|
1-dars Sana: Mavzu: Jismlarning elektrlanishi Darsning maqsadi
|
bet | 47/136 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 3,84 Mb. | | #230443 |
Bog'liq fizika 8 sinf konspekt www.sadikov.uz Tashkiliy qism. O'qituvchi dars jihozlarini darsga hozirlaydi, uy vazifalarini so'rash maqsadida foydalanadigan «Bingo» interfaol metodi uchun savollarni tayyorlab qo'yadi.
O’tilgan mavzuni eslash. «Bingo» interfaol metodi uchun har bir o'quvchiga quyidagi fizik kattaliklardan tarqatma material sifatida bittadan beriladi:
tok kuchi- I; 2) kuchlanish – U 3) maydon kuchlanganligi - E; 4) elektr zaryad - q\ 5) kuch -F F; 6) vaqt -tt, 7) ish -A; 8) masofa- R
O'quvchilar 5 minut davomida berilgan fizik kattaliklar ishtirokida kamida 10ta formulani i keltirishlari lozim.
Yangi mavzuning bayoni. O'qituvchi mavzuni yoritishda quyidagilaiga e'tibor berishi lozim:
. 1) Elektr qarshilik.
Elektr qarshilikning ta'rifi, belgilanishi, birligi.
Elektr qarshilikning o'tkazgich uzunligigabog'liqligini tushuntirish.
Elektr qarshilikning solishtirma qarshilikka va ko'ndalang kesim yuziga bog'liqligini tajriba asosida tushuntirish.
Solishtirma qarshilik ta'rifi va uning birligi.
3-jadvalning tahlili.
Elektr qarshilik haqida quyidagi ma'lumotlarni ham qo'shimcha tarzda bayon etish tavsiya etiladi.
Qarshilik o'tkazgichning zanjirdagi tok kuchiga ta'sir etish xususiyatini tavsiflovchi fizik miqdordir. Kuchlanish bir xil bo'lgan vaqtda ikkita o'tkazgichdan qaysi biri o'zi orqali kuchsizroq tok o'tkazsa, shu o'tkazgichning qarshiligi kattaroq bo'ladi.
Metallardagi elektr toki erkin elektronlarning tartibli harakatidan iborat ekanligini esga olsak, «qarshilik» atamasi tushunarli bo'lib qoladi. Elektr maydonning ta'siri ostida harakatlanuvchi elektronlar metallning kristall panjarasi ionlari bilan o'zaro ta'sir qiladi. Elektronlarning kristall panjara ionlari bilan o'zaro ta'siri xuddi elektronlar harakatini sekinlatuvchi qandaydir qarshilik (ishqalanish) kuchining ta'siriga o'xshab ketadi. Buning natijasida elektronlaming tartibli harakati tezligi kamayib, o'tkazgichdagi tok kuchi ham kamayadi.
Elektrolitlarning qarshiligi elektr maydonda harakatlanuvchi ionlarning eritma molekulalari yoki atomlari bilan o'zaro ta'siri natijasidir.
Odatda, sof metallarga qo'shilgan aralashmalar metallning muntazam strukturasini o'zgartiradi. Shu sababli, masalan, qotishmalarning elektr qarshiligi shu qotishmalar tarkibiga kirgan metallarning qarshiligidan kattaroq bo'ladi.
Yangi mavzuni bayon etishda o'qituvchi ko'rgazmalilikka katta e'tibor berishi lozim.
|
| |