Dala ishlarida (xaritalash) magnitorazvedka uslubi




Download 1.28 Mb.
bet5/8
Sana26.05.2023
Hajmi1.28 Mb.
#65184
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1hojiake (3)
Anvar kurs ishi, 5-MAVZU. DAVLATNING BYUDJET - SOLIQ SIYOSATI, Guruhlangan va interval variatsion qatorlar, 4-amaliy (1), 52775, New Doc 2023-09-13, Doc1, 아동중심교육 형성의 역사적 배경, Nurmatova Azima Abdullajon qizi (1), Маълумот шаклиузб Нурафшон, Нурафшон Маълумотнома 22.12.2023, olimpiyada oyinlarida yengil atletika
Dala ishlarida (xaritalash) magnitorazvedka uslubi.
Qo‘yilgan geologik masalani yechish uchun magnitrazvedkani o‘tkazishdan oldin: 1. asbob va usulni; 2. xaritalashni turi va kuzatuv tizimini, profillar yo‘nalishini, kuzatuv qadamini tanlash, qanday materiallar natijasi va ular qaysi shaklda ko‘rsatiladi, ish xatosini tasavvur qilish kerak. Magnitorazvedkaning asosiy xaritalash ishlari dalada (er 10 yuzasida, piѐda va avtomobilda), havoda (aeromagnitorazvedka), dengizda (gidromagnit), Yer tagida va quduqlarda olib boriladi. Geologik masalalarni yechish bo‘yicha magnitrazvedka turli xaritalashlarga (s’ѐmkalarga) bo‘linadi: 1. Regional (hududiy), aeromagnit va gidromagnitli xaritalash. M-b 1:200000 va undan mayda. Katta hududlarni chuqurdagi geologik tuzilishini o‘rganadi. 2. Xaritali s’ѐmka (aeromagnitli va dala). 1:100000 va 1:50000 M-b.da o‘rganilaѐtgan maydonlarni temir ma’daniga va boshqa foydali qazilmalarga istiqbolli bo‘lishini baholash maqsadida o‘tkaziladi. 3. Xaritali izlash (dala) – yirik masshtabli geologik xaritalash ( M-b 1:50000 va 1:10000) va temir ma’dani va boshqa foydali qazilmalarni qidirish maqsadida qo‘llaniladi. 4. 1:10000 va yirikroq masshtabdagi izlov – qidiruv va aniq ma’dan jinslarini aniqlash, o‘lchamlarini, shaklini, ѐtish holatini, magnit xossalarini baholash maqsadida o‘tkaziladi. Dala ishlari ixcham magnitometrlar ѐrdamida o‘tkaziladi. Xaritalashning ikkita turi bor: yo‘nalishli (profilli) va maydonli. Tekshiruv tadqiqotlarida geologik tuzilmalar bilan magnit maydon anomaliyalarining umumiy bog‘lanishini aniqlash uchun yo‘nalishli xaritalash o‘tkaziladi. Parallel o‘tkazilgan profillar bo‘yicha maydonli xaritalash ko‘proq o‘tkaziladi. Profillarning orasidagi masofa qidiruv jinslari uzunligiga nisbatan 5 marta kichik qilib olinadi. O‘lchovlar qadami qidiruv jinslari ko‘ndalang o‘lchamidan 5 marta kichik bo‘ladi. Uslubni standartlash maqsadida kuzatuv nuqtalarining orasidagi masofani 5,10,20,25,50,100 m. olish tavsiya qilinadi. Tayanch va oddiy nuqtalar belgilanadi. Ish vaqtida magnit variatsiyalarini kuzatish maqsadida magnit maydon kuchlanganligini ekspeditsiya bazasida ѐki tayanch nazorat nuqtada – magnit variatsion stansiya ѐki oddiy magnitometr ѐrdamida har 10-30 daqiqada o‘lchovlar olib boriladi. Vaqt bo‘yicha variatsiya amplitudasi Zvar(t) va dala kuzatuvlarning vaqti ma’lum bo‘lsa, variatsiya uchun tuzatma Zvar aniqlanadi. Har bir asbobni ko‘rsatishini nazorat qilish uchun ish boshlaganda va ish tugaganda har ish kuni nazorat tayanch nuqtasida o‘lchovlar o‘tkaziladi. Bu o‘lchovlar asbobning nol punktining siljishini aniqlash uchun qo‘llaniladi. i nomerli oddiy nuqtadagi nisbiy vertikal tashkil etuvchisi orttirmasining qiymati quyidagi ifoda bo‘yicha hisoblanadi:

3-rasm Urinma usuli orqali foydali qazilma yotish chuqurligini aniqlash
( ) n n Z c  i   i  , bu yerda ni , n◦, - i – oddiy va tayanch nuqtadagi asbobning ko‘rsatuvi (sanoqlar), – asbobni shkalasidagi bo‘limining narxi. Profildagi har bir oddiy nuqtada (piketda) anomaliya quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi : Bu yerda,  - asbobning harorat koeffitsienti;   0 t ,t i - oddiy va tayanch nuqtadagi harorat; Zvar – variatsiya maydoni uchun tuzatma. Natijalar ΔZa grafiklari, profillar xaritasi va magnit maydonning (vertikal tashkil etuvchisi) anomaliya xaritasida ko‘rsatiladi. Kuzatuvlarning aniqlash xatosini baholash uchun kuzatuv nuqtalar sonidan 10% gacha takroriy kuzatuvlar olib boriladi va o‘rtacha kvadratik xato hisoblanadi: , bu yerda δi – i nuqtadagi birinchi va takroriy o‘lchov sanlarining ayirmasi; n – takroriy nuqtalar soni. Yirik masshtabda yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan xato   5 ni tashkil etadi.

4-rasm foydali qazilma tanasi yotishi chuqurligi



Download 1.28 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 1.28 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Dala ishlarida (xaritalash) magnitorazvedka uslubi

Download 1.28 Mb.