|
Guruh pedagoginining bolalarni boshlang‘ich ta’limga majburiy bir yillik tayyorlashdagi asosiy vazifalari
|
bet | 39/279 | Sana | 28.05.2024 | Hajmi | 1,77 Mb. | | #255854 |
Bog'liq 1-ilova o‘zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi-fayllar.org2. Guruh pedagoginining bolalarni boshlang‘ich ta’limga majburiy bir yillik tayyorlashdagi asosiy vazifalari:
2.1. Bolalarning kundalik hayotini, ularni tarbiyalashni rejalashtiradi va tashkillashtiradi, kundalik ishlarni olib boradi, psixologik va jismoniy rivojlanishlari uchun sharoit yaratilishini ta’minlaydi.
2.2. Bolalar salomatligini saqlash va mustahkamlashni ta’minlaydi, ularning hayoti va salomatligi uchun javobgardir.
2.3. Bolalarga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish, ularning individual qobiliyatlari, qiziqishlari va moyilliklarini o‘rganish.
2.4. Bolalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, ularning o‘zini namoyon qilishi uchun sharoit yaratadi.
2.5. Uning guruhidagi bolalarning davomatini kuzatadi.
2.6. U katta hamshiraga bolalarning mashg‘ulotlar, o‘yinlardagi holati sog‘lig‘idagi o‘zgarishlar to‘g‘risida xabar beradi, yashash joyidagi sog‘liqni saqlash idorasini xabardor qiladi.
2.7. Bolalarning ota-onalari (ularning o‘rnini bosadigan shaxslar) bilan ularning rivojlanishi, ta’lim va tarbiya masalalari bo‘yicha o‘zaro hamkorlikda bo‘ladi.
2.8. Pedagogik ta’lim tarbiyaga oid tadbirlarda ishtirok etadi, boshqa pedagoglarning tajribasini o‘rganadi, ularni tajribasini umumlashtiradi.
2.9. Xavfsizlik qoidalarini bilishi, yong‘in o‘chirgich bilan ishlay olishi, yong‘in sodir bo‘lgan taqdirda bolalarni evakuatsiya qilish rejasini bilishi zarur.
2.10. YAgona o‘quv jarayonidagi mutaxassislarning ishini muvofiqlashtiradi.
3. Bolalarni boshlang‘ich ta’limga majburiy bir yillik tayyorlash bo‘yicha guruh pedagogi quyidagi huquqlarga ega:
3.1. Maktabgacha yoshdagi guruhlarda pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega shaxslar tegishli ixtisoslashtirilgan ma’lumotga, kasbiy tayyorgarlikka va yuqori axloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan shaxslar bo‘lishi kerak.
3.2. Maktabgacha ta’lim tashkiloti mudiri va metodisti va maktabgacha ta’limning hududiy organidan pedagogik jarayonni tashkil etish bo‘yicha maslahat olishi.
3.3. Mavjud metodik adabiyotlar va qo‘llanmalardan mashg‘ulotlarga tayyorlanishda foydalanish.
3.4. Bolalarni tegishli sanitariya tekshiruvisiz guruhga qabul qilmaslik.
3.5. Ma’muriyatdan ishlash uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishni talab qilish.
|
| |