Nazorat savollari.
1. Aholini siyosiy ruhda tayyorlash nima?
2. Aholini favqulodda vaziyatlarga ruhiy tayyorlash nima?
3. Fuqaro muhofazasi bo`yicha aholini o`qitish usullari.
4. Aholini ma`naviy tayyorlash nimalarga asoslangan.
5. Fuqarolarni muhofaza qilishning asoslari va hususiyatlari.
6. Aholini, fuqaro muhofazasi tuzilmalarini, harbiy qismlarini ma`naviy–siyosiy va psixologik tayyorlashni mazmuni va mohiyati.
6-MAVZU.
AHOLINI FAVQULODDA VAZIYATLARDA HARAKAT QILISHGA MA’NAVIY- RUHIY TAYYORLASHNI TASHKIL ETISH. AHOLINI FAVQULODDA VAZIYATLARDAN MUHOFAZA QILISHNING TIBBIY TA’MINOTINI TASHKIL ETISH. FAVQULODDA VAZIYATLARDA JAROHATLANGANLARGA BIRINCHI TIBBIY YORDAM KO‘RSATISH.
REJA:
Fuqaro muhofazasi va FVDT tuzilamalari
Ob’ekt tuzilmasi kamandasining qutqarish va kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni o‘tkazish
Aholini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish
Iqtisodiyot ob’ektlarini joylashtirishdagi talablar
Fuqaro muhofazasida ishlatiladigan muhofaza inshootlari
Tayanch iboralar: zilzila oqibatlarini bartaraf etish, fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash, favqulodda vaziyatlar, ommaviy tadbirlarni o‘tkazish qoidalari, vayrona uyumlarini ochish.
Fuqaro muhofazasi va FVDT tuzilamalari tabiiy xususityali favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lgan vaqtda kuch va vositalari favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish va jabrlanganlarni qutqarish uchu sodir bo‘lgan hududlarga darhol etib boardilar.
Zilzila oqibatlarini bartaraf etish. Zilzila oqibatlarini bartaraf etish bilan bog‘liq bo‘lgan avariya qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni tashkil etishni va ularni bajarish muddatlarini favqulodda vaziyat sodir bo‘lgan hududda joylashgan shahar (ob’ekt) muhofazasi boshlig‘i aniqlaydi.
Zilzila keltirgan zararni aniqlash, jabrlanganlarni qutqarish va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlar hajmini aniqlash uchun maxsus razvedka (axborot yig‘ish)guruhlari tashkil etiladi.
Razvedkachilar quyidagilarni aniqlashlari shart:
-bino, inshoot, kommunal – energetika tizimlaridagi falokatlarning xususiyatlari va darajasini;
-vayronalar ostidagi odamlar qolgan joylarini topish, ularga zarari tegishi mumkin bo‘lgan xavfni bartaraf etish;
-vayrona uyumlari tagida qolgan odamlarni chiqarib olishning eng qulay joylarini topish;
-shikastlangan evakuatsiya qilish uchun yo‘l ochish tartiblarini o‘tkazish;
-suv manbalarining holatini, ularni xo‘jalik ishlarida ishlatish va ichish uchun yaroqliligini tekshirish;
-sharoitni va sharoitga ko‘ra bajariladigan ishlar ketma-ketligini aniqlash;
-mexanik vositalarni qo‘llash imkoniyatlarini aniqlash;
-zarur deb topilganda portlatish ishlarini qo‘llash imkoniyatini aniqlash.
Zilzila natijasida vayrona uyumlari ostida qolgan, qulab tushishi ehtimoli mavjud bo‘lgan hamda yonayotgan binolar va inshootlarda odamlarni qutqarish ishlari tezkorlik bilan amalga oshiriladi. Buning uchun ob’ektga FVDT tuzilmalari olib kelinadi.
Vayrona uyumlar tagida qolganlarni qidirib topish uchun qidiruv guruhlarini yuboradilar. Ular vayrona uyumlarining hududini, buzilgan binolar va inshootlarni sinchiklab o‘rganib chiqadilar. Vayrona uyumlari tagida odam borligi aniqlanganda, tezda vayrona uyumi ostida qolgan odam bilan suhbat yoki taqqillatish orqali aloqa o‘rnatiladi.
Vayrona uyumlarini ochish uchun zvenolar tashkil etiladi. Zvenolar tarkibidagi qutqaruvchilar soni 5 kishidan kam bo‘lmasligi kerak. Zveno a’zolarining hammasi yoppasiga yoki birvarakayiga ishlashadi. Ikki kishi vayrona uyumi tepasida, ikki kishi uyum bo‘laklarini boshqa erga tashlaydi. Zveno a’zolaridan bittasi kerak bo‘lgan holatlarda metall konstruksiyalarni maxsus asbob yordamida kesadi.
Vayrona uyumlari og‘ir yoki katta bo‘laklardan tashkil topgan hududlarni ochish maqsadida mexanizatsiyadan foydalaniladi. Ko‘p qavatli binolarning yuqorisida yoki buzilgan bino yoki inshootlardan odamlarni qutqarish, ularni vaqtinchalik evakuatsiya qilish uchun yo‘llarga yog‘ochdan ishlangan trapp yoki vaqtinchalik zinapoyalar o‘rnatiladi. Harakat xavfsizligi taminlash uchun yo‘lchaning bir tomondan arqon tortib qo‘yiladi. Qorong‘i vaqtda ishlaganda esa vaqtinchalik elektr yoritgich “lampalar” o‘rnatiladi. YUqori qavatlardan odamlarni deraza orqali evakuatsiya qilish mumkin. Odamlarni qutqarishda eng qulay yo‘l o‘t o‘chirish avtotransportidan foydalanishdir.
Suv toshqini, sel va er ko‘chkisi oqibatlarini bartaraf etish.
Suv toshqini (suv ostida qolish) xavfi paydo bo‘lganda, favqulodda vaziyatlarda fuqaro muhofazasi qarori bilan boshqaruv punktlari tayyorgarlik holatiga keltirib qo‘yiladi. U erda mutasaddi rahbar xodimlarning kechayu-kunduz navbatchiligi tashkil etiladi, FVDT tizimlarining vazifalari aniqlanadi.
Suv toshqini xavfi paydo bo‘lganda:
-boshqa yoqqa o‘tkazib yuboradigan surma to‘siqlarni o‘rnatish;
-ishlab chiqarish ta’minoti tadbirlarini keng qo‘lash kompleksini o‘tkazish (o‘t o‘chirish zamonaviy vositalari, o‘t o‘chirish avtomat yo‘llari, hisoblangan suv debiti, maxsus tayyorgarlik ko‘rgan tuzilmalar va h.k. mavjudligi).
Ishlab chiqarish va xo‘jalik aloqalari ishonchliligini oshirish:
-favqulodda vaziyatda mol etkazib beruvchilar bilan ishlab chiqarish aloqalarini maksimal darajada kamaytirish;
-favqulodda rejimda rezervda barqaror mol etkazib beruvchilar bo‘lishiga erishish;
-ob’ekt ta’minotini rezervdagi avtonom manbalarga o‘tkazish imkoniyati bor tizimini ishlab chiqish;
-avariyada ta’minlash ko‘chma vositalarini ko‘paytirish;
-bitta sanoat zonasidagi boshqa ob’ektlar bilan kooperativ ta’minlanishni (elektr energiyasi, suv, gaz, par va h.k. narsalar ta’minotini) tashkil etish;
-rezervning avariya zahirasini yaratish;
-xom ashyo, materiallar muhofazada va bo‘lib-bo‘lib tarqatilib saqlanishini tashkil etish;
-kommunikatsiyalarni o‘rnini bosadigan qilish va halqa tarzida birlashtirish;
-toshqini xavfi bor hududlarda FVDT kuch va vositalarning holatini aniqlash, avariya-qutqaruv va kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni o‘tkazish;
-xavfli hududlardan aholini evakuatsiya qilishga ayyorgarlik ko‘rish va kerak deb topilganda aholini va moddiy boyliklarni xavfsiz joyga ko‘chish;
-suv toshqini xavfi bor hududlardagi korxona va tashkilotlarning ishlab chiqarish jarayonini qisman yoki butunlay to‘xtatish;
-o‘zaro hamkorlik rejasiga binoan yordam berishga ajratilgan Qurolli Kuchlar bo‘linmalari bilan aloqa o‘rnatish va doimiy aloqada bo‘lish;
Qutqaruv ishlarini olib borishga rahbariyat tomonidan ajratilgan kuch va vositalar hamda tashkilotlarning suzuvchi vositalari jalb etiladi.
Suv bosgan hududlarda qutqaruv otryadlari, komanda hamda guruhlar katerlar, motorli qayiqlar va boshqa suzuvchi vositalar yordamida odamlarni qutqarish va evakuatsiya qilish ishlariga jalb etiladi. Qutqaruv ishlariga jalb etilgan tuzilmalar tarkibi odamlarni qutqarish borasidagi hatti-harakat qoidalarini va qutqarilganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishni bilishlari kerak.
Suvda suzish vositalarida qutqaruv ishlariga jalb etilgan tuzilmalar qutqaruv vositalari bilan, shaxsiy tarkib esa qutqaruv nimchalari bilan ta’minlanadilar.
Suv bosgan hududlarda qutqaruv ishlarini olib borishda asosiy e’tibor suv ostida qolgan hududlardagi odamlarni qidirib topishga, ularni suvda suzish vositalariga yoki vertolyotga olish va xavfsiz joylarga olib chiqishga qaratiladi.
1998 yil yozida SHoximardonda bo‘lib o‘tgan halokat to‘g‘risida to‘xtalib o‘tamiz. Havo haroratining birdaniga ko‘tarilib ketishi natijasida Qirg‘iziston Respublikasining O‘sh viloyati tog‘laridagi qorlarning erishi tezlashib ketdi. Buning oqibatida yilning 7 iyulidan 8 iyuliga o‘tar kechasi katga suv paydo bo‘ldi. Bu oqim SHoximardonsoyga qo‘shilib sig‘imini 200 m3/s ga ko‘paytirib yubordi va kuchli suv bosishi natijasida 52 xo‘jalik, 36 dam olish maskanlari, shu jumladan 4 bolalarni sog‘lomlashtirish maskanlari jiddiy zarar ko‘rdi. 8-9 iyul kunlari odamlarni SHohimardon qishlog‘idan ko‘chirish ishlari olib borildi. Bu muddat davomida 14200 kishi, shu jumladan 3150 nafar yosh bolalar xavfsiz joyga ko‘chirilgan. Ushbu ishlarni bajarish uchun 250 dan ortiq avtomobil texnikalari jalb qilindi. 1998 yilning 18 iyuligacha 104 nafar odamning jasadlari topildi, 68 ta har xil hayvonlarning tanalari topilib, ular belgilangan tartibda ko‘mib tashlangan.
Kuchli sel oqimi natijasida 15 km gaz o‘tgazgich quvirlari, 14 km. avtoyo‘l, 4 ta yirik avtomobil ko‘prigi, 3 km suv o‘tkazish tizimlari, 3 km elektr uzatish tarmoqlari yaroqsiz holatga kelgan, 200 dan ziyod mayda savdo nuqtalari butunlay vayron bo‘lgan.
Tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha SHohimardon va Vodil qishlokdarida favqulodda vaziyatlar shtabi tashkil qilingan.
Avariya-qutqaruv ishlariga 1908 kishi va 438 dona texnika, shu jumladan 156 dona muhandislik texnikalari jalb qilingan. Ishni tashkil qilish uchun 320 tonna benzin, 513 tonna dizel yoqilg‘isi sarf qilingan.
Bunday halokat yuz berganda eng birinchi navbatda muhandislik texnikalari ishga solinishi kerak. CHunki birinchi vazifa odamlarni xavfsiz joylarga zudlik bilan ko‘chirish, jabrlanganlarga moddiy va tibbiy yordam ko‘rsatib, oziq-ovqat, kiyim-kechak bilan ta’minlash ishlarini olib borshidan iborat.
Razvedka ishlarining samarali olib borilishi, fuqaro muhofazasi organlari xodimlari favqulodda vaziyatlar sodir bo‘ishi mumkin bo‘lgan hududlarni tezlik bilan aniqlash, bashoratlari va oqibatlarni oldini olishlari zarur.
Suv bosgan hududga etib kelgan FVDT tuzilmalari shu zahotiyoq o‘z vazifalarini bajarishga kirishadilar. Vaziyat haqidagi muhim ahamiyatga ega bo‘lmagan ma’lumotlarning mavjudmasligi yoki ba’zi bir ikkinchi darajali masalalarning hal qilinmaganligi avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni boshlamaslikka sabab bo‘la olmaydi.
Sel oqimi bilan asosan oldindan olib borilgan kompleks tashkiliy-xo‘jalik, agrotexnik, meliorativ va gidrotexnik tadbirlarni amalga oshirish yordamida kurashish ko‘proq samara beradi. Sel kelishi xavfi bor hududlarda yashovchi aholi erlardan foydalanshda, o‘rmon daraxtlarini kesishda, uy hayvonlarini boqishda mutasaddi tashkilotlarning tavsiyalariga rioya qilishlari zarurdir.
Sel kelishi va er ko‘chkisi xavfi sodir bo‘lganda, aholi xavfli hududlardan xavfsiz joyga evakuatsiya qilinadi. Aholi bilan birgalikda moddiy boyliklar ham olib chiqiladi, qishloq xo‘jalik mollari esa xavfsiz joyga ko‘chiriladi.
YOng‘in.
YOng‘in, bu-kuchli issiqlik natijasida moddiy va madaniy boyliklarni bir necha daqiqada yo‘q qiluvchi, atrof-muhitni izdan chiqaruvchi favqulodda vaziyatdir.
YOng‘in uch omil havo harorati (issiqlik), yonuvchi modda (jism) va uchqun-alanganing bir paytning o‘zida yuz berishi oqibatida paydo bo‘ladi. Mutaxassislarning fikricha, tabiiy holatda ya’ni chaqmoq, vulqon otilishi, sekin oksidlanish kabi yuz bergan yong‘inlar e’tiborga olinmagan taqdirda boshqa chiqqan yong‘inlarning asl sabablari quyidagi nisbatni tashkil etar ekan:
t/r
|
Yong‘in chiqish sabablari
|
Nisbat (%)
|
1
|
CHekish, yonuvchi moddalarni yoqish, gugurt bilan yoritishda foydalanish oqibatida
|
26
|
2
|
Bolalarning o‘t bilan o‘ynashi oqibatida
|
14
|
3
|
Elektr jihozlarini qoidalarini qo‘pol ravishda buzish oqibatida
|
13,5
|
4
|
Rechka va tutun quvurlarini noto‘g‘ri o‘rnatish natijasida
|
8,5
|
5
|
Payvandlash ishlarida yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish oqibatida
|
2,3
|
6
|
Texnologik jihozlarni boshqarish qoidalarni buzish oqibatida
|
1,2
|
YOng‘in bilan kurash muvaffaqiyatli o‘tish har bir kishining yong‘inda harakat qilinishining ketma-ketlikligiga rioya qilishlariga bog‘lik.
Har bir ob’ektning xususiyatiga ko‘ra yong‘inga qarshi o‘ziga xos rejim o‘rnatiladi:
-ob’ektlarga olib chiqadigan yo‘llar tartibliligi;
-materiallarni, tayyor mahsulotni saqlash normalari;
-ochiq olovni ishlatish qoidalari;
-ob’ektga transportni kirish-chiqishi;
-yong‘inga qarshi asbob-uskunalarning etarliligi;
-korxonaning yong‘inga qarshi kurash haqida boshqa me’yoriy hujjatlari va ko‘rsatmalariga rioya qilinishi.
Umumiy qoidalar asosida sex, uchastkalar, omborlar, bo‘limlarda yong‘inga qarshi rejimlar belgilanadi:
-eng dastavval yong‘inga qarshi kurashish qoidalari;
-yong‘in boshlanganda ishchi va xizmatchilarning barch va vazifalari;
-yong‘in chiqqanda korxonadan odamlarni evakuatsiya qilish tartibliligi;
-yonilg‘i moylarni saqlash qonun-qoidalari.
YOng‘in paydo bo‘lganda, dastlabki harakat uning manbaini tugatishga qaratilishi kerak, shu bilan birga elektr manbalarini o‘chirmasdan suvdan foydalanib bo‘lmaydi, aks holda, u inson hayotiga xavf tug‘dirishi mumkin.
Ob’ekt tuzilmasi kamandasining qutkarish va kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni o‘tkazish
Tabiiy ofatlar, ishlab chiqarishda sodir bo‘ladigan avariyalar, halokatlar iqtisodiyot ob’ektlariga ko‘plab zarar keltiribgina qolmasdan, insonlar hayotiga ham zomin bo‘ladi. Ular kutilmaganda sodir bo‘lishi bilan juda xatarlidir. Ko‘pchilik holalarda ob’ektdagi ishchilar va xodimlarning texnika xavfsizligi qonun-qoidalariga tushinmasligi, saviyasi pastligi natijasida favqulodda vaziyatlar kelib chiqadi. Favqulodda vaziyatlarni oldini olish, sodir bo‘lganda bartaraf etish usullarini bilmaslik esa o‘z navbatida ob’ektda ikkilamchi favqulodda vaziyatning olib kelinishiga sabab bo‘ladi. Bu hol juda xatarli oqibatlarga, odamlarning qurbon bo‘lishiga, ob’ektga juda katta miqdorada moddiy zarar olib kelishiga sabab bo‘ladi. SHuning uchun ob’ekt fuqaro muhofazasi tuzilmalari xodimlari ob’ekt ishchilari va xodimlarining fuqaro muhofazasiga oid bilimlarini doimo oshirib borishlari, favqulodda vaziyatlarda harakat qilishning qoidalarini o‘rgatib borishlari zurur.
Ishchi va xodimlarning bu boradagi saviyasini oshirish fuqaro muhofazasi bo‘yicha ob’ektda o‘tadigan o‘quv mashqlarini qanday tashkil etishlariga bog‘lik.
Ob’ektlardagi barqarorlikni oshirish, undagi avariyalarni kamaytirish bo‘yicha tadbirlarni tahlil qiladigan bo‘lsak, ob’ekt fuqaro muhofazasi tuzilmalarining quyidagi vazifalarini aytib o‘tish joiz:
-ishchilarni, xizmatchilarni, ularning oilalarini muhofaza qilish uchun barcha imkoniyatlarni o‘rganib chiqib, tegishli tejalar tuzish;
-ob’ekt shikastlanuvchanligi jadvalini ishlab chiqish, tabiiy ofatlar, falokatlar ta’sir etganda, ishlab chiqarish fondlarining talofati unga qanchalar bog‘lik ekanligini tavsiflash. Ishlab chiqarish fondlarining talofati tufayli nisbiy birliklarda yoki dastlabki qiymatning fondi tarzida aks ettirish;
-ehtimoli bor zarar qancha bo‘lishiga qarab, korxonaning belgilab qo‘yilgan turdagi mahsulotni chiqarish yuzasidan ishlab chiqarish quvvatlarini kamaytirish grafigini ishlab chiqishda ishtirok etish;
-ob’ektning favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan sharoitda ishlab chiqarish faoliyatini davom ettirish imkoniyatini aniqlash.
Ob’ekt fuqaro muhofazasi tuzilmalari ishchi – xizmatchilari va aholini muhofaza qilish maqsadida bir qancha tadbirlarni ishlab chiqishlari kerak. Ulardan asosiylari quyidagicha:
-muhofaza inshootlari (panajoylar, va radiatsiyadan yashirinish joylari) fondini ko‘paytirish va ularda yashirinuvchilar hayotiy faoliyatiga sharoit yaratish;
-ko‘chirish yo‘li bilan aholini shahardan tashqari xavfsiz joylarga transportda olib chiqish va joylashtirishni shakl va usullarini takomillashtirish;
-aholini shaxsiy muhofaza vositalari va muhofaza tibbiy vositalari bilan (GP-7V, R-2, AI-2, IPP-8a, yara bog‘lash vositalari va boshqa muhofaza vositalari) bilan ta’minlash;
-ob’ekt, tuman, shahar, viloyat xabar berish tizimlarini takomillashtirish va doimo shay holatda saqlash;
-favqulodda vaziyatlardagi halokatli suv bosish, tabiiy ofat xavfi haqida aholiga xabar berishning mahalliy (cheklangan) tizimlarini barpo etish;
-aholiga kimyoviy xavfli moddalar va hozirgi zarba vositalaridan muhofaza qilish usullarini o‘rgatish;
-hududni, inshootlar, transport, xom ashyo va tayyor mahsulotni zararsizlantirish ishlarini o‘tkazishga tayyorlash;
-erto‘la, kon kovlamalari, meva-sabzovot omborlarini jihozlashni oxiriga etkazib qo‘yish;
-alohida sexlarni, korxonalarni, moddiy zahira bazalarini va boshqa iqtisodiyot ob’ektlarini joylashtirish uchun er osti kon kavlamalaridan, er osti bo‘shliqlaridan muhofaza inshootlari sifatida foydalanishni tashkil etish;
-mavjud muhofaza inshootlari jihozlanishini oxiriga etkazish;
-navbatchi xodimlar uchun muhofaza inshootlarini jihozlash;
-shahardan tashqari zonani (ko‘chirilgan aholini joylash uchun mo‘ljallangan joyni) o‘zlashtirish va jihozlash;
-aholiga tibbiy yordam ko‘rsatishga tayyorlanish tadbirlarini bajarish;
-aholini oziq-ovqat, ichimlik suvni, suv ta’minoti tizimini, em-xashakni, urug‘ fondini kimyoviy xavfli moddalardan zaharlanishdan muhofaza qilish.
YUqorida qayd etilgan tadbirlardan tashqari ob’ekt tuzilmasi kamandasi sardorining zimmasiga favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda yoki favqulodda vaziyat sodir bo‘lish xavfi tug‘ilganda quyidagilar yuklatiladi:
- ob’ektda fuqaro muhofazasi tadbirlarini uzluksiz boshqarishni tashkil etish va ta’minlash;
- ishchilar, xizmatchilar va ob’ekt atrofida yashovchi aholi punklarini favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishi yoki yuzaga kelish xavfi to‘g‘risida ogohlantirish;
- ob’ektning fuqaro muhofazasi rejasini ishlab chiqish va tashkil etish;
- favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganida ishchilar, xizmatchilar va ularning oila-a’zolarini himoya etish ishlarini amalga oshirish;
- ob’ektlardagi aholini, ishchilar, xizmatchilar, tuzilmalarni favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda himoya usullariga o‘rgatishni tashkil qilish;
- favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish, ob’ektlardagi qutqurish va qayta tiklash ishlariga tayyorgarlikni ta’minlash;
- ob’ektdagi fuqaro muhofazasi rejasi talablarini bajarilishini nazorat qilishni tashkil qilish.
Bu tadbirlarning to‘la-to‘kis bajarilishi favqulodda vaziyatlarning oldini olishda va sodir bo‘lganda fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha hamda ob’ektga etkazilishi mumkin bo‘lgan moddiy zararning sezilarli darajada kamaytirish tadbirlarining samaradorligini oshiradi.
Ma’lumki respublikamizning katta qismi seysmik faol hududda joylashib, o‘ziga xos geologik, girogeologik va iqlim xususiyatlariga ega. SHu omillarning o‘zigina ob’ektlar qurilishining ishonchli va sifatli bajarilishini, aholining xavfsizligini hamda iqtisodiyot ob’ektlari barqarorligini ta’minlash maqsadida foydalanilayotgan bino va inshootlarning texnik holatini me’yoriy darajada saqlash muhim masalalarni qo‘yadi.
O‘zbekiston Respublikasi Fuqaro muhofazasi muhandislik-texnik tadbirlari, qurilish me’yorlari qoidalarida bayon etilgan talablar iqtisodiyot ob’ektlari, aholi yashash joylarida, muhandislik tizimlari rejalashtirilishi va joylashtirilishida bajaralishi lozimligi, natijada avriya, halokat va tabiiy ofatlardan iqtisodiyot ob’ektlari, aholi yashash joylari, muhandislik tizimlari muhofaza qilinishini ta’minlanishi demakdir.
Fuqaro muhofazasi muhandislik-texnik tadbirlarini loyihalashtirish me’yorlarining vazifalari va talablari
Fuqaro muhofazasi muhandislik-texnik tadbirlarining qurilish me’yoriy qoidalarining hamma talablari:
Aholini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish.
2. Tinchlik davrida favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lgandagi zararni kamaytirish.
3.Tinchlik davrida va harbiy harakatlar vaqtida ob’ektlar, birlashmalar, iqtisodiyot tarmoqlari ishlashi barqarorligini oshirish.
4. Tabiiy ofat hududlarida qutqaruv ishlarini o‘tkazish uchun kerakli sharoitni yaratishga qaratilgan bo‘lishi.
YUqorida qayd etilgan me’yorlarning, hamda quyidagi talablarning O‘zbekiston hududida fuqaro muhofazasi muhandislik-texnik tadbirlarini loyihalash va o‘tkazishda bajarilishi kerak.
1. Tinchlik davri sharoitida imorat va inshootlarni loyihalashda “Zilzilaviy hududlarda imorat va inshootlar qurilishi” hamda “Qo‘shimcha ishlov hududlarida va cho‘kadigan erlarda imoratlar va inshootlar qurilishi” talablariga rioya qilinishi kerak.
2. Fuqaro muhofazasi muhandislik-texnik tadbirlarining hajmi va mazmuni fuqaro muhofazasidagi shaharlarning guruhlariga va iqtisodiyot ob’ektlarining toifalariga qarab, ishlab chiqarishdagi ehtimoli bor yirik avariyalar, halokatlar hamda tabiiy ofatlar ko‘lamini hisobga olib belgilanadi.
3. Fuqaro muhofazasi muhandislik-texnik tadbirlari tinchlik davrida oldindan ishlab chiqarilishi va o‘tkazilishi kerak. Xususiyati jihatidan oldindan amalga oshirish iloji bo‘lmagan tadbirlar maxsus vaqtda mumkin qadar qisqa muddatda o‘tkazilishi kerak.
Ishlab chiqilgan tadbirlarning hajmi va o‘tkazilish muddati O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishi rejasida belgilab qo‘yiladi.
Muhandislik-texnik tadbirlarning mohiyati, asosan yirik shaharlardagi sanoat va aholi zichligini cheklashga, aholini muhofaza qilishga, moddiy resurslar saqlanishiga borib taqaladi. Buning esa shu shahar va ob’ektlarini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishga o‘z vaqtida tayyorlab qo‘yish uchun muhim ahamiyati bor.
Muhandislik-texnik tadbirlari biror ob’ektni loyihalash, qurishda, ekspluatatsiya qilish, yopish kabi har bir bosqichda o‘tkaziladi. Fuqaro muhofazasi bo‘yicha ekspertiza ishini Favqulodda vaziyatlar vazirligi vakillari o‘tkazadilar.
Muhandislik muhofazasi – bu tinchlik va harbiy davrlarda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini tugatish, aholini va hududlarni muhofaza qilishga, mamlakat iqtisodiyotiga etadigan zararni kamaytirishga qaratilgan fuqaro muhofazasi muhandislik-texnik tadbirlarning majmuidir.
Aholi punktlarini rejalashtirishdagi talablar: yong‘in xavfini kamaytirish, evakuatsiya tadbirlarini tez o‘tkazish shartlariga rioya qilish, FVDT kuchlari kiritilishi uchun sharoitni ta’minlash, iqtisodiyot ob’ektlari vayron bo‘lishi ehtimolini kamaytirishga qaratilgan.
Buning uchun me’yorlarda:
-shahar hududini 250 gektardan katta bo‘lmagan mikrotumanlarga bo‘lish, ular bir-biridan kamida 100 m. ajratib qo‘yilgan bo‘lishi kerak;
-ko‘kalamzor maydonlar va qatorlar ekish;
-shahardan tashqari zonaga kamida ikki yo‘nalishda chiqish yo‘li bo‘lishini hisobga olib, shahar atrofida yo‘l tarmog‘i qurish (yo‘llarning kengligi eng baland imorat balandligiga qo‘shimcha yana 15 metrga teng bo‘lishi kerak);
-avtotransport va temir yo‘l platformalarini birlashtirib qurish;
-shahardan tashqari zonani rivojlantirishni nazarda tutish.
O‘zbekiston Respublikasi muhandislik-texnik tadbirlarining QMQ-93 ning talablari
Kimyoviy xavfli ob’ektlarga tutash, chegarasi ichida kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalar (KTZM) solingan idishlar buzilib qolsa, bu moddalar muhofazalanmagan kishilarni shikastlashga olib keladigan konsentratsiyada tarqalishi ehtimoli bo‘lgan hudud ehtimol bo‘lgan xavfli kimyoviy zararlanish zonasini tashkil etadi.
Kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalarni saqlash uchun bazis omborlari shahardan tashqari zonada, aholi punktlaridan uzoqda, qattiq vayronalik hamda halokatli suv bosish ehtimoli bor hududlardan tashqarida qurish mo‘ljallanishi kerak.
YAngi qurilayotgan va qurilishi tavsiya etilayotgan kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalar va yong‘in-portlash xavfi bor moddalar ishlab chiqaradigan yoki ishlatadigan korxonalarda idishlar va kommunikatsiyalarni shikastlanishdan muhofaza qilish (past tayanchlarga o‘rnatish, tuproq ostiga yotqizish yoki tuproq tortib o‘rash), shuningdek kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalar va yong‘in-portlash xavfi bor suyuqliklar to‘kilishiga yo‘l qo‘ymaydigan choralar (er ostida saqlash, chiqarib yuborish uchun o‘zi yopiluvchi klapani bor tagliklar, avariya idishlari, yo‘nalgan tashlamali tutgichlar va omborlar) nazarda tutilishi kerak.
Muhim mudofaa ahamiyatiga ega ob’ekt va ishlab chiqarishlarni, moddiy va oziq-ovqat rezervlari davlat bazalarini, taqsimot sovitgichlarini, strategik material va xom ashyo omborlarini texnik jihatdan iloji bor va iqtisodiy maqbul joylardagi kon kavlamalariga joylashtirish tavsiya etiladi.
Toifalangan shaharlar va ob’ektlar aholisini joriy ta’minlash mollarini saqlashga mo‘ljallangan yangi bazalar, omborlar, taqsimot sovitgichlari va boshqa omborxonalar qurish Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar hamda viloyat hokimliklari belgilaydigan me’yorlarda shunday moddar zahirasini saqlash uchun etarli omborxona sig‘imlariga bo‘lgan talabdan oshmaydigan hajmda amalga oshirilishi kerak.
Mavjud bo‘lgan, qurilayotgan va qurilishi mo‘ljallanayotgan yirik suv omborlarining halokatli suv bosish ehtiomli bor hududlarida zararli kimyoviy moddalar chiqaradigan toifalangan yangi sanoat korxonalari va ob’ektlari qurish, materiallar va oziq-ovqat davlat zahira bazalari va omborlari, viloyat va respublika ahamiyatiga molik aeroport va boshqa ob’ektlar qurilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Mavjud shaharlarda yangi turar joylarni suv bosmaydigan hududlarda qurish kerak. Halokatli suv bosish hududining chegaralari, chuqurligi va boshqa ko‘rsatgichlari bosimli frontning qisman (chala) buzilish lahzasi bilan suv omborining suv tutib turish yuzasi me’yorda bo‘lgan lahza to‘g‘ri kelib qolish ehtimolidan kelib chiqib aniqlanadi. Pansionatlar, sanatoriylar, istirohat shaharchalari, mehnatkashlarning qisqa va uzoq vaqt dam olish ob’ektlari hamda boshqa sog‘lomlashtirish muassasalari ehtimol bo‘lgan vayronaliklarni hisobga olib, halokatli suv bosish hududlaridan tashqarida joylashtirilishi kerak.
Iqtisodiyot ob’ektlarini joylashtirishdagi talablar.
Eng avvalo, sanoat korxonalariga taalluqli bo‘lib, bu korxonalar (mazkur shahar aholisiga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liklaridan tashqari) aholisi 250 ming kishi va undan ortiq bo‘lgan toifalangan shaharlarning katta vayronaliklar ehtimoli bor hududlarida joylashtirmasliklari kerak.
Ehtimoli bo‘lgan halokatli suv bosish hududining katta-kichikligini asoslovchi hujjatlar (texnik-iqtisodiy asoslari, texnik-iqtisodiy ishlab chiqarish) tayyorlanayotganda hamda aholini va iqtisodiyot ob’ektlarini muhofaza qilish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi ishlab chiqadigan muhandislik tadbirlari sxemasi asosida, shuningdek aholi punktlari, ob’ektlar, imoratlar va inshootlar qurish uchun maydonlar tanlash asosida aniqlanishi kerak.
Toifalangan shaharlardagi iqtisodiyot ob’ektlarini qayta ta’mirlash va kengaytirish Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
Tez yonadigan va yonilg‘i suyuqliklar (neft, benzin, moy va h.k.) ni qayta ishlash korxonalarini, shuningdek shu suyuqliklar saqlanadigan bazis omboxonalarni toifalangan shaharlardagi va ob’ektlardagi turar joy hududlariga va sanoat korxonalariga nisbatan er yuzasi qiyaligi bo‘ylab pastroqda, shuningdek magistral avtomobil yo‘llari va temir yo‘llari bo‘ylab, idishlar buzilsa, yonilg‘i suyuqliklarni xavfsiz joylarga oqizib yuborish imkoniyatini hisobga olib joylashtirish kerak bo‘ladi.
Daryolar bo‘yida quriladigan neft va neft mahsulotlari omborlari aholi punktlariga, gidroelektrstansiyalar va gidrotexnika inshootlariga, temir yo‘l ko‘priklariga, suv o‘tkazgich stansiyalariga nisbatan daryo oqimi bo‘ylab pastroqda, kamida 100 metr oraliqda joylashtirilishi kerak.
Kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalar, yong‘in-portlash xavfi bor moddalar ishlab chiqaradigan yoki ishlatadigan korxonalarda oraliq omborlardagi va texnologik idishlardagi bunday moddalar zahirasini ishlab chiqarish uchun kerakli minimum miqdorgacha iloji boricha maksimal darajada kamaytirishga batamom tayyor turish nazarda tutilishi kerak.
Fuqaro muhofazasida ishlatiladigan muhofaza inshootlari
Respublikamizda qabul qilingan “Aholi va hududlarni tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to‘g‘risidagi”gi Qonunning 11-moddasida “Korxonalar, muassasalar va tashkilotlarningfavqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi majburiyatlari”da muhofaza-himoya inshootlari, zaruratga qarab, oldindan barpo etilishini ta’minlashlari hamda ularni doimo shay holatda saqlab turishlari lozim, deb ta’kidlangan (muhofaza inshootlarining tavsifi, ulardan foydalanish yo‘llari va h.k. larga oldingi boblarda to‘xtalib batafsil o‘tilingan).
Nazorat savollari.
1. Fuqaro muhofazasi va FVDT tuzilamalariga misollar keltiring
2. Aholini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish deganda nimani tushunasiz
3. Iqtisodiyot ob’ektlarini joylashtirishdagi talablarga nimalar kiradi
4. Fuqaro muhofazasida ishlatiladigan muhofaza inshootlari qanday bo’lishi ker
|