|
Algebraik amalga nisbatan neytral, yutuvchi va simmetrik elementlar
|
bet | 3/5 | Sana | 08.12.2023 | Hajmi | 50,77 Kb. | | #113896 |
Bog'liq 1-Mavzu. Algebraik amal. Binar algebraik amallarni turlari. RejaAlgebraik amalga nisbatan neytral, yutuvchi va simmetrik elementlar
Rеjа:
1. Neytral elementlar
2. Yutuvchi elementlar
3. Simmetrik elementlar
4. Gruppalar
5. Qism gruppa
6. Halqa va maydon
Tаyanch ibоrаlаr: neytral, yutuvchi, simmetrik elementlar, gruppalar, qism gruppa, halqa va maydon.
1. Neytral elementlar
Ta’rif. X to’plamda * algebraik amal berilgan bo’lib, shu to’plamdagi barcha a elementlar uchun a*e=e*a=a (1) tenglik bajarilsa, x to’plamning e elementi bu amalga nisbatan neytral element deb ataladi.
Masalan, haqiqiy sonlar to’plami R da 0 va 1 sonlari neytral elementlar bo’ladi.
Bunda 0 qo’shish amaliga nisbatan, 1 esa ko’paytirish amaliga nisbatan neytral elementlardir. Chunki,
a+o=a, a*1=a.
X to’plamda bittadan ortiq neytral element bo’lishi mumkin emas. Haqiqatdan, e1 va e2 X to’plamda * algebraik amalga nisbatan neytral elementlar bo’lsin deylik. u holda, e1*e2=e1, e1*e2=e2 tengliklar bajarilishi kerak. Bundan, e1=e2 bo’lishi kelib chiqadi.
X to’plamda bitta ham neyaral element bo’lmasligi mumkin. Masalan, natural sonlar to’plamida qo’shish amaliga nisbatan neytral element yo’q, chunki a+o=a desak, 0 natural son emas.
Agar X to’plamda * amalga nisbatan e neytral element mavjud bo’lsa, faqatgina shu amalni saqlovchi har qanday ifodada barcha e larni va ularga mos * belgilari bilan tashlab yuborish mumkin.
Masalan, 5+0+2+0+0+4=5+2+4=10,
4.2.1.3.1.1.2=4.2.3.2=48.
|
| |