1. Kirish Magnitorazvetkaning fizik va geologik asoslari Magnitorazvetkaning maqsadi




Download 1.28 Mb.
bet3/8
Sana26.05.2023
Hajmi1.28 Mb.
#65184
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1hojiake (3)
Anvar kurs ishi, 5-MAVZU. DAVLATNING BYUDJET - SOLIQ SIYOSATI, Guruhlangan va interval variatsion qatorlar, 4-amaliy (1), 52775, New Doc 2023-09-13, Doc1, 아동중심교육 형성의 역사적 배경, Nurmatova Azima Abdullajon qizi (1), Маълумот шаклиузб Нурафшон, Нурафшон Маълумотнома 22.12.2023, olimpiyada oyinlarida yengil atletika
Magnitorazvedkaning maqsadi.
Magnitorazvedkaning maqsadi - magnit anomaliyalarni ajratish va ularni geologik izohlash. Musbat anomaliya hosil bo‘lishi uchun magnit maydon tashkil etuvchilari ,, vektorlarining yo‘nalishi normal maydon tashkil etuvchilarining vektor yo‘nalishi bilan to‘g‘ri kelganda hosil bo‘ladi, to‘g‘ri kelmaganda (yo‘nalishi qarama-qarshi bo‘lganda) manfiy anomaliya hosil bo‘ladi. Magnit anomaliyalarning kuchlanganligi va tavsifi jinslarning magnit xususiyatlariga va Yer magnit maydonining kuchlanganligiga bog‘liq. Tog‘ jinslarining magnitlanganligi       – induktiv magnitlanganlik;  – qoldik magnitlanganlik; T – zamonaviy magnit maydonining vektori. Qoldik magnitlanganlik qiymati va yo‘nalishi kuzatilgan magnit maydonga kuchli ta’sir etishi mumkin. Agar bo‘lsa musbat anomaliya hosil bo‘ladi (yo‘nalishlari to‘g‘ri kelganda va qoldiq induktivdan kichik bo‘lganda), agar  va (ko‘pincha uchraydi) yo‘nalishlari to‘g‘ri kelmaganda manfiy anomaliya hosil bo‘ladi (jinsning magnit xossasi – æ yuqori bo‘lsa ham). Undan tashqari magnit qo‘zg‘atuvchi ob’ekt ikkita qutbli magnitdan iborat. Shuning uchun uning ustida musbat va manfiy zonali anomaliyalar kuzatiladi. Magnit anomaliyalar gravitatsionlarga nisbatan tez o‘zgaruvchan bo‘ladi. Geomagnit maydonni o‘lchash asoslari. Magnitorazvedkada Yer magnit maydonining to‘liq va nisbiy qiymatlari o‘lchanadi. Yer magnit maydonining to‘liq qiymatlari va magnit variatsiyalari magnit observatoriyalarida (dunѐda ular taxminan 150 ta, O‘zbekistondagi observatoriya Yangi bozor shahrida joylashgan ) kuzatuvlar ѐrdamida o‘lchaniladi. Magnit maydoni to‘liq vektorining kuchlanishini mutloq aniqliklarda odatda magnit maydonning uchta elementlari o‘lchanadi. Buning uchun murakkab uch komponentli magnit asboblar – magnit teodolitlar va variatsiya stansiyalari. Ular o‘lchovlarni avtomatik ravishda ѐzadilar. Geologik qidiruvda hamma kuzatuv nuqtalarida qaysidir tanlab olingan tayanch nuqtaga nisbatan magnit maydon elementlarining nisbiy qiymatlari o‘lchanadi. Agar, o‘rganadigan maydon kichik bo‘lsa, unda normal maydon doimiy va «0»ga teng deb olinadi. Agarda, o‘rganadigan maydon katta bo‘lsa, unda yerning normal magnit maydonini hisobga olish kerak bo‘ladi. Dala magnitorazvedkasida gorizontal tashkil etuvchisining nisbiy orttirmasi ∆N, ko‘pincha vertikal tashkil etuvchisining nisbiy orttirmasi ∆Z o‘lchanadi. Ularni o‘lchash uchun magnitometrlar deb atalgan asboblar ishlatiladi. Optik – mexanik, kvarsli, ferrorezonansli, protonli va boshqa magnitometrlar ishlatiladi. Qaysidir nuqtada nisbiy o‘lchovlarni o‘tkazish uchun o‘lchanadigan magnit maydon elementlari absolyut (to‘liq) qiymatlari o‘lchangan ѐki aniq bo‘lgan nuqtaga nisbatan solishtirish yo‘li bilan topiladi, ya’ni farqlari hisoblanadi.


Download 1.28 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 1.28 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1. Kirish Magnitorazvetkaning fizik va geologik asoslari Magnitorazvetkaning maqsadi

Download 1.28 Mb.