• Yangi mavzuni mustahkamlash.
  • 5. O’quvchilarni baholash
  • 1-dars Sana: Mavzu: Jismlarning elektrlanishi Darsning maqsadi




    Download 3,84 Mb.
    bet34/136
    Sana13.05.2024
    Hajmi3,84 Mb.
    #230443
    1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   136
    Bog'liq
    fizika 8 sinf konspekt www.sadikov.uz

    Ion — elektroni ortiqcha yoki elektroni yetishmaydigan atom. Agar atomni elektronlaridan birontasi yoki bir nechtasi tark etsa, bunday atom musbat ionga aylanadi. Atom ortiqcha elektron olganda esa, bu atom manfiy ionga aylanib qoladi. 1 sm3 metallda 1022—1023 ta erkin elektron mavjud.
    Metall kristall panjara tuzilishida bo'lib, panjara tugunlarida musbat zaryadli ionlar joylashgan. O'z atomini tark etgan elektronlar kristall panjara orasida erkin harakatlanib yuradi
    Masalan, mis (Cu) atomi yadrosida 29 ta musbat zaryadli proton bo'lib, yadro atrofida 29 ta manfiy zaryadli elektron yadro atrofidagi turli orbitalar bo'ylab aylanib yuradi. Eng chekka orbitada 1 ta elektron bo'lib, yadro bilan juda kuchsiz bog'langan bo'ladi. Unga qo'shni atomlarning yadrolari ham ta'sir etib turadi.
    Mavzuni yoritish davomida darslikdagi 47- va 48-rasmlardagi tajribalar namoyish etiladi.

      1. Yangi mavzuni mustahkamlash.

    O'qituvchi mavzuni mustahkamlash uchun «Kichik guruhlarda ishlash» metodidan foydalanadi. Dars boshida bo'lingan uchta guruhning har biriga tarqatma materiallar tarqatiladi. Tarqatma materiallar mazmuni quyidagicha bo'lishi mumkin:

        1. Ion deb nimaga aytiladi?

        2. Elektron zaryadi nimaga teng?

        3. Metall o'tkazgichlarda zaryad tashuvchilar va hokazo.

    Har bir guruh 1 min. davomida berilgan savollariga javob berishi lozim. Boshqa guruhlar ularni to'ldirishi mumkin.
    Guruhlarning javoblaridan so'ng o'qituvchi muhokamaga yakun yasaydi.
    Shundan keyin mustaqil ish o'tkaziladi. Bunda quyidagi masala yechiladi.
    Masala. Elektr maydonda ikki nuqtaviy zaryad orasidagi masofa 2 marta orttirilib, zaryadi 2 marta kamaytirilsa, maydon kuchlanganligi qanday o'zgaradi?
    Berilgan: r2=r1;q2 = q1/2.
    Topish kerak: E2E1 - ?
    Formulasi: E = kq/r2 formulaga asosan, = (q2/ql)(rl2 /r22).
    Hisoblash: E2 /E1 = {q1/2q1)(r12 /4r12) = 1/8.
    Javob: E2/El = 1/8, ya'ni 8 marta kamayadi.
    5. O’quvchilarni baholash: O’quvchilar dars davomida berilgan savollarga bergan javoblariga qrab baholanadi
    6. Uyga vazifalar.

    1. Darslikdan ll-§ ni o'qish.

    2. Mavzu oxiilda keltirilgan savollarga javob topish va yozish.

    3. Mavzu oxirida keltirilgan amaliy topshiriqni bajarish.


    Download 3,84 Mb.
    1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   136




    Download 3,84 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-dars Sana: Mavzu: Jismlarning elektrlanishi Darsning maqsadi

    Download 3,84 Mb.