• Real ma’lumotlar, raqamlar quyidagi talablarga javob berishi kerak
  • Ma’ruzada real faktlar, ma’lumotlarning o’rni




    Download 92.5 Kb.
    bet4/8
    Sana31.05.2023
    Hajmi92.5 Kb.
    #68031
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    13-mavzu
    2-amaliy mashg\'ulot , abiotik omillar, Areal haqida tushuncha, biotik omillar, Yusupova Dilafruz B-520 Nanobio.7 mavzu, juft tuyoqli sut emizuvchilar, 2-mavzu Hayot faoliyati xavfsizligining huquqiy va tashkiliy as, 3, Bayon, 1 – mavzu (1), 10-kurs ishi
    Ma’ruzada real faktlar, ma’lumotlarning o’rni
    Tabiiy fanlar bo’yicha o’qiladigan ma’ruzada faktlar, real ma’lumotlarning o’z o’rni bor. Chunki ular iqtisodiy jarayon, muammolarni mohiyatini ochishga yordam beradi. Lekin ulardan mahorat bilan foydalanishgina kutilgan natijani beradi. Buning uchun qonuniy bog’lanishlar, tendentsiyalarni ko’rsata oladigan raqamlarni qo’llash kerak.
    Raqamlar, ma’lumotlar o’rganilayotgan predmetning mazmunini tasavvur etish uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Albatta raqamlardan o’z fikrini tasdiqlash uchun foydalanish, mumkin. Lekin nazariy qoidalar iqtisodiy hodisa va jarayonlar mohiyatiga tushunishda ham muhim rol o’ynashini yoddan chiqarmaslik kerak. Har bir pedagog raqamlardan yuzaki, shunchaki foydalanishdan qochishi kerak. Iqtisodchilarning fikricha, dalillar, raqamlar qayta ishlashni talab etadigan ma’lum qurilish materiali, xolos.
    Real ma’lumotlar, raqamlar quyidagi talablarga javob berishi kerak:
    • hozirgi zamon xo’jalik hayotining o’ziga xos ayrim tomonlarini ko’rsatishi, ko’z o’ngiga keltirishiga yordam berishi;
    • sinchkovlik bilan ularni tanlab olish hodisani o’rganishga, uning o’ziga xos tomonlari, tutgan o’rnini aniqlashga yordam berishi;
    • ma’lumotlar, dalillarni tanlayotganda xilmaxil bo’lishiga ahamiyat berish, shu bilan birga, tasodifiy faktlardan ehtiyot bo’lish kerak. Chunki ular u yoki bu hodisani mohiyatini ochib bera olmaydi, aksincha, talabalarni chalg’itishi mumkin. Shuning uchun:
    • ma’ruzaga tayyorgarlik ko’rganda yangiligi nuqtai nazaridan eng so’nggi raqamlarni keltirish kerak;
    tanlangan dalillar ishonchli, sinalgan bo’lishi, hech kimda ikkilanish uyg’otmasligi;
    • har qanday ma’ruzada faktlarga nazariy qoidalar mohiyatini ochishga xizmat qiladigan darajada o’rin berilishiga e’tibor qilish kerak. Agar nazariya bilan faktlar o’rtasida optimal nisbat buzilsa, talaba faktlarni chalkashtira boshlaydi. Vaholanki, ma’ruzada asosiy maqsad nazariy kontseptsiyalarni talabalar ongiga etkazishdir.
    • Ma’ruzada negativ faktlarni ham to’g’ri sharhlash, ularni qanday oqibatga olib kelishi, bartaraf qilish yo’llari haqida to’xtash kerak. Ma’ruzachining vazifasi negativ faktlarni e’lon qilish emas, balki ularni tahlil qilish, xulosa chiqarishga o’rgatishdir. Faktlar ma’ruzaga jonli mazmun, hayotiylik nafasini baxsh etadi, uning ahamiyati bu jihatdan bebahodir. Induktiv metod ma’ruzada xususiylikdan umumiylikka, deduktiv metod esaumumiylik dan xususiylik tomon bayon qilishni ifodalaydi.

    Download 92.5 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 92.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ma’ruzada real faktlar, ma’lumotlarning o’rni

    Download 92.5 Kb.