1. Ma’ruza shaklida o’qitishning o’ziga xos xususiyatlari. Seminar shaklida o’qitishning o’ziga xos xususiyatlari




Download 92.5 Kb.
bet1/8
Sana31.05.2023
Hajmi92.5 Kb.
#68031
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
13-mavzu
2-amaliy mashg\'ulot , abiotik omillar, Areal haqida tushuncha, biotik omillar, Yusupova Dilafruz B-520 Nanobio.7 mavzu, juft tuyoqli sut emizuvchilar, 2-mavzu Hayot faoliyati xavfsizligining huquqiy va tashkiliy as, 3, Bayon, 1 – mavzu (1), 10-kurs ishi

13-mavzu: O’quv mashg’ulotlarining o’qitishda o’ziga xos xususiyatlari.
Reja:
1. Ma’ruza shaklida o’qitishning o’ziga xos xususiyatlari.
2. Seminar shaklida o’qitishning o’ziga xos xususiyatlari.
1.Ma’ruza shaklida o’qitishning o’ziga xos xususiyatlari.
Ma’ruza (arabcha, lektsiya (lot. lectio) o’qish) o’quv materiali, biror masala, mavzu kabilarning izchil, ma’lum bir tizimga solingan bayonidir.
Ma’ruza o’quv jarayonining asosiy bo’g’ini, dars o’tishning asosiy shakllaridan biridir.
Ma’ruza o’quvchitalabalar bilan muloqotda bo’lishning alohida shakli va uni boshqa hech qanday o’quv shakli bilan almashtirib bo’lmaydi. Ma’ruzaning oldiga qo’yiladigan maqsad har xil bo’lib, bu maqsad maksimal darajada amalga oshishi uchun, uning funktsiyalariga ahamiyat berish kerak. Ma’ruza o’qitishning quyidagi qator funktsiyalarini bajaradi.
1. Professional ta’lim berish va dunyoqarashni shakllantirish.
2. Talabalar diqqatini asosiy maqsadga yo’naltirish. Ma’ruzada talabalarning diqqate’tibori o’quv materialining asosiy mazmuni, qonunqoidalari, ularning nazariy va kelgusidagi amaliyotda, mutaxassislik faoliyatida qanday o’rin tutishi va ahamiyatiga, uni o’zlashtirish metodlariga qaratiladi.
3. Talabalarga tarbiyaviy ta’sir ko’rsatish. Ularni axloqiy, ma’naviy jihatdan barkamol bo’lishi, mehnatga munosabati, ijtimoiypsixologik xislatlarini shakllantirish.
4. Bilim berish, o’rganayotgan fan bo’yicha axborot olish, olgan axboroti asosida xulosa chiqarishga o’rgatish.
5. Metodologik ma’ruza jarayonida tadqiqot metodlari taqqoslanadi, qiyoslanadi, ilmiy izlanish tamoyillari aniqlanadi.
6. Idrok, tafakkurni rivojlantiruvchi – tinglovchilarda bilmaganini bilishga qiziqish uyg’otadi. Mantiqiy fikrlash va o’z fikrini asoslashga o’rgatadi.
Ma’ruzada mavzuning asosiy savollari ketmaketlik asosida yoritiladi. Albatta, ma’ruzaning metodik jihatdan yoritilishi, bayon etilishi qo’yilgan maqsad, o’rganilayotgan fanning, mavzuning o’ziga xos xususiyatlari bilan bog’liq. Ma’ruza faqatgina iqtisodiy rivojlanishning asosiy qonuniyatlarini ochib berish bilan cheklanishi kerak emas, fanning so’nggi yutuqlaridan foydalangan holda ilmning amaliyotda qanday ahamiyatga ega ekanligini, hayotda real muammolarni echishdagi ahamiyatini, echish yo’llarini ham ko’rsatishi kerak.
Ma’ruza qanday fandan o’qilishidan qat’i nazar, ilmiy xarakterga ega bo’lishi, turli nazariy yo’nalishlar, ilmiy maktablarning asosiy g’oyalarini talabalar ongiga etkazishi va olgan bilimini ishonchga aylantirishi kerak. Har qanday ma’ruzaning eng zarur sharti auditoriya bilan muloqotga kirishishdir. Ma’ruza o’qish, eng avvalo, unga tayyorlanishdan boshlanadi. Buning uchun birinchi navbatda, ma’ruza mavzusi bo’yicha adabiyotlar tanlash hamda ular bilan tanishib chiqish kerak.
Ikkinchidan, fan bo’yicha ishlab chiqilgan dasturga ko’ra, ma’ruza rejasi va reja bo’yicha matn tayyorlanishi hamda darsni o’tkazishda qo’llaniladigan metodlarni tanlab chiqish, dars jarayonini texnologik tizim sifatida tarkibi, ketmaketligini aniqlash lozim.

Download 92.5 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8




Download 92.5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1. Ma’ruza shaklida o’qitishning o’ziga xos xususiyatlari. Seminar shaklida o’qitishning o’ziga xos xususiyatlari

Download 92.5 Kb.