Ma’ruzada darsini uch bosqichga bo’lish mumkin




Download 92.5 Kb.
bet2/8
Sana31.05.2023
Hajmi92.5 Kb.
#68031
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
13-mavzu
2-amaliy mashg\'ulot , abiotik omillar, Areal haqida tushuncha, biotik omillar, Yusupova Dilafruz B-520 Nanobio.7 mavzu, juft tuyoqli sut emizuvchilar, 2-mavzu Hayot faoliyati xavfsizligining huquqiy va tashkiliy as, 3, Bayon, 1 – mavzu (1), 10-kurs ishi
Ma’ruzada darsini uch bosqichga bo’lish mumkin:
1. Kirish. Avvalgi ma’ruzada nimalar o’rganilgan, uning natijasi nimalar bilan bog’liq, bugungi darsga qanday maqsad qo’yilyapti? Avvalo dars ilgarigi mavzu bilan bog’lanadi. Keyin yangi mavzu e’lon qilinadi. Ma’ruza rejasi, mustaqil o’qish uchun zarur asosiy va qo’shimcha adabiyotlar ro’yxati tavsiya etiladi. Mavzuni o’rganishdagi asosiy termin, tushunchalar, mustaqil ravishda bajariladigan ishlar, topshiriqlar beriladi.
2. Asosiy bosqich. Bu bosqich ma’ruza rejasiga ko’ra tanlangan dars o’tish metodlarini qo’llagan holda o’tkaziladi. Tinglovchilarga mo’ljallangan axborotlar etkaziladi.
3. Yakuniy bosqich. Ma’ruzaga yakun yasaladi, qisqacha xulosa chiqariladi. Talabalar diqqati uchun mazkur mavzudagi eng asosiy tushuncha, e’tibor qaratilishi lozim bo’lgan jihatlar, hodisalar ta’kidlanadi. Qo’yilgan maqsadga qay darajada erishildi, bu tahlil qilib, baholanadi. Bugungi ma’ruzada bajarilgan ish kelgusi faoliyatda qanday muhim ahamiyatga ega ekanligi ko’rsatiladi. Ma’ruzalarni didaktik vazifasiga qarab:
* kirish;
* mavzular bo’yicha;
* yo’lyo’riq ko’rsatadigan;
* tahliliy;
*yakunlovchi ma’ruzalarga bo’lish mumkin.
Kirish ma’ruzasi ma’lum bir fanni, mavzuni yoki muammoni o’rganishga bag’ishlanib, unda ana shu masala, muammolar haqidagi fikrlar, ularning ijobiy tomonlari, kamchiliklari, echilmagan muammolar ko’rsatiladi. O’rganishni boshlangan fanning predmeti, o’rganish metodlari bo’yicha ma’ruza kirish ma’ruzasiga tipik misol bo’la oladi.
Mavzular bo’yicha ma’ruzalar eng ko’p o’qiladigan ma’ruza bo’lib, unda o’rganilayotgan mavzuning asosiy mazmuni, amaliyotda sinalgan, qabul qilingan ilmiy qarashlar, mavjud echimini kutayotgan masalalar bayon qilinadi. Ularni echishning mavjud yo’llari ko’rsatiladi, yangilarini topish tavsiya etiladi.
Yo’l yo’riq ko’rsatuvchi ma’ruza talabalarga mustaqil ishlashni o’rgatishga qaratiladi. Unda ko’proq metodik maslahatlar beriladi. Tavsiya qilinadigan adabiyotlarni mustaqil o’qish, ular ustida ishlash jarayonida diqqatni qaratish lozim bo’lgan masalalar ko’rsatiladi.
Tahliliy ma’ruza u yoki bu muammo, mavzu yoki ma’lum bir tizimga solingan savollarni ma’lum bir mantiqiy aloqadorlikda bayon qilishga qaratiladi. Ko’pincha oliy o’quv yurtlarida yakuniy nazorat yoki imtixonattestatsiyalar oldidan o’tkaziladi.
Yakunlovchi ma’ruza ma’lum bir mavzu, muammoni yoki fanni o’rganib, uning yakuni bo’yicha o’tkaziladi. Muammo echimlari va fanning predmeti to’g’risida asosiy xulosalar bayon etiladi.

Download 92.5 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 92.5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ma’ruzada darsini uch bosqichga bo’lish mumkin

Download 92.5 Kb.