|
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi
|
bet | 26/136 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 3,84 Mb. | | #230443 |
Bog'liq fizika 8 sinf konspekt www.sadikov.uz Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi: aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda kundalik rejalarini tuza olish, formulalardan foydalanib, masalalar yecha olish; inson mehnatini yengillashtiradigan asboblardan foydalanish.
Darsning turi: Yangi bilim berish.
Darsda foydalaniladigan metodlar: «Modifikatsiyalangan ma'ruza», «Kichik guruhlarda ishlash» interfaol metodi.
Dars jihozlari: slaydlar, plakatlar, kodoskop.
Tayanch so'zlar: chaqmoq, momaqaldiroq, yashin, yashin qaytargich.
Dars rejasi.
1.Tashkiliy qism - 3 minut.
Uy vazifalarini so'rash - 12 minut.
Yangi mavzuning bayoni - 15 minut.
Yangi mavzuni mustahkamlash - 10 minut.
O’quvchilarni baholash- 4 minut
Uyga vazifa berish - 1 minut.
Darsning borishi
Tashkiliy qism. O'qituvchi dars jihozlarini darsga hozirlaydi, uy vazifalarini so'rash maqsadida foydalanadigan «Bahs-munozara» interfaol metodi uchun kartochkalarga oldindan yozilgan savollarni tayyorlab qo'yadi.
O’tilgan mavzuni eslash: O'qituvchi va o'quvchi orasida erkin bahs- munozara uchun quyidagi savollar yozilgan kartochkalar tarqatiladi:
O'tkazgichda zaryadlar qanday joylashadi?
Faraday qafasi ichida elektroskop nima uchun elektr maydonni sezmagan?
O'tkazgich sirtida zaryadlar qanday taqsimlangan bo'ladi?
Elektr «shamol» nima va u qanday vujudga keladi?
Yangi mavzuning bayoni.
«Modifikatsiyalangan ma'ruza» metodi asosida yangi mavzu yoritiladi. Bunda quyidagi asosiy tushunchalaiga e'tibor berish lozim:
chaqmoq;
momaqaldiroq;
yashin;
yashin qaytargich.
Odamlar qadimda chaqmoq chaqishi va momaqaldiroq gumburlashi sabablarini bilolmaganlar.
Chaqmoqning hosil bo'lishini turli ishorali elektr zaryadlarining o'zaro ta'siri asosida tushuntirish mumkin. Bir jism ikkinchi jismga ishqalanganda, elektr zaryadi hosil bo'lishini bilasiz. Shunga o'xshash, bulut qatlamlarining bir-biri bilan ishqalanishi natijasida ularning bir qatlami musbat, ikkinchi qatlami manfiy zaryadlanib qoladi. Zaryadlangan bulut to'plami boshqa bir zaryadlangan bulut to'plamiga yaqinlashganda ular o'z elektr maydonlari orqali ta'sirlashadilar.
Musbat va manfiy zaryadlarning bir-biriga tortilishini ham bilasiz. Turli ishora bilan zaryadlangan bulutlar kuchli zaryadlanganda va ular bir-biri bilan yaqinlashganda, bir bulutdagi manfiy zaryadlar ikkinchi bulutdagi musbal zaryadlar tomon harakat qiladi. Qarama-qarshi ishorali zaryadlarning to'satdan qoshilishi natijasida kuchli elektr uchqun – chqomoq hosil bo’ladi
|
| |