1-dars Sana: Mavzu: Jismlarning elektrlanishi Darsning maqsadi




Download 3,84 Mb.
bet96/136
Sana13.05.2024
Hajmi3,84 Mb.
#230443
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   136
Bog'liq
fizika 8 sinf konspekt www.sadikov.uz

3. Yangi mavzu bayoni:
Gazda elektr razryad
Yassi kondensatorni elektrometrga ulab, elektrometrni zaryadlaylik. Bunda ma’lum bir qiymatni ko’rsatib turgan elektrometr ko’rsatkichi deyarli qo'zg'almaydi, undagi zaryad kamaymaydi. Bu esa kondensator qoplamalari orasidagi havo orqali zaryad o'tmayotganligini, ya'ni havodan tok deyarli o'tmasligini ko'rsatadi. Quruq havoni xona temperaturasida dielektrik deb hisoblash mumkin.
Sham yoqib, kondensator qoplamalari orasidagi havoni isitaylik. Shu zahoti elektrometr ko'rsatkichi pasaya boshlaydi, ya'ni kondensator zaryadsizlanadi. Demak, isitilgan havodan tok o'tadi.
Gaz orqali elektr toki o'tishi jarayoni gaz razryadi deb ataladi.
Havo tarkibida azot, kislorod, vodorod, suv molekulalaridan tashqari bir foizga yaqin neon, argon kabi inert gazlar ham mavjud. Xona haroratida havodagi barcha atom va molekulalar neytral holatda bo'ladi. Havo isitilganda neytral atomlar ionlarga aylana boshlaydi, ya'ni ionlashadi.
Havo isitilganda ulardagi atom va molekulalarning harakat tezligi, bir-biri bilan to'qnasha ortadi. Natijada, ba'zi Ne atomlarining elektron qobig'ida aylanib yurgan elektronlardan biri atomni tark etadi. Bitta elektronini yo'qotgan Ne atomi Ne+ ioniga, Ar atomi esa Ar+ ioniga aylanadi.
Temperatura qancha yuqori bo'lsa, havoda shuncha ko'p ionlar hosil bo'ladi.
Elektr maydon ta'sirida Ne+ va Ar+ ionlari kondensatorning manfiy zaryadlangan qoplamasi tomon, atomlardan ajralib chiqqan elektronlar esa musbat zaryadlangan qoplamasi tomon harakatlanadi. Natijada, havodan tok o'tadi.
Gazlarda elektr o'tkazuvchanlik elektr maydonda ionlar va elektronlarning tartibli harakatidan iborat.
Gazlarda ionlashish boshqa tashqi ta'sirlarda, masalan, kuchli nurlantirishda ham sodir bo'ladi.
Rekombinatsiya
Elektr maydon olinib, ionlashtruvchi tashqi ta'sir to'xtatilganda, gazdagi elektron va ionlar bir-biri bilan qo'shilishi natijasida yana neytral atomlarni hosil qiladi.
Elektron va musbat zaryadli ionlarning qo'shilishi natijasida, neytral atomlar hosil bo'lish jarayoni gazlarda zaryadli zarralarning rekombinatsiyasi deb ataladi.
Elektr maydon bo'lmaganda, tashqi ta'sir to'xtatilgan vaqtda zaryadli zarralar faqat rekombinatsiya tufayli yo'qoladi va gaz yana dielektrikka aylanadi.
Elektr maydon bo'lmaganda, ionlashtiruvchi tashqi ta'sir paytida, bir tomondan, gazning ionlashishi, ikkinchi tomondan, zaryadli zarralarning rekombinatsiyasi yuz beradi. Ionlashtiruvchi tashqi ta'sir o'zgarmas bo'lganda ionlashish va rekombinatsiya jarayoni tenglashadi, ya'ni dinamik muvozanat qaror topadi.

Download 3,84 Mb.
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   136




Download 3,84 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1-dars Sana: Mavzu: Jismlarning elektrlanishi Darsning maqsadi

Download 3,84 Mb.