Darsning maqsadi:
Ta’limiy – o’quvchilarga haqida tushuncha berish.
F.K.1- Kimyoviy jarayon, hodisalarni kuzatish, tushunish va tushuntirish kompetensiyasini shakllantirish
-Kimyoviy elementlar davriy qonuni va davriy jadval, kimyoviy bog‘lanish turlari, oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari, dissotsiyalanish va ion almashinish reaksiyalarini biladi va tushuntira oladi;
-Metall, metallmaslarning ayrim vakillarining xossalari, olinishi va qo‘llanilishini biladi va ularni tushuntira oladi;
-Nazariy bilimlar asosida masalalarni yecha oladi va tegishli laboratoriya tajribalarini bajara oladi;
-Buyuk allomalar hamda jahon kimyogar olimlarining kimyo sohasi rivojiga qo‘shgan hissalari haqida biladi va tushuntira oladi.
F.K.2- Element va hodisalarni kimyoviy tilda ifodalay olish kompetensiyasini shakllantirish
-Kichik va katta davr elementlarini, kimyoviy bog‘lanish turlarini yozma va og‘zaki ifodalay oladi;
-Kislota, ishqor, tuzlarning dissotsiyalanishini, ion almashinish tenglamalarini yoza oladi.
F.K.3- Kimyoviy tajribalar o‘tkazish va amaliyotda qo‘llash kompetensiyasini shakllantirish
-Anorganik birikmalarning kimyoviy xossalariga oid sodda turdagi masalalarni yecha oladi;
-O‘zbekistonda olinadigan kimyoviy xom ashyolar va ular haqidagi ma’lumotlarga ega bo‘ladi va ishlab chiqarish jarayonlari, moddalardan foydalanishda ekologik madaniyatni biladi;
-Organik birikmalar namunalari to‘plami asosidagi turli organik mahsulotlar haqida tushunchaga ega;
-Kimyoviy qonuniyatlar asosida o‘rganilganlaridan kundalik turmushda, hayotiy faoliyatda foydalana oladi.
Tarbiyaviy – ushbu mavzu orqali o’quvchilar ongini ona Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash
|