• 1.Elektr mashinalarida qaytuvchanlik. 2.O‘zgarmas tok mashinasining tuzilishi va ishlashi. 3. O‘zgarmas tok mashinalarining ish rejimlari va qo‘llanilishi.
  • 1 Mavzu: Avtomobillarning elektr va elektron jihozlari fanining predmeti va vazifalari Reja




    Download 3,34 Mb.
    bet2/28
    Sana29.01.2024
    Hajmi3,34 Mb.
    #147785
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
    Bog'liq
    Avtomobil elektr elektron jihozlari maruza matni
    Qalmuratov B S , Inyatov A R , Bekturdiev M B , Oteev U A, 111111111111, 2-tema. Vektоr maydоn, Mustaqil ish. NAMUNA (1), 1 JN Variant Namuna (2), 1 mavzu, 8888888, tashakkurnoma xati, Табиий фанлар 4, Transformatorlar., 1-mavzu kirish. Cho’yan va po’lat ishlab chiqarish. Reja, sanoat korxonalarida elektr, Avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar fani maruza matni Yangi, KUMUSHBEGIM NAVOIY TRANS
    Nazorat savollari:

    1. Elektron avtomobillarning afzalliklari nimada?

    2. Dastlab avtomobillarda elelktrning vazifasi nima bo`lgan?

    3. Avtomobil elektr jihozlarining qanday funksional tizimlari mavjud?


    2- Mavzu: O`zgarmas va o`zgaruvchan elektr toki xususiyatlari
    REJA:
    1.Elektr mashinalarida qaytuvchanlik.
    2.O‘zgarmas tok mashinasining tuzilishi va ishlashi.
    3. O‘zgarmas tok mashinalarining ish rejimlari va qo‘llanilishi.
    Agar Faradeyning elektromagnit induksiya qonuniga e’tibor bersak, elektr energiyasini mexanik energiyaga, yoki aksincha, mexanik energiyani elektr energiyasiga aylantirishning mexanizmlari bir xil. Ya’ni elektr mashinasi ham generator, ham dvigatel rejimlarida ishlashi mumkin. Bu elektr mashinalarining (ayniqsa o‘zgarmas tok mashinalarining) qaytuvchanlik xususiyatlari deb yuritiladi. Magnit qutblari orasidagi o‘tkazgichni (17.1-a rasm) V yo‘nalishda hrakatlantirilsa, bu o‘tkazgichda rasmda ko‘rsatilgan yo‘nalishdagi tok hosil bo‘ladi (qurilma generator sifatida ishlaydi). Agar, aksincha shu o‘tkazgichdan rasmda ko‘rsatilgan yo‘nalishdagi tok o‘tkazilsa, o‘tkazgichga FЭМ yo‘nalishda Amper kuchi ta’sir qiladi va o‘tkazgich V yo‘nalishda harakatga keladi (qurilma dvigatel sifatida ishlaydi). O‘zgarmas tok mashinasi aynan shu prinsip asosida ishlaydi. Uning dvigatel rejimida ishlashida manbaning elektr energiyasi hisobiga mexanik harakat (energiya) hosil qilinadi. Aksincha, agar o‘tkazgich tashqi mexanik kuch (energiya) ta’sirida harakatlantirilsa unda elektr toki (elektr energiyasi) hosil bo‘ladi, bunda mashina generator rejimida ishlagan bo‘ladi. Elektr mashinalari qaytuvchanlik xususiyatiga ega bo‘lgani bilan amalda generator va dvigatellar konstruksiyalari jihatidan bir-biridan biroz farq qiladi. Bitta mashinadan ham generator, ham dvigatel sifatida foydalanish kam samara beradi.

    Lekin shunga qaramay, ba’zan qurilmalarning umumiy massasini kamaytirish maqsadida bitta qurilmadan ham generator, ham dvigatel sifatida foydalanilgan holatlar ham uchraydi.
    Yuqorida qayd etilganidek, o‘zgarmas va o‘zgaruvchan tok mashinalari, ularning generator va dvigatel rejimlari yagona fizikaviy hodisaga asoslanadi va elektromagnitik induksiya qonuni bilan tushuntiriladi. Mashinaning o‘zgarmas yoki o‘zgaruvchan tokda ishlashi, o‘zgaruvchan yoki o‘zgarmas tok ishlab chiqarishi mashinada elektr zanjirni qanday hosil qilish bilan aniqlanadi. 17.2-rasmda o‘zgarmas va o‘zgaruvchan tok generatorlarining farqi ko‘rsatilgan. Agar magnit qutblari orasida joylashgan mis ramkaning uchlarini xalqalar va bu xalqalarga tegib turuvchi kontaktlar (cho‘tkalar) orqali tashqi zanjirga ulasak va ramkani aylantirsak, tashqi zanjirda davriy o‘zgaruvchan elektr tokini olamiz (17.2-a rasm). Tokning chastotasi ramkaning aylanish tezligi bilan aniqlansa, hosil qilingan E.Yu.K. ning kattaligi esa tezlikdan tashqari magnit maydonning induksiyasi B va ramkaning (g‘altakning) paramerlariga ham bog‘liq.

    Endi 2 ta xalqa o‘rniga bitta silindr olib, uni uzunligi bo‘yicha ikkiga ajratib, hosil bo‘lgan yarim yoyli silindrlarni ramkaning uchlariga ulaymiz (17.2-b rasm). Natijada ramka aylanganda yarim yoyli silindrlar a va b cho‘tkalarga galma-galdan tegib aylanadi. Ya’ni cho‘tkalarni silindr bo‘laklari faqat bir tomonga kesib o‘tadi. Natijada a va b cho‘tkalarda manfiy va musbat qutblar ajraladi. Ramkaning aylanishidan o‘zgarmas (pulsatsiyalanuvchi, bir davrda ikkita impuls) elektr toki hosil bo‘ladi. Agar ramkani ikkita qilib, har bir ramkaning uchini alohida yarim silindrlarga ulasak, ramkaning bir to‘liq aylanish davrida 4 ta impuls hosil bo‘ladi (17.3-a rasm). Demak, yarim xalqalar soni ko‘paygani sari tokning bir davr ichidagi pimpulslari soni ortib boradi. Shu tariqa, chulg‘amlarni ko‘paytirib pulsatsiyani kamaytirish mumkin. Bunda chulg‘am uchlari ulangan plastinkalar ham eniga kichiklashib boradi va mashinaning bu plastinkalardan tashkil topgan qismi kollektor deb ataladi.

    Kollektor. Elektr mashinalarida texnologik jihatdan murakkab masalalardan biri, mashinaning aylanuvchi qismi yakor bilan uning qo‘g‘almas qismi induktorni elektr jihatdan ulashdir. Mashinada bu vazifa kollektor-cho‘tka tizimi amalga oshiradi. Kollektor yakorning o‘qiga maxkamlangan holda aylanadi, cho‘tka kollektor plastinkalariga tegib turadi (17.4-rasm). Kollektor zanjiridagi tok cho‘tka yordamida tashqi zanjrga ulanadi (elektr dvigatelda aksincha, taqi manba toki cho‘tka orqali kollektor zanjiriga beriladi).

    O‘zgarmas tok generatorida kollektor mexanik to‘g‘rilagich vazifasini bajaradi, shuning uchun ham o‘zgarmas tok mashinalari ba’zan kollektorli mashinalar deb ham ataladi (17.5-rasm).

    Kollektor plastinkalari rangli metalldan, odatda misdan ishlanadi. Yakor chulg‘amining uchlari kollektor plastikalariga tutashadi. Bunda chulg‘am uchlari tutashgan plastinkalar kolektorda o‘zaro 180° ostida joylashgan bo‘lib, musbat va manfiy qutblarni hosil qiladi.

    Download 3,34 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




    Download 3,34 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1 Mavzu: Avtomobillarning elektr va elektron jihozlari fanining predmeti va vazifalari Reja

    Download 3,34 Mb.