlashni hajmni “m3” dan “litr”- ga o‘tkazishdan boshlaymiz. Bilamizki 1m3 = 1000 litr. Shuning uchun m3 dagi hajmni 1000 ga ko‘paytirish orqali litrga o‘tkazamiz.
Viitr = Vm3 – 1000 Viltr = 0,005m3 - 1000 = 5 litr
Hajmni kerakli birlikka o‘tkazib oldik. Endi vaqtni “minut”dan “sekund” ga o‘tkazishimiz kerak. Chunki tezlikni “mol/litr-sek”da topishimiz kerak.
Vaqtni sekundga o‘tkazdik. Endi reaksiyaga kirishayotgan modda miq- dori qanchaga o‘zgarganini aniqlaymiz.
80 mol - 5 mol = 75 mol
Ana endi tezlikning asosiy formulasini qo‘llab, reaksiyaning o‘rtacha tezli- gini topamiz.
Javob: 2,5 mol/litr • sekund
masala:N2(g)+3H2(g) ^ 2NH3(g) ushbu reaksiya bo‘yicha azotning sarfla- nish tezligi 3 mol/bmin. 8 litrli idishda shu reaksiya o‘tkazilganda, azotning miqdori 104 moldan 8 molgacha kamaydi. Reaksiya necha minut davom etganligini aniqlang.
Masalaning yechimi: Vaqtni topish uchun formulani vaqtga moslab o‘zgartirish kerak:Formula to‘g‘rilab olingach, reaksiyaga kirishayotgan modda miqdori (mol) qanchaga o‘zgarganligini topamiz.
104 mol - 8 mol = 96 mol
Endi, vaqtga nisbatan to‘g‘rilangan formula yordamida reaksiya davomiyli- gini aniqlaymiz:
t = An = 96 mol = 96 .
V* u 8 litr 3 mol/litr»min 24 4 minut
Javob: 4 minut
masala: 2COfe) + O2® ^ 2CO2® ushbu reaksiya bo‘yicha kislorodning sarflanish tezligi 4 mol/litnmin. 2 litrli idishda shu reaksiya olib borilganda, kislorodning konsentratsiyasi 7 mol/litrdan 2 mol/litrgacha kamaydi.
Reaksiyaning sekundlardagi davomiyligini aniqlang. Masalaning yechimi: E’tibor bergan bo‘lsangiz bu masalada modda miqdori o‘rniga uning konsentratsiyasi keltirilgan. Bu masalani yechishda idish hajmi ishlatilmaydi. Birinchi bo‘lib ikkala konsentratsiya orasidagi farq aniqlanadi.
A С = Cj-С2
7mol/litr - 2 mol/litr = 5 mol/litr
Endi reaksiya tezligining konsentratsiyaga bog’liq formulasini ishlatgan holda vaqtni aniqlaymiz Demak reaksiya 75 sekund davom etgan. Javob: 75 sekund.
VIII.Yangi mavzuni mustahkamlash: Klaster, aqliy hujum usulidan foydalanish.
IX.Uyga vazifa:
Mavzuga doir masalalar:
Hajmi 4 litr bo‘lgan idish 18 mol is gazi bilan to‘ldirildi. 75 sekunddan so‘ng (2CO(g) + O2(g) ^ 2CO2(g) reaksiya bo‘yicha) idishda 8 mol is gazi qoldi. Reaksiyaning o‘rtacha tezligini mol/litr-min aniqlang.
Hajmi 5 litr bo‘lgan idish 5 mol metan gazi bilan to‘ldirildi. 120 sekunddan so‘ng (CH4 (g) + 2O2 (g) ^ CO2 (g) + 2H2O (g) reaksiya bo‘yicha) idishda 3 mol metan gazi qoldi. Reaksiyaning o‘rtacha tezligini mol/litr-min aniqlang.
Hajmi 0,25 litr bo‘lgan idish 22 mol xlorid kislota bilan to‘ldirildi. 30 sekunddan so‘ng (HCl +NaOH^ NaCl+H2O reaksiya bo‘yicha) idishda 7 mol xlorid kislota qolgan bo‘lsa, reaksiya tezligini (mol/litr-sek) aniqlang.
51-DARS Tezlik bo‘yicha masalalar va ularning yechimlari
I.Darsning maqsadi:Ta’limiy maqsad: FK1. Kimyoviy jarayon, hodisalarni kuzatish, tushunish va tushuntirish kompetensiyasi FK 2. Element va formulalarni kimyoviy tilda ifodalash kompetensiyasi
a)Rivojlantiruvchi maqsad; TK2 Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi — mediamanbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta’minlashni, media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.
TK3 O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayot davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallashni nazarda tutadi.
b)Tarbiyaviy maqsad; TK5 Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.
II.Dars turi:Aralash dars
III.Dars usuli:Aralash Fikrlar hujum.
IV.Dars jihozi:
a)Darslik
b)Tarqatmalar.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
1-dars. Mavzu: atom tuzilishi. Atom tarkibidagi elektronlarni pog’ona va pog’onachalarda joylashuvi. Darsning maqsadi: Ta’limiy
|