|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
bet | 98/136 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 3,84 Mb. | | #230443 |
Bog'liq fizika 8 sinf konspekt www.sadikov.uz 4. Yangi mavzuni mustahkamlash.
Gazlardan elektr tokining o'tishini qay tarzda hosil qilish mumkin?
Nima sababdan havo isitilganda undan elektr toki o'tadi?
Gazlarda elektr o'tkazuvchanlikda qanday zarralar ishtirok etadi?
Rekombinatsiya deb qanday jarayonga aytiladi?
5. O’quvchilarni baholash: Darsda faol ishtirok etganlar baholanadi. Baholar kundalik daftar va sinf jurnaliga qo’yiladi
6. Uyga vazifalar.
1) Mis kuporosining suvdagi eritmasidan iborat bo’lgan elektrolitdan 40 C zaryad o’tdi. Elektrolitga botirilgan katodda qancha miqdorda mis yig’ilgan?
2) Elektorliz vaqtida katodda 25 mg miqdorda mis yig’ilishi uchun elektrolitdan qancha zaryad o’tishi kerak?
3) 2 soat davom etgan elektrolizda katodda 40 mg nikel yig’ildi. Elektroliz vaqtida elektrolitdan o’tgan tok kuchini toping
48-dars Sana: 8-sinf
Mavzu: Elektr razryadning turlari va ulardan foydalanish
Darsning maqsadi.
a) O’quvchilarga elektr razryadning turlari, ulardan foydalanish, elektr yoy razryadi, uchqun razryadi, iltillama razryad haqid anazariy va ilmiy tushunchalarni hosil qilish
b) O’quvchilarga axloqiy va estetik tarbiya berish, ehtiyotkorlikka o’rgatish
d) O’quvchilarning tasavvur ko’lamini va dunyoqarashini rivojlantirish, xotirasini mustahkamlash
Tayanch kompitensiyalar: Axborot bilan ishlash kompetensiyasi: turli axborot manbalaridan kerakli ma’lumotlarni mustaqil ravishda izlab topa olishi va ulardan foydalanish, axborot xavfsizligi qoidalarini bilish va rioya qila olish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi: o‘zlashtirgan bilimlariga tayangan holda mustaqil ravishda o‘zining fizik bilimlarini rivojlantirish, turli didaktik topshiriqlarni bajara olish, o‘z xattiharakatini muqobil baholay olish.
|
| |