Magnituda arab raqami bilan, kuchlanish esa rim raqamlari bilan belgilanishi xalqaro mikyosda qabul kilingan.
Respublikamizda sodir bo‘ladigan zilzilalarni aniqpashda MSK-64 shkalasidan foydalaniladi.
YUqorida keltirilgan ma’lumotlar aholining zilzila to‘g‘risida qisman ma’lumotga ega bo‘lishini ta’minlab, zilziladan saqlanish yoki muhofazalanishning chora-tadbirlari to‘g‘risidagi, har bir fuqaro uchun juda muhim va bilishi zarur bo‘lgan ma’lumotlar qatoriga kiradi.
Zilzila to‘g‘risida ilmiy adbiyotlarda batafsil yozilgan bo‘lsada, uning ajralmas qismi bo‘lgan, amaliyotda aholi harakatining tartib qoidalari nazarimizda to‘liq yoritilmagan. Umuman bu jarayonni uchta, ya’ni zilziladan oldin, zilzila vaqtida va undan so‘nggi bosqichlarga bo‘lgan holda ma’lum harakat qoidalarini tavsiya ztish maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz. Har bir bosqichda hayot xavfsizligini ta’minlash uchun nimalarga e’tibor berish lozimligi to‘g‘risida qiskacha to‘xtalamiz.
Toshkent viloyati. Respublikamizning sharqiy qismini tashkil etib, CHotqol-Qurama tog‘ tizmasining janubi-g‘arbiy maydonlarini tashkil etadi. Toshkent viloyati maydoni 15,6 ming kv. km. ni tashkil etib, respublika hududining 2,8% ga to‘g‘ri keladi. Axolisi 4,3 mln. dan ortiq. Viloyat maydonlarida mutlaq balandlik 500 m. dan (viloyatning g‘arbiy qismi), 4299 m (Beshtor cho‘qqisi) gacha o‘zgaradi. Ko‘chki jarayoni 1000-1500 m. balandlikda keng tarqalgan. Asosan Oxangaron, CHirchiq Pskom, Ugom vodiylaridagi tog‘ oldi zonalarida ko‘proq uchraydi. Har bir vodiyning yuqori qismida qoyali jinslar ko‘p bo‘lgani va relef murakkab tuzilishga ega bo‘lgani uchun ko‘chki uchramaydi. Toshkent viloyatida uchraydigan ko‘chkilar tabiiy (tog‘ jinsi qalinligi, er yuzasi shakli, er osti suvi sathi, o‘simlik dunyosi) va texnogen (suv inshootlari, yo‘l qurilishlari, elektr tarmoqlari, tog‘-kon sanoati va boshq.) xususiyatga ega.
Topografik xaritada suv ombori atrofida yangi yo‘l qurilishi va tog‘ oldi zonalarini sug‘orma erlarga aylantirish natijasida rivojlanib borayotgan ko‘chkilarni ko‘ramiz. Ayniqsa ular Qaynarsoy, Sijjaksoy, SHarqiramasoy, CHimyonsoy va Orkutsoy, Mozorsoy, Gulkamsoy, Po‘stinliksoylar atrofida ko‘p tarqalgan. Ularni tahlil qilish natijasida shu narsa ma’lum bo‘ldiki, har bir soyning o‘ng qirg‘og‘i bo‘yicha ko‘chkilar aksariyat miqdorni tashkil etadi. Bunda har bir suv tarmog‘i o‘ng qirg‘oqni (Markaziy Osiyoda) doimo emiradi degan aksiomaning tasdig‘ini ko‘ramiz.
Ko‘chkilarning mazkur suv ombori atrofida rivojlanish faoliyati XX asrning 60-yillari oxiridan boshlangan. Bu joydagi eng katta ko‘chki Alvasti, Sijjak va Mozorli soylar atrofida uchraydi. Ularning faoliyata hozirgi vaqtacha to‘xtamagan, ya’ni yuqori qismdagi maydonlarni qamrab olishi har yilgi mavsumiy vaqtga to‘g‘ri keladi. Bunga asosiy sabab shu yonbag‘irga daraxt ekish niyatida gorizontal holatda texnik ishlov berilishidir. Jumladan, CHimyon va Orkutsoylarning yuqori qismidagi ko‘chkilar ham inson xo‘jalik faoliyati natijasida yuzaga kelmoqda. Kuzatish ishlarini viloyatning sharqiy hududlari Parkent, Kumushkon, YAngibozor maydonlari bo‘iicha davom etgirsak, xuddi shunday vaziyatning guvohi bo‘lamiz. Albatta, bu joylarda yonbag‘irdagi tog‘ jinslaridagi namdorlik ortishi va gravitatsiya kuchlari ta’sirida paydo bo‘layotgan tabiiy ko‘chkilarni ham uchratsak-da, lekin ular aholi yashaydigan joylardan uzoqda, tog‘ yonbag‘rining yuqori kismlarida joylashganligini ko‘ramiz. Suv omborlari atrofidagi ko‘chkilar esa havzadagi suv sathining doimiy o‘zgarib turishi natijasida sodir bo‘lmoqda.
Ko‘chkilarni maxsus o‘rganadigan bo‘lim 1958 yilda Bo‘stonliq tumanida tashkil etilgan. Buning asosiy sababi Toshkent viloyatining tog‘ oldi zonalarida ko‘chki jarayoni ommaviy tus olganligidadir.
Toshkent viloyati bo‘yicha eng katga ko‘chki halokati 1991 yil 4 mayda Jigariston qishlog‘i atrofida bo‘lib, 56 kishining hayotdan ko‘z yumishiga sabab bo‘lgan. Hozirgi vaqtda Davlat kuzatuv xizmati xodimlari Toshkent viloyatida ko‘chki xavfi yuqori bo‘lgan joylarda ularni o‘rganish, qayd qilish va oldindan aytish muammolari bo‘yicha doimiy kuzatuv ishlari olib borishmokda.
Qashqadaryo viloyati. Respublikaning janubiy qismida joylashgan bo‘lib, sharqda Xisor, shimolda Zarafshon tog‘lari bilan chegaralanib turadi, g‘arbiy qismi esa cho‘l zonalarini tashkil etadi. Qashqadaryo viloyatining maydoni 28,4 ming kv. km bo‘lib, respublika hududining 6,3% ni tashkil etadi. Aholisi 1,7 mln. dan ortiq. Viloyatning sharqiy qismi tog‘ oldi zonalari bo‘lgani uchun ko‘chki jarayoni keng tarqalgan. Bu joylardagi Tanxiz, Jinni, G‘uzor, Oqsuv daryolari vodiylarida lyoss qatlamlari ko‘proq uchraydi. SHuning uchun ko‘chki xavfi shu joylarda yuqori darajadadir. Ayniqsa SHahrisabz-Kitob botiqligining yonbag‘irlaridagi xo‘jaliklarning ayrimlari ko‘chki xavfi bor zonalarda joylashgan.
Viloyatdagi eng yirik suv omborlaridan CHimqo‘rg‘on atrofida rivojlanib borayotgan o‘pirilish, jarlanish jarayonlarini aholi istiqomat qilayotgan maydonlarga yoyilib borayotganligini ko‘rishimiz mumkin. Viloyat hududidagi ko‘chkilarning aksariyat qismi shu joylardagi er uzilmalarining hozirgi vaqtda keskin faollashganligi sabablidir. Viloyatning shimoliy qismidagi Qoratepa tog‘ining janubiy yonbag‘irlarida ko‘chki va o‘pirilish jarayonlari shu joydagi past-balandliklarni tekislab (nivelirlash) ekin maydonlariga aylantirish natijasida yuzaga kelmokda. Bunday joylarni Kichik-o‘ra, Qoradaryo, Jinni daryolar atrofida ham uchratish mumkin. Ularning asosiy xususiyati daryo o‘zaniga perpendikulyar holatda tog‘ yonbag‘ri tomon rivojlanib borishidadir. Natijada lyoss qatlamlari tarqalgan daryo terrasalarining maydoni kichrayib boradi, bu esa qishloq xo‘jaligi, chorvachilik tarmoqlariga katta zarar etkazmoqda.
Viloyatning sharqiy qismidagi Pachkamar suv ombori atrofida hosil bo‘layotgan ko‘chkilar aholi hayot faoliyatiga jiddiy zarar etkazmaydi.
Umuman viloyatda ro‘y berayotgan ko‘chkilarni kuzatsak, 1981-1990 yillari ular ko‘rsatkichi 198 tani, 1991- 1999 yillarda 1136 tani tashkil etganini ko‘ramiz.
Surxondaryo viloyati. Respublikaning eng janubida joylashgan bo‘lib, Amudaryoning o‘ng irmog‘i Surxondaryo havzasini tashkil etadi. Surxondaryo viloyatining maydoni 20,8 ming kv. km bo‘lib, respublika hududining 4,7% ni tashkil etadi. Aholisi 1,3 mln. dan ortiq. Havzaning tabiiy chegarasi shimolda Xisor, sharqda Bobotog‘, g‘arbda Ko‘xitong tog‘lari, janubda esa Amudaryo bilan chegaralanib turadi. Viloyatning relef tuzilishidagi umumiy qiyalik shimoldan janubga tomon pasayib boradi. Boshqa viloyatlar hududi kabi Surxondaryo viloyatida ham ko‘chkilar ikki sababdan yuzaga kelib, qayd qilingan tog‘larning yonbag‘irlarida keng tarqalgan. Viloyatdagi eng yirik Janubiy Surxon suv ombori atrofida ham jarlanish bilan ko‘chkilar uyg‘unlashib ketganligini ko‘ramiz. Suv omborining shimoli-g‘arbiy tomonida bu hodisalarning aksariyat ko‘prok uchrashini kuzatishimiz mumkin. Viloyatlar ichida Surxondaryo Orol havzasidagi yirik daryo (Amudaryo) atrofidagi qirg‘oqni yuvish va o‘pirilish hodisalari nisbatan ko‘proq uchrashi bilan ajralib turadi. Ko‘chkilarning erga texnik ishlov berish natijasida yuzaga keladigan turi SHerobod botiqligining markaziy va shimoliy qismlarida ko‘proq uchraydi. Hozirgi vaqtda vohadagi avtomobil yo‘llarini qurish va mavjud yo‘llarni kengaytirish ishlari natijasida ham ko‘chkilarning biroz ko‘payganini ko‘rish mumkin. O‘pirilish-ko‘chki jarayoni Qayroqsoyning janubi-g‘arbiy tomonlarida keng tarqalgan. Bu joylardagi lyoss qatlamlari daryoning (Surxondaryo) o‘ng qirg‘og‘ida nisbatan ko‘proq bo‘lgani uchun namgarchilik ta’sirida er ko‘chishi tez rivojlanmoqda. Surxondaryo viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari olib borayotgan sa’y-harakatlari natijasida ko‘chkidai zarar ko‘rgan xo‘jaliklar deyarli yo‘q. Ammo, keyingi 40 yillikdagi xavfli geologik hodisalardan ko‘rinib turibdiki, ko‘chkilar ko‘payib bormoqda, ya’ni 90-yillardagi ko‘chkilar soni 80-yillarga nisbatan uch baravar ortgan.
Samarqand viloyati. Respublikaning markaziy viloyatlaridan bo‘lib, Zarafshon daryosining o‘rta oqimiga joylashgan. Samarqand viloyatining maydoni 13,9 ming kv. km2, respublika hududining 3% ni tashkil etadi. Aholisi 2,3 mln. dan ortiq. Viloyat janubiy (Zarafshon) va shimoliy (Nurota) qismlarda tog‘liklar bilan chegaralanib turadi. Muhandis-geologik jihatdan shimoliy qismida Nurota tog‘ etaklarida va janubiy qismdagi Qoratepa tog‘ining shimoliy yonbag‘irlarida lyoss qatlamlari ko‘proq bo‘lgani uchun bu joylarda ko‘chki jarayoni nisbatan keng tarqalgan. Viloyatdagi yirik suv omborlaridan Kattaqo‘rg‘on havzasida mavsumiy vaqtlarda suv miqdorining ko‘payib ketishi oqibatida qirg‘oq atrofining o‘pirilishi kuzatiladi, lekin bu joylarda aholi punktlari joylashmagan. Suv ombori atrofi hozirgi vaqtda qishloq xo‘jaligi maqsadida o‘zlashtirilishi natijasida ayrim joylarda o‘pirilish va eroziyalanish hodisalari rivojlanib bormokda. Tabiiy sharoitda hosil bo‘layotgan ko‘chkilarni Oqsoy, Saganak, Okdaryo va Qoradaryo havzalari atrofida uchratish mumkin. Boshqa viloyatlardagi ko‘chkilarga taqqoslab ko‘radigan bo‘lsak, Samarqand viloyatidagi ko‘chkilarning ko‘lami, xususiyati o‘zgachadir, ya’ni keng maydonlarni qamrab olmagani sababi bu joylardagi relef yuzasining qiyaligi juda katta emas va surilib borayotgan massa juda kam joylarga tarqaladi. Viloyatda olib borilayotgan qurilish (sanoat, transport, suv inshootlari) ishlari natijasida ham yonbag‘irlarning o‘pirilish holatlari uchramoqda.
Farg‘ona vodiysi. Respublikaning sharqiy qismini tashkil etib, tabiiy tuzilishi, muhandis-geologik sharoiti boshqa viloyatlardan tubdan farq qiladi. Farg‘ona vodiysi maydoni 19,2 ming kv. km bo‘lib, respublika hududining 4,3% ni tashkil etadi. Aholisi 5,6 mingdan ortiq. Farg‘ona vodiysining hamma tomoni tog‘lar bilan o‘ralgan: shimoliy-shimoli-g‘arbda Qurama, sharkda Talass-Farg‘ona, janubda Turkiston tog‘ tizmalari o‘rab turadi. Respublikaning eng harakatchan zonalaridan biri Farg‘ona vodiysi hisoblanadi. Ma’lumki, vodiy uchta: Namangan, Andijon va Farg‘ona viloyatlaridan tashkil topib, ko‘chki jarayonlari Namangan va Farg‘ona viloyatlarida ko‘proq uchraydi. Vodiyning shimoliy qismidagi Namangan viloyatida keyingi vaqtlarda olib borilayotgan yo‘l qurilishi (Qamchik dovoni) natijasida nisbatan texnogen sababga ko‘ra ko‘chkilar biroz ko‘payib bormoqda. Tabiiy holatda uchraydigan ko‘chkilar viloyatdagi Sumsar, G‘ova, Podsho-Ota, Pishkaran soylarining o‘rta qismlarida ko‘proq uchraydi. YAngiqo‘rg‘on, Kosonsoy, CHortoq rayonlari Qurama tog‘ining janubiy yonbag‘irlarida bo‘lganligi uchun ham bu joylarda ko‘chki jarayoni aholi yashaydigan hududlarga sezilarli xavf tug‘diradi. Lyoss qatlamlari orasida ikkilamchi gips minerali hosil bo‘lishi natijasida bu qatlamlar palaxsa-palaxsa bo‘lib ko‘chib ketadi. Salgina namgarchilik natijasida tuzlar erib lyoss qatlamini tezda oqovaga aylantirishi ham ko‘chki jarayoniga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. SHu bilan birga bu joylarga xos bo‘lgan hodisa, ya’ni yangi erlar o‘zlashtirilishi natijasida sug‘orma erlarda o‘pqon olish (suffoziya) juda keng tarqalgan. Bu ham nafaqat qishlok xo‘jaligi ekinlariga, balki shu joydagi tuproq qatlami emirilishiga katta zarar etkazmoqda. Respublikamizning boshqa tog‘ oldi hududlariga xos bo‘lgan qishloq xo‘jalik tadbirlari (sug‘orma erlar) o‘tkazish natijasida kichik-kichik ko‘lamga ega bo‘lgan ko‘chkilar ko‘proq uchrash holati vodiyning hamma adirliklarida kuzatilmokda. Mazkur tadbirni o‘tkazishda tog‘ oldi adirliklarining qulay maydonlarini o‘zlashtirish bilan birga shu joylarning tabiiy tuzilishiga, gidrotexnika inshootlari joylashuviga, ayniqsa suvdan foydalanilganda me’yoriy ko‘rsatkichlarga katta e’tabor berish lozimligini alohida ta’kidlash zarur, deb hisoblaymiz. CHunki, hali tuproq sifatida to‘liq shakllanmagan, o‘simligi kam bo‘lgan, adirliklardagi lyoss qatlamlari ortiqcha namgarchilikni ko‘tara olmaydi, bu esa shu joyning yuvilishiga, oxir oqibatda eroziya jarayoni kuchayishiga zamin tayyorlaydi.
Umuman, Vatanimiz hududlarida tarqalgan ko‘chki-surilma jarayonlari to‘g‘risida fikr yuritar ekanmiz, ularni ilmiy o‘rganish, baholash, doimiy kuzatish qanchalik ahamiyatga ega bo‘lsa, bunday jarayonlar sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan joylarda istiqomat qiladigan aholi o‘rtasida ma’lum tushuntirish ishlarini olib borish, ayniqsa qishloq xo‘jaligi siyosatini yurgizish mutlaqo yangi g‘oya asosida bo‘lishi shart. Bu g‘oyaning asosini har bir qarich erni e’zozlash, tabiiy fizik-mexanik xususiyatini o‘rganish va qanday ekin turini ekishni bilish tashkil etadi. SHundagina, yil sayin ko‘payib borayottan aholini kerakli qishloq xo‘jalik mahsulotlari bilan ta’minlash muammosining echimi ijobiy bo‘lishiga erishiladi.
Sel
Sel - suvning mexanik faoliyagidan yuzaga keladigan murakkab jarayon bo‘lib, turli omillarning (iqlim, gidrologik, geomorfologik, geologik va boshq.) o‘zaro ta’siri natijasida vujudga keladi. Uning tarqalishida mahalliy sharoit alohida o‘rin egallaydi. Sel vujudga keladigan yoki sodir bo‘lish ehtimoli yuqori bo‘lgan joylarni sel o‘chog‘i deb yuritaladi. Sel o‘chog‘i paydo bo‘lishining asosiy ko‘rsatkichi gidrometeorologik sharoit hisoblanadi. Uzoq muddatli jala yog‘ishi va muzliklarning qisqa muddatda kuchli erishi okibatida daryo o‘zanlaridagi suv miqdori keskin ko‘payib ketadi. Natijada suv bilan aralashgan (qum, shag‘al, dag‘al bo‘lakli jinspar) oqim paqdo bo‘lib, ko‘pgana qo‘poruvchilik ishlari amalga oshiriladi. SHu sababga ko‘ra sellar ikki guruhga bo‘linadi: gdyasial - muzlik va qorlarning jadal erishi va jatt - ko‘p miqdorda yomg‘ir yog‘ishi natijasida paydo bo‘ladi. Ularning paydo bo‘lishida joyning geomorfologik tuzilishi va cho‘kindi jinslar miqdori ham alohida o‘rin egallaydi. Respublikamizning tog‘ oldi hududlari va unga tutash tekisliklarda ko‘p yomg‘ir yog‘ishi natijasida paydo bo‘ladigan sellar keng tarqalgan. Yirik qor va muzlik qatlamlari tarqalgan tog‘li zonada esa glyasial turi ko‘proq uchraydi. Sellarning jalali turi aholi va hududlarga katta xavf solib ko‘p miqdorda iktisodiy zarar etkazadi.
Sel oqimlari harakat xususiyati bo‘yicha turbulent va strukturali turlariga bo‘linadi.
Turbulent sellar o‘zan bo‘ylab, daryo va soylardagi suv miqdori ortib ketishi natijasida oqim harakati qonuniga muvofiq vodiy yo‘nalishi bo‘yicha bo‘ladi.
Strukturali sellar maydon bo‘ylab, turli tosh bo‘laklarining butun yonbag‘ir bo‘yicha yoppasiga bostirib kelishi natijasida bo‘ladi.
Har ikkala xususiyatga ega bo‘lgan sellar daryo o‘zanlari va yonbag‘irlarni buzishi bilan birga keng ekin maydonlariga katta miqdordagi oqova oqimini olib keladi. Vatanimizni o‘rab turgan tog‘lar va tog‘ oldi hududlari selga xavfli hududlarga kiradi. Sel ayniqsa, Qashqadaryo, Namangan, Jizzax, Farg‘ona, Surxondaryo va Toshkent viloyatlarida ko‘proq uchraydi. Respublikamizning sel xavfi bor joylaridan aholini xavfsiz joylarga o‘tkazish bo‘yicha Favqulodda vaziyatlar vazirligi, “O‘zgidromet” hamda Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi xodimlari joylardagi mahalliy hukumat organlari rahbarlari bilan maxsus dasturlar asosida harakat qilmoqdalar. Xavfli joylarda joylashgan aholining to‘g‘ri harakat qilishida, ayniqsa ko‘chki va sel oqimlari bo‘ladigan hududlarda, xavf yuzaga keladigan omillarni o‘z vaqtida aniqlash, qayd etish va bundan aholini xabardor qilish tadbirlari muhim o‘rinni egallaydi. Sel hodisasini oldindan aytib berish ancha mushkul, odatda sel xavfi bor joylardagi aholi o‘n daqiqa, ko‘pi bilan 1-2 soat avval ogohlantiriladi.
Sel oqimi xavfi tug‘ilishini qanday bilish mumkin?
Avvalo, sel va joylarda ehtimoli yuqori bo‘lgan boshqa xavflar to‘g‘risidagi ma’lumotga aholining hamma tabaqasi ega bo‘lishi shart. Xususan, sel xavfi bo‘lishiga me’yoridan ortiq jala quyishi yoki mavsumga xos bo‘lmagan haroratning birdan ko‘tarilishi sababchi bo‘ladi. Quyidagi daryo va soy suvlari miqdorining oshib ketishi, ularning yuqori qismida barcha shovqinlarni qamrab oluvchi kuchli gumburlash, oqimdagi yirik toshlarni bir-biriga urilishi natijasida vahimali larza paydo bo‘lishi sel oqimidan dalolat beradi. Bunday holatlarda eng muhimi sarosimaga tushmaslik va kerakli ehtiyot choralarini ko‘rish zarurdir. Sel oqimlariga oldindan tayyorlanishning samarali usullaridan biri aholining barcha tabaqalari bilan agrotexnik, gidrotexnik obodonlashtirish majmuasiga kiruvchi bir qancha tashkiliy-xo‘jalik tadbirlarini amalga oshirishdan iborat. Bundan tashqari sel xavfi mavjud joylarda daryo o‘zanlari, suv omborlari, kanallar qirg‘oqlarini mustahkamlash zarur, bunday inshootlar bo‘lmagan joylarda sel tutkichlar, oqimni aholiga zarari tegmaydigan joylarga yo‘naltiruvchi tarmoqlarni qurish lozim. Eng muhimi, kadimiy an’analarga rioya qilgan holda barcha tarbiyaviy va amaliy ishlarni rejalashtnrish lozim. SHundagina xavfning mumkin qadar oldi olinadi yoki undan keladigan iqtisodiy talafot kamroq bo‘ladi. Masalan, millatimizga xos bo‘lgan hikmatlardan “Serdaraxt qishloqni sel olmas” degan dono fikrga amal qilinsa, yog‘ingarchilik qanchalik ko‘p bo‘lmasin, sel oqimi tarkibida cho‘kindi jinslar mutlaqo bo‘lmasligiga erishiladi. Bundan tashqari qurilish inshootlarini rejalashtirishda sel xavfi bor joylardan uzoqroqda bo‘lishga qatiy rioya qilinishi kerak. YAna bir muammo hozirgi vaqtda qir-adirlarni o‘zlashtirib sug‘orma erlarga aylantirish hollari ko‘p uchramoqda (bu haqda oldingi bo‘limda to‘xtaldik). Bu erlarda agrotexnik ishlov berishga, ya’ni adirlarni ko‘ndalangiga haydash yoki sug‘orish inshootlarini shu yo‘nalishda bo‘lishiga chek ko‘yish kerak. CHunki bunday tadbir sel oqovasi paydo bo‘lishiga, undanda rivojlanib ko‘chki, eroziya jarayonlari keskin ortib kegishiga olib keladi.
Buning uchun nimalarga e’tibor berish lozim?
YUqorida qayd qilinganidek, sellar mavsumiy vaqtlarda sodir bo‘ladigan jarayonlardan ekan, shu vaqtlarda sel xavfi yuqori bo‘lgan hududlarda faoliyat ko‘rsatishning ayrim talablariga rioya qilish zarur. Ko‘p holatlarda aholining ma’lum qismi dam olish vaqtlarini tog‘li o‘lkalarda, daryo bo‘ylarida o‘tkazishga harakat qilishadi. Bu bejiz emas, albatta. Lekin daryo bo‘ylarida vaqginchalik chodir qurishdan oldin joyning tabiiy sharoiti, relefi, atrof muhitning tuzilishi to‘g‘risida fikr yuritilib, so‘ng to‘xtash joyini belgilash kerak. YOg‘ingarchilik miqdori asta-sekin ortib borishi turgan joyni zudlik bilan o‘zgartirish lozimligiga bildirilgan birinchi ishoradir. CHunki suv miqdorining daryo va soylarda ortib ketishi dam oluvchilarga ortiqcha tashvish tug‘diradi. Mabodo shunday vaziyatda sel oqimlari belgisi sezilgudek bo‘linsa, tezlik bilan daryo o‘zanidan iloji boricha uzoqroq balandroq yonbag‘irga chiqib kegish zarur. YOg‘ingarchilik o‘tib ketgandan so‘ng vodiyga tushishga hech vaqt shoshilmaslik kerak, chunki birinchi sel oqimidan so‘ng keyingilari takrorlanishi mumkin.
Odatda sel oqimlarining davriyligi 3-5 soat davom etadi. SHuni alohida ta’kidlash lozimki, sellarning (keyingi bo‘limda berilayotgan toshqinlar kabi) yana bir xususiyati ular qo‘shni davlatlar hududida boshlanib boshqa davlat xududida katta talafotlar keltirishi mumkin. Farg‘ona vodiysining daryolarida, Zarafshon daryosining yuqori qismlarida xuddi shunday manzaraga bir necha bor guvoh bo‘lganmiz. Albatta, bunday holatlarda ham, oldindan sel oqimlari keladigan yo‘nalishlar bo‘yicha sel omborlari, ularni yo‘naltiruvchi, tarqatib yuboruvchi maxsus gidroinshootlar qurilishiga katta e’tibor berilishi lozim. Kezi kelganda shuni aytish mumkinki, sel xavfi bor joylarda yirik nisbatdagi, ayniqsa kichik xo‘jaliklarda 1:5000 va 1:10000 nisbatdagi xaritalar bo‘lishi kerak. SHu xaritalar orqali sel oqimlariga qarshi kurashish, oldini olish, bashoratlash va ular oqibatlarini bartaraf etish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va aholining barcha tabaqalari o‘rtasida targ‘ibot ishlarini yo‘lga qo‘yish zarur.
SHu o‘rinda bir tarixiy voqeani keltiramiz. 1969 yili, bahor fasli. Toshkent viloyatining Pskom daryosi quyi oqimida joylashgan Sijjak, Bog‘iston, Nanay qishloqlarining aholisi yog‘ingarchilik ko‘p yog‘ishi oqibatida sel va ko‘chkilardan ko‘p zarar ko‘rishgan. Ayniqsa, qishloq xo‘jalik ekinlari etishtiriladigan maydonlarda eroziya rivojlanib sel oqimlari ostida qolib ketgan. Pskom daryosining hayqirib, yirik-yirik xarsang toshlarni «po‘kak» kabi oqizib ketishini ham hayrat, ham qo‘rquv bilan kuzatganmiz.
Muammoning eng muhim tomoni o‘sha paytda maktab o‘quvchilariga tabiiy ofatlar to‘g‘risida kerakli ma’lumot berilmas edi. Go‘yo doim shunday bo‘lgan va bundan so‘ng ham shunday davom etadigandek. Vaholanki, bu jarayonlarga qarashli ma’lum chora-tadbir ko‘rish yo‘llari mavjudligiga hozirgi kunda guvoh bo‘lib turibmiz.
Bunday vokealarni Toshkent viloyatining Oqsok-Ota, Parkent, Ohangaron, Qorabau, Bo‘zsuv; Namangan viloyatining G‘ovasoy, Uyrursoy, Sumsar, Podsho Ota, Qashqadaryoning Oqsuv, Jinnidaryo, Tanxizdaryo, G‘uzor va boshqa havzalari misolida ko‘p keltirish mumkin.
Vatanimizning qaysi hududlarida sel oqimlari paydo bo‘lmasin, ularning tarkibiy qismi, yo‘nalishi va ulardan keladigan zarar deyarli bir xilda namoyon bo‘ladi. SHuning uchun hukumatimiz tomonidan olib borilayotgan ijobiy tadbirlarda barcha fuqarolar faol yashtirok etishlari, ularni tezroq hayotga tadbiq etishlari va xavfsizlik chora-tadbirlarini amalga oshirishda har birimiz mas’ul bo‘lishimizni davriing o‘zi taqozo etib turibdi.
Toshqin
Tabiiy ofatlar ichida katta talafotlar keltiradigan, aholini og‘ir tahlikaga soladigan va qiska vaqt ichida shiddatli bo‘ladigani suv toshqinlaridir. Toshqin - turli sabablar natijasida daryolar, soylar, dengizlar, ko‘llarda suv sathining keskin ko‘tarilishi oqibatida yuzaga kelib, er yuzasining katga maydonlarini vaqtincha suv bosishiga aytiladi. Toshqinlar ko‘p holatlarda kuchli jala, harorat ko‘tarilishi bilan qor va muzliklarning keskin erishi natijasida havzalardagi suv miqdorining ko‘payishidai paydo bo‘ladi. Bundan tashqari suv havzalari atrofidagi yonbag‘irlarda ko‘chki sodir bo‘lishi qoyalardan tog‘ jinslari o‘pirilishi bilan havzadagi suv toshib chiqishi va to‘g‘onlarning bexosdan buzilib ketishi oqibatida ham sodir bo‘lishi mumkin. Odatda bunday toshqinlar juda xavfli bo‘ladi. Toshqinlarning yana bir turi shamolning katta tezligi bilan bog‘liq bo‘lib, dengiz suvini qirg‘oqlarga ma’lum balandlikda bostirib kelishidan paydo bo‘ladi. Lekin, toshqinning bu turi mamlakatimiz hududlarida uchramaydi.
O‘zbekistondagi suv omborlaridagi suv hajmi kuyidagicha:
1.
|
Toshkent
|
Suv ombori
|
250 mln. m3
|
2.
|
Jizzax
|
Suv ombori
|
85 mln. m3
|
3.
|
Kattaqurg‘on
|
Suv ombori
|
900 mln. m3
|
4.
|
CHorvoq
|
Suv ombori
|
2 mln.-m3
|
5.
|
Andijon
|
Suv ombori
|
1mlr.754 mln. M3
|
6.
|
CHimqurgon
|
Suv ombori
|
300 mln. m3
|
7.
|
Uchqizil
|
Suv ombori
|
165 mln. m3
|
8.
|
Karkedon
|
Suv ombori
|
218 mln. m3
|
9.
|
Kosansoy
|
Suv ombori
|
165 mln. m3
|
10.
|
Kuyimozar
|
Suv ombori
|
300 mln. m3
|
Vatanimizning tabiiy tuzilishi, gidrometeorologik sharoiti, muhandis-gidrogeologik inshootlari boshqa tabiiy ofatlar kabi toshqin bo‘lib turishi va uning xavfi yuqoriligidan dalolat beradi. Ayniqsa bu hodisa suv tarmoqlari atroflarida juda ko‘p tarqalgan. Toshqinlarning hosil bo‘lishi, garchan bir xil sababdan bo‘lsada, ya’ni ob-havo sharoitining keskin o‘zgarishi natijasida me’yoridan ko‘p yog‘ingarchilik bo‘lishi, aholi yashash joylari va hududlarga turli ta’sir ko‘rsatadi. Bular ichida eig kuchlisi halokatli toshqinlar hisoblanib, ular uzoq muddat yoqqan yomg‘ir natijasida yuzaga keladi. Bizning sharoitda toshqinlar bilan birga sellar doimiy kuzatiladi. Selli toshqinlar odatda qisqa vaqtda paydo bo‘lib, asosiy xususiyatlaridan biri shitob bilan suv kelishi oqibatida suv inshootlari atrofini, qirg‘oqlarni, ba’zan to‘g‘on va ko‘priklarni yuvib ketadi. Natijada suv sathining ko‘tarilishidan katta-katta maydonlarga suv bostirib yuborishi oqibatida shu joydagi ekinlar, muhandislik inshootlari katta zarar ko‘radi. Bunday noxush holatlarning oldini olish bo‘yicha ilmiy muassasalar muammoning echimiga katta e’tibor berib keng miqyosdagi izlanishlar olib borayotgan bo‘lsa, hukumat, mahalliy hokimiyat organlari rahbarlari esa joylarda mavsum sharoitida tayyorgarlik ko‘rish va tadbirlarni uyushqoqlik bilan qisqa muddatda o‘tkazish yo‘llarini ishlab chiqishmokda. Ayniqsa daryolar, soylar va turli gidroinshootlar atroflarida sohillarni mustahkamlash, obod maskanlarga aylantirish vazifalari hukumat qarorlarida o‘z aksini topgan. SHu bois, turli suv inshootlari atrofidagi maydonlarni go‘zal go‘shaga aylantirib odamlar hordiq chiqaradigan kichik-kichik dam olish shohobchalari tashkil etish mahalla qo‘mitasi faollarining diqkat-e’tiborida bo‘lishi kerak. Lekin. yuqorida ta’kidlaganimizdek, tabiiy ofatlar to‘satdan paydo bo‘lib, hayotimizga katta xavf solishi bilan birga chegara tanlamaydi. Erning zaif va pastkam joylarini butkul buzib yuboradi. Respublikamizda ro‘y beradigan toshqinlarning yana bir xususiyati, ular qo‘shni davlatlar hududlarida paydo bo‘lib, butun talafotni bizning aholi va hududlarga etkazadi. CHunki, Vatanimizning sharqiy, janubi-sharqiy hududlari baland tog‘liklar bilan o‘ralgani uchun suv tarmoklarining boshlanish qismi qo‘shni davlatlarda bo‘lgan, shu tog‘lardagi buloqlardan to‘planadi. SHu bilan birga ko‘pgina daryolarning boshlanish joyida muzliklar, ko‘llar bo‘lgani uchun ob-havo harorati ko‘tarilib ketishi oqibatida ulardagi suv miqdorining oshishi ham ma’lum xavf tug‘diradi. Mazkur muammoning oldini olish va doimiy kuzatish bo‘yicha «O‘zgidromet» tasarrufidagi tarmoq kuzatish xizmati xodimlari mavsumiy vaqtlarda tunu-kun ish olib boradilar. SHu kabi tashkilotlar qo‘shni davlat hududlarida ham mavjud. Hozirgi davrning talabi bo‘yicha olib borilayotgan tadbirlar amaliy jihatdan samarali bo‘lishi uchun Markaziy Osiyo davlatlarining kuzatish xizmatlari orasida ma’lumot ayirboshlash ishlarini yo‘lga qo‘yish, doimo ishonchli ma’lumot bilan hamkorlikda ish olib borishni taqozo etmoqda. Bunga yaqqol misol tariqasida XX asrning oxirida “SHohimardon fojiasi” deb tarixga muhrlangan Farg‘ona vodiysidagi fojiani keltirish mumkin. YUqorida qayd qilinganidek, mazkur fojia qo‘shni Qirg‘iziston mamlakati hududida boshlanib SHohimardonsoy bo‘yiga juda katta talafotlar keltirdi. Fojianing asosiy sababi yoz oylarida harorat keskin ko‘tarilishi bilan Qirg‘izistonning O‘sh viloyati tog‘liklaridagi Oqsuv Daryosining yuqori qismida joylashgan qor va muzlar erishi oqibatida suv miqdori birdaniga oshib ketib, soatiga 200 m/soniya tezlikda harakat qilishi natijasida SHohimardonsoy va uning quyi oqimlarida sel oqovalariga aylandi. Natijada ko‘pgina insonlar nobudgarchiligi bilan (100 dan ortiq), shu joydagi kommunikatsiya inshootlari, yo‘llar, maishiy xizmat maskanlariga katta talafot etkazdi. Jumladan, 52 xo‘jalik, 36 ta dam olish maskani, 4 ta bolalar oromgohlari va boshqa yirik miqyosda olib borilgan tadbirlar natijasida aholi xavfsiz joylarga ko‘chiriddi. Tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf egashga respublikadagi barcha tashkilotlar o‘z hissalarini qo‘shishdi.
Aholi va hududlarni toshqin, sellardan muhofaza qilishning birinchi talabi daryo, soy o‘zanlari atrofini mustahkamlashdan iborat. SHunday tadbirlar Oqsuv va SHoximardonsoy atroflarida olib borilib, qirg‘oqlar qum-shag‘al, temir-beton mahsulotlari bilan mustahkamlandi.
Albatta, respublikamizda bunday joylar ko‘plab uchrab turadi va hayotimiz xavfli jarayonlardan kafolatlanmagan. SHuning uchun aholi yashaydigan hududlarda ma’lum xavfsizlik choralarini oldindan ko‘rib qo‘yishimiz, hushyorlikni oshirishimiz zamon talabidir. Bunday holatlarda birinchi galda amalga oshiriladigan ishlardan yana biri aholini o‘z vaqtida ogohlantirishdir. Lekin, ogohlantirishdan avval aholini tabiiy ofatga tayyorlash zarur. Buning uchun tushuntirish ishlari bilan bir qatorda tabiiy ofatlarning sababi, tarqalishi to‘g‘risida ma’lumot berib, ro‘y bergan taqdirda avvalo xotirjamlikni saqlash, ortiqcha vahimaga berilmaslik alomatlarini har birimizning qalbimizga singdirishimiz kerak. SHundagina holatni tez baholay olamiz va harakatni to‘g‘ri olib boramiz.
Xo‘sh, toshqin vaqtida qanday muhofaza qoidalariga rioya qilish kerak?
Avvalo, toshqin xavfi bor joylarda har qanday qurilish inshootlari barpo etishga chek qo‘yish kerak. Toshqinning hosil bo‘lish xususiyatiga ko‘ra ba’zi ehtiyot choralarini amalga oshirish lozim. YA’ni oziq-ovkat, ichimlik suvi, kiyim-kechak va boshqa maishiy-xo‘jalik zahiralariga ega bo‘lish, ularni suv bosmaydigan joylarda saqlash, kerakli hujjatlar, zarur mol-mulk bilan evakuatsiyaga tayyorgarlik ko‘rish zarur. Toshqin juda katta tezlik bilan avj olayotgan bo‘lsa, zudlik bilan yaqin atrofdagi tepalikka qarab yurish, bino sharoitida bo‘lsangiz yuqori qavatlarga ko‘tarilish, tomlarga chiqib olish tadbirlarini amalga oshirish lozim. Ammo, barcha ehtiyot choralariga qaramasdan mabodo, suv ichida qolsangiz, eng muhimi sarosima va vahimaga berilmasdan xotirjamlik bilan ustki va oyoq kiyimlarni echish, suv oqimi bo‘ylab birorta balandrok yoki mustahkam asosga ega bo‘lgan predmetni tanlash, suv bilan birga harakat qilayotgan buyumlardan o‘zingizni ehtiyot qilish choralarini ko‘rishingiz lozim. Zaruratta ko‘ra uylarni, xonalarni tark etayotganingizda suv, gaz, elektr tarmoqlarini xavfsiz holatga keltirishni unutmaslik kerak. Erto‘lalarda oziq-ovqat zahirasi mavjud bo‘lgan takdirda ularni quruq joylarga, suv bosib zarar etkazmaydigan joylarga olib qo‘ygan ma’qul.
Albatta, ehtiyot choralarini oldindan tashkillashtirib uyushqoqlik bilan olib borilsa, har qanday fojiadan keladigan talafot va zararni kamaytirishga erishiladi. Lekin, aksariyat hollarda aholi tomonidan beparvolikka yo‘l qo‘yiladi. Tabiiy ofat, xususan, toshqin qanchalik qiska vaqtni qamrab olmasin ma’lum talafotlarga sababchi bo‘ladi. SHu jarayon bo‘lib o‘tgandan so‘ng qanday ishlarni birinchi galda amalga oshirish kerak. Quyida shular to‘g‘risida to‘xtalamiz.
Avvalo, har qanday tabiiy ofat yuzaga kelgan maydon va hududda o‘ziga yarasha antisanitariya holati yuzaga keladi. Buning oqibatida odamlar, tirik organizmlar yuqumli kasalliklar bilan zararlanishi mumkin. SHu vaziyatdan chiqish uchun ma’lum muddatgacha faqat qaynatilgan suv iste’mol qilish va quruq oziq-ovqatlar bilan chegaralangan ma’qul. Zarurat tufayli boshqa erga ko‘chgandan so‘ng qaytib kelinganda uyning holatini, atrof yo‘laklarni sinchiklab ko‘zdan kechirish kerak, hech vaqt uyga kirishga shoshilmang. Toshqin tufayli uylarning devorlari zax tortishi, namgarchilik me’yoridan ortib ketishi oqibatida inshootlar bardoshligi zaif bo‘lib qoladi, natijada uncha katta bo‘lmagan tashqi kuch ta’sirida binolar qulab ketishi mumkin. Suv to‘planib qolgan joylardan alohida yo‘laklar hosil qilib yurish joylarini tashkil etish kerak. Xonalarni diqqat bilan ko‘zdan kechirib chiqilgandan so‘ng eshik va derazalarning mustahkamligiga ishonch hosil qilganingizdan keyin ularni ochib qo‘ying. Xona ichida qolgan oziq-ovqatni iste’mol qilishdan o‘zingizni saqlang. Mavjud asbob-uskunalardan, ayniqsa elektr asboblaridan foydalanishda nihoyatda ehtiyot bo‘ling. CHunki to‘liq qurimagan asboblar boshqa favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishiga sababchi bo‘lib, qo‘shimcha noxushliklarga olib keladi. Bundan tashqari har qanday tabiiy ofatni bartaraf qilishda ham o‘ziga yarasha talab va qoidalari mavjud. Xususan, toshqindan so‘ng uni bartaraf qilishda keng miqyosda aholi tomonidan qanday ishlar amalga oshirilishi lozim?
YUqorida ta’kidlanganidek atrof sinchiklab o‘rganilgandan so‘ng, suv bosgan joylar ortiqcha narsalardan xalos qilinib, quritish ishlari amalga oshiriladi. Inshootlarda yarim o‘pirilgan, qayta tiklab bo‘lmaydigan joylar aniqlansa tezda buzib tashlanishi va u joylar tozalanishi kerak. Binolarning pastki, pastkam joylarida suv to‘planib qolgan bo‘lsa suv chiqarib tashlanadi. Toshqin natijasida shikastlangan maishiy-energetika tarmoqlari, yo‘llar, ko‘priklar va boshqa inshootlarni ta’mirlashga kirishiladi. Mazkur tadbirlarni amalga oshirish aholidan uyushqoqlikii, jipslik va o‘zaro hurmatni talab etadi. SHundagina favqulodda vaziyat oqibatini tezda bartaraf qilish mumkin.
YUqorida qayd qilinganidek, toshqin va sellarning paydo bo‘lishida respublikamiz hududlaridan tashqarida bo‘lgan tabiiy suv omborlari, gidrotexnika inshootlari ham o‘ziga yarasha xavf tug‘diradi. Bizning nazarimizda bunday ob’ektlarning joylashgan o‘rni, xavflilik darajasi, ko‘lami to‘g‘risida batafsil ma’lumot berilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. Aksariyat hollarda favqulodda vaziyatlar yuz bergan vaqtda aholi o‘rtasida ma’lumot yo‘qligidan sarosimaga tushish holati oqibatida talafot ikki-uch barobar ko‘payib ketishiga olib keladi. Bunday holatlarda aholi harakatining ba’zi qoida va talablari to‘g‘risida keyingi bo‘limlarda batafsil to‘xtalamiz. SHu maqsadda respublikamiz hududidan tashqarida bo‘lgan, lekin aholining farovon turmushiga ma’lum darajada tahdid solib turgan xavf “o‘choqlari” to‘g‘risida ma’lumot beramiz. Albatta, bunday ma’lumotlarni berishdan maqsad, aholi o‘rtasida behalovotlik yoki sarosimaga tushishga ma’lum sharoit yaratish emas, balki zukko o‘quvchilarga xavf to‘g‘risidagi bor ma’lumotni etkazish, real voqelikdan boxabar qilish. Zero, xavfni bilmasdan, to‘liq ma’lumotga ega bo‘lmasdan turib unga tayergarlik choralarini ko‘rish mushkuldir. Qishlok xo‘jaligini rivojlantirish borasida olib borilayotgan keng miqyosdagi tadbirlarda nafaqat tuproq emirilishi, eroziya, jarlanish jarayonlariiing oldini olishga, balki er yuzida paydo bo‘lgan shunday joylarni qayta rekonstruksiya qilib qishloq xo‘jaligi aylanmasiga kiritish katta ahamiyatga ega. Buning uchun, avvalo tashkiliy ishlarni yo‘lga ko‘yish, ya’ni “Er to‘g‘risida”, “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”, “Ekologik ekspertiza to‘g‘risida”gi qonunlar asosida ish yuritish maqsadga muvofiqdir. Tog‘li va tog‘ oldi adirlarida emirilish, eroziyaning oldini olishga qaratilgan tadbirlar bilan bir qatorda, tekislik, ko‘p yillik sug‘orma erlarda tuproqni sho‘rlanishdan, biologik xususiyati kamayib ketishining oldini olish tadbirlarini qo‘llash lozim. Buning uchun ilmiy asoslangan usullar bilan tarixiy, ota-bobolarimiz qo‘llab kelayotgan omillarni uyg‘unlashtirish yaxshi samara beradi. Umuman, meliorativ va gidromeliorativ choralar asosida har bir joyning morfologik va morfometrik ko‘rsatgichlarini inobatga olib ish yuritish tuproq muhofazasini ta’minlovchi asosiy omillardir. Tuproqning hayotdagi biologik o‘rni naqadar yuksakligi va uni asrab-avaylash bo‘yicha ko‘pgina maxsus, ilmiy-ommabop risolalar yaratilganligi uchun bu mavzuga ortiqcha to‘xtalmaymiz.
Xususan, tashqi xavf to‘g‘risida: “Moylisuv daryosining (Qirg‘iziston) qirg‘oqlari yoqasida 1944 yildan to 1964 yilgacha uran rudasini qayta ishlash chiqindilari ko‘milgan. Hozirgi vaqtda koldiqlar saqlanadigan 23 ta joy mavjud. Bu erlarda selni to‘sadigan to‘g‘onlarni mahkamlash hamda ko‘chki xavfi bo‘lgan joylardagi qiyaliklarning mustahkamligini ta’minlash lozim” deb mahalliy hukumat rahbarlari, ilmiy va ishlab chiqarish korxonalari rahbarlari oldiga muammoning echimini topish yo‘llarini, xavfli hududlarda mas’uliyatni va javobgarlikni oshirish lozimligini uqtirsalar, keng jamoatchilikni shunday xavflardan ogoh bo‘lishga chaqiradilar.Haqikatda, Vatanimiz hududlari atrofidagi xavfli joylar hammamizning diqqat-e’tiborimizda bo‘lishi, ular to‘g‘risida etarli ma’lumotga ega bo‘lishimiz hozirgi zamon talabidir. Binobarin, birorta xavf to‘g‘risida etarli axborot tizimi va majmuasiga ega bo‘lingan taqdirdagina uning oldini olish yoki bartaraf etish chora-tadbirlari ishlab chiqilib, to‘g‘ri amal qilishga erishiladi. Respublikamizning tabiiy-geografik o‘rnini kuzatar ekanmiz, har bir mintaqaning turli halokatli maydonlarni qamrab olganligiga guvoh bo‘lamiz. Birgina Farg‘ona vodiysini oladigan bo‘lsak, vodiyga yo‘nalgan barcha suv tarmoqlarining boshlanish qismlari baland tog‘liklardan, ayrim joylari abadiy qor va muzlikdan iborat bo‘lib, ob-havo keskin o‘zgarishi oqibatida bu suv tarmoqlarida toshqin, sel xavflari yuqori ekanligidan dalolat beradi. Bu esa tezkor amaliy tadbirlar o‘tkazishni, shu hududlarda joylashgan aholi o‘rtasida xavfli halokatlardan saqlanish yo‘llarini targ‘ib qilishni taqozo etadi.
SHunday qilib, Vatanimiz hududida ham ichki, ham tashqi muhitdan zarar etkazadigan turli tabiiy ofatlar xavfi mavjud ekan, ularni chuqur mulohaza qilish, avvalo oldini olish, bashoratlash va oqibatlarini bartaraf etishda faol qatnashish har bir fuqaroning sharafli burchi hisoblanadi. Mamlakatimizda, xususan tabiiy ofatlarning oldini olish borasida muhim ishlar amalga oshirilayotganini e’tirof etgan holda, shuni ta’kidlash lozimki, bunday tadbirlar faqat ushbu muammo bilan shug‘ullanadigan ilmiy va ishlab chiqarish tarmoqlari doirasidagina chegaralanib qolayapti. Ularni keng miqyosda aholi o‘rtasida targ‘ib kilish, talab va qoidalarga rioya qilish odobi, madaniyatini shakllantirish juda sustkashlik bilan olib borilmoqda. Tabiiy ofatlarga loqayd bo‘lish qanday oqibatlarga olib kelishi, Davlat xazinasiga qanchalik ta’sir etishi, eng muhimi insonlar nobud bo‘lishiga sababchi bo‘lishi boshqa mamlakatlarning achchiq tajribasidan ko‘rinib turibdi. Albatta, bunday holatga tushmaslikning birinchi tadbiri o‘zimizni va atrofdagilarni to‘g‘ri harakat qilishga o‘rgatishdan iboratdir. Zero, milliy mafkura va milliy g‘oyamizning asosi ham, xavfsiz yashash sharoitini ta’minlashga asoslangan.
Tabiiy ofatlar, avariyalar ( AESda, temir yo‘l transportida, o‘tkir ta’sir etuvchi zaharli moddalar qo‘llanadigan tashkilotlarda paydo bo‘ladigan zaharlanish o‘choqlarining xarakteristikasi).
Jamiyat, texnika, texnologiya va dunyo sivilizatsiyasining taraqqiyotiga qaramasdan dunyo borgan sari halokatlar xavfiga nisbatan zaif bo‘lib bormoqda. Halokatlar soni esa yildan yilga ortib bormoqda. Hozirgi kunda biz dunyoning ko‘p hududlarida turli ko‘rinishdagi avariyalar, tabiiy ofatlar va texnogen tusdagi ofatlarning sodir bo‘lishiga guvoh bo‘lyapmiz.
Respublikamiz mustaqillikka erishgandan so‘ng tashkil etilgan Favqulodda vaziyatlar vazirligining asosiy vazifalaridan biri ham favqulodda vaziyatlarda aholi hayoti va sog‘ligini, moddiy va ma’naviy boyliklarini muhofaza qilishdan iborat. Tabiiy ofatlar sodir bo‘lishi oqibatida zararlanish favqulodda vaziyatlarning quyidagi ko‘rinishlarini, ya’ni buzilish, yong‘in chiqishi, suv toshqini, turar joy inshootlarining ko‘chki, er o‘pirilishi, qor ko‘chkisi, sel quyqumlari ostida qolib ketishi va h.k. bilan xarakterlanadi.Tabiiy tusdagi favqulodda vaziyatlarning eng dahshatlisi zilzila hisoblanadi. Oxirgi 50 yil ichida bo‘lib o‘tgan kuchli zilzilalar ichida vayronagarchilik va qurbonlar miqyosiga ko‘ra CHili, San-Fransisko, Tokio, Ashgabot va Armaniston, Toshkentdagi, Eron va boshqalar ajralib turadi. 1948 yilgi Ashgabot (100 ming odam halok bo‘lgan, zilzilaning kuchi 8-9 ball) zilzilasidan keyingi eng dahshatli fojea Spitak zilzilasi nomini (unda 30 ming odam halok bo‘lgan) oldi. U 1988 yilning 7 dekabr kuni sodir bo‘ldi. Dastlabki kuchli silkinishning o‘zida 20 mingli Spitak shahri va uning atrofidagi bir necha qishloqlar butunlay yakson bo‘ldi. 200 mingli Leninakan shahrining zamonaviy binolarining yarmidan ko‘pi quladi yoki tiklab bo‘lmaydigan ahvolga keldi. 120 mingli aholisi bo‘lgan sanoat markazi bo‘lmish Kirovakan shahri va shahar atrofida joylashgan katta qishloqlari kuchli talofat topdi. YAponiyada 1995 yil 17 yanvarda kuchli er qimirlashi ro‘y bergan. Uning epitsentri yirik Koba portining markazida joylashgan bo‘lib, juda katta ko‘lamdagi muhandislik va kommunal inshootlarning vayron bo‘lishiga, uy-joylarni buzilishiga olib keldi. Bu ofat natijasida uylarning buzilgan bo‘laklari ostida 5 ming odam nobud bo‘lgan va 500 ming oila uy-joysiz qolgan.1995 yil 27 mayda Rossiya davlatining Neftegorsk shahrida (8 ball kuchlanishga ega bo‘lgan o‘ta kuchli er silkinishi sodir bo‘ldi. Ma’lumotlarga ko‘ra uning oqibatida shahardagi 95 foiz oshiq inshootlar vayron bo‘lgan va 1841 nafar fuqaro nobud bo‘lgan.
Toshqinlar oqibatida paydo bo‘ladigan zararlanish o‘chog‘i quyidagilar bilan xarakterlanadi:
-vayronagarchiliklar, yo‘llar va turli tarmoqlarning buzilishi;
-qishloq xo‘jalik o‘simliklarining, ekinlarining poymol bo‘lishi;
-odamlarning normal hayotining buzilishi;
-xo‘jalik va ishlab chiqarish faoliyatining to‘xtab qolishi;
-odamlarning zararlanishi va halok bo‘lishi;
Sel, ko‘chkilar, bo‘ron, dovul, qor ko‘chkilari, tayfun hamda turli zararlanish o‘chog‘i quyidagi oqibatlar bilan xarakterlanadi:
-vayronagarchiliklar;
-yong‘inlarning kelib chiqishi;
-hududlarni suv bosib ketishi;
-binolar, ob’ektlar, aholi turar joylarining suv-loy oqimi bilan bosilib ketishi;
-aholining normal yashash sharoitining buzilishi;
-odamlarning shikastlanishi va halok bo‘lishi.
YOng‘in natijasida paydo bo‘lgan zararlanish o‘chog‘i quyidagi oqibatlar bilan xarakterlanadi:
-o‘rmon o‘simliklari, binolar, inshoatlar, hamda aholi istiqomat qiladigan maskanlarning, turli buyumlarning yonib ketishi;
-aloqa va elektr uzatish tarmoqlarining buzilishi;
-qishloq xo‘jaligiga yaroqli erlarning va qishloq xo‘jalik xom ashyolarining poymol bo‘lishi;
-odamlarning zararlanishi va halok bo‘lishi;
Atom elektr stansiyalari va boshqa radioaktiv manbalarini bilan ishlaydigan korxonalarda avariyalar sodir bo‘lgan zararlanish o‘chog‘ining xarakteristikasi:
-vayronagarchiliklar;
-yong‘inlar;
-radionukleiddarning va inson hayotiga zararli bo‘lgan boshqa kimyoviy moddalarning tarqalishi;
-aholining normal yashash sharoitining buzilishi;
-odamlarning shikastlanishi va halok bo‘lishi.
Radionukleidlar bilan zararlangan hududlarda odamlar va hayvonlar uch xildagi ionlashtirilgan nurlanishga duch keladi:
- nur kasalligini vujudga keltiruvchi tashqi (gamma) nurlanish;
-inson va hayvonlarning yuz qismi va terining kuyishi bilan zararlanishiga olib kelishi;
-havo, suv, ovqat bilan, shuningdek teri orqali organizmga radioaktiv moddalar tushishi oqibatida vujudga keladigan ichki nurlanish.
Kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalar (KTZM- ammiak, etilen oksidi, uglerod oksidi va boshqalar) ishlab chiqish va foydalanishdagi korxonalar avariyalarida hosil bo‘lgan o‘chog‘i quyidagi oqibatlar bilan xarakterlanadi:
-vayronagarchiliklar;
-yong‘in va portlashlar;
-KTZMlarning tarqalishi;
|