|
Dars turi: bilim va ko’nikmalarni shakllantirish
Darsda foydalaniladigan metod
|
bet | 91/136 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 3,84 Mb. | | #230443 |
Bog'liq fizika 8 sinf konspekt www.sadikov.uz Dars turi: bilim va ko’nikmalarni shakllantirish
Darsda foydalaniladigan metod: savol-javob, masalalar yechish, mustaqil ishlash.
Dars rejasi.
Tashkiliy qism - 2 minut.
O'tilgan mavzularni takrorlash - 10 minut.
Masalalar yechish - 25 minut.
Mustaqil ishlash-5 minut
O’quvchilarni baholash-2 minut
Uyga vazifalar berish – 1 minut.
Darsning borishi
1. Tashkiliy qism. O'qituvchi darsning maqsad va vazifalarini tushuntiradi, savol-javob uchun savollarni tayyorlab qo'yadi.
2. O'tilgan mavzularni takrorlash. Savol-javoblar asosida bob mavzulari takrorlanadi. Bunda bob yakunida keltirilgan « bob yuzasidan xulosalar”dagi har bir xulosa va qonuniyatlar o'quvchilar bilan birgalikda tahlil qilinadi.
3. Masalalar yechish. Bob oxirida keltirilgan bobni takrorlash uchun savol va masalalar»dagi savollarga o'quvchilar javob beradilar, javoblar o'qituvchi tomonidan to'ldirib boriladi. Har bir savolga javob berishda tahliliy fikr-mulohazalar yuritilishiga e'tibor beriladi. Keltirilgan masalalardan birinchi navbatda yechiladiganlarini o'qituvchi tanlaydi. Faol o'quvchilar mustaqil ravishda boshqa masalalarni ham yechishlari tavsiya etiladi.
1) Mis kuporosi eritmasi orqali tok o'tayotganda plastinkalardan birida sof mis ajralib chiqadi. Mis simdan tok o'tayotganda esa mis ajralmaydi. Nima uchun?
Katodda sof kumush ajratish uchun kumush nitrat eritmasi orqali tok o'tkazilmoqda. Bunda eritmada qanday hodisalar yuz beradi? Katodda kumush ajralib chiqish jarayonini qanday tezlashtirish mumkin?
Tok manbayidagi mis kuporosining eritmasi orqali 500 C miqdordagi zaryadli ionlar o'tgan. Qoplamalardagi kuchlanish 2 V bo'lsa, tok qancha ish bajargan?
Mis kuporosi eritmasi bilan to'ldirib, ichiga ikkita ko'mir elektrod o'z uzunligining yarmigacha tushirilgan elektrolit vamia orqali elektr tok o'tkazilmoqda. Quyidagi shartlardan faqat bittasi o'zgartirilsa, katodda bir xil kichik vaqt ichida ajralib chiqadigan mis miqdori qanday o'zgaradi: a) ko'mir anod xuddi shunday shakldagi va hajmdagi mis anod bilan almashtirilsa; b) ko'mir katod mis katod bilan almashtirilsa; d) elektrodlardagi kuchlanish orttirilsa; e) o'shanday konsentratsiyali elektrolitdan yana qo'yilsa; /) eritma konsentratsiyasi oshrilsa; /') elektrodlar yaqinlashtirilsa; /) anod kamroq botirilsa; k) katod kamroq botirilsa; 1) elektrolit eritmasi isitilsa?
Ikkita bir xil A va B elektrolit vanna mis kuporosi eritmasi bilan to'ldirilgan. A vannadagi eritmaning konsentratsiyasi B vannadagiga qaraganda katta. Agar ular ketma- ket ulansa, qaysi vamiada ko'proq mis ajraladi? Vamialar parallel ulanganda-chi?
Mis kuporosining suvdagi eritmasidan iborat bo'lgan elektrolitdan 40 C zaryad o'tdi. Elektrolitga botirilgan katodda qancha miqdorda mis yig'ilgan?
Elektroliz vaqtida katodda 25 mg miqdorda mis yig'ilishi uchun elektrolitdan qancha zaryad o'tishi kerak?
2 soat davom etgan elektrolizda katodda 40 mg nikel yig'ildi. Elektroliz vaqtida elektrolitdan o'tgan tok kuchini toping.
Agar buyumga 1,8 g nikel qatlami o'tirgan bo'lsa, nikellash qancha vaqt davom etgan?
|
| |