|
1-dars Sana: Mavzu: Jismlarning elektrlanishi Darsning maqsadi
|
bet | 29/136 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 3,84 Mb. | | #230443 |
Bog'liq fizika 8 sinf konspekt www.sadikov.uz Dars rejasi.
1.Tashkiliy qism - 2 minut.
Uy vazifalarini so'rash - 12 minut.
Yangi mavzuning bayoni - 18 minut.
Yangi mavzuni mustahkamlash - 10 minut.
O’quvchilarni baholash- 2 minut
Uyga vazifa berish - 1 minut.
Darsning borishi
Tashkiliy qism. O'qituvchi dars jihozlarini darsga hozirlaydi, uy vazifalarini so'rash maqsadida foydalanadigan «Aqliy hujum» interfaol metodi uchun savollarni tayyorlab qo'yadi.
O’tilgan mavzuni eslash: «Aqliy hujum» interfaol metodidan foydalanish uchun o'quvchilarga quyidagi savollar beriladi:
Tabiatda elektr zaryadlar cheksiz ko'p bo'lishi mumkinmi?
Zaryadlarning mavjudligini qanday aniqlash mumkin?
Kulon qonunining kashf etilishi haqida nimalarni bilasiz?
Elektr maydon kuch chiziqlari haqida nimalarni bilasiz?
O'tkazgichlarning dielektriklardan farqi nimada?
Kondensatorlarning vazifasi nimadan iborat?
Tabiatda qanday elektr hodisalari yuz beradi?
Yangi mavzuning bayoni.
«Modifikatsiyalangan ma'ruza» asosida yangi mavzu bayon etiladi. Bunda quyidagi asosiy tushunchalarni ochib berishga e'tibor qaratish lozim
elektr toki;
o'tkazgichda elektr tokining vujudga kelishi;
tok manbayi haqida tushuncha;
o'zgarmas tok manbayi;
galvanik element;
akkumulatorlar;
eng sodda elektr zanjir.
O'quvchilarni qiziqtirish uchun quyidagi qo'shimcha materiallarni ham ularga bayon etib berish tavsiya etiladi.
Ba'zi tirik organizmlar ham elektr tokining manbayi bo'la oladi. Masalan, baliqlaming elektr razryad hosil qiluvchi juft organ lari bor. Har qanday baliq tanasi atrofida, odatda, kuchsiz elektr maydon hosil bo'ladi. Elektr organlar konvergent usulda bir qancha baliqlar (olabuqa, ilonbaliq, skat, laqqa va boshqalar)da vujudga kelgan. Hozirgi paytda 300 dan ortiq tur baliqlarda elektr organlari bor. Elektr organlar turli baliqlarda turlicha joylashadi. Har bir elektr organ ustunchaga o'rnashgan ko'p sonli elektr plastinkalar (EP)dan tuzilgan. EP shaklan o'zgargan muskul, nerv yoki bezli hujayralardan iborat. Hujayralar membranasida kimyoviy reaksiyalar natijasida elektr zaryadlari to'planadi. Plastinkalarning ostki qismi manfiy, yuqori qismi musbat zaryadlanadi. Elektr organlar plastinkalari va ustunchalari soni har xil: elektrli skatlarda 500 ga yaqin ustunchalarning har qaysisida 400 tadan EP bo'ladi. Har bir ustunchadagi EP ketma- ket, elektr ustunchalar esa parallel joylashgan. Elektr organlar reagentlar kelib turadigan va kimyoviy reaksiyalar mahsuloti chaqirilib turiladigan bo'lsa, elektr generator singari to'xtovsiz ishlab turadi. Elektr organlar ishini adashgan, yuz va til-tomoq nervlari boshqaradi. Elektr organlar uchida hosil bo'ladigan elektr potensiallar farqi skatlarda 300 V, elektli ilonbaliqlarda 650 V gacha, impuls razryadi quwati 1 kW dan 6 kW gacha yetadi.
Elektr razryadlardan o'ljasiga hujum qilish, tur ichidagi signalizatsiya va loyqa suvda mo'ljal olish vositasi sifatida foydalanadi. Baliqlar boshida joylashgan lorens kapsulalari elektr retseptorlar vazifasini bajarishi taxmin qilinadi. Lorens kapsulalari ingichka naylar orqali teri sirtiga va yon chiziqlari nayiga ochiladi. Boshqa baliqlarni o'limga olib keladigan tok kuchi elektr organlarga ega baliqlar uchun xavf tug'dirmaydi.
|
| |