|
1-dars Sana: Mavzu: Jismlarning elektrlanishi Darsning maqsadi
|
bet | 55/136 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 3,84 Mb. | | #230443 |
Bog'liq fizika 8 sinf konspekt www.sadikov.uz Tayanch so'zlar: rezistor, reostat, potensiometr.
Dars jihozlari: turli xil rezistorlar, reostatlar, potensiometrlar, plakatlar, slaydlar, kodoskop, tarqatma materiallar.
Darsda foydalaniladigan metodlar: «Blits savollar», «Modellashtirish» interfaol metodlari, «Mustaqil ish» o'tkazish.
Dars rejasi.
1.Tashkiliy qism - 2 minut.
Uy vazifalarini so'rash - 12 minut.
Yangi mavzuning bayoni - 18 minut.
Yangi mavzuni mustahkamlash - 10 minut.
O’quvchilarni baholash- 2 minut
Uyga vazifa berish - 1 minut.
Darsning borishi
Tashkiliy qism. O'qituvchi dars jihozlarini darsga hozirlaydi, uy vazifalarini so'rash maqsadida foydalanadigan «Blits savollar» interfaol metodi uchun savollarni tayyorlab qo'yadi.
Uy vazifalarini tekshirish. «Blits savollar» uchun o'quvchilarga quyidagi savollar beriladi:
Qanday elektr o'lchov asboblarini bilasiz?
Ampermetr va voltmetrning vazifalari nimalardan iborar?
O'tkazgichning qarshiligi nimalarga bog'liq?
Om qonunining fizik ma'nosini aytib bering.
O'tkazgichlarda zaryad tashuvchi zarra nima?
3. Yangi mavzuning bayoni. «Modellashtirish» interfaol metodidan foydalangan holda, yangi mavzu bayon qilinadi. O'qituvchi mavzuni yoritishda quyidagilarga e'tibor berishi lozim:
rezistor haqida ma'lumot berish;
reostat tuzilishi, ishlash prinsipi, mohiyati;
reostatning zanjirga ulanishi;
potensiometr haqida ma'lumot berish, ta'riflash;
potensiometming tuzilishi va zanjirga ulanishini ko'rsatish.
Dars jarayonida 69-, 70- rasmlardagi tajribalar ko'rsatib beriladi, tahlil qilinadi.
Mavzuni bayon etishda quyida ma'lumotlarni ham o'quvchilarga havola qilish tavsiya etiladi.
Amalda ko'pincha tok kuchini goh oshirib, goh kamaytirib, o'zgartirib turishga to'g'ri keladi. Masalan, radiopriyomnik yoki radio tarmog'i karnaylaridan o'tayotgan tok kuchini o'zgartirib, ovozining balandligini to'g'rilaymiz. Tikuv mashinasining elektr dvigatelidan o'tayotgan tok kuchini o'zgartirib, mashinaning aylanish tezligini rostlash mumkin. Teatrlarda spektaki yoki kinofilm boshlanishi oldidan lampalar sekin-asta o'chiriladi. Buning uchun tok kuchi asta-sekin kamaytiriladi.
Sirpang'ichni steijen bo'ylab surib, reostatning zanjirga ulangan qarshiligini ko'paytirish yoki ozaytirish mumkin.
Har bir reostat ma'lum qarshilikka va eng katta tok kuchiga mo'ljallab yasaladi. Bu chegaradan o'tish yaramaydi, chunki reostatning chulg'ami qizib, kuyib ketishi mumkin. Reostatning qarshiligi va tok kuchining yo'l qo'yilishi mumkin bo'lgan eng katta qiymati reostatda ko'rsatilgan bo'ladi.
|
| |