|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
bet | 43/136 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 3,84 Mb. | | #230443 |
Bog'liq fizika 8 sinf konspekt www.sadikov.uz Yangi mavzuni mustahkamlash.
Dars jarayonida o'quvchilarning olgan nazariy bilimlarini mustahkamlash uchun avvaliga mavzu yakunida keltirilgan masala yechish namunasi tahlil qilinadi, so'ngra o'quvchilar bilan birgalikda darslikdagi 6- mashqdan 2 ta masala «Mustaqil ish» uchun beriladi.
6- mashq
2) Berilgan: I = 0,1 A; t = 8 min = 480 s; qe = 1,6-1019 C.
Topish kerak: N-?
Formulasi: I = q/t dan q = It; N = It/qe.
Hisoblash: N= 0,1 -480/1,6-1019 = 3-1020 ta.
Javob\ N= 3-1020 ta.
4) Berilgan: t = 25 soat = 9-104 s; I= 2A.
Topish кегак: q - ?
Formulasi: I = q/t dan q = It.
Hisoblash: q = 2-9-104 С = 1,8-10s C.
Javob: q= 1,8-105 C.
5. O’quvchilarni baholash: O’quvchilar dars davomida berilgan savollarga bergan javoblariga qarab baholanadi
6.Uyga vazifalar.
1. Darslikdan 13- § ni o'qish.
Mavzu oxirida keltirilgan savollarga yozma javob berish.
Darslikdagi 6- mashqdan 1- va 3- masalalami yechish.
Mavzu oxirida keltirilgan amaliy topshiriqni bajarish.
20-dars sana: 8-sinf
Masalalar yechish
Darsning maqsadi.
a) II bob bo'y'icha o'tilgan mavzularni takrorlash, masalalar yechish orqali nazariy jihatdan olgan bilimlarni mustahkamlash.
b) O’quvchilarga mehnat tarbiyasini berish, mustaqil ishlashga o’rgatish
d) Mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish
Tayanch kompitensiyalar: Axborot bilan ishlash kompetensiyasi: turli axborot manbalaridan kerakli ma’lumotlarni mustaqil ravishda izlab topa olishi va ulardan foydalanish, axborot xavfsizligi qoidalarini bilish va rioya qila olish.
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi: aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda kundalik rejalarini tuza olish, formulalardan foydalanib, masalalar yecha olish; inson mehnatini yengillashtiradigan asboblardan foydalanish.
Dars turi: bilimlar va ko’nikmalarni hosil qilish darsi
Darsda foydalaniladigan metod: savol-javob, masalalar yechish, mustaqil ishlash.
Dars rejasi.
Tashkiliy qism - 2 minut.
O'tilgan mavzularni takrorlash - 10 minut.
Masalalar yechish - 25 minut.
O’quvchilarni baholash-5 minut
Uyga vazifalar berish - 3 minut.
Darsning borishi
1. Tashkiliy qism. O'qituvchi darsning maqsad va vazifalarini tushuntiradi, savol-javob uchun savollarni tayyorlab qo'yadi.
2. O'tilgan mavzularni takrorlash. Savol-javoblar asosida II bob mavzulari takrorlanadi. Bunda bob yakunida keltirilgan «II bob yuzasidan xulosalar”dagi har bir xulosa va qonuniyatlar o'quvchilar bilan birgalikda tahlil qilinadi.
|
| |