Rezervlar foydalanish vaqtiga qarab joriy va istiqbol rezervlariga bo’linadi. Joriy rezervlar texnologiya jarayoni muhim darajada o’zgartirilmay va qo’shimcha kapital mablag’lar sarflanmay amalga oshiriladi, istiqbol rezervlari ishlab chiqarishni qayta tashkil etishni ancha mukammal asbob-uskunalar o’rnatilishi, tayyorgarlik ishlariga kapital mablag’lar va ko’proq vaqt sarflashni talab qiladi.
Rezervlar aniqlash va foydalanish joyiga qarab xalq xo’jalik, tarmoq va ichki ishlab chiqarish rezervlariga bo’linadi. Xalq xo’jalik rezervlariga, avvalo, boy tabiiy resurslar, ulardan har tomonlama foydalanish va shu kabilar kiradi. Tarmoq rezervlariga shunday rezervlar kiradiki, ulardan foydalanish, umuman tarmoqda gi xodimlar mehnatunumdorligini oshiradi (korxonalarning ixtisoslash-tirilishi, ishlab chiqarishning bir joyga to’planishi va kombinatsiyalanishi, texnika va texnologiyaning takomillashtirilishi va hokazo). Ichki ishlab chiqarish rezervlari mehnat unumdorligini oshirishda muhim ahamiyatga egadir, chunki pirovard natijada ularning hammasi aniqlanadi va bevosita korxonalarda amalga oshiriladi.
Mehnat unumdorligining ko’rsatkichlari va uni oshirish yo’llari.
Mehnat unumdorligi darajasiga baho berish uchun umumlashtiruvchi, xususiy va yordamchi ko’rsatkichlar tizimi qo’llanadi. Umumlashtiruvchi ko’rsatkichlarga bitta ishlovchining ishlab chiqargan o’rtacha yillik, o’rtacha oylik, o’rtacha kunlik va o’rtacha soatlik mahsuloti qiymatining ifodasi kiradi. Xususiy ko’rsatkichlar-bu muayyan turdagi mahsulot birligini ishlab chiqarish uchun vaqt sarfi yoki bir kishi kunida yohud bir kishi soatda muayyan turdagi natural ifodada mahsulot ishlab chiqarishga sarflangan vaqtni bildiradi. Yordamchi ko’rsatkichlar muayyan ish turining birligiga yoki vaqt birligi ichida bajarilgan ishlar hajmiga sarflangan vaqtni tavsiflab beradi.
SANOAT ISHLAB CHIQARISHINI ILMIY JIHATDAN BOSHQARISHNING ASOSIY MUAMMOLARI.
Sanoat ishlab chiqarishiga oqilona rahbarlik qilish mamlakat
xalq x o ‘jaligining yanada taraqqiy etishiga va mustahkamla-
nishiga har doim katta ta’sir ko‘rsatib keidi va kelgusida ham
yetarli ta’sir k o ‘rsatadi.
Shuning uchun ham sanoatni boshqarish masalaiari doimo
Respublika Prezidenti, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining
diqqat e ’tiborida b o ia d i. Natijada, sanoatni boshqarish tizimi
milliy iqtisodiyot va sanoat oldida turgan vazifalarga b o g iiq
ravishda muttasil o ‘zgarib turadi.
Mustaqillikka erishilgandan so‘ng boshqaruv tizimida juda
katta o ‘zgarishlar sodir b o ‘ldi. Iqtisodiyotga rahbarlikning ilmiy
asoslari, ishlab chiqarishni boshqarishning tamoyillari va
usullari ishlab chiqildi, boshqaruvning yangi tuzilmalari,
funksiyalari, huquqlari va burchlari aniqlandi. Lekin, hali
x o ‘]alikka rahbarlik qilish, ishlab chiqarishni boshqarishni
yanada
yaxshilash
borasida
o ‘z
yechimini
kutayotgan
muammolar kam emas. Shuning uchun kelgusida sanoat ishlab
chiqarishiga rahbarlik qilishni takomillashtirishning asosiy
yo‘nalishlarini aniqlash alohida ahamiyat kasb etadi.
Bulaming eng muhimlari quyidagilardan iborat:
1.
Bozor iqtisodiyoti qoidalari va demokratik tamoyillarga
asoslangan boshqamv tizimini yanada takomillashtirish;
72
2. Boshqaruvni amalga oshirish jarayonida iqtisodiyotni
mafkuradan to ‘la xoli qilish, iqtisodning siyosatdan ustuvorligini
to ‘la ta ’minlash;
3. X o‘jalikka rahbarlik qilishda davlatning bosh islohotchi
b o ‘lishiga to‘la-tekis erishish. Bozor munosabatlariga o ‘tish
chuqurlasha borgan sari davlatning boshqaruv tizimidagi
m avqe’ini nodavlat tashkilotlari va o ‘z-o‘zini boshqarish
tizimlariga o ‘tkaza borish;
4. Boshqaruv jarayonlarining mustahkam huquqiy asoslarga
qurilishini
ta’minlash.
Qonunlaming
barcha
boshqaruv
subyektlari va obyektlari tomonidan og‘ishmay bajarilishiga
erishish;
5. Bozor islohotlari bosqichma-bosqich va izchil ravishda
amalga oshirilishini inobatga olgan holda boshqaruv tizimini
ham bosqichma-bosqich takomillashtirib borishni ta’minlash.
Markazdan
turib
rahbarlik
qilishda
asosiy
e'tibor
quyidagilarga qaratilishi kerak:
- inson omilini maksimal darajada faollashtirish, jamiyat-
ning intellektual salohiyatini yuqori darajaga k o ‘tarish, samarali
va sifatli mehnat qilish uchun sharoit va unga undovchi
motivlami yaratish;
- aholining ish bilan samarali va oqilona band bo'lishtni
ta ’minlash va ijtimoiy adolat tamoyilini izchil amalga oshirish
asosida mamlakat aholisining turmush darajasini yanada
yuksaltirish;
- eng yangi, avvalo ilm-fan va innovatsiyalar asosida taraq-
qiy etadigan tarmoqlar va ishlab chiqarishlarni jadallik bilan
rivojlantirish;
- mamlakat ishlab chiqarish apparatini texnika va texnolo
giya jihatidan doimo yangilab turish, undan oqilona foyda
lanishni to ‘la ta ’minlaydigan struktura va investitsiya siyosatini
yuritish;
- respublikaning ilmiy salohiyatini mustahkamlash va uni
ishlab chiqarish bilan birlashtirish, fan-texnika taraqqiyotining
73
ustuvor yo‘nalishlarini va axborot texnologiyalarini jadalroq
rivojlantirish,
xavfsiz
va
ekologik jihatdan
toza ishlab
chiqarishlami
yaratish,
iqtisodiyotni
intensivlashni
ta ’minlaydigan miqyoslarda resurslami tejashga erishishga
qaratilgan ilmiy-texnika siyosatini amalga oshirish;
- bozor iqtisodiyotining barcha vositalaridan bekamu-ko‘st
foydalanish asosida ishlab chiqarishining, jumladan, sanoat
ishlab chiqarishning barcha sifat ko‘rsatkichlarini yanada
yaxshilashga e ’tiborni kuchaytirish;
- barcha viloyatlar va tumanlar manfaatlarini aks ettiradigan
va ulardan har birining milliy iqtisod kompleksiga qo ‘shadigan
hissasini ko ‘paytirishga yordam beradigan regional siyosatni
amalga oshirish;
- xalqaro mehnat taqsimotining, integratsiyanmg afzallik-
laridan yanada samaraliroq foydalanishga qaratilgan tashqi
iqtisodiy siyosatni amalga oshirish.
Markazlashgan rahbarlikning yangicha qiyofasi, o ‘zbek
modeli ga xos xususiyati shu bilan tavsiflanadiki, bunda vazifalar
m a’muriy usullar bilan emas, balki iqtisodiy va ijtimoiy usullar
bilan
hal
etiladi,
ishlab
chiqarish
qatnashchilarining
manfaatlarini birga qo'shib olib borish asosida demokratik yo‘l
bilan amalga oshiriladi.
Boshqaruvning sifat jihatlari, samaradorligi juda k o ‘p
omillarga b o g iiq :
•davlat va nodavlat idoralarining rahbarlarini to 'g 'ri
belgilashga;
•tegishli qonunlar va qarorlar qabul qilinishiga;
•kadrlami tanlash, joy-joyiga qo'yish va tarbiyalashga;
•nazoratni tashkil etishga;
•idora xodimlari mehnatining texnik jihatdan qurollanishiga.
Bulaming barchasini shartli boshqaruvning texnologiyasi
desa b o iad i.
74
Ayni vaqtda, masalaning bir muhim jihati, ya’ni xodimlami
boshqaruv jarayoniga tortish va ularning bu jarayonda
manfaatdor sifatida qatnashishi alohida ahamiyat kasb etadi.
|