1-Ma’ruza Mavzu: Fanga kirish. Avtоmatik bоshqarish sistemalari – elementlar majmuasi




Download 1,1 Mb.
bet2/4
Sana06.02.2024
Hajmi1,1 Mb.
#151945
1   2   3   4
Bog'liq
1-маъруза

Avtomatlashtirishning turlari:
Avtom atika - fan va texnika sohasi bo‘lib, ishlab chiqarish yoki boshqa jarayonlarni odam ishtirokisiz boshqarish nazariyasi va tizimlarini tuzish usullarini o‘z ichiga oladi.
Avtomatlashtirish - k en g ma’noda ishlab chiqarish jarayonlarini odam ishtirokisiz boshqarishni ta’m inlashga qaratilgan texnik, tashkiliy, iqtisodiy, madaniy va boshqa tadbirlar majmuidir.
Avtomatlashtirish o‘z oldiga birgina kishi mehnatini yengil- lashtirishni vazifa qilib qo‘ymay, balki ishlab chiqarishni shunday
yuqori tezlikda, aniqliqda puxtalikda, tejamkorlikda o‘tishini ta’minlaydiki, uni inson bajara olmaydi.
Avtom atika - iborasi qadimiy grek so‘zi «avtomatos»dan kelib chiqib, o ‘z-o‘zidan ishlaydigan qurilma ma’nosini bildiradi. Qadim zamonlarda ham o‘z-o‘zidan ishlaydigan qurilmalar mavjud bo‘lgan, masalan, olov yoqilishi bilan ibodatxonalar eshigini ochib yuboradigan, pnevmatik avtomatlar, mo4jizaviy suvlami quyadigan avtomatlar va h.k.
Boshqarish sistemalarining elementlari va qurilmalari fanini o ‘qitiIishidan maqsad - talabalarga boshqarish sistemalarining asosini tashkil etuvchi element va qurilmalaming ishlash prinsipiga qarab, sinflanishi, turlanishi, konstruktiv tuzilishlari, statik va dinamik xarakteristikalari, ularga qo‘yiladigan talablar asosida tanlash va sxemotexnik tuzilishini o ‘rgatish, shuningdek, ularda yo‘nalish profiliga mos ta’lim standarti talablariga javob beradigan bilimlar, ko‘nikmalar va tushunchalami hosil qilishdir.
Fanning vazifasi - boshqarish sistemalarida avtomatika ele­ mentlari va qurilmalarini tutgan o‘rni, ularni ishlatish xususiyat- larini mukammallashtirish va rivojlantirish usullarini, zamonaviy elementlar asosida qurilmalar yaratishni talabalarga o‘rgatishdan iborat.
Fanning maqsadi - talabalarga element va qurilmalaming tuzilishini, ishlash prinsiplarini, asosiy xarakteristikalarini, sistema sifatiga qo‘yiladigan talablar asosida ularni tanlashni, element va qurilmalami aniq va xatosiz ishlatishni o‘rgatishdan iborat.
Avtomatik qurilmalar elementlari quyidagi guruhlarga boMinadi:

-elektrik o‘zgartirgichlar (datchiklar va elektromagnitli relelar);

  • avtomatik qurilma kuchaytirgichlari (magnitli, elektromagnit­ li, elektrovakuumli, yarimo4tkazgichli, porshenli kuchaytirgichlar);

  • mexanizmlaming burchak holatlarini o‘lchovchi elementlar (halqali potensiometrlar, aylanuvchi transformatorlar);

  • teskari aloqaning richagli, elektromexanik, pnevmatik, elek- tronli va boshqa elementlari;

9

  • avtomatik qurilmalarning ijro etuvchi mexanizmlari (elektrl gidravlik, pnevmatik va boshqa turli).

Наг qanday boshqarish jarayoni to ‘rtda tashkil etuvchilarga boMinishi mumkin:

  1. obyekt holati param etrlarining qiym atini berish yoki boshqarish haqidagi ma’lumotni olish;

  2. obyekt holati haqidagi ma’lumotni olish;

  3. olingan ma’lumotni qayta ishlash va qaror qabul qilish, ya’ni boshqarish signalini shakllantirish;

  4. shakllangan boshqarish signalini amalga oshirish - ishlab chiqilgan boshqarish signaliga mos ravishda boshqarish ta ’sirini amalga tadbiq etish.

Maxsus avtomatik qurilmalar yordamida bajariluvchi vazifalari- ga ko‘ra avtomatlashtirishni quyidagi asosiy ko‘rinishlarga ajratish mumkin: avtomatik nazorat, avtomatik himoya, avtomatik va maso- fadan boshqarish, telemexanik boshqaruv.
Avtomatik nazorat - texnologik jarayon haqida operativ ma’lu- motlami avtomatik ravishda qabul qilish va uning tarkibiga avto­ matik signallash, o ‘lchash, saralash va axborot yig‘ish kiradi.


Topshiriq beruvchi element (zadatchik) deb, boshqarish maq- sadiga mos signallami ishlab chiqaruvchi elementga aytiladi. Top­ shiriq beruvchi qurilm asifatidaoddiy reostatli zadatchiklar, kontaktli buyruq-apparatlar, kontaktsiz dasturiy qurilm alar va boshqalar ishlatilishi mumkin.

Avtomatik signallash - nazorat qilinayotgan turli texnologik jarayonlarning chegaraviy holatlarini xizmatchi xodimlarga ma’lum qilishda qo‘llaniladi. Signallash vositalari yorug‘lik, tovushli yoki bir vaqtda ikkala ko‘rinishga ega boMishi mumkin (lampalar, sirenalar maxsus dinamik qurilmalar va boshqalar).
Avtomatik o ‘lchash - alohida texnologik jarayon yoki mashina va agregatlaming ishini ko‘rsatuvchi fizik kattaliklar haqida oMchov vositalari yordamida ma’lumotlar olishga xizmat qiladi.

0‘lchovchi element - obyekt holatini, obyektning chiqish para- metrlarini, shuningdek, tashqi muhit parametrlarini va ushbu ma’lu- motni tizimning boshqaruvchi elementiga uzatishni nazorat qilish uchun xizmat qiladi.
Boshqaruvchi (rostlovchi) element - oddiy holatda boshqari- luvchi (rostlanuvchi) qiymatni berilgan qiymatdan og‘ishiga pro- porsional boshqarish (rostlash) signalini ishlab chiqaradi. Odatda boshqaruvchi element (regulyator) juda murakkab tuzilishga ega va xuddi boshqa turli elementlar (kuchaytirgichlar, filtrlar, qo‘shuvchi (jamlovchi) va h.k) dan tashkil topgan tizim deb ko‘rish mumkin.

A vtoma tik saralash - mahsulotning olchami, og‘irligi, kattaligi, cho‘ziluvchanligi va boshqa fizik ko‘rsatkichlariga qarab avtomatik ravishda ajratish va nazorat qilish vazifasini bajaradi (don mahsulotlari, tuxumlami, mevalami, sabzavotlami saralash va h.k.).
Ijro etuvchi elementlar - boshqarish obyekti holatini bevosita o‘zgartirish uchun xizmat qiladi. Ijro etuvchi elementlarga ijro etuvchi mexanizmlar va rostlash organlari taalluqlidir.



TJni qisman va to’liq avtomatlashtirish. Avtomatik axborot yig‘ish texnologik jarayon haqida, ishlab chiqilayotgan mahsulot haqida hamda uning miqdori, sifati haqida xizmatchi xodimlarga axborot berish uchun xizmat qiladi.
Ishlab chiqarish jarayonlaridagi avariya holatlarini oldini olish, tekshirilayotgan jarayonni ishdan to‘xtatish avtomatik himoya vositalari yordamida amalga oshiriladi (masalan, elektr usku- nalarining alohida qismlarini qisqa tutashuv holatlarida ishdan to'xtatish). Avtomatik himoya avtomatik boshqaruv va signallash bilan uzviy bog‘langan, chunki bunda himoya vositalari boshqaruv organlariga ta ’sir ko‘rsatadi hamda bajarilgan vazifa haqida xizmatchi xodimlami xabardor qiladi.
Rele himoyasi elektr stansiyalari, podstansiyalari, turli elektr uskunalarida qo‘llanuvchi relelar asosida bajariladi.
Avtoblokirovka qurilmalari avtomatik himoya tarkibiga kiruvchi elementlar bo‘lib, uskunalami noto‘g‘ri ulanish va ishdan to‘xtash hollarini hamda avariya holatlarini oldini olishda qo‘llaniladi.
Boshqaruv- boshqaruvchi kattalikning belgilangan algoritmiga mos bo‘lgan qiymatini saqlashga yo‘naltirilgan ta’sirlar yig 6indisi hisoblanadi.
Algoritm bu texnologikjarayonda bajariluvchi operatsiyalaming ketma-ketligi va mazmunini belgilovchi; berilgan qiymatni oxirgi qiymatga o‘tishini ko‘rsatuvchi ko‘rsatma hisoblanadi.
Ish algoritmi ma’lum texnologik jarayon yoki uskunada baja­ riluvchi vazifalaming ta’minlovchi ko‘rsatmalar yig‘indisi hisob­ lanadi.
Belgilangan ish algoritmini amalga oshirish uchun tashqaridan maxsus ta’sirlar ko‘rsatilishi zarur bo‘lgan, moddiy va energetik balansga rioya qiluvchi mashina yoki agregat boshqariluvchi obyekt, deb yuritiladi.
Bir-biridan ma’lum masofada joylashtirilgan texnologik obyekt- lami boshqarish masofaviy avtomatik boshqaruv tizimining texnik vositalarini o ‘z ichiga oladi. Bu holda boshqaruv impulslari dis- petcherlik pultlari boshqaruv punktlarida o‘matilgan avtomatlash- tirish uskunalari orqali beriladi yoki qabul qilinadi.
Avtomatikboshqaruv-texnologikjarayonlam i odam ishtirokisiz boshqaradigan texnikaviy vositalami joriy etish, demakdir. Bu esa ishlab chiqarish jarayonidagi odam ishtirok etmagan yangi bosqich bo‘lib, bunda texnologik va ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarish funksiyasini avtomatik qurilm alar bajaradi. Avtomatlashtirishni joriy etish ishlar ko‘rsatkichiarining yaxshilanishiga, ya’ni ishlab chiqarilayotgan mahsulot miqdori va sifatining oshishi hamda tan- narxining kamayishiga olib keladi.
Ishlab chiqarish unumdorligini oshirish asosan, ishlab chiqarish­ ni mexanizatsiyalash va aftomatlashtirishga asoslanadi. Bu tushun- chalar orasidagi umumiylik va farq nimadan iborat.
M exanizatsiya-bu qo‘lda ishlash vositalarini mashina va mexa- nizimlar bilan almashtirishdir. Bular yordamida inson og‘ir yuklami ko‘tarishni va siljitish, metallarni kesishi, eritishi va shtamplash, yer ostidan qazilma boyliklami qazib olish mumkin va h.k. Lekin bu turli mashina mexanizmlar inson tomonidan boshqariladi: u ishlab chiqarish, ulami tahlil qilish, qaror qabul qilib, bu jarayonga ta’sir qilishi lozim.
Shunday qilib, mexanizimlashtirilganda, ishlab chiqarish jarayo- nida insonning doimiy ishtroki talab etiladi.
Ishlab chiqarish jarayonlari avtomatlashtirilganda insonning ishlab chiqarish jarayonida bevosita ishtroki va qisman va butunlay texnik vositalarni va boshqarish tizimlarini qo‘llash orqali ozod etiladi.
Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirishning holati uch davrga bo‘linadi.

Download 1,1 Mb.
1   2   3   4




Download 1,1 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1-Ma’ruza Mavzu: Fanga kirish. Avtоmatik bоshqarish sistemalari – elementlar majmuasi

Download 1,1 Mb.