• Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi
  • Dars turi
  • 4. Mustahkamlash
  • 5. Uyga vazifalar.
  • Tayanch kompitensiyalar: Axborot bilan ishlash kompetensiyasi




    Download 3,84 Mb.
    bet45/136
    Sana13.05.2024
    Hajmi3,84 Mb.
    #230443
    1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   136
    Bog'liq
    fizika 8 sinf konspekt www.sadikov.uz

    Tayanch kompitensiyalar: Axborot bilan ishlash kompetensiyasi: turli axborot manbalaridan kerakli ma’lumotlarni mustaqil ravishda izlab topa olishi va ulardan foydalanish, axborot xavfsizligi qoidalarini bilish va rioya qila olish.
    O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi: o‘zlashtirgan bilimlariga tayangan holda mustaqil ravishda o‘zining fizik bilimlarini rivojlantirish, turli didaktik topshiriqlarni bajara olish, o‘z xattiharakatini muqobil baholay olish.
    Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi: aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda kundalik rejalarini tuza olish, formulalardan foydalanib, masalalar yecha olish; inson mehnatini yengillashtiradigan asboblardan foydalanish.
    Dars turi: malakalarni hosil qilish darsi
    Kerakli jihozlar: turli kuchlanish beruvchi ikkita tok manbayi, ikki xil lampochka, ampermetr, voltmetr, kalit, ulovchi simlar.
    Darsning borishi:
    1.Tashkiliy qism
    2. Ish haqida tushuncha
    3. Ishni bajarish tartibi

                1. Tok manbayi, lampochka, ampermetr, volt­metr va kalitdan iborat zanjirni yig'ing

                2. Elektr zanjir sxemasini daftaringizga chizing.

                3. Kalitni ulang. Bunda lampochka yonadi, ampermetr tok kuchini, voltmetr kuchlanishni ko'rsatadi. Ularning qiymatlarini jadvalga yozing.

                4. Zanjirdagi lampochkani boshqasi bilan almashtirib, 3- banddagi ishlarni takrorlang.

                5. Tok manbayini boshqasi bilan almashtiring. 3- bandda keltirilgan ishlarni takrorlang.

    6. Lampochkani dastlabki lampochka bilan al­mashtiring. 3- banddagi ishlarni takrorlang.
    7. Tajriba natijalarini tahlil qiling va xulosa chiqaring.
    4. Mustahkamlash
    1. Eng oddiy elektr zanjir qanday asboblardan tashkil topgan? Uning elektr sxemasini chizib bering.
    2. Eng oddiy elektr zanjirdagi har bir asbobning vazifasini aytib bering.
    3. Voltmetrning vazifasi nimadan iborat? U zanjirda qanday ulanadi va sxemada qanday belgilanadi?
    4. Ampermetrning vazifasi nimadan iborat? U zanjirda qanday ulanadi va sxemada qanday belgilanadi?

    5. Uyga vazifalar.



      1. Laboratoriya ishi yuzasidan xulosa yozib kelish.

      2. Laboratoriya ishi oxirida keltirilgan savollarga javob topish va yozish.

      3. «Fizikadan savol va masalalar to'plami»dan 918-, 919 va 920- masalalar. Qiziquvchi o'quvchilar uchun «Fizikadan savol va masalalar to'plami»dan 921- va 922- masalalarni yechish tavsiya etiladi.




    Download 3,84 Mb.
    1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   136




    Download 3,84 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tayanch kompitensiyalar: Axborot bilan ishlash kompetensiyasi

    Download 3,84 Mb.