|
1-dars Sana: Mavzu: Jismlarning elektrlanishi Darsning maqsadi
|
bet | 31/136 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 3,84 Mb. | | #230443 |
Bog'liq fizika 8 sinf konspekt www.sadikov.uz Dars turi: yangi bilim berish
Darsda foydalaniladigan metodlar: «Muammoli vaziyatni o‘rganish» interfaol metod
Dars rejasi.
1.Tashkiliy qism - 2 minut.
Uy vazifalarini so'rash - 12 minut.
Yangi mavzuning bayoni - 18 minut.
Yangi mavzuni mustahkamlash - 10 minut.
O’quvchilarni baholash- 2 minut
Uyga vazifa berish - 1 minut.
Darsning borishi
Tashkiliy qism.
O’tilgan mavzuni eslash.
3. Yangi mavzuning bayoni.
Elektrometr sharchasini zaryadlangan tayoqcha yordamida zaryadlaylik. Bunda elektrometr ko'rsatkichi ma'lum burchakka buriladi. Agar bir uclii yerga ulangan o'tkazgichning ikkinclii ucliini elektro¬metr sharchasiga tekkizsak, shu zahoti elektrometr ko'r¬satkichi nolga tusliib qoladi. Bu hodisaning sababi shuki, o'tkazgichning ikkinclii uclii sharchaga tekkizilgan zahoti undagi zaryadli zarralar o'tkazgich bo'ylab bir tomonga tartibli harakatlanadi va yerga o'tib ketadi .Zaryadli zarralarning tartibli harakati, ya'ni - oqimi elektr toki deb ataladi.
«Tok» so'zi «oqim» ma'nosini bildiradi. Yuqoridagi tajribada o'tkazgichda elektr toki hosil bo'lganini bilish uchun yerga ulangan o'tkazgich o'rtasiga neon lampochka o'rnataylik. Agar o'tkazgiclining ikkinclii uchini elektrometrning zaryadlangan sharchasiga tekkizsak, elektrometrning ko'rsatkichi nolga tusliislii bilan bir vaqtda neon lampochka ham bir zumda yonib o'chadi. Demak, haqiqatan ham, o'tkazgichda zaryadli zarralar bir tomonga tartibli harakat qiladi, ya'ni oqadi va elektr toki hosil bo'ladi.
Tok hosil bo'lishida elektr maydonning o'rni
Zaryadli zarralarning harakat qilisliiga sabab, o'tkazgichda elektr maydonning mavjudligidir. Darslikdagi 33- rasmda tasvirlangan tajribada elektrometrning sharchasi manfiy zaryadlangan. O'tkazgich uclii sharchaga tekkizilmasdan awal yerning o'tkazgich ulangan joyi neytral bo'ladi, ya'ni manfiy va musbat zaryadlar teng miqdorda bo'ladi. O'tkazgich sharchaga ulangan zahoti undagi manfiy zaryadlarning ta'sirida yerning bu neytal joyidan manfiy zaryadlar qochadi.
O'tkazgichning yerga ulangan joyida musbat zaryadlar qolishi natijasida sharcha va yer orasida elektr maydon vujudga keladi. Bu maydon ta'sirida sharchadagi elektronlar yer tomon tartibli harakat qiladi va o'tkazgichda tok hosil bo'ladi.
O'tkazgichda elektr toki vujudga kelishi uchun elektr maydon mavjud
bo'lishi kerak.
O'tkazgichda qanday qilib uzoqroq vaqt davom etadigan elektr tokini hosil qilish mumkin?
Elektrofor mashinaning sharchalarini o'tkazgich orqali neon lampoch- kaga ulaylik. Mashina diski aylantirilganda uning sharchalaridan birida musbat, ikkinchisida manfiy zaryadli zarralar hosil bo'ladi. Bu qarama-qarslii ishorali zarralar orasida, ya'ni ularga ulangan o'tkazgichda elektr maydon vujudga keladi. Maydon ta'sirida elektronlar o'tkazgich bo'ylab tartibli harakat qiladi va tok hosil bo'ladi. Bu tok tufayli neon lampochka yonadi. Disk to'xtovsiz aylantirib turilsa, sharchalarning zaryadlanislii uzluksiz davom etadi va lampochka ham yonib turaveradi.
|
| |