|
Darsda foydalaniladigan metodlar
|
bet | 33/136 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 3,84 Mb. | | #230443 |
Bog'liq fizika 8 sinf konspekt www.sadikov.uz Darsda foydalaniladigan metodlar: «Kichik guruhlarda ishlash», «Modifikatsiyalangan ma'ruza» interfaol metodlari.
Tayanch so'zlar: kristall panjara, ion,
Dars rejasi.
1.Tashkiliy qism - 2 minut.
2. Uy vazifalarini so'rash - 12 minut.
3. Yangi mavzuning bayoni - 18 minut.
4. Yangi mavzuni mustahkamlash - 10 minut.
5. O’quvchilarni baholash- 2 minut
6. Uyga vazifa berish - 1 minut.
Darsning borishi
Tashkiliy qism. O'qituvchi dars jihozlarini hozirlaydi, uy vazifalarini so'rash maqsadida foydalanadigan «Kichik guruhlarda ishlash» interfaol metodi uchun o'quvchilarni 3 guruhga bo'lib oladi.
O’tilgan mavzuni eslash: Guruhlarga quyidagi savollar beriladi:
guruhga: elektr toki haqida qanday tushunchaga egasiz?
guruhga: tok manbayi haqida nimalar bilasiz?
guruhga'. galvanik element deb nimaga aytiladi? U qanday tuzilishga ega?
Наг bir guruhning javoblari eshitiladi, xulosa chiqariladi.
Yangi mavzuning bayoni.
«Modifikatsiyalangan ma'ruza» metodini qo'llagan holda mavzuni yoritishda o'qituvclii quyidagilarga e'tibor berishi lozim:
erkin elektronlaming tartibsiz harakati;
kristall panjara tuzilishi;
elektr maydonda erkin elektronlar harakati;
elektr tokining yo'nalishi.
Qattiq jismlarning, jumladan, metallarning atomlari tartibli davriy strukturali kristall panjarani tashkil etadi. Kristall panjaraning atom (ion)lar joylashgan nuqtalari t deyiladi.
Metall atomining eng chekka orbitasidagi elektronlar o'z yadrosi bilan kuchsiz bog'langan bo'ladi. Metallarda bunday elektronlar o'z atomini tark etib, erkin elektronlarga aylanadi, atomlar esa musbat ionga aylanib qoladi.
|
| |