• Umumiy ma’lumotlar Benzinli dvigatellarda yonilg‘i uzatilishini elektron boshqarish tizimi
  • BOSCH
  • Mono-Jetronic, L-Jetronic, LH-Jetronic
  • Nazorat savollari
  • IYOD larida yonilg‘i purkash tizimining ishlash prinsipini tarkibiy sxema bo‘yicha tushuntiring
  • 1 Mavzu: Avtomobillarning elektr va elektron jihozlari fanining predmeti va vazifalari Reja




    Download 3,34 Mb.
    bet28/28
    Sana29.01.2024
    Hajmi3,34 Mb.
    #147785
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
    Bog'liq
    Avtomobil elektr elektron jihozlari maruza matni
    Qalmuratov B S , Inyatov A R , Bekturdiev M B , Oteev U A, 111111111111, 2-tema. Vektоr maydоn, Mustaqil ish. NAMUNA (1), 1 JN Variant Namuna (2), 1 mavzu, 8888888, tashakkurnoma xati, Табиий фанлар 4, Transformatorlar., 1-mavzu kirish. Cho’yan va po’lat ishlab chiqarish. Reja, sanoat korxonalarida elektr, Avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar fani maruza matni Yangi, KUMUSHBEGIM NAVOIY TRANS
    Nazorat savollari:

    1. Avtomobil elektr jihozlarining umumiy sxemasi qanday asboblardan iborat.

    2. Nominal kuchlanish nima?

    3. Avtomobil elektr jihozlarini qanday asosiy funksional tizimlarga bo‘lish mumkin?


    20 – Mavzu: Avtomobilning elektron boshqarish
    tizimlari


    1. Umumiy ma’lumotlar

    2. Benzinli dvigatellarda yonilg‘i uzatilishini elektron boshqarish tizimi

    3. Majburiy salt ishlash ekonamayzerini elektron boshqarish

    4. Avtomobilning aktiv xavfsizlik tizimlarini elektron boshqarish

    XX asrning oxirida elektronika va mikroprotsessor texnikasini katta sur’atlar bilan rivojlanishi, ularni avtomobillarda keng joriy qilinishiga, xususan dvigatel, transmissiya va qo‘shimcha jihozlarni ishini elektron boshqarish tizimlarinini (EBT) yaratilishiga olib keldi. elektron boshqarish tizimlarni qo‘llanilishi yonilg‘i sarfini va chiqindi gazlarni zaxarliligini kamaytirish, dvigatel quvvatini va avtomobil xavfsizlik darajasini oshirish, haydovchini ishlash sharoitlarini yaxshilash imkoniyatini beradi.
    Oxirgi yillarda dunyoda sodir bo‘layotgan energetik va ekologik tanglik ko‘p rivojlangan mamlakatlarda avtomobillarning chiqindi gazlarining toksinligini va yonilg‘i sarfini cheklovchi me’yoriy xujjatlarni qabul qilinishi eBT larni kengroq qo‘llanilishiga kuchli turtki bo‘ldi. Chunki, bu me’yoriy xujjatlarga ko‘ra, dvigatelning deyarli barcha ish rejimlarida yonilg‘i aralashmasi stexiometrik tarkibda ushlab turilishi, majburiy salt ishlash rejimida dvigatelga yonilg‘i uzatilishini to‘xtatilishi, o‘t oldirish yoki yonilg‘i purkash daqiqasini aniq va optimal rostlanishi talab qilinadi. O‘tkazilgan ko‘p ilmiy tadqiqotlar yuqoridagi talablarni elektron boshqarish tizimlarsiz bajarish mumkin emasligini ko‘rsatdi.
    Dvigatellarni elektron boshqarish tizimlaridan eng keng tatbiq topganlari- yonilg‘i uzatish va o‘t oldirish (benzinli dvigatellarda) jarayonlarini boshqarishdir. Bu boshqarish tizimlari mustaqil va birgalikda (masalan, Lasetti avtomobilida) ishlashi mumkin. Benzinli dvigatellarga o‘rnatilgan o‘t oldirishni elektron boshqarish tizimi o‘t oldirishni ilgarilatish burchagini katta aniqlik bilan belgilash, hamda majburiy salt yurish ekonomayzer ishini boshqarish vazifasini bajaradi.
    Elektron antiblokirovka tizimi sirpanchiq yo‘lda avtomobilni tormozlanish masofasini deyarli ikki marta qisqartiradi va uni yoni bilan surilib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi. Bu og‘ir obi-havo sharoitlarida(yomg‘ir, qor, yaxmalak) ko‘p yo‘l-transport hodisalarini oldini oladi.
    Elektron boshqarish tizimi qo‘shimcha jihozlardan oynatozalagich, burilish relesi, avtomobil darakchilari va konditsionerni ishini ham boshqaradi.
    Hozirgi kunda yonilg‘i purkash tizimlari yonilg‘i uzatilish joyiga qarab 3 turga bo‘linadi: marka-ziy bir nuqtali, taqsimlangan ko‘p nuqtali va bevosita yonish kamerasiga purkash tizimlari. Yonilg‘ini bevosita yonish kamerasiga purkash tizimi ishlatiladigan jihozlarni murakkabligi sababli amalda kam ishlatiladi. Zamonaviy avtomobil motorlarida, asosan, bir nuqtali va taqsimlangan ko‘p nuqtali purkash tizimlari ishlatiladi. Har ikkala tizimda ham yonilg‘i motor silindrlarining kirish joyiga purkaladi.
    Yonilg‘i pureash tizimlari ma’lum rivojlanish bosqichlarini bosib o‘tdi. 1949-yilda BOSCH (Germaniya) firmasi ishlab chiqargan mexanik purkash tizimi K-Jetronic nomi bilan mashhur bo‘ldi. Keyinchalik bu tizim ancha takomillashtirildi, u qisman elektron blok yordamida boshqarildi (KE-Jetronic). Yonilg‘i tizimlari taraqqiyotining keyingi bosqichlari ularda elektron va mikroprotsessorli boshqarish usullarini juda keng ko‘lamda joriy qilinishi bilan tavsiflanadi. Mono-Jetronic, L-Jetronic, LH-Jetronic rusumli purkash tizimlari shular jumlasidandir. Bu tizimlarda motorning barcha rejimlarida yonilg‘i purkash jarayonlari elektron blok yordamida boshqariladi. Oxirgi vaqtda ko‘pchilik zamonaviy avtomobil motorlari jihozlanayotgan Motronic purkash tizimida yonilg‘i purkash va o‘t oldirish jarayonlari birgalikda boshqariladi. Bu motorda o‘rnatiladigan datchiklar sonini ancha kamaytirish, uning texnik tavsifnomasini yaxshilash, tejamkorligini oshirish, ishga tushirish va sovuq motorni qizdirish jarayonlariniyengillashtirish imkonini beradi.
    Yonilg‘i purkashni elektron boshqarish tizimi quyidagicha ishlaydi. elektr yonilg‘i nasosi taqsimlash quvurida yonilg‘ini taxminan 0,2 MP doimiy bosim bilan ushlab turganligi sababli, silindrlarga purkaladigan yonilg‘ini miqdori elektromagnit forsunkani ochilib turish vaqti bilan belgilanadi. elektron boshqarish tizimi forsunkalarni ochilib - yopilishini, ya’ni yonilg‘ini silindrlarga majburiy purkash impulsini davomiyligini drossel to‘siqchasini ochilish burchagi, tirsakli valning aylanish chastotasi, sovituvchi suyuqlik harorati va absolyut bosimga bog‘liq ravishda boshqaradi. Purkalishi zarur bo‘lgan yonilg‘i miqdori haqidagi ma’lumot ikki raqamli kodlar ko‘rinishida doimiy xotira qurilmasida (DXQ) saqlanadi. elektron boshqarish tizimi datchiklardan kelayotgan ma’lumotlar asosida, DXQ dan zarur kodni tanlab olib, unga mos keladigan miqdordagi yonilg‘ini dvigatelning kiritish klapanlari atrofiga purkalishini ta’minlaydi.
    Benzinli dvigatellarda yonilg‘i purkalishini elektron boshqarish tizimining tarkibiy sxemasi 8.1-rasmda ko‘rsatilgan.
    Taqsimlagich 2 ga o‘rnatilgan qo‘shimcha kontaktlar dvigatel tirsakli valining aylanish chastotasi haqidagi ma’lumotlarni impuls signal sifatida shakllantiradi. Bu signal analog-raqamli o‘zgartirgich (ARO‘) 5 ga uzatiladi va raqamli kod ko‘rinishiga keltiriladi. Drossel to‘siqchasini holatini belgilovchi datchik 1 dan kelgan signal ikkinchi ARO‘ 4 yordamida raqamli kodga aylantiriladi. Takt generatori 3 ARO‘ ishlashi uchun zarur bo‘lgan doimiy chastotali impulslarni shakllantirib beradi.
    Raqamli kod shaklidagi aylanishlar chastotasi va drossel to‘siqchasini holati haqidagi signallar EBT ning doimiy eslab qolish qurilmasi 6 ga uzatiladi. DXQ da dvigatel aylanish chastotasi va drossel to‘siqchasini ochilish burchagiga bog‘liq ravishda elektromagnit klapan ochilish vaqtini belgilovchi raqamli signal hosil qilinadi va mikroprotsessor 7 ga uzatiladi.
    Mikroprotsessor 7 DXQ dan kelgan signalni zarur yonilg‘i miqdoriga proportsional bo‘lgan forsunkalarni ochilib turish vaqtining davomiyligi ko‘rinishiga o‘zgartiradi. Taqsimlagich 2 bilan bog‘liq bo‘lgan sinxronizatsiya moslamasi 10 yonilg‘ini dvigatel ish jarayonining tegishli nuqtasida purkalishini ta’minlaydi va kiritish quvirining devorchalarida o‘tirib qolayotgan yonilg‘i zarrachalari miqdorini kamaytiradi.
    Dvigatelning issiqlik holati va atrof muhit sharoitlarini hisobga olib forsunkalarni ochilib turish vaqtiga tuzatish kiritish uchun sovitish suyuqligi harorati 11, absolyut bosim 12, so‘rilayotgan havo temperaturasi 13 datchiklaridan mikroprotsessorga qo‘shimcha ma’lumot uzatadi.
    Yonilg‘i purkashning elektron boshqarish tizimi o‘t olish va yonish jarayoniga ta’sir qiluvchi ko‘p omillarni hisobga oladi va yonilg‘i uzatilishini murakkab bog‘lanishlar orqali amalga oshiradi. Bu dvigatelni ancha tejamli ishlashini ta’minlaydi. Shu bilan birga tuzilishining murakkabligi va unga xizmat ko‘rsatish uchun yuqori malakali mutaxassislar zarurligi - bu tizimning kamchiligi hisoblanadi.
    Hozirgi vaqtda yonilg‘i purkashni boshqarish tizimlarida optimal boshqarish prinsipiga asoslangan sistemalar keng joriy qilinmoqda. Bu prinsipning mazmuni shundan iboratki, yonilg‘i purkash jarayoni mikroprotsessor shakllantirayotgan boshqaruv signalini dvigatelning ekspluatatsion tavsifnomasiga ko‘rsatayotgan ta’sirini baholash asosida amalga oshiriladi. Optimallashtiruvchi omillar sifatida, odatda, yonilg‘i sarfi, chiqindi gazlarning zaxarliligi va dvigatelning tortish tavsifnomalari ishlatiladi. Lekin bu parametrlarni bir vaqtning o‘zida optimallashtirish imkoniyati yo‘q. Shuning uchun dvigatelning maksimal quvvati yonilg‘i aralashmasini boyitish, tejamliligi esa suyiltirish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
    Chiqindi gazlarning zaxarliligini eng past qiymati yonilg‘i tarkibi - stexiometrik tarkibga, ya’ni yonilg‘i va havoning nisbati 1:14,7 ga yaqin bo‘lganda ta’minlanadi. Shuning uchun amalda ishlatilayotgan va optimal boshqarish prinsipiga asoslangan yonilg‘i purkash tizimlarida teskari aloqa parametri sifatida chiqindi gazlarning kimyoviy tarkibi olinadi. CHiqindi gazlarning tarkibini aniqlash uchun kislorod datchigi (-zond) ishlatiladi. Bu datchik dvigatelni chiqarish kollektoriga o‘rnatilib, u chiqindi gazlar tarkibidagi kislorodning miqdoridan ta’sirlanadi. Kislorod miqdorini havoning ortiqlik koeffitsientiga proportsionalligidan foydalanib yonilg‘i-havo aralashmasining holati aniqlanadi.
    Avtomobil shahar sharoitida harakatlanganda 18-25% vaqt davomida dvigatel majburiy salt ishlaydi. Masalan, avtomobil dvigatel yordamida tormozlanganda, uzatma o‘zgartirilayotgan vaqtda, avtomobil o‘z inertsiyasi bilan harakatlanganda va hokazo. Bu hollarda yonilg‘i uzatish tizimidagi drossel to‘siqchasi to‘liq yopiq, dvigatel tirsakli valining aylanishlar chastotasi esa salt ishlashdagi qiymatdan yuqoriroq bo‘ladi. Majburiy salt ishlash rejimida dvigateldan quvvat berish talab qilinmaydi, shuning uchun silindrlarga uzatilayotgan yonilg‘i foydali ishlatilmaydi va uni yonishi atrof muhitni yanada ko‘proq ifloslanishiga olib keladi. MSIEEBT dvigatel majburiy salt ishlaganda yonilg‘ini uzatilishini to‘xtatish uchun xizmat qiladi. Bu tizim joriy qilinishi yonilg‘ini 2...3% ga tejash va chiqindi gazlardagi zaxarli moddalarni miqdorini 15...30% ga kamaytirish imkoniyatini beradi.
    MSIEEBT quyidagicha ishlaydi (8.2-rasm). Majburiy salt ishlash rejimini aniqlash uchun dvigatel tirsakli valini aylanish chastotasi, karbyurator drossel to‘siqchasining holati datchiklari xizmat qiladi.
    MSIEEBTni ishlashi uchun quyidagi shartlar bir vaqtni o‘zida bajarilishi kerak:
    - dvigatel tirsakli valini aylanishlar chastotasi ma’lum belgilangan qiymatdan yuqori bo‘lishi kerak;
    - yonilg‘i uzatish tizimidagi drossel to‘siqchasi to‘liq yopilgan bo‘lishi kerak;
    - sovitish tizimidagi suyuqlik temperaturasi 650 C dan yuqori bo‘lishi kerak.
    Oxirgi shart sovuq dvigatel qizdirilayotganda, uni salt ishlashdagi aylanishlar chastotasi belgilangan qiymatdan baland bo‘ladi va bu hol MSIEEBT tomonidan majburiy salt ishlash rejimi sifatida qabul qilinishi va yonilg‘i uzatilishini to‘xtatib qo‘yilishi bilan bog‘liq.
    Dvigatel tirsakli valini aylanish chastotasi haqidagi signal sifatida o‘t oldirish g‘altagining birlamchi chulg‘amidan olingan signal ishlatiladi. Drossel to‘siqchasining holati datchigi sifatida yonili uzatish tizimiga joylashtirilgan mikro almashlab-ulagich ishlatiladi. Agar drossel to‘siqchasi ochiq bo‘lsa almashlab-ulagich kontaktlari tutash, yopiq bo‘lsa - uzilgan bo‘ladi.
    Majburiy salt ishlash rejimi vujudga kelsa, elektron blok elektromagnit klapanga yopilish haqidagi boshqaruv signalini beradi va karbyuratorni salt ishlash tizimi orqali dvigatelga yonilg‘i uzatilishi to‘xtatiladi. Majburiy salt ishlash rejimi tugab drossel to‘siqchasi ochilsa yoki tirsakli valning aylanish chastotasi ortib ma’lum qiymatgayetganda elektron blok elektromagnit klapanni ochadi va karbyuratorni salt ishlash tizimi orqali yana yonilg‘i uzatila boshlaydi.
    Majburiy salt ishlash rejimida dvigatel silindrlarida havoni keskin siyraklanishi vujudga kelishi sababli moy sarfini ortishi - bu tizimning kamchiligi hisoblanadi.
    Avtomobillarning aktiv xavfsizlik tizimlarining asosiy vazifasi avariya vaziyatlarni yuzaga kelishini oldini olishdir. Bunday vaziyat yuzaga kelganda tizim mustaqil ravishda (haydovchining ishtirokisiz) xavf ehtimolini baholaydi va zarurat bo‘yicha avtomobilning boshqaruv jarayoniga faol aralashib, uni bartaraf qiladi.
    Aktiv xavfsizlik tizimi turli kritik vaziyatlarda avtomobil ustidan nazoratni yoki boshqacha qilib aytganda avtomobilning harakat barqarorligi va boshqaruvchanligini saqlab qolish imkoniyatini beradi. Avtomobilni sirpanib surilib va to‘ntarilib ketishga olib keladigan kuchlarga qarshilik ko‘rsatib, uni belgilangan traektoriya bo‘ylab harakatini saqlab qolish xususiyati harakat barqarorligi deb yuritiladi. Boshqaruvchanlik – bu avtomobilni haydovchi belgilangan yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanish qobiliyatidir.
    Hozirga kunda eng ko‘p tatbiq topgan aktiv xavfsizlik tizimlariga quyidagilar kiradi:
    - antiblokirovkali tormoz tizimi;
    - shataksirashga qarshi tizim;
    - harakat barqarorligi tizimi;
    - tormoz kularini taqsimlash tizimi;
    - favqulodda shoshilinch tormozlash tizimi;
    - piyodalarni aniqlash tizimi;
    - differensialni elektron blokirovkalash tizimi
    Qayd qilingan aktiv xavfsizlik tizimlar avtomobilning tormoz tizimi bilan konstruktiv bog‘langan va yaqindan hamkorlikda ishlab, uni samaradorligini sezilarli darajada oshiradi. Bir qator tizimlar burovchi moment kattaligiga dvigatelni boshqarish tizimi orqali ta’sir qilishi mumkin.
    Nazorat savollari:

      1. Avtomobillarni konstruktsiyasini rivojlanishida elektron boshqarish tizimlari qanday o‘rin tutadi?

      2. IYOD lariga yonilg‘i uzatilishini elektron boshqarish tizimlari qanday afzalliklari ega?

      3. IYOD larida yonilg‘i purkash tizimining ishlash prinsipini tarkibiy sxema bo‘yicha tushuntiring

      4. Dvigatelni yonilg‘ining stexiometrik tarkibida ishlashini ta’minlash qanday amalga oshiriladi?

    Download 3,34 Mb.
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




    Download 3,34 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1 Mavzu: Avtomobillarning elektr va elektron jihozlari fanining predmeti va vazifalari Reja

    Download 3,34 Mb.