• Tabiiy fanlardan ma’ruza o’qish o’qituvchi oldiga quyidagi vazifalarni qo’yadi
  • Ma’ruza va unga qo’yiladigan asosiy talablar




    Download 92.5 Kb.
    bet3/8
    Sana31.05.2023
    Hajmi92.5 Kb.
    #68031
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    13-mavzu
    2-amaliy mashg\'ulot , abiotik omillar, Areal haqida tushuncha, biotik omillar, Yusupova Dilafruz B-520 Nanobio.7 mavzu, juft tuyoqli sut emizuvchilar, 2-mavzu Hayot faoliyati xavfsizligining huquqiy va tashkiliy as, 3, Bayon, 1 – mavzu (1), 10-kurs ishi
    Ma’ruza va unga qo’yiladigan asosiy talablar
    Tabiiy fanlarni o’rganishda talabalarning ijodiy fikrlarini rivojlantirishga ta’sir ko’rsatishi, ularni jamiyat rivojlanishi iqtisodiy qonun, tendentsiya larini chuqur tushunishi, nazariy masalalar bilan amaliyotni bog’lash mahoratini hosil qilishlari uchun ma’ruza quyidagi asosiy talablarga javob berish kerak:
    • Ma’lum bir yo’nalishga, iqtisodiyotni asosiy qonunlari, tendentsiyalari, printsiplari, ijtimoiy, iqtisodiy taraqqiyotning muammolarini tahlil qilishga qaratilgan bo’lishi kerak. Shuningdek, yosh avlodning dunyoqarashini shakllantirish, hayot kechirish tarzini tanlashning tarbiyaviy ahamiyatini oshirishi lozim. Ilmiyligi jihatdan nazariya asoslarini amaliyot bilan, masalaning qo’yilishini ilmiylik bilan hamda iqtisodiyotning yangi dolzarb masalalariga ijodiy yondashish bilan, nazariy dalillarning mantiqiylik bilan uzviy birligi ta’minlanishi kerak.
    Tabiiy fanlardan ma’ruza o’qish o’qituvchi oldiga quyidagi vazifalarni qo’yadi:
    • talabalarga iqtisodiyot fanlarining nazariy boyligini ochib berish;
    • dunyodagi mashhur iqtisodchilar, O’zbekiston respublikasi Prezidenti va taniqli iqtisodchi olimlarning ishlarini chuqurroq o’rganishga yordam berish;
    • bir fandan olgan bilimlarini boshqa fanlarni o’rganishda ijodiy qo’llashlariga yordam berish;
    • talabalarga bozor iqtisodiyoti sharoitida murakkab ijtimoiyiqtisodiy muammolarni echish uchun to’g’ri yo’l topish borasida o’ziga ishonch ruhini tarbiyalash.
    Ma’ruza talabalarda fanni o’rganishga qiziqish, ishtiyoq uyg’otishi kerak. Ma’ruzani shunday tuzish kerakki, talabada fanni chuqur o’rganish uchun mustaqil ravishda adabiyotlar topish, ularni ustida ishlash, tushunishga xohishistak tug’ilsin. Shuning uchun zarur materiallar, kitoblar, jurnal va boshqa manbalarni tanlash printsipial ahamiyatga ega.
    Ma’ruzaning ijtimoiy-iqtisodiy yo’nalishi uning ilmiyligi bilan bog’liq. Ma’ruzachi real hayotning ob’ektiv tahliliga, iqtisodiy taraqqiyotning asosiy qonuniyatlariga, iqtisodiy hodisalar va xo’jalik hayotining omillari o’rtasidagi ichki bog’lanishlarni aniqlashga, tahlil qilishga asoslanishi kerak.
    Tajriba shuni ko’rsatadiki, talabaga ishonchli dalillar, chuqur tahlil ko’proq ta’sir qiladi. Har qanday fan, jumladan, Tabiiy fanlar ham ishonchli dalillar, ma’lumotlar, nazariy va amaliy xulosalarga tayanadi.
    Psixologlarning kuzatishlaricha bilish, o’rganish jarayoni fikrlar qaramaqarshiligi asosiga qurilsa, samarali bo’ladi. Ilmiy munozara talabalar uchun ijodiy muhit yaratadi. Iqtisodchipedagoglar uchun mo’ljallangan ma’ruzada munozarali savollarni qo’yish, turli nuqtai nazarlarni bayon qilish maqsadga muvofiq. Ma’ruzachining o’zi ma’lum bir nuqtai nazarni qo’llabquvvatlar ekan, talabalarga ham ana shu qarash to’g’riligini tushuntirishi, auditoriyani ishontirishi kerak.
    Ma’ruzaning ilmiyligi materialni bayon qilishning izchilligi, savollarni aniq, tushunarli qo’yilishini ko’zda tutadi. Ilmiyiqtisodiy jarayonlar, iqtisodiy hayotni tahlil qilishda tarixiylik va mantiqiylikka amal qilishni talab etadi.
    Ma’ruzaga tayyorlanish jarayonida o’qituvchi mavzu bo’yicha savollarni qanday bayon qilishni, qanday uslublar qo’llashini ko’z o’ngiga keltirishi kerak. Ana shundagina mavzu bo’yicha adabiyotlarni, zarur ma’lumotlarni to’g’ri tanlashi mumkin. O’qituvchi, zarur dalillar, ma’lumotlarga ega bo’lsada, ularni ishonarli, asoslangan holda bayon qilmasa fandagi dolzarb savollarga javob berishdan chetlab o’tishi yoki chetga chiqishi mumkin. Bu hol talabalarda ma’ruzadan qoniqmaslikka, uning ishonchliligi va tarbiyaviy ahamiyatini tushirishga olib keladi.
    Nazariya bilan amaliyotning o’zaro bog’lanishi nihoyatda murakkab jarayon. U turlituman: ichki, tashqi, bilvosita va bevosita, muhim va uncha muhim bo’lmagan omillar bilan aniqlanadi. Shuning uchun ham ma’ruzaga tayyorlanish paytida ana shu jarayonlarni chuqur tahlil qilishni bilish, u yoki bu hodisani rivojlanishining asosiy tendentsiyalarini aniqlash kerak. Mavzudan chetdagi turlituman misollar bilan cheklanish yaramaydi.
    Nazariyani asoslash uchun xo’jalik hayotidagi turlituman hodisalarni ijobiy yoki salbiy misol sifatida keltirish unchalik qiyin emas. Lekin real voqelikni noto’g’ri ko’rsatish, faqat yuzaki tashqi aloqalarni takidlash bilan cheklanish yaramaydi. Ular masalaning mohiyatini ifodalamaydi va ochib bermaydi.

    Download 92.5 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 92.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ma’ruza va unga qo’yiladigan asosiy talablar

    Download 92.5 Kb.