• Zararlanish o‘chogida kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni i tashkil etish va olib borish xususiyatlari (AES va kimyoviy ob’ektlarda).
  • Ayrim zaharli moddalar tasnifi
  • Ta’sir vaqti
  • Kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalar oqibatini bartaraf etish
  • Tabiiy ofatlar nohiyalaridagi qutkarish va kechiktirib bo‘lmaydigan ishlar xususiyatlari. YOng‘in bilan kurashish.
  • Favqulotdagi vaziyatlarda iqtisodiyot ob’ektlarida qutkarish va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni tashkil etish va olib borish




    Download 173,94 Kb.
    bet5/8
    Sana24.12.2019
    Hajmi173,94 Kb.
    #4691
    1   2   3   4   5   6   7   8

    Favqulotdagi vaziyatlarda iqtisodiyot ob’ektlarida qutkarish va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni tashkil etish va olib borish

    Qutqarish va kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarning maqsadi, mazmuni va bu ishlarga jalb etiladigan kuch va vositalar.

    Insoniyat XXIasrga kelib ona sayyorada tabiiy jarayonlar nihoyatda keskinlashishiga guvoh bo‘lmoqda. Bu holni nafaqat ahyon-ahyonda sodir bo‘layotgan zilzilar, balki sel, ko‘chki va boshqa turdagi tabiiy ofatlarning ko‘payib borayotgani bilan izohlash mumkin. Tabiiy jarayonlarning keskinlashiuvi natijasida ba’zi odamlar kutilmagan xavf-xatarlarga duch kelmoqdalar.

    Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimining yaratilish mohiyati respublikamiz hududlarida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarning sodir bo‘lish ehtimoli yuqori ekanligidadir. Har qancha oldini olinishiga qaramasdan favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lib turar ekan, ularni bartaraf etish uchun ma’lum kuch va vositalar zarur bo‘ladi.

    Favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etishda, sodir bo‘lgan favqulodda vaziyatning turi, xususiyatiga muvofiq maxsus kuchlar jalb qilinadi. Bunday vaziyatlarda favqulodda vaziyatning vaqti, qamrab olgan hududi, aholi punkti va boshqa xususiyatlariga alohida e’tibor berilib, zudlik bilan ishga kirishiladi.

    O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi oldiga tabiiy ofatlar va boshqa falokatlardan respublika aholisini va hududlarini muhofaza qilish borasida talay vazifalar qo‘yilgan. Vazirlik tizimidagi barcha kuch va vositalar ana shu vaziyatlarning oldini olish, sodir bo‘lganda qutqarish va kechiktirib bo‘lmaydigan tadbirlarni olib borish ishlariga yo‘naltirilgan.

    Tez harakat qilish respublika ko‘p tarmoqli (THQRKTM) O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining to‘g‘ridan-to‘g‘ri bo‘ysinuvchi tarkibiy tuzilmasi hisoblanadi.

    THQRKTM 1989 yilda tashkil qilingan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Favqulodda vaziyatlar komissiyasiga qarashli bo‘lgan. 1996 yil mart oyidan Favqulodda vaziyatlar vazirligining ajralmas bo‘g‘ini hisoblanib kelmoqda.

    1996 yilda Favqulodda vaziyatlar vazirligi tashkil etilgandan so‘ng, THQRKTM tarixida yangi bosqich, yangi sahifalar ochildi. O‘sha kezlarda o‘z tarkibigi atigi 40 nafar qutqaruvchini olgan markaz, hozirgi kunga kelib 100 dan ortiq malakali, ko‘p toifali qutqaruvchilarni, o‘nlab zamonaviy, yuqori texnika saviyasiga ega bo‘lgan maxsus avtotexnikalarni va zamonaviy o‘quv moddiy bazasini jipslashtirgan.

    THQRKTMning asosiy vazifalari respublikamizning hududlarida yuzaga kelgan avariyalar, talofat, tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlar oqibatlarnini bartaraf etishda kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlarni amalga oshirish, ularda avriya-qutqaruv, qidiruv-qutqaruv ishlarini samarali va tezkorlik bilan olib borish, kuch va vositalarni doimiy jangovor holatini ta’minlash, favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda yoki bunday xavf mavjud bo‘lganda vazirlik, idora, maxsus xizmatlar, yong‘in xavfsizligi, tez tibbiy yordam xizmatlari bilan hamkorlikda xizmat qilishdan iborat. Bundan tashqari, markazning faoliyati respublika hududidagi terroristik-quporuvchilik xurujlari natijasida o‘ta muhim va toifalangan, kimyoviy, yong‘in va portlash xavfi mavjud bo‘lgan ob’ektlarda hamda jamoat maskanlarida, tog‘li sharoit hududlarida favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish, jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishdan iborat.

    THQRKTMning yana bir asosiy bo‘g‘inlaridan biri-suvda qutqaruv guruhi bo‘lib, guruh 18 nafar toifali g‘avvoslarni o‘z ichiga olgan.

    Vazirlikning kinologiya xizmati ham mavjud bo‘lib, unda tabiiy turdagi favqulodda vaziyatlar (asosan zilzila) oqibatida uyumlar ostida qolib ketganlarni qidirib topish ishlarini yanada jonlantirish maqsadida maxsus xizmat itlari tayyorlanmoqda.

    Bundan tashqari, ilg‘or xalqaro tajribani hayotga joriy qila borib, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjeti hisobidan “Qutqaruv xizmati” tashkil etildi. Bunday xizmatlar Toshkent viloyatining CHirchiq va Angren shaharlarida ham faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

    Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimidagi qutqaruvchilar chet mamlakatlarda sodir bo‘layotgan olamshumul tabiiy ofatlarda ham jabrlanganlarga o‘zlarining malakali yordamini ko‘rsatib kelmoqda. Masalan, 1999 yilning 17 avgustida Turkiyada Izmir va Adapazari viloyatlarida hamda 2001 yil Hindistonning Gujarat shtatida ro‘y bergan kuchli er silkinishlarida, 2001 yilda Ukrainaning Kapatorti tumanlarida kuchli jala va yomg‘ir, keskin qor erishi natijasida yuz bergan toshqinda, shuningdek Tojikiston Respublikasining Qayroqqum bekatida temir yo‘l falokati tufayli sodir bo‘lgan kuchli avariyada jabrlanganlarni qutqarishda ishtirok etishib, o‘zlarining mahoratlarini namoyish qildilar.

    2004 yil 22 mart kunidan boshlab Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimidagi Toshkent shahri boshqarmasida qutqaruv xizmati tashkil topib, tabiiy ofatlarda, avariyalarda va turli xil ko‘rinishdagi favqulodda vaziyatlarda jabrlanganlarga malakali yordam ko‘rsatib kelmoqda.

    Dastlabki yillarda aholi uchun Qutqaruv xizmati yangilik bo‘lganligi sababli yil mobaynida kam murojaat tushgan bo‘lsa, vaqt o‘tishi bilan aholining Qutqaruv xizmatining beminnat xizmatiga murojaatlari soni o‘sishi va natijada sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan halokatli hodisalarning oldi olinayotganligi quvonarli holdir. O‘tgan 2006 yil mobaynida Qutqaruv xizmati (050) telefoni orqali murojaatlari tahliliga o‘tsak, maslahat so‘rab shahar aholisi, mehmonlari hamda tashkilotlar va muassasalardan 201900 dan ortiq murojaatlar kelib tushgan. Qayd etilgan murojaatlardan 2334 tasida insonlar hayoti uchun xavfli bo‘lgan va yirik miqyosdagi favqulodda vaziyatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan chaqiruvlarga binoan Qutqaruv xizmati qutqaruvchilari, mutaxassislari va boshqarma ofitserlari zudlik bilan voqea joylariga chiqib, ekstremal vaziyatga tushib qolgan insonlarga kerakli texnik va tibbiy yordam ko‘rsatishgan.

    Tinchlik va urush davrida favqulotda vaziyatlar o‘choqlarida qutqarish va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni o‘tkazish fuqaro muhofazasi tuzilmalarining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Qutqarish va boshka kechiktirib bo‘lmaydigan ishlar quyidagi maqsadlarda o‘tkaziladi.

    1. Odamlarni qutqarish va shikastlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatish.

    2. YOng‘inlar, falokatlarning kengayishiga yo‘l qo‘ymaslik va kommunal energetika hamda texnologiya tarmoqlaridagi buzilgan joylarni bartaraf etish.

    3. Iqtisodiyot ob’ektlarda bundan keyingi bo‘ladigan tiklash ishlarini o‘tkazish uchun sharoitlar yaratish.

    Qutkarish ishlarining mazmuni:

    -tuzilmalarning harakat yo‘nalishlari va ish uchastkalarini qidirish;

    -tadbirlarni amalga oshirish uchastkalarida va ularga o‘tish yo‘llarida yong‘inning kengayishini oldini olish va uni o‘chirish;

    -buyumlar, qulagan va yonayotgan binolarda, gaz va tutun bosgan xonalardan shikastlanganlarni qidirish va olib chiqish;

    -buzilgan, shikastlangan, ustini uyumlar bosib qolgan inshootlarni ochish va ulardagi odamlarni qutkarish;

    -shakastlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, ularni davolash muassasalariga olib borish;

    - odamlarni kuchli ta’sir etuvchi zaharli modda (KTZM) bilan zararlangan xavfli joylardan, suv bosadigan zonalardan xavfsiz joylarga olib chiqish.

    Favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bekamiko‘st bartarf etish maqsadida hamda qutqarish tadbirlarini mexanizatsiyalash uchun maxsus texnika, ob’ektlarda mavjud bo‘lgan texnika, shuningdek yong‘inga qarshi maxsus texnikalardan keng ko‘lamda foydalaniladi.

    Zararlanish o‘chogida kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni i tashkil etish va olib borish xususiyatlari (AES va kimyoviy ob’ektlarda).

    KTZM (Kuchli ta’sir etuvchi zaharli modda), radiatsiyaviy va boshqa zaharli moddalar bilan bog‘lik favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lish ehtimoli mavjud tashkilot, muassasa va korxonalarda quyidagi tadbirlarni amalga oshirish zarur:

    -radiatsiyaviy xavfsizlikni ta’minlash dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish;

    -ionlashtiruvchi nurlanish manbalaridan foydalanilganda fuqarolar olgan nurlanishning individual dozalarini nazorat qilish va hisobga olish yagona davlat tizimini yaratish;

    -KTZM va radiatsiyaviy ta’sir tufayli fuqarolar sog‘ligiga zarar etkazilishi xavfi yuqori bo‘lgani uchun to‘lanadigan tovon turlarini va miqdorini belgilab chiqish;

    -ionlashtiruvchi nurlanish manbalaridan foydalanish bilan bog‘lik faoliyat turlarini belgilash;

    -tibbiy profilaktika tadbirlarini yaxshi yo‘lga qo‘yish;

    -radiatsiyaviy vaziyat va boshqa xavfli vaziyatlar xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida fuqarolarni xabardor qilish;

    -fuqarolarga radiatsiyaviy xavfsizlik chora-tadbirlarini o‘rgatish;

    -radiatsiyaviy ifloslanish zonalarida fuqarolarni yashashiga doir alohida rejimlar joriy qilish;

    -radiatsiyaviy avariyalar natijasida nurlanishga duchor bo‘lgan fuqarolarga yordam ko‘rsatish;

    -radiatsiyaviy avariya yuzaga kelish xavfi bo‘lganda tezkor chora-tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish.

    KTZM va radiatsiyaviy xavfsizlik holatini baholash, xavfsizlikni ta’minlash tadbirlarini rejalashtirish va amalga oshirish, mazkur tadbirlar samaradorligini tahlil etish chog‘ida mahalliy davlat hokimiyat organlari, radiatsiyaviy xavfsizlik sohasida tartibga solishni amalga oshiruvchi davlat organlari, shuningdek ionlashtiruvchi nurlanish manbalaridan foydalanuvchilar tomonidan olib borilishi zarur.

    Radiatsiyaviy xavfsizlik holatini baholash quyidagi asosiy ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga oladi:

    -atrof muhit radioaktiv ifloslanishining tavsifi;

    -radiatsiyaviy xavfsizlik tadbirlarining hamda radiatsiyaviy xavfsizlik normalari va qoidalari hamda gigiena normativining bajarilishi tahlili;

    -radiatsiyaviy avariyalar ehtimoli va ularning ko‘lami;

    -radiatsiyaviy avariyalarni va ularning oqibatlarini bartaraf etishga tayyorgarlik darajasi;

    -nurlanish dozalarining belgilab qo‘yilgan asosiy chegaradan yuqori bo‘lgan nurlanishga duchor bo‘lgan shaxslar soni.

    Oziq-ovqat xom ashyosi, oziq-ovqat mahsulotlari, ichimlik suvi hamda ularni tayyorlash, saqlash, tashish jarayonida ularga yondosh bo‘ladigan materiallar va buyumlar radiatsiyaviy xavfsizlikni ta’minlash talablariga javob berishi kerak.

    Radioaktiv chiqindilarni ishlab chiqarish korxonalaridan tashqariga yig‘ish va ularni maxsus joylarga ko‘mib tashlashda ularning atrof muhitdan ajratib qo‘yilishi ta’minlangan bo‘lishi kerak. Radioaktiv chiqindilarni yig‘ish va ko‘mib tashlashni tashkil etish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilab qo‘yiladi.

    YUqridagi rasmda odamlarni zararlangan hududdan olib chiqib ketish yo‘nalishlari ko‘rsatilgan. Kimyoviy va radiatsiyaviy xavfli inshootlar atrofida yashovchi aholi korxona faoliyati haqida, undagi kuchli ta’sir etuvchi zaharli va radioaktiv moddalar haqida aniq ma’lumotga ega bo‘lishlari kerak. Iqtisodiyot ob’ektlarida, ishlab chiqarish korxonalarida, muassasalarda va boshqa barcha ob’ektlarda favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda odamlarni xavfli hududdan olib chiqish sxemasini oldindan ishlab chiqish va ob’ekt binolariga osib qo‘yish kerak.



    Ayrim zaharli moddalar tasnifi




    KTZM


    Zichligi

    g/sm.kub


    Qaynash

    harorati

    Zaharning xususiyatlari

    Zahar

    konsentra-

    siyasi, mg/l

    Ta’sir vaqti

    O‘ldirish

    konsentra

    siyasi

    Ta’sir vaqti

    Xlor

    1.56

    -34,6

    0,01

    1 sek

    0,1-0,2

    1 sek


    Fosgen

    1,42

    8,2

    0,05

    10 min

    0,4-0,5

    10 min


    Oltingugurt

    (IV)


    1,46

    -10

    0,4-0,5

    50 min

    1,4-1,7

    50 min

    Fosfor

    Xlorid


    1,53

    74,8

    0,08-0,015

    30 min

    0,5-1,0

    30 min

    Is gazi

    -

    -190

    0,22

    2,5 sek

    3,4-5,7

    30 min


    Uglerod

    (IV)


    1,26

    146

    2,5-1,6

    1,5

    10

    1,5

    Vodorod

    Xlorid


    0,98

    19,4

    0,4

    10 min

    1,5

    5 min

    Sinil

    Kislota


    0,7

    25,6

    0,02-0,04

    30 min

    0,1-0,2

    15 min

    Ammiak

    0,68


    -33,4

    0,2

    6 sek

    7

    30 min

    Favqulodda vaziyat haqida xabar berilgan zahoti:

    - tezda kerakli hujjatlar, narsalar, buyumlarni olish;

    - 2-3 kunga etadigan ozik,-ovqat va ichimlik suv olish;

    - gaz, elektr va boshqa o‘chirilishi lozim bo‘lgan vositalar o‘chirib, derazalar va eshiklar zich yopilish;

    - qishloq xo‘jaligi jonivorlarini xavfsiz joyga ko‘chirish;

    - xavfli vaziyat bo‘lishi mumkin bo‘lgan hududdan odamlarni tezlik bilan xavfsiz joyga ko‘chirish kerak.

    Xavf tug‘ilishi bilan qilinadigan ishlar:

    1. Fuqarolarni xavf to‘g‘risida turli vositalar yordamida ogohlantirish;

    2. Qisqa va aniq holda nima qilish kerakligini tushuntirish;

    3. Qaysi tomonga, qachon harakat qilish lozimligini aytish va zaharli bulutlar haqida tushintirish (bulut yo‘nalishi);

    4. Maxsus vosita bo‘lmagan vaqtda paxta-doka bog‘lami tayyorlab, uni 2% sodaning suvdagi eritmasida shimdirib (agar zahdrli modda - xlor bo‘lsa) yoki 5% limon kislotaning suvdagi eritmasiga shimdirib (agar zaharli modda ammiak bo‘lsa) u bilan nafas olish yo‘lini to‘sib, ko‘rsatilgan yunalishga harakat qilish kerak.

    KTZM va radioaktiv avariyalar yuzaga kelishi ehtimoli mavjud tashkilotlar quyidagilarga ega bo‘lishlari shart:

    -potensial radiatsiyaviy avariya vaziyatlarini (ular oqibatlari taxmin hamda radiatsiyaviy holatini taxmini ko‘rsatilgan) ro‘yxatga olish;

    -radiatsiyaviy avariyalar yuzaga kelganda qarorlar qabul qilish mezonlariga amal qilish;

    -fuqarolar va atrof muhitni radiatsiyaviy avariya va uning oqibatlaridan muhofaza qilish tadbirlarining mahalliy davlat hokimiyat organlari, radiatsiyaviy xavfsizlikni ta’minlash sohasida tartibga solishni amalga oshiruvchi davlat organlari bilan kelishilgan rejasini ishlab chiqish;

    -radiatsiyaviy avariyadan xabardor qilish va radiatsiyaviy avariya oqibatlarining tugatilishini ta’minlash;

    -radiatsiyaviy zararlanishning oldini olish tibbiy vositalari va radiatsiyaviy avariyada jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish vositalarini shay holatda saqlash;

    -xodimlar (personal) jumlasidan tuziladigan avariya-qutqaruv bo‘limlariga ega bo‘lish.

    Ob’ektlarda favqulodda vaziyat vujudga kelish xavfi borligi haqida signal olishi bilan ob’ektlar fuqaro muhofazasi boshliqlari tuzilmalarni yig‘ish, ularni tayyorlik holatiga keltirishni amalga oshiradi va ularni shahardan tashqariga, oldindan tanlangan joylashish eriga olib chiqib ketish haqida buyruq beradilar. Bu erda tuzilmalarning komandirlari shaxsiy tarkibining ob’ektda yoki boshqa ob’ektlarda o‘zaro hamkorlik qilish sifatida qutkarish ishini va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni o‘tkazish yuzasidan vazifalarni bajarishga tayyorligini ta’minlaydigan bir qancha tadbirlarni amalga oshirdilar.

    Favqulodda vaziyat sodir bo‘lganligi hakidagi signalini olinishi bilan ob’ekt fuqaro muhofazasi boshlig‘i buyrug‘iga asosan tuzilmalar joylashgan erdan tuman fuqaro muhofazasi kuchlari umumiy kalonnasi tarkibida yoki mustaqil tarzda zararlangan o‘choq yaqinidagi yig‘ilish joyiga boradilar. Bu tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazishda shaxsan tuzilmalarning komandirlari rahbarlik qiladilar.

    Ob’ekt fuqaro muhofazasi shtabi va xizmatlari razvetkadan olingan va kelib tushayotgan holat haqidagi ma’lumotlarni tahlil etadilar, ehtimol tutilgan qutqarish ishlari va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlar hajmini hisob-kitob qiladilar. Ularni bajarish uchun zarur bo‘lgan miqdordagi kuchlar va vositalarni belgilaydilar. Tuzilmalarni ish uchastkalariga olib borishga bevosita rahbarlik qiladilar. Radio va signal vositalari yordamida doim aloqa bog‘lab turadilar va tuzilma hamda berilgan vositalarni boshqarishni amalga oshiradilar. Belgilangan tartib va xavfsizlik choralarini saqlaydilar.

    Tuzilmalar komandirlariga vazifalarini topshirgandan keyin ob’ekt boshlig‘i shtabning asosiy tarkibi va fuqaro muhofazasi xizmatlari boshliqlari bilan birgalikda ob’ektlar razvedkasi ortidan zararlanish o‘chog‘iga boradi va bevosita ob’ektda boshqaruv punktni ishini yo‘lga qo‘yadi, shu erdan turib tuzilmalar, tuman boshqaruv punktlari bilan aloqa bog‘lab turadi.

    Ob’ektga etib kelgandan so‘ng fuqaro muhofazasi boshlig‘i razvedka ma’lumotlari va shaxsiy kuzatishlari buyicha ishlarni bajarishning izchilligini va eng maqsadga muvofiq usullarni, uyumlarda mashinalar o‘tishi uchun joylarni ochishni, mexanizatsiya, yakka tartibdagi himoya vositalaridan foydalanish tartibini belgilaydi, tuzilmalarning vazifalariga aniqlik kiritadi, ishlarni olib borilishini kuzatadi. Boshqarish ketma-ketligi va usullari vayronaliklarning, kommunal-energetika va texnologiya tarmoqlaridagi, falokatlarning tusiga, yong‘in holatiga, radiatsiya darajasiga, joyning gazlar bilan ifloslanganiga yoki KTZM bilan zaharlanganiga, himoya vositalari va ulardagi odamlarning ahvoliga, zarur mexanizatsiya vostilarining mavjudligiga, o‘tish joylarining holati va ishlarini olib borishga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan holatlarni aniqlayda va ularga barham beradi.

    Qutqarish ishlari va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlar bir vaqtda o‘tkazilishi juda muhimdir. Bu ishlarni tez va uyushqoqlik bilan o‘tkazish zararlanish o‘chog‘ida bo‘lgan odamlarning hayotini saqlashda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi. Fuqaro muhofazasi tuzilmalaridan zarbaga uchragan o‘choqlarda ularning ixtisosini hisobga olgan holda foydalaniladi. Tuzilmalardan ana shunday maqsadga muvofiq yuqori unumdorligi va ishlarni tez tugallanishini ta’minlashi mumkin. Zarbaga uchragan o‘choqlarda ishlar asosiy qutkaruv ishlarini birinchi sutka oxirigacha tugallashini hisobga olgan holda uzluksiz ravishda kecha va kunduz olib borish kerak. Qutqarish ishlarini va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni olib borishning uzluksizligini ularning ikkinchi smenada olib borish bilan ta’minlanadi.

    Smenalardagi ishlarning davomiyligi vaziyatdagi radiatsiya darajasi hududning KTZM bilan zaharlanishini, shuningdek tuzilmalar shaxsiy tarkibi jismoniy holatini xisobga olgan holda belgilanadi. Qutqarish ishlari va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlari avj oldiriladi va ular tugallanguncha olib boriladi. Jarohatlangan odamlarni izlash va qutkarish, qutqaruvchilarning ish uchastkasiga olib kelinishi bilan darhol boshlanadi. Tuzilmalarning shaxsiy tarkibi shakistlangan odamlarni qutqarish bilan birga ularga birinchi tezkor tibbiy yordamni ko‘rsatishadi. Avariya oqibatida hosil bo‘lgan uyumlarni mexanizatsiya vositalari yordamida tozalanadi.

    Sanoat chiqindilari, kimyoviy korxonalarning ish faoliyati, yadro sinovlari, kosmik parvozlar tabiatning muvozanatiga jiddiy taxdid soladi. Erda hayotning paydo bo‘lishi, hayvonot va tabiat olamining barqarorligi tabiiy mezonlar muvozanatiga bog‘lik. Bizning ana shu muvozanatni buzishga aslo haqqimiz yo‘q, zotan bobolarimizdan meros bo‘lib qolgan bu dunyoni kelajakka bekamu ko‘st etkazishdek oliy insoniy burchimiz bor.
    Kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalar oqibatini bartaraf etish

    Xavfli kimyo ob’ektlarda avariya sodir bo‘lganda bir necha faktorlar vujudga kelishi mumkin. (yong‘inlar, portlashlar, kimyoviy moddalar bilan zaxarlanishlar). SHuning uchun qutkarish ishlarni boshlashdan oldin hamma faktorlarni nazarda tutish kerak. CHunki, yuqorida sanab o‘tilgan faktorlar yana boshqa kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalarni (ikkilamchi favqulodda vaziyat) keltirib chiqarishiga mumkin va bu holat qutkaruvchilarga ma’lum miqdorda xavf tug‘dirishi mumkin.

    Odamlarni qutqarish va himoyalash ishlari juda tez va qiska vaqtda bajarish lozim. Avariya oqibatlarini bartaraf etish tadbirlari o‘z ichiga quyidagilarni oladi:

    -ob’ekt ishchi-xizmatchilariga, shaxsiy tarkibli fuqaro muhofazasi komandalariga, aholiga xavfli kimyoviy avariya va kuchli ta’sir etuvchi moddalar (KTZM) bilan zaharlangai bulutlar tarqalishi hakida elon qilish;

    -ob’ektdagi mavjud bo‘lgan himoya inshootlari va pana joylarga ishchi-xizmatchilarni olib chiqish;

    - zaharlanish mumkin bo‘lgan hududlardan aholini vaqtincha evakuatsiya qilish;

    -ob’ektni karantinga ish rejimiga o‘tkazish.

    Ob’ekt fukaro muhofazasi boshlig‘i komandalarni va yordamga kelayotgan komandalarni ishlash rejimlari belgilaydi. Komandalarga ishlarni o‘tkazish haqida buyruq beradi. Boshqarish shtabi yordamida kuchlarni avariya natijalarini bartaraf qilish ishlarini boshqaradi. Ob’ekni ishchi-xizmatchilarni va shaxsiy tarkib komandalarini shaxsiy ximoya vositalar bilan ta’minlashni tashkil etadi.

    Fuqaro muhofazasi komandalari qutkarish ishlarni quyidagi tartibda olib boradi:

    -avariya joyiga yullarni o‘tkazish;

    -yong‘inlarni va mumkin bo‘lgan portlashlarni bartaraf qilish;

    -jarohatlangan joylarni va kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalarni oqimlarni to‘xtatib tamirlash rezerv bochkalarga, sissernalarga kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalarni o‘tkazish;

    -kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalarni neytrallashtirishni tashkil etish;

    -jarohatlanganlarni topish, ularni evakuatsiya punktlarga olib borish.

    Jarohatlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatish avariya hududlaridan tashqarida ko‘rsatiladi. Birinchi tibbiy yordam esa sanitariya komandalari bilan sanitariya postlarda tashkil qilinadi. Bu ishlar ko‘p hollarda zaharlanish darajasini pasaytiradi.

    Radiatsion xavfsizlikni ta’minlash sohasidagi davlat tomonidan tartibga solish quyidagilardan iborat:

    -radiatsion xavfsizlikka doir talablarga rioya etilishini davlat tomonidan nazorat qilish va tekshirish;

    -ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini ishlatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash;

    -qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat mahsulotlarini, ichimlik va texnik suvlarni, qurilish materiallarini va ulardan tayyorlangan buyumlarni radiatsiyaviy ifloslanish jihatidan sertifikatlash;

    -barcha turdagi qurilish uchun er uchastkalari ajratilishi kelishib olinayotganda radiatsiyaviy ifloslanishni aniqlash.

    Radiatsiyaviy xavfsizlikni ta’minlashning asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat:

    -normalashtirish tamoyili - ionlashtiruvchi nurlanish barcha manbalaridan fuqarolarning nurlanish olishi individual dozasini yo‘l qo‘yiladigan ular sog‘ligiga xavfsiz bo‘lgan darajadan oshmasligi;

    -asoslash tamoyili - inson va jamiyat uchun keltiradigan foydasi agar (tabiiy radiatsiyaviy fonga qo‘shimcha ravishda) etkazishi ehtimol tutilayotgan xavfdan ortiq bo‘lmasa, ionlashtiruvchi nurlanish manbalaridan foydalanishga oid faoliyatning barcha turlarini aniqlash;

    -minimallashtirish tamoyili - ionlashtiruvchi nurlanishning har qanday manbaidan foydalanilganda nurlanish olishning individual dozalarini fuqarolar sog‘ligiga xavfsiz bo‘lgan chegarada va nurlanish olayotgan shaxslar sonini mumkin qadar oz darajada bo‘lishini saqlab turish.

    Kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalar (KTZM) bilan bog‘lik ob’ektlarda avariya va halokatlar oqibatlarini bartaraf etishda avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni tashkil etish mazmuni bilan tanishib chiqamiz. Bunday ob’ektlarda o‘z vaqtida va sifatli razvedka ishlarini olib borish muhim ahamiyatga ega.dir. Razvedkani radiatsiya va kimyoviy razvedka tuzilmalaridan tashkil etilgan guruh zvenolari olib boradi. Ular avariya sodir bo‘lgan joyni va kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddaning turini, hudud va ob’ektning eng xavfsiz yo‘nalishlarini aniqlaydi. Zaruriyati bor deb topilganda tuproq, suv va boshqa tashqi muhit ob’ektlaridan namunalar oladilar va tahlil qilish uchun laboratoriyaga yuboradilar, kiyoviy zaharlangan hudud o‘chog‘ida odamlarning holatlarini baholaydilar.

    Kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalarning hududga yoki atmosferaga tarqalayotganligini aniqlash bilanoq ob’ekt ishchi va xizmatchilari hamda yaqin-atrofda yashovchi aholiga xavf haqida xabar beriladi. Avariya haqidagi xabarni eshitgan aholi darhol nafas olish yo‘llarini muhofaza qilish niqoblarini hamda terini muhofaza qiluvchi eng oddiy kiyimlar (plash, yoping‘ich)larni kiyib olishlari kerak. Uyda bo‘lgan aholi deraza va darchalarni mahkamlab yopishi, yashash joyiga tashqaridan havo kirmaydigan qilib berkitishi, elektr isitgich asboblari, gaz o‘choqlari va boshqa yonayotgan asbob-uskunalarni o‘chirishlari kerak.

    Avariya sodir bo‘lgan ob’ektda birinchi navbatda kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalarning to‘kilishini yoki tarqalishini to‘xtatish tadbirlari amalga oshiriladi. Buning uchun hududga KTZM uzatib berish tizimi yopiladi, jumraklar va boshqa yopish moslamalari yopiladi. KTZM shikastlangan idishlardan boshqa nuqsonsiz idishlarga o‘tkaziladi. Ba’zi hollarda KTZM tarqalishining oldini olish maqsadida hovuzlar yoki chuqurliklar qaziladi.

    Avariya hududlarida aholiga sanitariya ishlovini tashkil qilinadi va o‘tkaziladi. Qisman sanitar ishlovi zaharlangan zonada yoki zonadan chiqish joylarda o‘tkaziladi. To‘la sanitar ishlovlari esa sanitar punktlarida o‘tkaziladi.



    Tabiiy ofatlar nohiyalaridagi qutkarish va kechiktirib

    bo‘lmaydigan ishlar xususiyatlari. YOng‘in bilan kurashish.

    Fuqaro muhofazasi va FVDT tuzilamalari tabiiy xususityali favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lgan vaqtda kuch va vositalari favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish va jabrlanganlarni qutqarish uchu sodir bo‘lgan hududlarga darhol etib boardilar.



    Zilzila oqibatlarini bartaraf etish. Zilzila oqibatlarini bartaraf etish bilan bog‘liq bo‘lgan avariya qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni tashkil etishni va ularni bajarish muddatlarini favqulodda vaziyat sodir bo‘lgan hududda joylashgan shahar (ob’ekt) muhofazasi boshlig‘i aniqlaydi.

    Zilzila keltirgan zararni aniqlash, jabrlanganlarni qutqarish va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlar hajmini aniqlash uchun maxsus razvedka (axborot yig‘ish)guruhlari tashkil etiladi.

    Razvedkachilar quyidagilarni aniqlashlari shart:



    -bino, inshoot, kommunal – energetika tizimlaridagi falokatlarning xususiyatlari va darajasini;

    -vayronalar ostidagi odamlar qolgan joylarini topish, ularga zarari tegishi mumkin bo‘lgan xavfni bartaraf etish;

    -vayrona uyumlari tagida qolgan odamlarni chiqarib olishning eng qulay joylarini topish;

    -shikastlangan evakuatsiya qilish uchun yo‘l ochish tartiblarini o‘tkazish;

    -suv manbalarining holatini, ularni xo‘jalik ishlarida ishlatish va ichish uchun yaroqliligini tekshirish;

    -sharoitni va sharoitga ko‘ra bajariladigan ishlar ketma-ketligini aniqlash;

    -mexanik vositalarni qo‘llash imkoniyatlarini aniqlash;

    -zarur deb topilganda portlatish ishlarini qo‘llash imkoniyatini aniqlash.

    Zilzila natijasida vayrona uyumlari ostida qolgan, qulab tushishi ehtimoli mavjud bo‘lgan hamda yonayotgan binolar va inshootlarda odamlarni qutqarish ishlari tezkorlik bilan amalga oshiriladi. Buning uchun ob’ektga FVDT tuzilmalari olib kelinadi.

    Vayrona uyumlar tagida qolganlarni qidirib topish uchun qidiruv guruhlarini yuboradilar. Ular vayrona uyumlarining hududini, buzilgan binolar va inshootlarni sinchiklab o‘rganib chiqadilar. Vayrona uyumlari tagida odam borligi aniqlanganda, tezda vayrona uyumi ostida qolgan odam bilan suhbat yoki taqqillatish orqali aloqa o‘rnatiladi.

    Vayrona uyumlarini ochish uchun zvenolar tashkil etiladi. Zvenolar tarkibidagi qutqaruvchilar soni 5 kishidan kam bo‘lmasligi kerak. Zveno a’zolarining hammasi yoppasiga yoki birvarakayiga ishlashadi. Ikki kishi vayrona uyumi tepasida, ikki kishi uyum bo‘laklarini boshqa erga tashlaydi. Zveno a’zolaridan bittasi kerak bo‘lgan holatlarda metall konstruksiyalarni maxsus asbob yordamida kesadi.



    Vayrona uyumlari og‘ir yoki katta bo‘laklardan tashkil topgan hududlarni ochish maqsadida mexanizatsiyadan foydalaniladi. Ko‘p qavatli binolarning yuqorisida yoki buzilgan bino yoki inshootlardan odamlarni qutqarish, ularni vaqtinchalik evakuatsiya qilish uchun yo‘llarga yog‘ochdan ishlangan trapp yoki vaqtinchalik zinapoyalar o‘rnatiladi. Harakat xavfsizligi taminlash uchun yo‘lchaning bir tomondan arqon tortib qo‘yiladi. Qorong‘i vaqtda ishlaganda esa vaqtinchalik elektr yoritgich “lampalar” o‘rnatiladi. YUqori qavatlardan odamlarni deraza orqali evakuatsiya qilish mumkin. Odamlarni qutqarishda eng qulay yo‘l o‘t o‘chirish avtotransportidan foydalanishdir.

    Suv toshqini, sel va er ko‘chkisi oqibatlarini bartaraf etish.

    Suv toshqini (suv ostida qolish) xavfi paydo bo‘lganda, favqulodda vaziyatlarda fuqaro muhofazasi qarori bilan boshqaruv punktlari tayyorgarlik holatiga keltirib qo‘yiladi. U erda mutasaddi rahbar xodimlarning kechayu-kunduz navbatchiligi tashkil etiladi, FVDT tizimlarining vazifalari aniqlanadi.

    Suv toshqini xavfi paydo bo‘lganda:

    -boshqa yoqqa o‘tkazib yuboradigan surma to‘siqlarni o‘rnatish;

    -ishlab chiqarish ta’minoti tadbirlarini keng qo‘lash kompleksini o‘tkazish (o‘t o‘chirish zamonaviy vositalari, o‘t o‘chirish avtomat yo‘llari, hisoblangan suv debiti, maxsus tayyorgarlik ko‘rgan tuzilmalar va h.k. mavjudligi).



    Ishlab chiqarish va xo‘jalik aloqalari ishonchliligini oshirish:

    -favqulodda vaziyatda mol etkazib beruvchilar bilan ishlab chiqarish aloqalarini maksimal darajada kamaytirish;

    -favqulodda rejimda rezervda barqaror mol etkazib beruvchilar bo‘lishiga erishish;

    -ob’ekt ta’minotini rezervdagi avtonom manbalarga o‘tkazish imkoniyati bor tizimini ishlab chiqish;

    -avariyada ta’minlash ko‘chma vositalarini ko‘paytirish;



    -bitta sanoat zonasidagi boshqa ob’ektlar bilan kooperativ ta’minlanishni (elektr energiyasi, suv, gaz, par va h.k. narsalar ta’minotini) tashkil etish;

    -rezervning avariya zahirasini yaratish;

    -xom ashyo, materiallar muhofazada va bo‘lib-bo‘lib tarqatilib saqlanishini tashkil etish;

    -kommunikatsiyalarni o‘rnini bosadigan qilish va halqa tarzida birlashtirish;

    -toshqini xavfi bor hududlarda FVDT kuch va vositalarning holatini aniqlash, avariya-qutqaruv va kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni o‘tkazish;

    -xavfli hududlardan aholini evakuatsiya qilishga ayyorgarlik ko‘rish va kerak deb topilganda aholini va moddiy boyliklarni xavfsiz joyga ko‘chish;

    -suv toshqini xavfi bor hududlardagi korxona va tashkilotlarning ishlab chiqarish jarayonini qisman yoki butunlay to‘xtatish;

    -o‘zaro hamkorlik rejasiga binoan yordam berishga ajratilgan Qurolli Kuchlar bo‘linmalari bilan aloqa o‘rnatish va doimiy aloqada bo‘lish;

    Qutqaruv ishlarini olib borishga rahbariyat tomonidan ajratilgan kuch va vositalar hamda tashkilotlarning suzuvchi vositalari jalb etiladi.

    Suv bosgan hududlarda qutqaruv otryadlari, komanda hamda guruhlar katerlar, motorli qayiqlar va boshqa suzuvchi vositalar yordamida odamlarni qutqarish va evakuatsiya qilish ishlariga jalb etiladi. Qutqaruv ishlariga jalb etilgan tuzilmalar tarkibi odamlarni qutqarish borasidagi hatti-harakat qoidalarini va qutqarilganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishni bilishlari kerak.

    Suvda suzish vositalarida qutqaruv ishlariga jalb etilgan tuzilmalar qutqaruv vositalari bilan, shaxsiy tarkib esa qutqaruv nimchalari bilan ta’minlanadilar.

    Download 173,94 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 173,94 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Favqulotdagi vaziyatlarda iqtisodiyot ob’ektlarida qutkarish va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni tashkil etish va olib borish

    Download 173,94 Kb.