• 4. Mustaqil ish
  • 5. O’quvchilarni baholash
  • 1-dars Sana: Mavzu: Jismlarning elektrlanishi Darsning maqsadi




    Download 3,84 Mb.
    bet51/136
    Sana13.05.2024
    Hajmi3,84 Mb.
    #230443
    1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   136
    Bog'liq
    fizika 8 sinf konspekt www.sadikov.uz

    3.Masalalar yechish. Bob oxirida keltirilgan III bobni takrorlash uchun savol va masalalar»dagi savollarga o'quvchilar javob beradilar, javoblar o'qituvchi tomonidan to'ldirib boriladi. Har bir savolga javob berishda tahliliy fikr-mulohazalar yuritilishiga e'tibor beriladi. Keltirilgan masalalardan birinchi navbatda yechiladiganlarini o'qituvchi tanlaydi. Faol o'quvchilar mustaqil ravishda boshqa masalalarni ham yechishlari tavsiya etiladi.

  • 1.Maxsus dastgohda simni cho'zib, ikki marta uzaytirilgan va ingichkalashtirilgan. Buning natijasida simning qarshiligi qanday o'zgargan?

  • 2.Uzunligi 9 km, ko'ndalang kesimining yuzi 60 mm2 bo'lgan mis simning qarshiligini hisoblang.

  • 3.Uzunligi 10 m, kesimi 0,2 mm2 bo'lgan aluminiy va nixrom simlarning qarshiliklarini hisoblang va bir-biriga taqqoslang.

  • 4.Uzunligi 50 m va ko'ndalang kesimining yuzi 5 mm2 bo'lgan aluminiy simning qarshiligini toping.

  • 5.Ko'ndalang kesimining yuzi 1 mm2 bo'lgan mis simning qarshiligi 20 Q. Simning uzunligini toping.

  • 6.Uzunligi 4 m, ko'ndalang kesimining yuzi 0,5 mm2 bo'lgan simning qarshiligi 0,224 Q ga teng. Sim qanday moddadan tayyorlangan?

    4. Mustaqil ish:

            1. 1.Bir xil moddadan tayyorlangan ikkita sim bor. Birinchi simning uzunligi 10 m, ko'ndalang kesimining yuzi 0,2 mm2, ikkinchi simning uzunligi 1 m, ko'ndalang kesimining yuzi 1 mm2. Qaysi simning qarshiligi katta va necha marta katta?

            2. 2.Qarshiligi 84 Q bo'lgan reostatning chulg'ami ko'ndalang kesimi yuzi 1 mm2 bo'lgan nikelin simdan qilingan. Shu simning uzunligini toping.


    5. O’quvchilarni baholash: O’quvchilar dars davomidagi savollarga bergan javoblariga qarab baholanadi.
    6.Uyga vazifalar.

              1. «III bobni takrorlash uchun savol va masalalar»dan kamida 4 ta masalani yechish. Qiziquvchi o'quvchilarga ixtiyoriy ravishda boshqa masalalarni yechishlari uqtiriladi.


    Download 3,84 Mb.
  • 1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   136




    Download 3,84 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-dars Sana: Mavzu: Jismlarning elektrlanishi Darsning maqsadi

    Download 3,84 Mb.