|
1-dars Sana: Mavzu: Jismlarning elektrlanishi Darsning maqsadi
|
bet | 36/136 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 3,84 Mb. | | #230443 |
Bog'liq fizika 8 sinf konspekt www.sadikov.uz Tashkiliy qism. O'qituvchi dars jihozlarini darsga hozirlaydi, uy vazifalarini so'rash maqsadida oldindan tayyorlab kelgan tarqatma materiallarini o'quvchilariga tarqatadi.
O’tilgan mavzuni eslash. «Mustaqil ishlash» metodi asosida o'tgan mavzu bo'yicha tarqatilgan savollarga bergan javoblariga qarab o'quvchilar baholanadi. Tarqatma materiallardagi savollar quyidagicha bo'lishi mumkin:
Metallarda erkin elektronlar qanday paydo bo'ladi?
Metallarda elektr toki nimadan iborat?
O'tkazgichlarda tok yo'nalishi sifatida nima qabul qilingan va hokazo.
Yangi mavzuning bayoni.
Mavzu «Bahs-munozara» metodi qo'llangan holda bayon etiladi. Bunda o'qituvchi quyidagilarga e'tibor berishi lozim:
kuchlanish haqida tushuncha;
kuchlanish formulasi, ta'rifi;
kuchlanish birligi;
- kuchlanishni o'lchash.
Dars jarayonida 50- rasmdagi tajriba ko'rsatilib, mohiyati tushuntirib beriladi. Yangi mavzuni bayon etishda quyidagi elektr kuchlanish haqidagi qo'shimcha ma'lumotlarni ham o'quvchilar e'tiboriga havola qilish tavsiya etiladi.
Kuchlanish tokni yuzaga keltiruvchi elektr maydonni tavsiflovchi fizik miqdordir. Bu juda muhim fizik miqdor bilan tanishish uchun tajribaga murojaat qilamiz.
Cho'ntak fonarning lampochkasi ulangan elektr zanjirida tok manbayi akkumulatordir. Boshqa zanjirda tok manbayi shahar elektr tarmog'idir. Bu zanjirga binolarni yoritadigan lampa ulangan. Ampermetrlarning ko'rsatishicha, ikkala zanjirdagi totaling kuchi taxminan bir xil.
Biroq shahar tarmog'iga ulangan lampa cho'ntak fonari lampochkasiga qaraganda ancha ko'p issiqlik va yorug'lik beradi. Buning sababi shuki, elektr lampochkalaridan o'tayotgan tok bir xil bo'lgani holda, ulardagi kuchlanish har xildir. Cho'ntak fonarining lampochkasi batareyadan past kuchlanish ostida yonadi. Bu lampochkaning spirali orqali har bir kulon elektr o'tganda ozgina ish bajariladi, shu sababli lampochka issiqlik va yorug'likni oz beradi. Ikkinchi lampa esa, ancha katta kuchlanish ostida yonadi. Bu lampaning spirali orqali har bir kulon elektr o'tganida ancha ko'p ish bajariladi.
Zanjirning biror qismi orqali bir kulon elektr o'tganida bajariladigan (yoki bajarilishi mumkin bo'lgan) ish zanjirning bu qismi uchlaridagi kuchlanish deb ataladi. Bu ish qancha ko'p bo'lsa, zanjir qismining uchlaridagi kuchlanish shuncha yuqori bo'ladi.
|
| |