• Yangi mavzuning bayoni.
  • 1-dars Sana: Mavzu: Jismlarning elektrlanishi Darsning maqsadi




    Download 3,84 Mb.
    bet24/136
    Sana13.05.2024
    Hajmi3,84 Mb.
    #230443
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   136
    Bog'liq
    fizika 8 sinf konspekt www.sadikov.uz

    Tashkiliy qism. O'qituvchi dars jihozlarini darsga hozirlaydi, uy vazifalarini so'rash maqsadida foydalanadigan «Bahs-munozara» interfaol metodi uchun kartochkalaкiga oldindan yozilgan savollarni tayyorlab qo'yadi.

  • Otilgan mavzuni eslash: O'qituvchi va o'quvchi orasida erkin bahs- munozara uchun quyidagi savollar yozilgan kartochkalar tarqatiladi:

    1. Kondensator deb nimaga aytiladi?

    2. Kondensatoming vazifasi nimadan iborat?

    3. Elektr doimiysi qanday qiymatga teng?

    4. Kondensatorlarning qanday turlarini bilasiz?

    5. Kondensatordan qayerlarda foydalaniladi?

  • Yangi mavzuning bayoni.

    «Modifikatsiyalangan ma'ruza» metodi asosida yangi mavzu yoritiladi. Bunda quyidagi asosiy tushunchalaxga e'tibor berish lozim:

    • o'tkazgichda zaryadlarning joylashishi;

    • Faradey qafasi;

    • o'tkazgich sirtida zaryadlar taqsimoti.

    Metal sharga musbat zaryad berildi, deylik. Bilamizki, bir xil ishorali zaryadlar bir – biridan itariladi. Shu sababli shar ichida zaryad bo’lgan taqdirda ham, ular o’zaro itarishib, imkon qadar bir – biridan uzoq masofaga joylashishga intiladi. Natijada, sharning butun hajmidagi zaryadlar uning sirtiga chiqib qoladi. Shu bois metal sharga berilgan musbat zaryadlar sharning sirti bo’ylab joylashadi.
    Ikkita elektrometr olib, ularning biriga ichi kovak va tepasida teshigi bo’lgan metall shar o’rnatiladi. Sharga elektr zaryadi berilsa, elektrometr ko’rsatkichi ma’lum burchakka buriladi. Izolatorli tayoqcha uchini kovakli shar ichiga kirgizib, tayoqcha uchiga mahkamlangan sharchani sharning ichki sirtiga, so’ngra tayoqcha sharchasiga tekkizamiz. Bunda ikkinchi elektmetrning ko’rsatkichi joyidan qo’zg’almaydi.
    Demak, shar ichida zaryad bo’lmas ekan.
    Yakkalangan o’tkazgichda elect zaryadlari uning sirti bo’ylab taqsimlanadi. O’tkazgich ichida zaryad bo’lmaydi.
    Faraday qafasi
    M.Faradey o’tkazgich ichida elektr zaryadlari bo’lmasligini isbotlash uchun yog’ochdan qafas yasagan. Qafasning tashqi sirtini yupqa folga bilan qoplagan. Faraday qo’liga elektroskop olib, qafas ichiga kirib olgan. Uning yordamchilari qafasni ipak arqonlar bilan osishgan, so’ngra qafasga elektr zaryadlari berishgan. Qafas ichidagi elektroskop ham, Faradey ham qafasning zaryadlanishini sezmagan.
    Faraday o’tkazgan bu tajriba ham o’tkazgich ichida zaryad bo’lmasligi, elektr zaryadlari faqat o’tkazgich sirti bo’ylab joylashishini isbotlaydi.


  • 1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   136




    Download 3,84 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-dars Sana: Mavzu: Jismlarning elektrlanishi Darsning maqsadi

    Download 3,84 Mb.