Seminar shaklida o’qitishning o’ziga xos xususiyatlari




Download 92.5 Kb.
bet6/8
Sana31.05.2023
Hajmi92.5 Kb.
#68031
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
13-mavzu
2-amaliy mashg\'ulot , abiotik omillar, Areal haqida tushuncha, biotik omillar, Yusupova Dilafruz B-520 Nanobio.7 mavzu, juft tuyoqli sut emizuvchilar, 2-mavzu Hayot faoliyati xavfsizligining huquqiy va tashkiliy as, 3, Bayon, 1 – mavzu (1), 10-kurs ishi
2.Seminar shaklida o’qitishning o’ziga xos xususiyatlari.
Ma’ruza bilan birgalikda amaliy mashg’ulot ham o’quv jarayonining muhim shakllariga kiradi. U ta’lim, tarbiya berish hamda nazariyani amaliyot bilan bog’lash funktsiyasini bajaradi. Amaliy mashg’ulot termini pedagogikaga oid adabiyotlarda tor va keng ma’noda talqin etiladi.Amaliy mashg’ulot keng ma’noda seminar (uning barcha turlari), mashq, laboratoriya ishini umumiy holda ifodalanishidir. Seminar amaliy mashg’ulotning shakllaridan biri bo’lib:
• ma’ruzada bayon qilingan nazariy qonunqoidalarni mustahkamlash;
• fan bo’yicha bilimlarni kengaytirish va chuqurlashtirish; • talabalarni ilmiy tadqiqot, bilish qobiliyatlarini o’stirish vazifalarini bajaradi.
Seminar darsi talabalarni bilim olishlari, uni puxta o’zlashtirishlari va olgan bilimlarini kelgusida real hayotda qo’llashni o’rganishlarida alohida o’rin tutadi. Shuning uchun ham, seminar darsini qiziqarli, talabalarni faol qatnashishlarini ta’minlaydigan metodlarni qo’llab, o’tish muhim ahamiyatga ega.
Ma’ruzada odatda bayon qilish etakchi rol o’ynaydi. Talabalar ma’ruza tinglashda passiv rol o’ynaydilar. Seminar darsida esa talabalar faol bo’lishadi. Darsda turli metodlarni qo’llab, ularning faolligini ta’minlash imkoniyati keng.
Ma’ruza darsi monolog tarzida bayon qilinsa, seminar darsi dialog asosida olib boriladi. Odatda, seminar darsida talabalarning bilimi, o’z ustida ishlash darajasi aniqlanadi, nazorat qilinadi.
Seminar (lot. seminariym – manba, ko’chma ma’noda maktab ) – o’quv amaliy mashg’ulot shakllaridan biri. Asosan oliy o’quv yurtlarida, ilmiy to’garak, anjumanlarda qo’llaniladi.
Ta’limning seminar shakli qadimgi Yunon va Rim maktablarida paydo bo’lgan. Keyinchalik Ѓarbiy Evropa universitetlarida rivojlantirilgan. Bu universitetlarda seminar talabaning adabiyotlar, manba ustida ishlashi vazifasini o’tagan. XX asr boshlaridan seminar darslari talabalarning umumiy ilmiy dunyoqarashini kengaytirishda, ularni muayyan fan tarixidagi muhim muammo va tadqiqotlar bilan tanishtirishda katta rol o’ynay boshlagan. Seminarning asosan uch turi bor:
1. O’rganilayotgan fan yoki kursni chuqur o’rganishga yordam beradigan seminar darslari.
2. Ayrim muammo, asosiy yoki muhim mavzuni o’rganish uchun o’tkaziladigan seminarlar.
3. Tadqiqot xarakteridagi seminarlar.
O’quv jarayonini tashkil etishda seminar darslari alohida o’rin tutadi. Seminar o’quv jarayonining talabalar bilimlarini mustahkamlashni ta’minlovchi, ijodiy qobiliyatlarini namoyon qiluvchi shaklidir. Seminar mashg’ulotlarining maqsadi talabalarning chuqur bilim olishini ta’minlash, olgan bilimni real hayotda qo’llashga o’rgatishdir.
Buning uchun talaba olgan axborotlarini tahlil qilish, ilmiy tadqiqot o’tkazish, taqqoslash, xulosa chiqarishni bilishi kerak.Seminar darsining oldiga qo’yilgan bosh maqsadga erishish uchun dars oldiga qo’yilgan qator vazifalarni amalga oshirish kerak. Bu vazifalar seminar darslari bajaradigan funktsiyalarda o’z ifodasini topadi.

Download 92.5 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 92.5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Seminar shaklida o’qitishning o’ziga xos xususiyatlari

Download 92.5 Kb.