• Nazorat savollari.
  • 3 -MAVZU.
  • Tayanch iboralar
  • Fuqaro muhofazasi
  • Halqaro terrorizmga qarshi kurashda O`zbekistonning ishtiroki




    Download 173,94 Kb.
    bet4/8
    Sana24.12.2019
    Hajmi173,94 Kb.
    #4691
    1   2   3   4   5   6   7   8

    Halqaro terrorizmga qarshi kurashda O`zbekistonning ishtiroki

    Halqaro terrorizm nafaqat tashqi, balki ichki havfsizlikka ham dahldor masaladir. Chunki terrorchilik tashkilotlari jangari usullari bilan hokimiyat uchun kurashuvchi guruhlarni shakllantirish, ularni har tomonlama rag`batlantirish va qo`llab quvvatlashga intiladi.

    Markaziy Osiyo davlatlari uchun halqaro terrorizmning havfli 1990 yilda Namangan va Andijonda, 1990 - 1996 yillarda tojikistondagi fuqarolik urushi va mojarolar davomida, 1999 yil 16 fevralda Toshkent shahrida, 1999 - 2001 yillarda Qirg`izistonning Botken, O`zbekistonning Surhandaryo va Toshkent viloyatlarida, 2004 yilning mart - aprel oylarida Toshkent shahri va Buhoro viloyatlarida, 2004 yilning 11 - 13 may kuni Andijon viloyatida amalga oshirilgan terrorchilik harakatlari misolida o`zini namoyon etdi.

    Mustaqillikka erishgan O`zbekiston Respublikasi halqaro terrorizmning umumbashariy miqyosdagi havfli ekanligidan jahon hamjamiyati bilan birgalikda unga qarshi kurashish lozimligini jahonning nufuzli minbarlarida e’lon qildi. Jumladan, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 1993 yil 28 sentyabrda Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Bosh assambelyasining 48 sessiyasida qilgan ma’ruzasida jahon hamjamiyatining Afg`oniston muammosini izchil o`rganish va yechishga chaqirdi. Keyinchalik 1998 yilda Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil topgan "6+2" guruhini BMT rahbarligi ostida 1998 - 1999 yillarda olib borilgan faoliyat Afg`oniston terrorchilikka qarshi kurashda katta ahamiyatga ega bo`ldi. Bu guruh Afg`oniston bilan chegaradosh 6 davlat: Hitoy, O`zbekiston, Pokiston, Eron, Tojikiston, Turkmaniston va mintaqa tashqarisidan ta’sir ko`rsatib turgan ikki davlat AQSH va Rossiya vakillaridan tashkil topgan edi.

    Yurtboshimizning 1999 yilda Evropa Havfsizlik va hamkorlik Tashkilotining (EHHT) Istanbul (Turkiya) da bo`lib o`tgan sammitda 2000 yilning 7 - 8 sentyabr kunlari Nyu-Yo`rkda bo`lib o`tgan BMT bosh assambleyasining "Mingyillik Sammiti"da BMT tuzilmalarida terrorizmga qarshi kurash halqaro markazini tuzish taklifiga hamohang tarzda 2001 yilning 28 sentyabrda BMT doirasida terrorizmga qarshi kurash qo`mitasi tuzildi.

    O`zbekistonning AQSH chegaraligida tashkil etilgan halqaro terrorizmga qarshi kurash borasida AQSH harbiy havo kuchlarining trasport va vertalyotlariga Afg`onistonda qidiruv - qutqaruv va insonparvarlik yordamini amalga oshirish uchun havo hududi (Honabod tumani)ni ochib terrorizmga vaqtinchalik foydalanishga topshirdi.

    O`zbekistonning halqaro terrorizmga qarshi olib borayotgan siyosatining maqsadi mintaqada global miqyosda tinchlik, barqarorlikni saqlash, mamlakat mustaqilligi va ravnaqi, halqning erkin farovon hayotini ta’minlashdir. Respublikamiz terrorizmga qarshi qaratilgan ko`plab halqaro shartnomalardan hozirgacha BMTning 12ta, Yevropa Kengashi doirasida esa 7ta halqaro shartnomalarini imzoladi.

    Bulardan tashqari O`zbekiston halqaro terrorizmga qarshi kurashdagi ishtiroki mintaqaviy tashkilotlardagi faoliyatida ham namoyon bo`lmoqda. Jumladan, O`zbekiston Yevropa Havfsizlik va hamkorlik Tashkiloti (YeHHT), Markaziy Osiyo hamkorligi Tashkiloti (MOHT) va boshqalar. O`zbekistonning bunday tashkilotlardagi ishtiroki, tashabbusi, global havfsizlik va barqarorlikni ta’minlashda davlatimizning tutgan o`rni muhim ekanligini tasdiqlaydi.

    Terrorizmga qarshi kurashda 2000 yilda "Terrorizmga qarshi kurash to`g`risida"gi qonunning 4 - moddasida terrorizmga qarshi kurashning asosiy printsiplari aniq ko`rsatib berilgan. Ular quyidagilardan iborat:

    • qonuniylik;

    • shahs qonunlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi;

    • terrorizmning oldini olish choralari ustuvorligi;

    • jazoning muqarrarligi;

    • terrorizmga qarshi kurashning oshkora va nooshkora usullarining

    ustuvorligi;

    • jalb etiladigan kuchlar va vositalar tomonidan terrorchilikka qarshi o`tkaziladigan operatsiiyaga rahbarlik qilishda yakkaboshchilik.

    Terrorizmni oldini olishda davlat organlari, fuqarolarning o`z – o`zini boshqarish organlari hamda jamoat birlashmalari bilan birgalikda profilaktik chora - tadbirlar o`tkazish orqali amalga oshiriladi. Bu harakatlarda quyidagilar ta’qiqlanadi:

    • terrorizmni ta’qib qilish;

    • terrorchilik guruhlari va tashkilotlarini tuzish hamda ularni faoliyat

    • ko`rsatishi;

    • terrorchilik faoliyatiga dahldor bo`lgan yuridik shahslarni, ularning bo`linmalari va vakolatlarini akkreditatsiya qilish, ro`yhatdan o`tkazish va ularning faoliyat ko`rsatishi;

    terrorchilik faoliyatiga dahldor chet el fuqarolari hamda fuqaroligi bo`lmagan shahslarning O`zbekiston Respublikasiga kirishi;

    tayyorlanayotgan yoki sodir etilgan terrorchilik harakatlariga oid ma’lumotlar va fikrlarni yashirish;

    Ushbu qonunga binoan O`zbekiston Respublikasida quyidagi davlat organlari terrorizmga qarshi kurashni amalga oshiradi: jumladan, O`zbekiston Respublikasi Milliy Havfsizlik Hizmati, O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirligi, Davlat Bojhona qo`mitasi, Mudofaa va Favqulotda Faviyatlar Fazirliklari kiradi.

    Terrorizmga qarshi kurashda ishtirok etayotgan davlat organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish hamda terrorchilik faoliyatini olidini olish, uni aniqlash, unga chek qo`yish va uning oqibatlarini minimallashtirish borasida hamkorlikda harakat qilishlarini ta’minlash O`zbekiston Respublikasi Milliy Havfsizlik Hizmati tomonidan amalga oshiriladi. Bunda ishtirok etadigan har bir davlat organlarining vakillari ham ko`rsatib o`tilgan.

    Terrorchilik harakatlarini bartaraf etishda birinchi navbatda aholi hayoti havf ostida qolsa hamda moddiy va ma’naviy boyliklarni saqlab qolish maqsadida kuch ishlatmaslik uchun muzokaralar olib borish mumkin. Bunda ruhsat etilgan shahslargina muzokarani olib boradilar. Biroq muzokaralarning olib borilishi terrorchilarning sodir etgan jinoyatidagi javobgarlik olib tashlanadi.

    Muzokaralar terrorchilar harakatining ishtirokchilari tomonidan ijobiy hal bo`lmasa, ya’ni ular o`z harakatlarini to`htatishga rozi bo`lsalar, shuningdek fuqarolar hayotiga havf mavjud bo`lsa hamda moddiy va ma’naviy boyliklarning yo` bo`lishi aniq saqlanib turgan paytda, ularni qurolsizlantirish, va yo`q qilish uchun zarur choralar ko`riladi.

    Har qanday terrorchilik harakati muayyan hududda yuz beradi. Terrochilikka qarshi operatsiya o`tkaziladigan zonaning chegaralari terrorchilikka qarshi operatsiya o`tkazish rahbarlari tomonidan belgilnadai. Bunda hududning chegaralarini belgilashda hududning sharoiti, geografik tuzilishi, inshootlar o`ta muhim ob’ektlarning mavjud va mavjud emasligi, terrorchilik harakatlarining ko`lami va havfsizlik darajalari e’tiborga olinadi.

    Terrorchilik harakatiga qarshi kurash olib borilayotgan paytda kurashayotgan shahslarga qonunga binoan quyidagi huquqlar beriladi:

    • zaruriyat tug`ilganda ko`chada harakatlanuvchi transport vositalarini hamda yo`lovchilarni cheklash va ta’qiqlash;

    • transport vositalarini ayrim hududlarga va ob’ektlarga kiritmaslik, hatto chet el diplomatik vakolatlarining konsultik transportlari ham;

    • aholini havfli deb topilgan hududlardan, korhona, uy, bino, va boshqa ob’ektlardan chiqarib yuborish;

    • jismoniy shahslarning shahsini aniqlash uchun ushlab turish;

    • terrorchilikka qarshi operatsiya o`tkazayotgan shahslarning qonuniy talabini bajarmagan, terrorchilik harakati sodir bo`layotgan hududga suqilib kirishga uringan yoki shunday harakatlar sodir etayotgan shahslarni ushlash va tegishli organlarga olib borish;

    • kechiktirish kishilar hayotiga havf solayotgan bo`lsa, terrorchilik harakati ishtirokchilarini ta’qib qilib istamagan paytda bino, korhona, ish joyi, uy va boshqa joylarga mone’liksiz kirish;

    • terrorchilar harakatiga qarshi kurash olib borayotgan hududdan chiqayotgan yoki kirayotgan transport vositalarini, jismoniy shahslarni tekshirish;

    • zaruriyat tug`ilganda, jismoniy shahslarning aloqa va transport vositalaridan foydalanish (bunga chet el diplomatik vakolathonalari hodimlarining aloqa va transport vositalari kirmaydi); Terrorchilikka qarshi kurashda mavjud bo`lgan qurol va tehnikalardan foydalanish mumkin.

    Terrorizmga qarshi kurash jarayonida ommaviy ahborot vositalari bilan hamkorlikka ish olib boriladi. Shu bilan birga quyidagi ma’lumotlarning tarqalishiga yo`l qo`yilmaydi. Jumladan:

    1. terrorchilik harakatini bartaraf etish va yo`q qilish uchun mahsus tehnika usullari va taktik yondashish jarayoni;

    2. o`tkazilayotgan operatsiyani qiyinlashtirib qo`yadigan, jismoniy shahslar hayoti va sog`lig`iga havf tug`diradigan ma’lumotlar;

    3. terrorchilik harakatlariga hayrihohlik bildiradigan;

    4. terrorchilik harakatini bartaraf etish faoliyat ko`rsatayotgan va ularga yordamlashayotgan shahslar haqidagi ma’lumotlardir;

    Mamlakat barqarorligi aholining tinch va farovon hayotini buzilishiga qarshi ko`rsatuvchi shahslar ququqiy va ijtimoiy himoya qilinadi. Bu haqda "Terrorizmga qarshi kurash haqidagi" qonunning 25, 26, 28 bandlarida ko`rsatib o`tilgan.

    Demak, terroristik harakatlar va ular olib kelishi mumkin bo`lgan oqibatlarning olidini olish uchun sergak bo`lishi, atrof - muhitga e’tibor bilan qarash muhim ahamiyat kasb etadi. Mobodo shubhali buyumlar aniqlanganda ularga tegmaslik, joyidan qo`zg`atmaslik, ko`tarmaslik, ichini ochmaslik lozim. Zudlik bilan tegishli organlarga habar berish kerak.


    Nazorat savollari.

    1. Favqulodda vaziyatlarda aholini qanday himoya qilish

    2. Radiaktiv zararlanish va kimyoviy zaharlanish paytidagi ko’riladigan chora tadbirlar.

    3. Aholini ko‘chirishni tashkil etish va o‘tkazish qanday amalga oshiriladi

    4. Halqaro terrorizm va uning salbiy oqibatlari haqida nima bilasiz

    5. Halqaro terrorizmga qarshi kurashda O`zbekistonning o’rni


    3-MAVZU.

    AHOLI VA HUDUDLARNI ZAMONAVIY QIRG‘IN VOSITALARIDAN MUHOFAZA QILISHNI TASHKIL ETISH. AHOLI VA HUDUDLARNI FAVQULODDA VAZIYATLAR-DAN MUHOFAZA QILISHDA BOSHQARUVNI TASHKIL ETISH.


    REJA:

        1. Fuqaro muhofazasi chora-tadbirlarni rejalashtirnsh maqsadi va vazifalari.

        2. Fuqaro muhofazasi ob’ektlarida tuzilgan rejaga bo‘lgan asosiy talablar. Fuqaro muhofazasi rejasining mazmuni

        3. Favqulotdagi vaziyatlarda iqtisodiyot ob’ektlarida qutqarish va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni tashkil etish va olib boorish

        4. Kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalar oqibatini bartaraf etish

        5. Tabiiy ofatlar nohiyalaridagi qutqarish va kechiktirib bo‘lmaydigan ishlar


    Tayanch iboralar: kuchli ta’sir etuvchi, qutqarish, kechiktirib bo‘lmaydigan ishlar, fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash, favqulodda vaziyatlar, ommaviy tadbirlarni o‘tkazish qoidalari.
    Fuqaro muhofazasi chora-tadbirlarni rejalashtirnsh maqsadi va vazifalari.

    Fuqaro muhofazasi chora-tadbirlarini rejalashtirish - bu fuqaro muhofazasini boshqarish jaayonining eng muhim tarkibiy qismi. U tinchlik va harbiy sharoitlarini tahlil qilish va ularga baho berish, urush vaqtida aholini muhofaza qilish va iqtisodiyot ob’ektlari va tarmoqlarining chidamligini oshirish yuzasidan fuqaro muhofazasi tadbirlarini amalga oshirishga, avariya-qutqaruv ishlarini o‘tkazishga, boshqaruv tadbirlarini har tomonlama ta’minlab turishdan iboratdir. Rejaning to‘liq ishlab chiqilishi o‘zini muvaffiqiyatli bajarilishini va bosh vazifa – aholi va moddiy boyliklar muhofaza qilinishi hal etilishini ta’minlaydigan tadbirlar kompleksi ishlab chiqilishidan iborat. SHuning uchun rejada aniq tadbirlar, ularning mazmuni, shakli, muddatlari va ijrochilari aniq ko‘rsatiladi. Reja bo‘limlarining bayoni qisqa bo‘lishi ulardan foydalanish oson bo‘lishi uchun kerak. SHuning uchun rejaning mazmunli bo‘lishiga undagi hamma tadbirlar to‘liq ishlab chiqilgan grafik yo‘l bilan erishiladi. Tushintirishlar, jadvallar, sxemalar, grafiklar, suratli sharhlar tushintirish xatlari tarzida beriladi (bu ikki talabni rejaning ilova jadvalida ko‘rsatilsa bo‘ladi).

    Vaqtning qat’iy hisobga olinishi rejalashtirilgan har bir tadbir sifatli va to‘liq hajmda bajarilishi uchun kerak. Rejaning aniq va real bo‘lishi u bajarilishining zarur tartibi hisoblanadi. Buning uchun mahalliy sharoit ma’lumotlari sinchiklab o‘rganiladi: ehtimol bo‘lgan vayronalik, talofatlar, moddiy zarar oldindan bashoratlanadi, oqibatlarini yo‘qotilishi uchun kerakli kuch va vositalarga bo‘lgan talab hisoblab chiqiladi. Aholi va hududlarni turli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish masalalariiing asosiy vazifalarini bajarilishini ta’miilash fuqaro muhofazasi rejasi va uning mukammalligi bilan uzviy bog‘lik.



    Fuqaro muhofazasi rejasi, qo‘yilgan vazifalarni muvaffaqiyatli bajarilishiga yordam berishi kerak bo‘lgan, muhofaza tadbirlarining oldiidan ishlab chiqilgan, asoslangan, moddiy ta’minlangan majmuasidan iborat.

    Fuqaro muhofazasi tadbirlarini rejalashtirish - fuqaro muhofazasini boshqarish jarayonining eng muhim tarkibiy qismn. U tinchlik va harbiy harakatlar davrlari sharoitlarini tahlil qilish va ularga baho berishdan, harbiy harakatlar davrlarida aholini muhofaza qilish va iqtisodiyot ob’ektlari va tarmoqlarining barqarorligini oshirish yuzasidan Fuqaro muhofazasi tadbirlarini belgilashdan, avariya qutqaruv ishlarini o‘tkazishga kuch va vositalarni tayyorlashdan, ularning faoliyatini va boshqaruv organlarini har tomonlama ta’minlashdan iborat. Bu tadbirlar bajarilishi uchun kerakli resurslar ajratiladi, amalga oshirish ketma - ketligi, muddatlari, usullari belgilanadi hamda fuqaro muhofazasi tadbirlarini o‘tkazish uchun masul kishilar tayinlanadi.

    Rejalashtirishdan asosiy maqsad favqulodda vaziyatlar yuzaga kelgan holda, shuningdek tabiiy ofatlar, yirik avariya va halokatlar oqibatlarini tugatishda Fuqaro muhofazasi tadbirlarini amalga oshirishdan iborat.



    Fuqaro muhofazasi rejasi umumdavlat miqyosida ishlab chiqilib, aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish tadbirlarini barvaqt amalga oshirish, favqulodda vaziyatlarni oldini olish, ular sodir bo‘lganda zarar va talafotlarni kamaytrish maqsadida respublika aholisining idora, hokimiyat vya ob’ektlarning harakat qilish rejalari, shuingdek, FVDTning barcha darajalaridagi hamkorlik rejalari ishlab chiqiladi.

    Rejalashtirish tinchlik va harbiy harakatlar davrlariga alohida- alohida amalga oshiriladi va rejani mahalliy davlat hokimiyati organlari ishlab chiqadilar. Xodimlar, ishlab chiqarish va ijtimoiy ob’ektlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha zarur choralarni rejalashtirish hujjatlarga, asosan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi majburiyatlari hisoblanadi.

    Rejani va uning ilovalarini ishlab chiqish uchun FVDT yuqori boshqarma, bo‘limlaridan quyidagi keltirilgan dastlabki ma’lumotlar olinishi kerak:

    1.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, Vazirlar Mahkamasining farmonlari va qarorlari, ko‘rsatmalari.

    2.O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining nizomi, ko‘rsatmalari va tavsiyalari, rahbar va me’yoriy hujjatlarining talablari.

    3.Iqtisodiyot yuqori organlarining ko‘rsatmalari va tavsiyalari.

    4. Tuzilmalarning soni, shaxsiy tarkibida hamda aholini va moddiy boyliklarni muhofaza qilish imkoniyatlari haqidagi ma’lumotlar.

    5. Panajoylar, ularning sig‘imi, boshqa panajoylar qurish imkoniyati.

    6. Ob’ektning tavsifi, uning muhofaza va iqtisodiy imkoniyati.

    7. Toifalangan shaharga favqulodda vaziyatlarda yordam berish imkoniyatlari.

    8. Toifalangan shahar iqtisodiyot ob’ektlarining ro‘yxatlari.

    9. Potensial xavfli, shuningdek tasarrufida kimyoviy, portlash-yong‘in xavfi mavjud ob’ektlar ro‘yxati.

    10. Xavfli hududlardagi aholi punklari haqida ma’lumot.

    O‘zbekiston Respublikasining “Fuqaro muhofazasi tug‘risida”gi Qonuniga asosan “Favqulodda vaziyatlarda ularni oldini olish va harakat qilish davlat tizimi” foliyatini rejalashtirishga Favqulodda vaziyatlar vazirligi tashkiliy - uslubiy rahbarlik qiladi, hamda u O‘zbekiston Respublikasi Fuqaro muhofazasining rejasi loyihasini ishlab chiqadi.



    Fuqaro muhofazasi ob’ektlarida tuzilgan rejaga bo‘lgan asosiy talablar. Fuqaro muhofazasi rejasining mazmuni

    Aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish tadbirlarini barvaqt amalga oshirish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish, ular sodir bo‘lgandagi zarar va talafotlarni kamaytirshp maqsadida hokimliklar va ob’ektlarning hatti-harakat rejalari, shuningdek FVDTning hamma darajalarida tizimlari rejalari ishlab chiqiladi.

    Reja tinchlik va harbiy harakatlar davrlariga alohida ishlab chiqiladi. Favqulodda vaziyatlar aholini va hududlarni muhofaza qilish bo‘yicha xarakat qilish rejasini mahalliy davlat hokimiyati organlari ishlab chiqadilar, hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy ob’ektlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha zarur choralarni rejalashtirish korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning favqulodda vaziyatlarda muhofaza qilish sohasidagi majburiyatlari hisoblanadi,

    O‘zbekiston Resiublikasi favqulodda vaziyatlarda ularni oldini olish va harakat qilish davlat tizimi faoliyatini rejalashtirishga Favqulodda vaziyatlar vazirlign tashkiliy-uslubiy jihatdan rahbarlik qiladi.

    Vazirliklar, idoralar va tashkilotlarda fuqaro muqofazasiga rahbarlik qilishni ularning lavozimiga ko‘ra mazkur organlar va tashkilotlar fuqaro muhofazasi boshlig‘i bo‘lgan rahbarlari amalga oshiradilar.

    Fuqaro muhofazasi boshlig‘i o‘z vakolatlari doirasidr quyidagi huquqlarga ega:

    - fuqaro muhofazasining tegishli rejalarini amalga joriy etish;

    - aholini, moddiy va ma’naviy boyliklarni xavfsiz joylarga evakuatsiya qilish to‘g‘risida qaror qabul qilish;

    - fuqaro muhofazasi bo‘yicha direktivalar, qarorlar va farmoyishlar qabul qilish.

    Aholini va hududlarni zamonaviy qirg‘in vositalar qo‘llanilishi oqibatlaridan muhofaza qilish va muhofazasi sohasidagi tadbirlarni amalga oshirishga harakatlarni muvofiqlashtirish tegishli tarmoqlar va tashkilotlarning fuqaro muhofazasi boshliqlari zimmasiga yuklanadi. Fuqaro tadbirlari hududlarning iqtisodiy, tabiiy xususiyatlarini hamda favqulodda vaziyatlar bo‘lish xavfi qanchalik realligini hisobga olib tadbirlar oldindan rejalashtiriladi va amalga oshiriladi.

    Reja tuzishdagi ish hajmi shartli ravishda to‘rt bosqichga bo‘linadi:

    - birinchi bosqichda ijrochilar tarkibi, ularning tayyorligi aniqlanadi, bor ma’lumotlar, hujjatlar o‘rganiladi, materiallar umumlashtiriladi, taqvimiy reja ishlab chiqiladi;

    - ikkinchi bosqichda reja amalda ishlab chiqiladi va reja hujjatlari tuziladi;

    - uchinchi bosqichda hamma tadbirlar bir-biriga moslashtiriladi va yuqori tashkilot bilan kelishib olinadi, zaruriyat bo‘lsa reja tuzatib to‘g‘rilanadi va tasdikdanadi;

    - to‘rtinchi bosqichda rejalashtirilgan tadbirlar reja tasdiqdangandan keyin tegishli ijrochilarga etkaziladi.



    Rejalar ishlab chiqishni bevosita tashkil etish tegishli fuqaro muhofazasi boshlig‘iga yuklatiladi. Rejalarni ishlab chiqishga fuqaro muhofazasining shtatli xodimldri, boshqarma va bo‘lim boshliqlari, evakuatsiya komissiyasi, fuqaro muhofazasi xizmatlari va bo‘limlari, iqtisodiyot ob’ektlarining bosh mutaxassislari jalb qilinadi,

    Rejani ishlab chiqishga jalb etiladigan mansabdor shaxslar fuqaro muhofazasi boshlig‘ining buyrug‘i bilan belgilanadi.

    Energetika va elektrlashtirish vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi, Davlat muhofaza qilish qo‘mitasi, “O‘zsanoatkontexnazorat” davlat qo‘mitasi, Fanlar Akademiyasi, “O‘zkimyosanoat” uyushmasi va “Boshgidromet” boshqarmasi boshqa tegishli idoralar Favqulodda vaziyatlar vazirligini hududlar, ob’ektlardagi tabiiy, ekologik, epidemiologik, epizootik, geologik va texnogen vaziyat hamda ularning yaqin davrda va istiqbolda o‘zgarish ehtimollari to‘g‘risidagi axborot bilan muntazam ravishda, favqulodda vaziyatlarda esa darhol ta’minlashlari lozim. Evakuatsiya tadbirlarini rejalashtirishda transportda va piyoda olib chiqiladigan aholi sonini aniq bilish, zarur transport vositalari soni, odamlarni transportda (piyoda) olib chiqish tartibi, qimmatbaho uskunalar, oziq-ovqatni olib chiqish tartibi va muddatlari hisoblab qo‘yilishi kerak, korxona faoliyatini barqarorligini oshirish maqsadida ilmiy-tadqiqotlar asosida va iqtisodiyot rejalarini hisobga olib rejalashtiriladi. Muhandislik, tibbiy va boshqa turdagi ta’minotni rejalashtirishda ishlar hajmi, tadbirlari, bajarilish tartibi har qaysi tur ta’minotning asosiy vazifalariga qarab belgilanadi.

    Favqulodda vaziyatlar boshqarmalari, bo‘limlari reja ijrosini ta’minlashlari uchun tegishli hujjatlarni oldindan iqtisodiyot organlari bilan birgalikda ishlab chiqadi. Bu hujjatlar, dastlabki ma’lumotnoma materiallari rejaga ilova qilinmaydi, bevosita ijrochilarning ish papkalarida saqlanadi.

    Vazirliklar va idoralar favqulodda vaziyatlarda muhofaza qilish bo‘yicha harakatlar rejasini, nizomlar-qoidalar va yo‘riqnomalarni kelishib olish uchun Favqulodda vaziyatlar vazirligiga taqdim etio‘lari lozim. Tuzilgan rejalarga har yili 1 yanvardagi holatga muvofiq yilning ikkinchi choragi davomida tuzatishlar kiritiladi. Reja ikki nusxada tuziladi. Nusxalardan biri ob’ektning boshqaruv punklarida ikkinchisi yuqori tashkilotda saqlanadi.

    Reja hujjatlari mazmunli, aniq hamda yuqori saviyada ishlab chiqilishi kerak. Rejalashtirishda taqlidchilikka, yuzaki va asossiz yondoshishlarga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi.

    Bo‘lishi mumkin bo‘lgan sharoitdan kelib chiqib, quyidagi aniq tadbirlar rejalashtiriladi:

    -boshqarish, xabarlash va aloqani tashkil etish;

    -razvedkani, kuzatishni va nazorat qilishni tashkil etish;

    -FVDT guruhlarini tashkil etish;

    -odamlarni va moddiy boyliklarni muhofaza qilish tadbirlari;

    -moddiy va moliyaviy ta’minotning hamma turlarini tashkil etish;

    -favqulodda vaziyatlarning oldini olishni va ularni tugatishni tashkil etish.

    Rejaga qo‘yiladigan talablar




    Talablar

    Mazmuni

    To‘liq ishlab chiqilishi

    Reja muvaffaqiyatli bajarilishini va bosh vazifasi - aholi va moddiy boyliklarni muhofaza qilishni hal etilishini ta’minlaydigan tadbirlar kompleksi ishlab chiqilishidan iborat. SHuning uchun rejada aniq tadbirlar, ularning mazmuni, shakli, muddatlari va bajaruvchilari ko‘rsatiladi.

    Bayoni qisqa va mazmunli bo‘lishi

    Reja bo‘limlarning bayoni ulardan foydalanish oson bo‘lsin uchun qisqa bo‘lishi lozim. SHuning uchun rejaning mazmunli bo‘lishiga undagi hamma tadbirlar to‘liq ishlab chiqilgan grafik yo‘li bilan erishiladi. Buning uchun sxema va xaritada inshootlar, ish turlari va hajmi shartli belgilar bilan tasvirlanadi. Tushuntirishlar jadvallar, sxemalar, suratli sharhlar tushuntirish xatlari tarzida beriladi.

    Vaqt qat’iy hisobga olinishi

    Vaqtning qat’iy hisobga olinishi rejalashtirilgai har bir tadbir sifatli va to‘liq hajmda bajarilishi uchun kerak.

    Reallik va

    aniqlik


    Rejaning aniq va real bulishi uning bajarilishini zarur tartibi hisoblanadi. Buning uchun mahalliy sharoit ma’lumotlar sinchiklab urganiladi: bulishi mumkin bulgan vayronalik, uyulma, talafotlar turi, moddiy zarar oldindan bashoratlanadi, okibatlari yuqotilishi uchun kerakli fuqaro muhofazasi kuch va vositalariga bulgan talab hisoblab chikiladi. Ob’ektiv aniqlikka baho berish va tadbirning bajarilish vaqtini belgilash fuqaro muhofazasidan taktik uquv - mashqlarida. Amaliy mashg‘ulotlarda bajariladi.


    Tinchlik davri rejasiga quyidagilar ilova qilinadi:

    1. Fuqaro muhofazasi boshlig‘ining favqulodda vaziyatlarni tugatish to‘g‘risidagi qarori (viloyat xaritasi va shaharlarning rejasi).

    2. FVDT xududiy quyi tazimining favqulodda vaziyat xavfi tug‘ilganda va u sodir bo‘lgandagi asosiy tadbirlarining kalendar rejasi.

    Z. FVDT hududiy quyi tizimining favqulodda vaziyatlar xavfi tug‘ilgandagi tadbirlarini bajarishga jalb qilinadigan kuch va vositalarining hisobi (har bir tadbir haqidagi umumiy ma’lumotlar).

    4. Favqulodda vaziyatlar xavfi tug‘ilganda boshqaruv, xabarlash va aloqani tashkil etish (sxemasi).

    Rejalarning xususiyatlari

    Korxona fuqaro muhofazasi boshlig‘ining qarori ob’ektning tinchlik davriga mo‘ljallangan harakat rejasini ishlab chiqish uchun asos hisoblanadi. Fuqaro muhofazasi boshlig‘i kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalar oqib ketganda yuzaga kelishi ehtimoli bo‘lgan kimyoviy sharoitdan chiqariladigan xulosalarni beradi va quyidagilarni belgilaydi:

    -Ob’ekt xodimlarini va korxona yaqinidagi aholini muhofaza qilishga oid asosiy vazifalar;

    -muhofaza tadbirlarini o‘tkazish qaroridan maqsad;

    -jalb qilinadigan FVDT kuchlari, ularning tarkibi, vazifalari va shay bo‘lish muddatlari;

    -hamkorlikni tashkil etish hamda kuchlar va boshqaruv organlari hatti-harakatlarini ta’minlash asoslari.

    Rejani fuqaro muhofazasi boshlig‘ining o‘rinbosari ishlab chiqadi. Ayrim masalalarni hal etish uchun xabar berish va aloqa xizmatining, tibbiy, radiatsiyaga va kimyoviy moddalarga qarshi muhofaza, jamoat tartibini saqlash, yong‘indan saqlash xizmatlarining, moddiy-texnik ta’minoti, avariya, texnik va boshqa xizmatlarning boshliqlari rejani ishlab chiqishga jalb qilinadi.


    Download 173,94 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 173,94 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Halqaro terrorizmga qarshi kurashda O`zbekistonning ishtiroki

    Download 173,94 Kb.