• Tayanch iboralar
  • 1-mavzu aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishning huquqiy asosi. O‘zbekiston respublikasi favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimi




    Download 173,94 Kb.
    bet7/8
    Sana24.12.2019
    Hajmi173,94 Kb.
    #4691
    1   2   3   4   5   6   7   8

    5-MAVZU.

    AHOLINI FVDT KUCHLARINI FAVQULODDA VAZIYATLARDA HARAKAT QILISHGA TAYYORLASHNI TASHKIL ETISH. AHOLI VA HUDUDLARNI FAVQULODDA VAZIYATLARDAN MUHOFAZA QILISH TADBIRLARINI REJALASHTIRISH. FAVQULODDA VAZIYATLAR XAVFI TUG‘ILGANIDA VA SODIR BO‘LGANIDA AHOLINI EVAKUATSIYA QILISH.


    REJA:

    1. Aholini siyosiy ruhda tayyorlash

    2. Aholini favqulodda vaziyatlarga ruhiy tayyorlash

    3. Fuqaro muhofazasi bo`yicha aholini o`qitish.

    4. Aholini ma`naviy tayyorlash.

    5. Fuqarolarni muhofaza qilishning asoslari va hususiyatlari.

    6. Aholini, fuqaro muhofazasi tuzilmalarini, harbiy qismlarini ma`naviy–siyosiy va psixologik tayyorlashi.
    Tayanch iboralar: fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash, ma`naviy tayyorlash, favqulodda vaziyatlar, favqulodda vaziyatlarga ruhiy tayyorlash, milliy istiqlol g`oyalariga sodiqlik.
    O`zbekiston Respublikasi Prezdenti Islom Karimov Vazirlar Mahkamasining 1994y.9 apreldagi kengaytirilgan majlisida shunday dedi, jumladan. ”O`zbekiston davlati har qanday sharoitda ham o`z fuqarolarini himoya qiladi.”

    Jumladan. ”Davlat har qanday sharoitda ham o`z fuqarolarini himoya qila olish holatida bo`lishi, ularni haqiqiy mehnatlari evaziga ortirgan boyliklari va ularni uy joylari baxtsiz hodisa qurbonlari bo`lishini oldini olishi shart. Bu vazifani hal etishda fuqaro muhofazasi katta rol o`ynaydi.

    FM harbiy qismlari zararlanish o`choqlarida, baxtsiz hodisalarda, yirik avariya va halokatlarda o`z vazifalarini muvaffaqiyatli bajarishlari harbiy qismlarni shaxsiy tarkibini manaviy-siyosiy va psixologik tayyorgarliklariga bog`liq. Manaviy –siyosiy tayyorgarlik deb shaxsiy tarkibga va aholiga milliy istiqlol g`oyalarini manaviy yangilanish intizomini yuqori ahloqiy prinsiplarini shakllanishiga aytiladi.

    FM Psixologik tayyorgarlik ostida shaxsiy tarkibning psixologik barqarorligini, ya`ni odamlarda harbiy vazifalarni bajarish qobiliyati, dushmanning kimyoviy yadroviy va biologik hujumida hamda KTEZM o`choqlarida faol va bilimli harakat qilish eng og`ir sinovlarni turli jismoniy va manaviy og`irliklarni muvaffaqiyatli uddalash mardlikni namoyon etish barqarorlikni, chidamlilikni, jasurlik va jasoratni ko`rsatish kabi hususiyatlarni shakllanishi tushuniladi.Manaviy-siyosiy va psixologik tayyorgarlik o`zaro chambarchas bog`liq va yagona ob`yekti– odam hisoblanadi. Tayyorgarlik jarayonini aniqlovchi omil bo`lib odamlarni siyosiy chiniqtirish hisoblanadi. Ular irodasini manaviy ruhiy asosi quyidagilar hisoblanadi:



    • chuqur g`oyaviy ishonuvchanlik;

    • O`zbekiston Respublikasi milliy istiqlol g`oyalariga sodiqlik;

    • Siyosiy onglilik;

    Ma`naviy siyosiy va psixologik fazilatlar odamni butun hayoti jarayonida oila, maktab, mehnat jamoalari, yoshlar birlashmalari, kasaba uyushmalari va boshqa tashkilotlar ta`siri ostida shakllanadi.

    Fuqaro muhofazasi harbiy qismlar shaxsiy tarkibi va aholini ma`naviy –psixologik tayyorlash yo`llari, metodlari va shakllari.

    Aholi va F.M. tuzilmalari va Vatan himoyachilari yuqori ma`naviy–siyosiy va psixologik fazilatlarini shakllanishini zarurligini hisobga olgan holda inson ongiga ta`sir etuvchi turli xil usul va metodlarini qo`llashni talab qiladi. Harbiy qismlar aholini mamlakat mudofasini tinchlik va urush vaqtidagi favqulodda hodisalarda harakatlanishga ma`naviy siyosiy va psixologik tayyorlash bo`yicha g`oyaviy tarbiyaviy ishlar mazmunini boyitish bilan bir qatorda, uni metod, shakl va vositalarini tezkor qo`llash haqidagi doimiy g`amxo`rlikni namoyan qilishi juda muhim.

    Tarbiyalash metodlari

    F.M. harbiy qismlari shaxsiy tarkibida yuqori manaviy, siyosiy va psixologik fazilatlarni tarbiyalash metodlarini asosiylaridan biri bo`lib, qat`iy ishonch hisoblanadi. Prizdentimiz Islom Karimov o`z chiqishlarida respublika F.M.ni takomillashi va mudofa kuchini mustahkamlanishi haqida bayon etgan g`oyalari tug`ri tushinishga yordam berish maqsadida uni aqli, his–tuyg`ulari va irodasiga faol ta`sir ko`rsatishdan iboratdir.

    Tarbiya shakllari: Ma`naviy- siyosiy va psixologik tayorgarlikni amalga oshirishga yordam beradigan g`oyaviy- tasrbiyaviy ishlarni asosiy shakllarini 2 guruhga bo`lish mumkin.

    Birinchi guruhga shunday ish shakllari kiradiki, bunda harbiy qism shaxsiy tarkibi tarbiyalash ob`yekti rolini bajaradi. Bu o`quv tarbiyaviy ishlarini maktablarda, litsiy, kollej va oliy o`quv dargohidagi qo`llaniladigan turli shakllaridir.

    – sinfiy guruhli mashg`lotlar;

    –qo`mondonlik;

    –shtab mashqlari;

    –taktik – maxsus mashqlar;

    –guruhli mashqlar;

    – shtab mashqlari va amaliy mashg`ulotlar;

    – FMmashqlari va amaliy mashg`ulotlari;

    Bularni amalga oshirishda ketma-ketlik davolilik asosida bo`ladi

    –ma`ruzalar va amaliyotlar;

    –nazariy konferensiyalar va seminarlar;

    –savol va javob kechalari;

    –siyosiy- ma`naviy ,axloqiy va estetik mavzularda munozarali tortishuvlar;

    –FM yosh jangchilari va askarlarining urush faxriylari bilan uchrashuvlari;

    Shuningdek muzeylar, yodgorliklarni tashkil qilish bilan ham, (masalan, jangavor muzey, jangavor burchak, xotira maydoni, tarixiy yodgorliklar) xalq orasida milliy g`urur, ajdodimiz an`analareiga sodiqlik hissini shakllantirishdan iboratdir.

    Fuqaro muhofazasi xizmatining moddiy-texnikaviy ta`minot tizimini tashkillashtirish va uning vazifalari.

    Harbiy davrda ham, tinchlik davrda ham favqulodda vaziyat yuz berganda fuqarolarni muhofaza qilishning asosiy uslublari muayyan tamoyillar asosida amalga oshiriladi. Fuqarolarni muhofaza qilishning asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat:


    1. Davlat organlari, vazirlik rahbariyati va xalq xo`jaligi ob`ektlarining rahbarlari tomonidan fuqarolarni muhofaza qilish omillarini doimiy ravishda amalga oshirish va boshqarish;

    2. Mamlakatning har bir burchagida, aholi yashash joylarida, xalq xo`jaligi tarmoqlarida, fuqarolarni saqlashning omillarini oldindan rejalashtirish;

    3. Har bir joyning iqtisodiy, siyosiy va mudofa qudratini hisobga olgan holda fuqaro muhofazasini rejalashtirish va amalga oshirish;

    4. Fuqarolarni muhofaza qilishning omillarini har bir joyning (respublika, viloyat, shahar, tuman xalq xo`jaligi tarmoqlari) iqtisodiy va ishtimoiy rivojlanish rejalari bilan birga amalga oshirish.

    Fuqarolarni muhofaza qilishning uslublari quyidagilardan iborat:

    1. Fuqarolarni havfli vaziyat hususida o`z vaqtida ogohlantirish;

    2. Radiatsiyaga va kimyoviy ta`sirlarga qarshi (RQ va KTQ) omillari;

    3. Himoya inshoatlarini saqlash;

    4. Evakuatsiya omillarini o`tkazish (fuqarolarni havfli hududdan, vaqtinchalik uzoqlashtirish);

    5. Shaxsiy saqlovchi vositalardan foydalanish. Fuqoralarni favqulotda vaziyat haqida ogohlantirish

    Favqulotda vaziyatlarda fuqarolarni himoya qilishni har tomonlama omillarida alohida o`rin tutadigan uslub – bu fuqarolarni o`z vaqtida ogohlantirish hisoblanadi.

    Ogohlantirish radio, televizor vositalari orqali amalga oshiriladi. Bundafuqarolarni ogohlantrishdan oldin sirena, ishlab chiqarish gudogi, transport vositalarining signallari va boshqa belgilar orqali ogoh etiladi. Ya`ni bu belgilar degan ma`noni anglatadi.

    Shu belgilarni eshitgan har bir fuqaro radio, televizorlari zarur. Har bir ofat yuz berganda, ularni fuqarolarga hamda xalq xo`jaligiga ko`rsatadigan ta`sir hususiyatlarini hisobga olgan holda ogohlantirish matnlari tuziladi.

    Masalan: a) Atom elektr stansiyasida yuz bergan avariya haqida fuqaro muhofazasi quyidagi tartibda xalqni ogoh qiladi:, Fuqaro Muhofazasi shtabidan gapiramiz, Fuqarolar! Atom elektr stansiyasida avariya sodir bo`ldi. Shu AES atrofida joylashgan korxonasi, Hamza aloqa uzatish tarmog`i, yangi qurilayotgan metro stansiyasi, Toshkent mineral suv quyish zavodi va uy-joylarga, mahallalarga radioktiv changlarni tushishi kutilmoqda.

    Shu hududda yashovchi hamma fuqarolar o`zlarining, yashovchi uylari germetikligini (zichligini) mustahkamlashlari, uy hayvonlarini pana joyga kiritishlari, oziq-ovqat mahsulotlarini, suvlarni radioktiv chang tushishidan saqlashlari, o`zlari esa yodli preparatdan qabul qilishlari kerak. Keyingi hatti-harakatlar fuqarolar muhofazasi shtabi yo`riqnomalari asosida olib boriladi.

    b) Xavfli kimyo zavodida avariya:



    v) Yer silkinishi ehtimolida:



    kiyim-kechak, hujjat, oziq-ovqat, suv olib baland qurilgan imoratlardan uzoqroq joylarda saqlaning!>

    Yer silkinganda inshoatlarda bo`lsangiz, darhol eshik, oyna ustunlari tagiga turib oling. Tartib va osoyishtalik saqlansin. Fuqaro muhofazasi shtabi yo`riqnomalariga e`tiborni qarating.

    Radiatsiya va kimyoviy ta`sirlarga qarshi omillar

    RQ va KTQ omillar deyilganda ionlantiruvchi nurlar (g), zaharli kimyoviy moddalar va odamga kuchli ta`sir etuvchi moddalar (KTZM) ta`sirini kamatirishga mo`ljallangan komleks omillar tushiniladi. RQva KTQ omillarda qo`yidagi vazifalar ko`zda tutiladi:

    a) Radiatsiyaviy-kimyoviy holatni aniqlash va baholash;

    b) Dozitermik hamda kimyoviy nazoratni tashkil etish va o`tkazish;

    v) Radiatsiyaga qarshi himoyalanish rejimlarini ishlab chiqarish;

    g) Radioktiv va kimyoviy shikastlanishda fuqarolarni himoyalash uslublari hamda KTQ omillari bilan ta`minlash (bunda gazniqoblar, mahsus kiyim-kechaklar va boshqa vositalarni yig`ish, saqlash, taqsimlash);

    d) Radioktiv va kimyoviy shikastlanish oqibatlarini tugatish omillari (maxsus sanitar-qayta ishlash, yashash, ishlash joylarini, inshootlarni zararlantirish va boshqa omillar).

    Radiatsiyaviy-kimyoviy holatni aniqlash va baholash.

    Radiatsiyaviy-kimyoviy holatni baholash- RQ va KTQ omillarining asosini tashkil etib, uni o`tkazishdan maqsad:


    • fuqaro muhofazasi tizimlariga kiruvchi fuqarolarning ishlash qobiliyatlarini baholash;

    • ishchi xizmatchilarning ish faoliyatlarini baholash va ulardan foydalanish chegaralari;

    • evakuatsiya davrida tibbiy yordam ko`rsatish hajmi;

    • jihozlarni, transport vositalarini, shaxsiy saqlovchi vositalarni, kiyim-kechaklarni, ish joylarini dezaktivatsiya va degazatsiya qilish;

    • radiatsiyaviy-kimyoviy zararlangan hududlarda qolgan suv, yem, oziq-ovqat va boshqalarni qayta ishlab, foydalaniladi va boshqa omillar bajariladi.

    Dozitermik va kimyoviy holatni baholash – ob`ektning fuqarolar muhofazasi shtabi, uning tizimlari, jumladan, razvedka bo`limlari amalga oshiradi (ya`ni radiatsiyaviy-kimyoviy va umumiy razvedka bo`limlari ).

    Oziq-ovqatlar, suv va yemlarning zararlanish darajasi radiometrik va kimyoviy laboratoriyalarda aniqlanadi. Dozitermik baholashda odamlarni va yer usti jinslarini radiatsiya nurlari bilan nurlanganligi hamda zararlangan joylarda odamlarning olgan nur dozalari aniqlanadi.

    Nurlanganlik darajasi guruh holda hamda yakka tartibda tekshiriladi. Guruhni tekshirishda, tizimlar, sexlar bo`yicha odamlarning olgan nur dozalari hamda ularning ishlash qobiliyatlari aniqlanadi.

    Dozani aniqlovchi ID-1va DKP-50A dozimetrlar 10-12 nafar odam bo`lgan guruhlarda taqsimlanadi. Yakka tartibda esa ID-11 markali shaxsiy nur dozasini o`lchovchi jihoz ishlatiladi. Mana shu ikki usul bilan (guruh va yakka tartibda) sexlardagi, guruhlardagi, tizimlardagi odamlarning olgan nur dozalari o`lchanib, jurnalga yozib boriladi. Fuqarolarning umuman olgan nur dozalari qiymatiga qarab, tizim boshlig`i o`sha fuqarolarning ishlash qobiliyatlari va zararlangan hududlarda bo`lgan vaqtlarini aniqlab beradilar.

    Odamlar, tehnika, jihozlar va boshqa kiyim-kechaklarning radioaktiv changlardan zararlanishi DP-5 jihozi bilan aniqlanadi va mP/soat bilan o`lchanadi. Oziq-ovqat, suv va yemlarni radioaktiv changlardan zararlanish darajasi radiometrik usulda aniqlanadi va Ki/kg yoki Ki/l da o`lchanadi. Shaxsiy saqlovchi vositalar, tehnika, oziq-ovqat, suv, yashash joylari va ob`ektlarning zaharli moddalar, kuchli ta`sir etuvchi zaharli moddalar (KTZM) bilan zaharlanishi kimyoviy jahatdan baholanadi.

    Kimyoviy holatni baholash natijalariga qarab, odamlarni shaxsiy saqlovchi vositalarisiz yurish-turishi, tehnikalarni, inshootlarning degazatsiyalash darajasi, oziq-ovqatlarni, suvlarni va boshqa vositalarni zararsizlantirish aniqlanadi. Kimyoviy nazorat kimyoviy razvedka jihozlari: VPXR, PXR-MB yordamida o`tkaziladi.

    Demak, dozitermik va kimyoviy nazorat o`z vaqtida, to`g`ri o`tkazilsa, odamlarning ish qobiliyatlarini va turmush darajalarini birmuncha saqlash imkoniyatlariga ega bo`lamiz.

    Radioaktiv va kimyoviy shikastlangan joylarda fuqoralarni saqlash.



      1. Radioaktiv shikastlangan hududda fuqarolarni saqlash.

    Radioaktiv shikastlangan hududlarda xalqni saqlashning asosiy qoidalari quyidagilardan iborat:

    • Radioaktiv shikastlanish haqida ogohlantirish;

    • Himoya inshootlarida saqlash (boshpana, radiatsiyadan saqlovchi boshpana – RSB) ;

    • Zararlangan suv va yemishlardan saqlanish;

    • Zararlangan joylarda fuqarolarni saqlash rejimlariga rioya qilish;

    • Zararlangan joylardan fuqarolarni evakuatsiya qilish;

    • Zararlangan hududlarga odamlarni kiritmaslik;

    • Fuqarolarnisanitar qayta ishlovdan o`tkazish, kiyim–kechak, texnika inshootlarni dezaktivatsiya qilish:

    Radiaktiv moddalar bilan zararlangan joylarda odamlarning hatti-harakatlari, radiatsiyaviy holatdan kelib chiqib aniqlanadi, bunda:

    Muayyan zararlangan joylarda odamlar, radiatsiyadan saqlanish boshpanalarida (RSB) birnecha soatgacha saqlanishlari va so`ngra oddiy inshootlarda bo`lishlari tavsiya etiladi.

    Ammo korxonalar va yashash maskanlari oddiy rejim asosida amalga oshiradilar.

    b) Kuchli zararlangan joydagi fuqoralar himoya inshoatlarda uch kungacha saqlanishlari va keyingi to`rtinchi kunda oddiy inshoatlarda bo`lishi mumkin. Bunday holatlarda korxona va maskanlar alohida rejimda ishlashlari, ochiq joyda ishlovchilar esa bir necha soatdan, bir necha kungacha ishni to`xtatishlari lozim.

    v) Havfli va juda shikastlanishda fuqoralar himoya inshoatlarida uch kundan kam bo`lmasliklari hamda oddiy inshoatlarda ham tashqariga chiqmasdan saqlanishlari kerak. Bunday korxonalarda hamma oziq-ovqat mahsulotlari germetik idishlarda saqlanishi hamda ovqat tayyorlashda faqat zararlanmagan suvdan foydalanish lozim.

    Kimyoviy shikaslanishda fuqoralarni saqlash.

    Havfli kimyoviy korxonalarda fuqoralarni saqlashning asosiy uslublari quydagilardan iborat:


    • kimyoviy shikastlanish havfi haqida ogohlantirish;

    • himoya inshoatlarida (boshpanada) saqlanish;

    • shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish;

    • antidod va SHKP-8 ni qo`llash;

    • shikastlangan joylarda yurish-turish rejimlariga rioya qilish;

    • zararlangan hududlardagi odamlarni evukuatsiya qilish;

    • fuqoralarni sanitar-qayta ishlash, kiyim-kechak, inshoatlarni; transport va texnikalarni degazatsiya qilish.

    Kimyoviy zararlanishda birinchi navbatda razvetka o`tkaziladi: bunda avariyaning aniq joyi, KTZM turi, hududning shikastlanish darajasi, odamlarning zararlangan uchoqdan yaqin-uzoqligi, shamolning kuchi va yunalishi hamda boshqa ko`rsatkichlar aniqlanadi.

    Zaharlangan fuqoralarga birinchi yordam berilib, tibbiy yordam ko`rsatish shahobchalarga yotqiziladi. Zararlangan oziq-ovqatlar, suv tekshirilib, degazatsiya qilinadi yoki yo`q qilib yuboriladi. Zararlangan hududga chekish ichish himoya vositalarisiz yurish taqiqlanadi. Zararlangan hududdan chiqqanda, ochiq qolgan terilar, shaxsiy himoya vositalari, kiyim-kechaklar SHKP-8 bilan zararsizlantiriladi va so`ngra o`zlari to`liq sanitar ishlovdan o`tkazilib, kiyim kechaklar almashtiriladi.



    1. Fuqarolarni va fuqaro muhofaza tizimlarini PQ va KTQ omillari bilan ta`minlash .

    Har bir ob`ektning fuqaro muhofazasi shtabi va uning xizmatli bo`limlari shaxsiy saqlovchi (terini hamda nafas organlarini saqlovchi) va tibbiy vositalar bilan ta`minlashni, saqlashni hamda ularni doimiy texnik tayyor holda bo`lishligini tashkil etadi.

    Shaxsiy saqlovchi vositalarning saqlanishi ish joylariga yaqin bo`lgan yerlarda (sex, bo`lim va boshqalarda) tashkillashtiriladi, agar sharoit bo`lmasa, u holda ish joylarining zahiradagi binolarida, xonalarida saqlanadi. Tinchlik davrlarida ushbu vositalar vaqti-vaqti bilan laboratoriya ko`rigidan o`tkazilib turiladi.

    Shaxsiy saqlovchi va tibbiy vositalar birinchi navbatda favqulodda vaziyatlarda ish bilan mashg`ul bo`ladigan fuqarolarga beriladi. Bulardan tashqari FM tizimlariga kiruvchi fuqarolar resperatorlar bilan ham ta`minlanadilar. Ishlamaydigan fuqarolar nafas organlarini saqlovchi oddiy vositalar – paxta dokali taqqichlar va changdan saqlovchi matoli niqoblar bilan ta`minlanadilar. Terini saqlovchi vositalar bilan faqat zararlangan o`choqlarda (radioaktiv moddalar, zaharli birikmalar, biologik ta`sirlar va odamga kuchli ta`sir etuvchi moddalar, KTZM bilan shikastlangan hududlar) xizmat ko`rsatuvchi fuqarolar muhofazasi tizimlari ta`minlanadi.

    Favqulotda vaziyatlarda xalq xo`jaligi tarmoqlarida xizmat qiladigan fuqarolar shaxsiy saqlovchi vositalarni o`z ish joylaridan, ish bilan mashg`ul bo`lmaganlar esa turar joy massivlaridan oladilar.


    Insoniyat hozirgi vaqtda tabiat va inson faoliyati majmuasidan tashkil topgan olamshumul ekologik halokat jarayonida faoliyat ko‘rsatayotganini to‘liq anglab etib bormoqdamiz. SHuning uchun ham umumiy ofatning oldini olish bo‘yicha ko‘pgina chora-tadbirlar ishlab chiqib turmushda ba’zi ijobiy o‘zgarishlarga asos solinmoqda.

    YAqin kunlargacha ko‘pgina davlatlarning asosiy mablag‘lari tabiiy ofatlarning oqibatlarini bartaraf etish chora-tadbirlariga sarf qilinar edi. Bugungi kunda talab mutlaqo o‘zgardi, ya’ni tabiiy ofatlarning tarixini, kelib chiqishini o‘rganish, oldini olish usullarini ishlab chiqish, ularni bashoratlash, namayon bo‘lish belgilari-darakchilarini zamonaviy fan yutuqlarini tadbiq qilgan holda keng miqyosda olib borilayotgan ishlarga sarflanishi qayta-qayta uqtirilmoqda.

    YAna bir muhim tomoni, olingan ma’lumotlar bilan aholi o‘qitishni yaxshi yo‘lga qo‘yishni jadallashtirish, ma’lum darajada ularni sodir bo‘lishi muqarrar bo‘ladigan fojialarda to‘g‘ri harakat qilishga tayyorlashdir. Bu esa har qanday fojiadan keladigan iqtisodiy samarani tejashga, qolaversa insonlar o‘rtasida shikastlanish darajasini, nobudgarchilikni kamaytirishga olib keladi.

    Kundalik turmushda insonning xavfli vaziyatlarga tushib qolish ehtimoli oshib bormoqda. Bu turmushdagi jarohatlar, transport yoki sanoat avariyasi, yong‘in, suv toshqini va boshqa tabiiy hodisalar sodir bo‘lishi mumkin. Ko‘pincha bunday vaziyatlar insonning mas’uliyatsizligidan yoki uning xavfli vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilishni bilmasligidan kelib chiqadi. Ayrim hollarda insonning yolg‘iz o‘zigina emas, balki uning atrofdagilar ham jabrlanmoqdalar.

    Favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilishni o‘rganish ko‘p jihatdan insonning o‘ziga ham bog‘lik. Axir, bekorga aytilmagan “Asraganni asrayman”, “Sendan harakat, mendan barakat” deb.

    Aholini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorlashni tashkil etish.

    O‘zbekiston Respublikasining “Aholi va hududlarni tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlardanmuhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonunlari hamda Vazirlar Mahkamasining 427-sonli “O‘zbekiston Respublikasi aholisini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishga tayyorlash tartibi to‘g‘risida”gi Qarori asosida respublikamiz aholisini favqulodda vaziyatlarga muhofaza qilishga tayyorlash ishlari yo‘lga qo‘yilgan.

    Fuqarolarni favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorlash mulkchilik shakllaridan qat’iy nazar korxonalarda, muassasalarda (ta’lim muassalarida) va tashkilotlarda, yashash joylarida, ularning yoshlari va ijtimoiy guruhlariga qarab olib boriladi.

    Tayyorgarlikni o‘tuvchi aholi 3 ta guruhga bo‘linadi:

    1.Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, respublika, viloyat tasarrufida bo‘lgan shaharlar va tumanlar, davlat hokimiyati hamda boshqaruv organlari, vazirliklar, idoralar, birlashmalar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar rahbarlari, favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasi mutaxassislari.

    2.Ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasida band bo‘lgan aholi, umumta’lim maktablari, idoraviy bo‘ysinishi hamda tashkiliy-huquqiy shakllaridan qat’iy nazar boshlang‘ich, o‘rta, oliy va kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilari.

    3.Ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarida band bo‘lmagan aholi.

    Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida tayyorlashning asosiy vazifalari etib:

    1.Aholining barcha guruhlariga favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish qoidalarini va asosiy usullarini, jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish yo‘llarini, jamoa va yakka tartibda muhofaza vositalaridan foydalanish qoidalarini o‘rgatish;

    2.Boshqaruvning barcha pog‘onalardagi rahbarlarini aholini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha harakat qilishga tayyorlash va qayta tayyorlash;



    3.Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar rahbarlari hamda mutaxassislarida avariya- qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni o‘tkazish uchun fuqaro muhofazasi kuch va vositalarini tayyorlash, ularda boshqarish ko‘nikmalarini hosil qilish, favqulodda vaziyatlarda harakat qilishda xodimlarning o‘z vazifalarini amaliy egallashi belgilangan.

    Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, vazirliklar, idoralar, muassasalar va tashkilotlarning rahbarlari hamda mutaxassislari 40 va 80 soatlik dasturlar asosida tayyorgarlikdan o‘tadilar. Ularni har uch yilda bir marta tayyorgarlikdan o‘tkazib turish ko‘zda tutilgan.

    Ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasida band bo‘lgan aholini tayyorlash ish joylarida mashg‘ulotlar o‘tkazish va tavsiya qilingan dasturlarga muvofiq favqulodda vaziyatlarda harakat qilishni mustaqil ravishda o‘rganish, keyinchalik o‘quv mashqlarda va mashg‘ulotlarda olingan bilimlar va malakalarini mustahkamlash yo‘li bilan amalga oshiradi. Bu guruhga kiruvchilarni beshta guruhchalarga ajratish mumkin:

    1. maktabgacha tarbiya muassalari tarbiyalanuvchilari;

    2. umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘qituvchilari;

    3. akademik litsey va kasb-hunar kollejlari talabalari;

    4. oliy o‘quv yurtlar talabalari;

    5. korxona, tashkilot, muassasalar ishchi va xizmatchilari.

    1.Maktabgacha tarbiya muassasalari. Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasida bog‘cha yoshdagi bolalarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida tayyorlash yo‘lga qo‘yilmagan. Bu muassalarda bolalarga xavfsizlikning oddiy elementlarini o‘rgatib borish muhim hisoblanadi.

    2.Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari. O‘zbekiston Respublikasi “Kadrlarni tayyorlash milliy dasturi”, “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuniga muvofiq ta’lim muassasalarida fuqaro muhofazasi bo‘yicha darslar olib borilishi ko‘zda tutilgan. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining 2000 yil 4 yanvardagi buyrug‘iga asosan o‘rta umumta’lim maktablarining 1-9 sinflarida “Inson xavfsizligi asoslari” kursi joriy etilgan. Kursni o‘qitishda asosiy e’tibor shaxsiy va jamoa xavfsizligi asoslarini o‘rgatish, xavfli vaziyatlarni ko‘ra bilish, uni baholash hamda favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda uyda, ko‘chada, jamoat joylarida bajarilishi kerak bo‘lgan hatti-harakatlarni o‘rgatishga qaratilgan.

    3. Akademik litsey va kasb – hunar kollejlari. Akademik litseylar, iqtisoslashgan kollejlarning o‘quvchilariga ta’lim berish maqsadida tashkiliy ko‘rsatmalarga asosan “Fuqaro muhofazasi va hayot xavfsizligi asoslari” kursi ishlatilishi lozim. Hozirgi kunda talabalar tayyorgarligi 2001 yilda O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi tomonidan tasdiqlangan “CHaqiriqqacha yoshlarni tayyorlash” fani dasturi bilan yo‘lga qo‘yilgan. Dasturda fuqaro muhofazasi darslariga 35 soat vaqt ajratilgan.

    4. Oliy o‘quv yurtlari. Universitetlar, institutlar va boshqa oliy ta’lim muassasalari talabalariga ta’lim berish ishlari “Fuqaro muhofazasi va favqulodda vaziyatlar” fani asosida olib borish ko‘zda tutilgan. Ta’lim berish jarayonida favqulodda vaziyatlarda boshqarish, hatti-harakatlar masalalariga hamda aholini va hududlarni tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish usullarini o‘rgatishga katta ahamiyat berilgan.

    5. Iqtisodiyot ob’ektlari rahbarlari hamda mutaxassislarini tayyorlash, ularga ta’lim berish O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan 2000 yili tasdiqlangan 40 va 80 soatlik dasturlar asosida Fuqaro muhofazasi institutida olib boriladi.

    Rahbar xodimlarga ta’lim berishdan asosiy maqsad aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishga tayyorlash, avariya, halokat, tabiiy ofatlar sodir bo‘lganda uning oqibatlarini bartaraf etish, fuqaro muhofazasi kuch va vositalarini tashkil etishning yo‘l-yo‘riqlarini o‘rgatishdir.

    Rahbar xodimlarni, tuzilma rahbarlari, tashkilotlar, muassasalar, korxonalarning avariya-qutqaruv otryadlari tarkibidagi xizmatchilarini, harbiylashtirilgan hamda doimiy tayyor maxsus tuzilmalarning xodimlariga fuqaro muhofazasidan ta’lim berish ishlari favqulodda vaziyatlar boshqarmalariga qarashli hududiy rahbarlar tarkibini tayyorlash markazlarida hamda o‘quv mashqlari va mashg‘ulotlarda olib boriladi. Ta’lim berish jarayonida rahbarlarning fuqaro muhofazasidan o‘z funksional vazifalarini o‘zlashtirib olishlariga, xavfli sharoitda muhitni tahlil qilish va baho berish, favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lgan hududda xizmat lavozimidan kelib chiqqan holda to‘g‘ri qaror qabul qilish ko‘nikmalarini berishga asosiy e’tibor beriladi.

    Tashkilotlar, korxonalar va ob’ektlarning rahbarlari joriy tayyorgarligi ish joylarida fuqaro muhofazasi boshliqlari tomonidan o‘quv yili uchun 15 soat hajmida tashkil etiladi. Tayyorgarlikdan o‘tayotgan rahbar xodimlar sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarni oldindan ko‘ra bilish, ular sodir bo‘lganda oqibatlarini bartarf etish va unga rahbarlik qilish bilimlarini egallashlariga ahamiyat beriladi.

    Tuzilmalar tarkibidagi korxonalar, muassasalar va tashkilot xodimlariga fuqaro muhofazasidan ta’lim berish ishlari ish joyining o‘zida 15 soat hajmida, hamma uchun umumiy bo‘lgan mavzularni (10 soat) o‘rganish sharti bilan olib boriladi. Bu tuzilmalar tarkibiga ta’lim berish jarayonida favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish ko‘nikmalarini amaliyotga yaqinlashtirilgan holda olib borish yo‘l-yo‘riqlariga alohida e’tibor beriladi.

    Ishchilar, xizmatchilar, iqtisodiyot tarmoqlari xodimlarini ishlab chiqarishdan ajratmagan holda, rejalashtirilgan mashg‘ulotlarda (15 soat), maxsus tayyorlangan rahbarlar boshchiligida o‘quv guruhlarida hamda mavzularni mustaqil o‘rganish va o‘rgangan mavzularni amaliy mashg‘ulotlar, ob’ekt miqyosidagi mashqlar va kompleks o‘quv mashqlari davomida mustahkamlash orqali amalga oshiriladi.

    Ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasida band bo‘lmagan aholiga ta’lim berish ma’ruzalar o‘qish, suhbatlar o‘tkazish, o‘quv filmlarini namoyish qilish, mustaqil ravishda qo‘llanma va eslatmalarni o‘rgatish, radioeshittirishlar va teleko‘rsatuvlar o‘rdamida olib boriladi.

    Bu toifadagi aholini tayyorlashda asosiy e’tibor ularni ma’naviy-ruhiy tayyorlashga, favqulodda vaziyatlarning turlari va ko‘lami haqida ma’lumot berishga, yashash sharoitidan kelib chiqqan holda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlar haqida ko‘nikmalar berishga, favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lgan sharoitda hatti-harakat yo‘llarini o‘rgatishga, sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan avariyalar, tabiiy ofatlar, falokatlarga oilaviy tayyorgarlik mas’uliyatlarini singdirib boishga qaratilgan.

    Fuqaro muhofazasidan ta’lim o‘quv mashqlari o‘tkazish bilan birgalikda olib boriladi. Har bir toifadagi aholiga “Diqqat, barchaga!” signali orqali hududning geografik xususiyatidan kelib chiqqan holda favqulodda vaziyatlarda bajarilishi lozim bo‘lgan hatti-harakatlarga o‘rgatish bilan o‘quv yili tugatiladi.

    Tayyorgarlik shakllari, usullari va vositalari.

    Ofatlarga tayyorgarlikni ta’minlashning 7 yo‘nalishi ajratiladi:



    1. Zaiflikni baholash-favqulodda vaziyatga tayyorgarlik shundan boshlanadi.

    2. Rejalashtirish – tayyorgarlikni ta’minlash ishlarining bo‘linmas qismi. Rejaning aniq bir shakli bo‘lmaydi. Rejalashtirish ehtiyojga qarob tuziladi, favqulodda vaziyatgacha bo‘lgan, u ro‘y berganda va undan so‘nggi harakatlarning aniq va o‘z vaqtida bo‘lishi ta’minlanadi.

    3. Tashkiliy tizim –kuchlarni shakllantirishni ko‘zda tutuvchi yo‘nalish. Ulardan tayyorgarlikni ta’minlashda foydalanish mumkin.

    4. Axborot tizimi –favqulodda vaziyatgacha, u ro‘y bergandan so‘ng zaiflik darajasini belgilash, ogohlantirish, qaror qabul qilish uchun zarur bo‘lgan axborot manbai, ehtiyoj, vaqti va tartibini aniqlashni ko‘zda tutuvchi yo‘nalish.

    5. Asosiy resurslar –bu yo‘nalish moddiy va moliyaviy resurslarni shakllantirish, favqulodda vaziyat ro‘y berganda yordam ko‘rsatilishi haqida shartnomalar tuzilishini ko‘zda tutadi.

    6. Ogohlantirish tizimi muqobil aloqa vositalari ta’minotiga ega mustahkam ishlovchi ogohlantirish, bashorat qilish va xabar berish tizimini yaratish.

    7. Javob qaytaruvchi mexanizmlar – ularda tayyorgarlikni ta’minlashdagi barcha kamchiliklar ko‘zga tashlanib qoladi, amaliy harakatlar, malaka va ko‘nikmalar hosil qilinadi.

    Aholi tayyorgarligini amalga oshirishda o‘qitish usullaridan bahs-munozara, o‘quv darsliklari bilan mustaqil ishlash, muammoli vaziyatlarni yuzaga keltirish, mantiqiy masalalarni mustaqil echish usullaridan foydalanish mumkin.



    Bahs-munozara usuli- o‘qituvchi yoki tinglovchilarning fikrlashni talab qiluvchi savollari bo‘yicha tinglovchi o‘z fikrlarini bayon qiladilar va o‘zgalar fikrini eshitadilar.

    Muammoli vaziyatni yuzaga keltirish – vaziyat bir oz tor tarzda bayon qilinadi. Bunday vaziyatlarni qo‘llash ko‘proq ma’ruzalar davomida qo‘llanib, o‘quv jarayoniga muammoli o‘qitish elementlarini kiritish imkoniyatini beradi. Tinglovchilardan ko‘proq diqqat-e’tiborini shu vaziyatga jalb qilishlarini va xulosa chiqarishlarini talab qiladi.

    Ish o‘yinlari- qandaydir ma’noda inson faoliyatini mashq qilishdan iborat. U deyarli barcha vaziyatlarni “o‘ynash” va odamlar ruhiyatini tushinish, ularning o‘rniga o‘zini qo‘yib ko‘rish imkonini beradi.

    Ish o‘yinlari quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

    -auditoriya va qatnashchilarni tayyorlash;

    -vaziyatni, yo‘riqnoma va boshqa materiallarni o‘rganib chiqish;

    -o‘yin jarayonini olib borish;

    -o‘yin natijalarini tahlil qilib, muhokama etish.

    Miyaga hujum” usuli – muammoni shakllantirish, mashq jarayoni, “miyaga hujum”- qo‘yilgan muammoni engish, eng yaxshi g‘oyalarni tanlab olish va natijalar to‘g‘risida xabar berish jarayonini o‘z ichiga oladi.

    Fuqaro muhofazasi boshqaruv organlarini, kuchlarini, FVDT mansabdor shaxslarini tayyorlash muvaffaqiyatli hal etilishi hamda barcha pog‘onadagi fuqaro muhofazasi boshliqlari uyushgan holda reja tuzishlariga, rejaning bajarilishiga uzluksiz rahbarlik qilishlariga, uni nazorat qilishlariga, shuningdek qo‘l ostidagilarga yordam berishlariga, o‘quv-moddiy bazasining mavjudligiga, uning yaratilishiga, yaroqli holda turishiga, hamda muttasil takomillashtirib borilishiga bog‘lik bo‘ladi.



    Download 173,94 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 173,94 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-mavzu aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishning huquqiy asosi. O‘zbekiston respublikasi favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimi

    Download 173,94 Kb.