|
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi
|
bet | 99/136 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 3,84 Mb. | | #230443 |
Bog'liq fizika 8 sinf konspekt www.sadikov.uz Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi: aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda kundalik rejalarini tuza olish, formulalardan foydalanib, masalalar yecha olish; inson mehnatini yengillashtiradigan asboblardan foydalanish.
Dars turi: yangi bilim berish
Dars uslubi: suhbat, savol – javob
Dars jihozi: darslik, ko’rgazmalar, rasmlar
Dars rejasi.
1.Tashkiliy qism - 2 minut.
2. Uy vazifalarini so'rash - 12 minut.
3.Yangi mavzuning bayoni - 18 minut.
4.Yangi mavzuni mustahkamlash - 10 minut
5. O’quvchilarni baholash- 2 minut
6. Uyga vazifa berish - 1 minut.
Darsning borishi
Tashkiliy qism. O'qituvchi darsning maqsad va vazifalarini tushuntiradi, o’quchilarning darsga tayyorgarligini kuzatish, navbatchi axboroti.
2. O'tilgan mavzuni takrorlash:
1) Nomustaqil razryad deb nimaga aytiladi?
2) Mustaqil razryad deb nimaga aytiladi?
3) Kuchlanishning katta qiymatida to’yingan holatdagi tok kuchi nima sababdan keskin orta boradi?
4) Anod va katod orasidagi kuchlanish katta bo’lganda, katoddan elektronlarning ajralib chiqish sababi nimada?
3.Yangi mavzu bayoni:
Gaz razryadining bir necha turi mavjud. Gazlardan elektr toki o'tganda turli xil razrayadlarni vujudga keltiradi. Razryadlarning turiga qarab ulardan turli maqsadlarda
foydalaniladi.
Razryadning turlaridan biri — elektr yoy razryadi.
Ikkita ko'mir elektrod olib, ularga 40—50 V kuchlanish beraylik. Ularning uchlarini bir-biriga tekkizib, biroz uzoqlashtiraylik. Bunda elektrodlar uchlari orasida ko'zni qamashtiradigan yarqirash — elektr yoy razryadi hosil bo'ladi. Hosil bo'lgan elektr yoy elektrodlar orasidagi kuchlanish olinmaguncha davom etadi. Kichikroq yoyda tok kuchi bir necha amperga yetadi. Katta yoyda kuchlanish 50 V atrofida bo'lsa ham, tok kuchi bir necha yuz amperga teng bo'ladi.
Elektr yoy razryadi juda quvvatli yorug'lik manbayidir. Bunday elektr yoylardan projektorlarda, mayoqlarda va boshqa qurilmalarda foydalaniladi.
Elektr yoy temperaturasi juda yuqori bo'lganligidan undan metallarni eritish va payvandlashda, turli qotishmalar olishda ham qo'llaniladi. Yuqori navli po'lat olishda kuchli elektr yoydan foydalanish qo'l keladi.
Bir-biridan izolatsiyalangan ikkita elektrodni yuqori kuchlanish manbayiga ulaylik. Elektrodlardagi kuchlanish ma'lum katta qiymatga yetgach, ular orasida chaqnash — uchqun razryad hosil bo'lganini ko'ramiz. Uchqun razryad vaqtida o'ziga xos charsillash eshitiladi va ko'zni qamashtiradigan darajada ravshan yorug'lik chiqadi.
Yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarida o'tkazgich sim metall tayanchga izolator orqali bog'langan bo'lishiga qaramay, ba'zi hollarda kuchli elektr razryad sodir bo'lishi mumkin. Uchqun chiqmasligi uchun elektr uzatish tarmoqlarida kuchlanish qanchalik yuqori bo'lsa, tayanch bilan o'tkazuvchi sim orasidagi izolator shunchalik katta bo'lishi kerak.
Uchqun razryadni maxsus ravishda suratga olib o'rganilgan. Bunda uchqun razryad uzluksiz o'tadigan tok emasligi, balki uzuq-uzuq chaqnashlardan iborat ekanligi ma'lum bo'lgan.
Odatdagi sharoitda havodagi elektr maydon kuchlanganligi 3 000 000 N/C ga yetganda uchqun razryad hosil bo'ladi.
Uchqun razryad tabiatda chaqmoq tarzida yuz beradi. Chaqmoq bulutlar orasida yoki bulut bilan yer orasida sodir bo'lishini bilasiz.
Miltillama razryad
Yopiq shisha nay olib, uning ichiga qarama-qarshi qilib anod va katodlar o'rnatilgan. Nay ichidagi bosim atmosfera bosimiga teng bo'lganda, uning ichidagi havodan tok o'tmaydi. Lekin nay ichidagi havo maxsus nasos yordamida sekin- asta so'rib olinsa, undan tok o'ta boshlaydi.
Naychadagi havo taxminan o'n marta siyraklashtirlganda, razryad sezila boshlaydi. Havo odatdagiga nisbatan bir necha yuz marta siyraklashtirilsa, anod va katod orasini miltillagan yorug'lik qoplaydi. Shuning uchun bunday razryad miltillama razryad deb ataladi. Bunda katodga yaqin joy qorong'iligicha qoladi.
|
| |