• “Mutaxassisligi bo‘yicha eng yaxshi pedagog”
  • “Innovatsiya va axborot texnologiyalarini qo‘llaydigan eng yaxshi pedagog”
  • 1. Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ta’lim]




    Download 79.35 Kb.
    bet1/3
    Sana13.01.2024
    Hajmi79.35 Kb.
    #136680
      1   2   3
    Bog'liq
    32 24.02.2015


    

    [OKOZ:

    1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.81.00 Pedagog kadrlar. Pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish]

    [TSZ:

    1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ta’lim]

    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
    qarori
    “Oliy ta’lim muassasasining eng yaxshi pedagogi” tanlovi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida
    “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq, yuqori malakali pedagog kadrlarni aniqlash va taqdirlash, ularning faoliyati nufuzini yanada oshirish, o‘qitishning innovatsion texnologiyalarini keng ommalashtirish, pedagogik faoliyatda sog‘lom raqobat va ijodkorlik muhitini yaratish, oliy ta’lim muassasalari pedagoglarining kasbiy ravnaqini rag‘batlantirish va mahoratini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
    1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining, tasarrufida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirliklar va idoralarning:
    har yili “Oliy ta’lim muassasasining eng yaxshi pedagogi” umumrespublika tanlovini (keyingi o‘rinlarda tanlov deb ataladi) o‘tkazish;
    tanlovni ikki bosqichda: oliy ta’lim muassasasi bosqichida har bir oliy ta’lim muassasasida va respublika bosqichida o‘tkazish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
    2. Quyidagilar tanlovni o‘tkazishning asosiy vazifalari etib belgilansin:
    a) birinchi — oliy ta’lim muassasasi bosqichida:
    tanlov ishtirokchilari tomonidan taqdim etilgan o‘quv-metodik, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy materiallarni qabul qilish va tahlil etish;
    tanlov ishtirokchilari tomonidan ochiq darslar o‘tkazilishini tashkil etish va ularning sifatini baholash;
    g‘oliblarni aniqlash va ularga tanlovning respublika bosqichida qatnashishi uchun tavsiyanomalar berish;
    b) ikkinchi — respublika bosqichida:
    tanlov ishtirokchilarining oliy ta’lim muassasalari tomonidan taqdim etilgan tavsiya hujjatlari va taqdimot materiallarini qabul qilish va tahlil etish;
    tanlov ishtirokchilari tomonidan tayyorlangan materiallar taqdimotini tashkil etish va o‘tkazish;
    nominatsiyalar bo‘yicha tanlov ishtirokchilarini baholash va g‘oliblarini aniqlash;
    tanlov g‘oliblarining moddiy va ma’naviy rag‘batlantirilishini tashkil qilish;
    tanlovning o‘tishi va natijalarining ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini tashkil etish.
    3. “Oliy ta’lim muassasasining eng yaxshi pedagogi” tanlovi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
    4. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tasarrufida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan boshqa vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 2015-yildan boshlab, tanlovning yuqori tashkiliy darajada o‘tkazilishi uchun amaliy chora-tadbirlarni ta’minlasin.
    5. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda o‘zlarining idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
    6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
    O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
    Toshkent sh.,
    2015-yil 24-fevral,
    32-son
    Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 24-fevraldagi 32-son qaroriga
    ILOVA
    “Oliy ta’lim muassasasining eng yaxshi pedagogi” tanlovi to‘g‘risida
    NIZOM
    I. Umumiy qoidalar
    1. Ushbu Nizom oliy ta’lim tizimidagi pedagoglar o‘rtasida har yili “Oliy ta’lim muassasasining eng yaxshi pedagogi” tanlovini (keyingi o‘rinlarda Tanlov deb ataladi) o‘tkazish tartibini belgilaydi.
    Oldingi tahrirga qarang.
    Mazkur Nizomning amal qilishi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasiga, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasiga, Bank-moliya akademiyasiga, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabiga, xalqaro va chet el oliy ta’lim muassasalariga, shuningdek, oliy harbiy ta’lim muassasalariga tatbiq etilmaydi.
    (1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi 777-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.12.2020-y., 09/20/777/1620-son)
    2. Yuqori malakali pedagoglarni aniqlash va rag‘batlantirish, pedagogik faoliyatning nufuzini yanada oshirish, ta’lim va tarbiya sohasidagi innovatsiya texnologiyalarini keng ommalashtirish, pedagogik faoliyatda sog‘lom raqobat va ijodkorlik muhitini yaratish, oliy ta’lim tizimidagi professor-o‘qituvchilarning kasbiy o‘sishi va mahorati oshishini rag‘batlantirish Tanlovni o‘tkazishning maqsadi hisoblanadi.
    3. “Oliy ta’lim muassasasining eng yaxshi pedagogi” tanlovi bosqichma-bosqich, ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq sxema asosida o‘tkaziladi va quyidagi bosqichlardan iborat bo‘ladi:
    a) Tanlovning oliy ta’lim muassasasi bosqichi, u har bir oliy ta’lim muassasasida o‘tkaziladi;
    b) Tanlovning respublika bosqichi.
    4. Quyidagilar Tanlovni o‘tkazishning asosiy vazifalari hisoblanadi:
    a) birinchi — oliy ta’lim muassasasi bosqichida:
    Tanlov ishtirokchilari tomonidan taqdim etilgan o‘quv-metodik, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy materiallarni qabul qilish va tahlil etish;
    Tanlov ishtirokchilari tomonidan ochiq darslar o‘tkazilishini tashkil etish va ularning sifatini baholash;
    g‘oliblarni aniqlash va ularga tanlovning respublika bosqichida qatnashishi uchun tavsiyanomalar berish;
    b) ikkinchi, respublika bosqichida:
    oliy ta’lim muassasalari tomonidan taqdim etilgan tavsiya hujjatlarini va Tanlov ishtirokchilarining taqdimot materiallarini qabul qilish va tahlil etish;
    Tanlov ishtirokchilari tomonidan tayyorlangan materiallar taqdimotini tashkil etish va o‘tkazish;
    nominatsiyalar bo‘yicha Tanlov ishtirokchilarini baholash va g‘oliblarini aniqlash;
    Tanlov g‘oliblarining moddiy va ma’naviy rag‘batlantirilishini tashkil qilish;
    Tanlov o‘tishi va natijalarining ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini tashkil etish.
    Oldingi tahrirga qarang.
    5. Tanlov ushbu Nizomning 2-ilovasida ko‘rsatilgan bilim sohalari bo‘yicha, quyidagi nominatsiyalarda o‘tkaziladi:
    (5-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-oktabrdagi 629-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.10.2020-y., 09/20/629/1359-son)
    a) “Mutaxassisligi bo‘yicha eng yaxshi pedagog”, bunda tegishli fan (kurs) bo‘yicha o‘qitish metodikasiga oid ishlar ko‘rib chiqiladi;
    b) “Eng yaxshi pedagog-tadqiqotchi”, bunda pedagogning ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarining ta’lim-tarbiya jarayoniga joriy etilishi bo‘yicha erishgan yutuqlari ko‘rib chiqiladi;
    v) “Innovatsiya va axborot texnologiyalarini qo‘llaydigan eng yaxshi pedagog”, bunda zamonaviy pedagogika va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini ta’lim-tarbiya jarayonida samarali qo‘llash sohasidagi ishlar ko‘rib chiqiladi.
    II.Tanlovning tashkilotchilari va ta’sischilari
    6. Tanlovning respublika bosqichini o‘tkazish tashkiliy qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda Tashkiliy qo‘mita deb ataladi) tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri tomonidan tasdiqlanadi. Tashkiliy qo‘mita tarkibiga tasarrufida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirliklar va idoralarning, shuningdek boshqa tashkilotlarning vakillari kiritiladi.
    7. Quyidagilar Tashkiliy qo‘mitaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
    Tanlovni o‘tkazish muddatlarini belgilash;
    Tanlovni yuqori tashkiliy darajada o‘tkazish;
    Tanlov doirasida o‘tkaziladigan tadbirlarni yoritib borish uchun ommaviy axborot vositalarini jalb etish.
    8. Tashkiliy qo‘mita, qoidaga ko‘ra, rais, rais o‘rinbosari, Tashkiliy qo‘mita kotibi va a’zolaridan iborat tarkibda shakllantiriladi.
    Tashkiliy qo‘mita raisi, raisning o‘rinbosari va kotibi uning a’zolari orasidan saylanadi.
    9. Tashkiliy qo‘mita raisi:
    Tashkiliy qo‘mita majlis kun tartibini belgilaydi va uni o‘tkazadi;
    Tashkiliy qo‘mita qarorlarini tasdiqlaydi va ularning bajarilishini nazorat qiladi.
    Tashkiliy qo‘mita a’zolariga yuklangan vazifalarni bajarish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtiradi.
    10. Tashkiliy qo‘mita a’zolari quyidagi huquqlarga ega:
    Tashkiliy qo‘mita majlislarida ko‘rib chiqilayotgan masalalarni muhokama qilishda va hal etishda qatnashish;
    ko‘rib chiqilayotgan masalalar bo‘yicha xulosalar taqdim etish.
    Tashkiliy qo‘mita faoliyatida ishtirok etish jamoatchilik asosida amalga oshiriladi.
    11. Tashkiliy qo‘mita majlisini rais, u bo‘lmaganda esa — rais o‘rinbosari boshqaradi.
    Tashkiliy qo‘mita majlisi a’zolarining uchdan ikki qismi qatnashganda vakolatli hisoblanadi.
    12. Tashkiliy qo‘mita kotibi:
    Tashkiliy qo‘mita majlisiga barcha zarur hujjatlarning o‘z vaqtida tayyorlanishini ta’minlaydi;
    Tashkiliy qo‘mita raisi bilan majlisning o‘tkaziladigan joyi va vaqtini kelishadi;
    Tashkiliy qo‘mita a’zolarini majlisning o‘tkazilish sanasi, joyi va kun tartibidan xabardor qiladi;
    Tashkiliy qo‘mita majlislarining kun tartibidagi masalalar bo‘yicha o‘tkazilishini tashkil etadi;
    Tashkiliy qo‘mita majlisi protokollarini rasmiylashtiradi va tasdiqlangandan so‘ng Tashkiliy qo‘mita a’zolariga va manfaatdor tashkilotlarga yuboradi.
    13. Tashkiliy qo‘mita qarori uning a’zolarining oddiy ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng bo‘lganda Tashkiliy qo‘mita raisining (u bo‘lmaganda rais o‘rinbosarining) ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
    14. Tashkiliy qo‘mitaning ish tartibi u tasdiqlaydigan Reglament asosida belgilanadi.
    15. Quyidagilar Tanlovning ta’sischilari hisoblanadi:
    O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi;
    O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi;
    O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi;
    Oldingi tahrirga qarang.
    O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi;
    (15-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-maydagi 270-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 19-son, 345-modda)
    O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi;
    O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi;
    Oldingi tahrirga qarang.
    (15-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
    O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi;
    O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi;
    O‘zbekiston Badiiy akademiyasi;
    “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi;
    “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi.
    16. Tanlov ta’sischilari Tashkiliy qo‘mitani zarur jihatdan qo‘llab-quvvatlaydi va uning samarali ishlashi uchun shart-sharoitlar yaratadi.
    III. Tanlovning oliy ta’lim muassasasidagi bosqichini tashkil etish
    17. Tanlovning oliy ta’lim muassasasidagi bosqichi har yili 1-aprel — 30-may mobaynida o‘tkaziladi.
    18. Tanlovning oliy ta’lim muassasasidagi bosqichi g‘olibi to‘g‘risidagi qaror oliy ta’lim muassasasi rektori (direktori) tasdiqlaydigan tarkibdagi Tanlov komissiyasi tomonidan qabul qilinadi.
    19. Tanlov komissiyasi oliy ta’lim muassasasining ma’muriy-boshqaruv xodimlari, pedagoglari va kasaba uyushma qo‘mitasi vakillaridan iborat tarkibda tashkil etiladi.
    20. Tanlov komissiyasi quyidagi funksiyalarni bajaradi:
    Tanlovning oliy ta’lim muassasasidagi bosqichi axborot ta’minotini tashkil qiladi;
    Tanlov ishtirokchilaridan buyurtmanomalar va materiallarni qabul qilishni tashkil etadi;
    mazkur Nizomning 22-bandiga muvofiq Tanlov ishtirokchisi taqdim etgan hujjatlari to‘plamini va o‘tkazgan ochiq mashg‘uloti sifatini baholaydi;
    Tanlovning respublika bosqichida ishtirok etishga nomzodlarni tavsiya qilish uchun oliy ta’lim muassasasi bosqichi g‘oliblarining hujjatlari ilova qilingan buyurtmanoma-tavsiyani tayyorlaydi.
    Mazkur oliy ta’lim muassasasining kamida 3 yil to‘liq stavka bo‘yicha faoliyat yuritayotgan, yoshi, ilmiy darajasi va unvonidan qat’i nazar, bakalavriat yoki magistratura ta’lim dasturlari bo‘yicha kurslardan birida (leksiya, seminar, amaliy yoki laboratoriya) mashg‘ulotlari olib borayotgan, Tanlovda ishtirok etish uchun ushbu Nizom talablariga muvofiq hujjatlar topshirgan shtatli pedagogi Tanlov ishtirokchisi bo‘lishi mumkin.
    21. Tanlovning oliy ta’lim muassasasi bosqichi davomida Tanlov ishtirokchilari 15-apreldan boshlab 5 ish kuni mobaynida Tanlov komissiyasiga o‘zlarining hujjatlar to‘plamini (22-band) qog‘ozda va elektron shaklda ko‘rib chiqish uchun taqdim etishadi.
    22. Tanlov ishtirokchisi Tanlov komissiyasiga quyidagi ma’lumotlar mavjud bo‘lgan hujjatlar to‘plamini taqdim etadi:
    oliy ta’lim muassasasi kafedra mudirining (Tanlovda kafedra mudiri qatnashgan hollarda tavsiyanoma o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor (direktor o‘rinbosari) tomonidan beriladi) Tanlov ishtirokchisining oliy ta’lim muassasasidagi pedagogik, kasbiy va jamoat ishlaridagi faoliyati haqidagi ma’lumotlar bayon etilgan ikki betdan oshmaydigan hajmdagi taqdimnomasi;
    Tanlov ishtirokchisining pedagogik konsepsiyasi tavsifi (3-6 bet bosma matnli hajmda);
    Tanlov ishtirokchisining ahamiyatli bo‘lgan o‘quv-uslubiy, ilmiy-uslubiy materiallari yoki ijodiy ishlari, ularga tashqi taqrizlar bilan birga;
    turli tanlovlarda faxriy yorliqlar va diplomlar bilan taqdirlanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar (nusxalari ilova qilinadi);
    grantlar asosidagi faoliyatda qatnashganligi to‘g‘risidagi ma’lumot, unda grantning nomi, moliyalashtirish hajmi, qatnashishning shakli va darajasi ko‘rsatiladi;
    konferensiyalardagi ishtiroki haqidagi ma’lumotlar, ularda maqomi va nomi, o‘tkazilgan joyi, shaxsan ishtirok etish darajasi (ma’ruzachi, hamma’ruzachi, tashkilotchi) ko‘rsatiladi;
    xalqaro loyihalar va dasturlardagi ishtiroki to‘g‘risidagi ma’lumotlar (nomi, moliyalashtirish manbalari va hajmi, ishtirok etish darajasi ko‘rsatiladi);
    malaka oshirish, kadrlarni qayta tayyorlash kurslaridan, stajirovkadan o‘tganlik to‘g‘risidagi sertifikatlarning va guvohnomalarning nusxalari (mavzusi, soatlar hajmi va o‘tkazilgan joyi ko‘rsatiladi);
    e’lon qilingan materiallarining belgilangan tartibda oliy ta’lim muassasasi tomonidan tasdiqlangan ro‘yxati;
    bevosita Tanlov ishtirokchisi rahbarligida tanlovlarda, loyihalarda, olimpiadalarda ishtirok etish uchun tayyorlangan talabalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shuningdek uning kasbiy o‘sishi va yutuqlari haqidagi boshqa materiallar.
    Hujjatlar to‘plamiga kiritilgan materiallar va axborotlarda Tanlov ishtirokchisining so‘nggi 3 yildagi faoliyatiga doir ma’lumotlar bo‘lishi lozim.
    23. Tanlovning oliy ta’lim muassasasidagi bosqichi doirasida 25-aprel — 15-may mobaynida Tanlov ishtirokchisi tomonidan akademik guruhda Tanlov komissiyasi vakili ishtirokida ochiq dars o‘tkazilishi kerak, uning yakuni bo‘yicha o‘tkazilgan ochiq dars sifatiga mazkur Nizomning 3-ilovasidagi mezonlar asosida tegishli baho qo‘yiladi.
    24. Tanlov ishtirokchisi ochiq mashg‘ulotning mavzusi, turi va shaklini, shuningdek talabalar guruhini ularning ta’lim yo‘nalishi va tayyorlagan mavzusidan kelib chiqqan holda tanlash huquqiga ega.
    25. Tanlov ishtirokchisi Tanlov komissiyasining a’zosi bo‘lishi mumkin emas.
    26. Tanlov komissiyasi, hujjatlar to‘plamini va o‘tkazilgan ochiq mashg‘ulotlar sifatini baholash natijalarini hisobga olgan holda, mazkur Nizomning 17-bandiga muvofiq har yili 30-maygacha har bir nominatsiya bo‘yicha g‘oliblarni (1, 2, 3-o‘rinlarni) aniqlaydi va har bir nominatsiya bo‘yicha birinchi o‘rinlarni egallagan g‘oliblar nomzodini Tanlovning respublika bosqichida qatnashish uchun tavsiya etadi.
    27. Tanlov komissiyasining qarorlari a’zolarining oddiy ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng bo‘lganda Tanlov komissiyasi raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
    28. Tanlov komissiyasining qarorlari ikki nusxada protokollar bilan rasmiylashtiriladi, ular Tanlovning majlisda qatnashgan barcha a’zolari tomonidan imzolanadi. Protokollarda Tanlov komissiyasi a’zolarining alohida fikrlari qayd etiladi (mavjud bo‘lgan taqdirda).
    29. Ushbu Nizomning 17-bandida ko‘rsatilgan nominatsiyalar bo‘yicha 1, 2 va 3-o‘rinlarni egallagan Tanlov ishtirokchilari oliy ta’lim muassasasining faxriy yorlig‘i bilan mukofotlanadi hamda tegishli ravishda, egallab turgan lavozimiga ko‘ra shtat bo‘yicha maoshining 1; 0,75 va 0,5 koeffitsiyenti miqdoridagi pul mablag‘lari bilan moddiy rag‘batlantiriladi.
    30. Moddiy rag‘batlantirish uchun pul mablag‘lari oliy ta’lim muassasasi rektori (direktori)ning buyrug‘i asosida oliy ta’lim muassasalarining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan beriladi.
    IV. Tanlovning respublika bosqichini o‘tkazish
    Oldingi tahrirga qarang.
    31. Mazkur Nizomning 2-ilovasida ko‘rsatilgan har bir bilim sohasi bo‘yicha Tanlovning respublika bosqichi g‘oliblarini aniqlaydigan Tanlov komissiyalarining shaxsiy tarkiblari Tashkiliy qo‘mita tomonidan tasdiqlanadi.
    (31-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-oktabrdagi 629-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.10.2020-y., 09/20/629/1359-son)
    32. Oliy ta’lim muassasalari 1-iyundan boshlab 20 ish kuni mobaynida Tashkiliy qo‘mitaga Tanlovning oliy ta’lim muassasa bosqichi doirasida ushbu Nizomning 17-bandida ko‘rsatilgan nominatsiyalar bo‘yicha 1-o‘rinni egallagan g‘oliblar orasidan respublika bosqichida qatnashishga nomzodlar bo‘yicha buyurtmanoma — tavsiyani quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda taqdim etadi:
    Tanlov ishtirokchisining asosiy kasbiy yutuqlarining tavsifidan iborat rezyum;
    ishtirokchining tanlov ishi (ochiq mashg‘uloti, mualliflik pedagogik texnologiyasi, pedagogik konsepsiyasining taqdimoti yoki videoroligi);
    hujjatlar to‘plami (22-band), unda Tanlov ishtirokchisining familiyasi, ismi va otasining ismi ko‘rsatiladi.
    33. Barcha materiallar qog‘ozda va elektron shaklda taqdim etiladi va qaytarib berilmaydi.
    Oldingi tahrirga qarang.
    34. Har bir bilim sohasi bo‘yicha ishtirokchilarning kelib tushgan hujjatlarini Tanlov komissiyalari 20-iyundan boshlab 20 ish kuni mobaynida ko‘rib chiqadi.
    (34-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-oktabrdagi 629-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.10.2020-y., 09/20/629/1359-son)
    35. Tanlov dasturi doirasida ishtirokchi o‘zining tanlov ishi taqdimotini namoyish etadi, mazkur jarayonda unga pedagogik mahoratini, kasbiy salohiyatini, ijodiy imkoniyatlari va qiziqishlarini namoyon etish imkoni beriladi.
    Taqdimot 2-sentabr — 20-sentabr mobaynida o‘tkaziladi.
    Oldingi tahrirga qarang.
    36. Tanlov komissiyalari tanlov ishlari taqdimotini baholashda mazkur Nizomning 4-ilovasidagi mezonlarga amal qiladi. Tanlov komissiyalarining majlislarida bilim sohasi bo‘yicha nominatsiyada 1-o‘rinni egallagan Tanlovning respublika bosqichi g‘oliblari 25-sentabrgacha bo‘lgan muddatda aniqlanadi. Tanlov komissiyalari majlislari natijalari Tashkiliy qo‘mita raisi tomonidan tasdiqlanadigan protokol bilan rasmiylashtiriladi.
    (36-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-oktabrdagi 629-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.10.2020-y., 09/20/629/1359-son)
    37. Zarur holatlarda, Tashkiliy qo‘mita hujjatlarni topshirish va Tanlov komissiyasining ish bosqichlari muddatini o‘zgartirish huquqiga ega.
    Oldingi tahrirga qarang.
    38. Har bir bilim sohasi bo‘yicha nominatsiyalarda 1-o‘rinni egallagan Tanlovning respublika bosqichi g‘oliblari faxriy diplomlar bilan mukofotlanadilar va ular Tanlov qatnashchisi lavozim maoshining 5 barobari miqdorida moddiy rag‘batlantiriladilar. Tanlov yakunlari ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi.
    (38-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-oktabrdagi 629-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.10.2020-y., 09/20/629/1359-son)
    39. Moddiy rag‘batlantirish to‘lovi Tashkiliy qo‘mitaning qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining buyrug‘i bilan Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. Tasarrufida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirliklar va idoralar o‘zlarining hisobidan tanlov g‘oliblarini qo‘shimcha ravishda pul mablag‘lari bilan moddiy rag‘batlantirishga haqlidir.
    40. G‘oliblarni mukofotlash oktyabr oyining birinchi o‘n kunligida tantanali vaziyatda o‘tkaziladi.
    Oldingi tahrirga qarang.
    41. Har bir bilim sohasi bo‘yicha nominatsiyalarda 1-o‘rinni egallagan Tanlovning respublika bosqichi g‘oliblari 3 yil mobaynida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasiga tegishli lavozimda vazifani bajarib turuvchining bir yillik muddatini o‘tamasdan professor (yoki dotsent) ilmiy unvonlarini olish uchun hujjatlarni taqdim etish huquqiga ega bo‘ladilar.
    (41-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-oktabrdagi 629-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.10.2020-y., 09/20/629/1359-son)
    Tanlovning respublika bosqichi g‘olibining faxriy diplomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan ilmiy unvonlarni belgilangan tartibda berish uchun nashr etilgan darsliklarga, o‘quv qo‘llanmalariga, ilmiy maqolalarga ega bo‘lish bo‘yicha talablarning bajarilganligiga tenglashtiriladi.
    42. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida Tanlov g‘oliblari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasi shakllantiriladi.
    “Oliy ta’lim muassasasining eng yaxshi pedagogi” tanlovi to‘g‘risidagi nizomga
    1-ILOVA
    “Oliy ta’lim muassasasining eng yaxshi pedagogi” tanlovini o‘tkazish
    SXEMASI

    “Oliy ta’lim muassasasining eng yaxshi pedagogi” tanlovi to‘g‘risidagi nizomga
    2-ILOVA
    Oldingi tahrirga qarang.
    “Oliy ta’lim muassasasining eng yaxshi pedagogi” tanlovi o‘tkaziladigan bilim sohalari va ta’lim sohalari guruhlari


    Download 79.35 Kb.
      1   2   3




    Download 79.35 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1. Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ta’lim]

    Download 79.35 Kb.