• O`zgarmas tok generatori O`zgaruvchan tok generatori Elektr mashinasining quvvat isroflari
  • 1 Mavzu: Avtomobillarning elektr va elektron jihozlari fanining predmeti va vazifalari Reja




    Download 3,34 Mb.
    bet9/28
    Sana29.01.2024
    Hajmi3,34 Mb.
    #147785
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   28
    Bog'liq
    Avtomobil elektr elektron jihozlari maruza matni
    Qalmuratov B S , Inyatov A R , Bekturdiev M B , Oteev U A, 111111111111, 2-tema. Vektоr maydоn, Mustaqil ish. NAMUNA (1), 1 JN Variant Namuna (2), 1 mavzu, 8888888, tashakkurnoma xati, Табиий фанлар 4, Transformatorlar., 1-mavzu kirish. Cho’yan va po’lat ishlab chiqarish. Reja, sanoat korxonalarida elektr, Avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar fani maruza matni Yangi, KUMUSHBEGIM NAVOIY TRANS
    Nazorat savollari

    1. Qanday elektr o`lchov asboblari mavjud?

    2. Tok kuchi qanday o`lchanadi?

    7- Mavzu: O`zgarmas va o`zgaruvchan tok generatorida magnit maydoni xususiyatlari, ularning tuzilishi va ishlash prinsiplari
    Reja:

    1. O`zgarmas tok generatori

    2. O`zgaruvchan tok generatori

    3. Elektr mashinasining quvvat isroflari

    O‘zgarmas tok mashinasi generator yoki dvigatel rejimida ishlashi mumkin. Bunda mashinaning ish rejimiga mos holda energiyaning bir turdan ikkinchi turga aylanish jarayoni ham teskarisiga o‘zgaradi. (Izoh: O‘zgarmas tok mashinasining generator va dvigatel rejimi deganda bitta mashinaning ikki xil rejimda ishlashi nazarda tutilmaydi.) Odatda bitta mashinani ham generator, ham dvigatel rejimida ishlatish samarasiz hisoblanadi. Amalda generator va dvigatellarning konstruksiyalari o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘ladi. Ham generator, ham dvigatel rejimida ishlatiluvchi mashinalar esa alohida hollarda (masalan ayrim transport vositalarida, harbiy va kosmik texnikalarda va bir qator boshqa hollarda) ishlab chiqariladi va alohida konstruksiyaga ega bo‘ladi. Mashinaning generator rejimini ko‘rib chiqamiz. Generator qutblaridagi U kuchlanish quyidagiga teng:

    bu yerda rya – yakor zanjiri qarshiligi, E - generatorda hosil bo‘lgan E.Yu.K., Iya –yakor zanjiridagi tok kuchi. Generator yakori tekis aylangan paytda aylantiruvchi mexanik moment (generatorni aylantirayotan mexanik kuchning momenti) elektromagnitik momentga (rotorni aylanishiga qarshilik ko‘rsatayotgan elektromagnitik kuchning momenti) teng bo‘ladi. Demak generator rejimida mashina hosil qilgan E.Yu.K

    Ifodaning har ikki tomonini Iya(yakor chulg’amidagi tok kuchiga) ko’paytirib, generatordagi quvvatlar uchun quyidagi ifodaga ega bo’lamiz.

    Generatorni harakatga keltirayotgan mexanik kuch aynan shu quvvatga qarshi ish bajaradi. Mashinaning dvigatel rejimida esa tashqi manbadan yakor chulg‘amiga kuchlanish beriladi. Bu kuchlanish yakor chulg‘amida tok hosil qilib, yakorni aylanishiga sabab bo‘luvchi elektromagnitik momentni paydo qiladi. Yakor magnit maydonida harakatlanganda unda teskari yo‘nalishdagi E.Yu.K. E hosil bo‘ladi. Shuning uchun, mashinaning dvigatel rejimida yakor zanjiri elektr tenglamasi quyidagiga teng.

    ya’ni yakorga zanjiriga tashqaridan berilgan U kuchlanish, yakor zanjiridagi kuchlanish tushuvi va teskari E.Yu.K. yig‘indisiga teng. Tenglikni yakor chulg‘amidagi tok kuchiga ko‘paytirib, dvigatel rejim uchun quyidagi quvvatlar tenlamasiga ega bo‘lamiz.

    O‘zgarmas tok mashinalarining qo‘llanilishi. O‘zgarmas tok generatorlari ko‘proq kimyo sanoatida elektroliz jarayonlarida, metallurgiyada va transportda ishlatiladi. O‘zgarmas tok dvigatellari esa elektr transportida (temir yo‘l, tramvay, trolleybus, metro, elektr yuk ko‘targichlari va hokazo) aylanish tezligi boshqarilishi talab etiluvchi mexanizmlarda, kam quvvatli sistemalarda ko‘proq ishlatiladi. Ichki yonuv dvigatellari asosidagi transport vositalarining mexanik yuritmalarida ham o‘zgarmas tok dvigatellari ishlatiladi. Masalan yengil avtomobilning o‘zida bir necha turdagi o‘zgarmas tok dvigatellarini ko‘rishimiz mumkin. Bular motorni o‘t oldiruvchi dvigatel (startyor), oyna tozalagichning dvigateli (17.8-rasm), ventilatorning dvigateli va boshqalar.

    O’zgarmas tok dvigatellarini qo’llanilishiga ko’ra asosan ixchamlik talab qilingan joylarda ishlatiladi. Kollektorlar sho’tkalarga sirpanib ishlagani uchun yemirilishi kuzatiladi. Yemirilishni kamaytirish uchun sho’tkalar yumshoqroq materialdan tayyorlanadi. Kollektorli o’zgarmas tok mashinalari asinxron dvigatellarga qaraganda gabariti kichikroq ammo quvvati katta bo’lishini ko’rishimiz mumkin. Bu dvigatellar 12V kuchlanishli o‘zgarmas tokda ishlashini yaxshi bilamiz. Shuningdek avtomobil sanoati rivojlangani sari ko‘plab mexanizmlarni (masalan eshik oynalarini boshqarish, ko‘zgular va o‘rindiqlar holatini boshqarish va boshqalarni) elektr yuritmali boshqaruvga o‘tishida o‘zgarmas tok dvigatellarining roli katta. Ayrim sohalarda ishlatuvchi o‘zgarmas tok dvigatellari va generatorlarining asosiy ko‘rsatkichlari 17.1- jadvalda keltirilgan.

    Elektr energiyasini har qanday boshqa turdagi energiyaga aylantirishda va aksincha har qanday turdagi energiyadan elektr energiyasi hosil qilishda birlamchi enegiryaning biror qismi isrof bo‘ladi. Isrofsiz energiyani bir turdan boshqa turga aylantirish mumkin emas. Odatda energiya almashinuvi jarayonlaridagi isrofni quvvat birliklarida keltiriladi. Buning uchun isrof bo‘lgan energiyaning vaqtga nisbati olinadi Mashinaning chiqishidagi foydali quvvat Rchiq esa mashina kirishiga berilgan R kir quvvatdan Risr miqdorga farq qiladi

    Energiya almashinishi jarayonida yuzaga kelgan isroflar mashinaning foydali ish koeffitsientini (F.I.K.) aniqlaydi. Umumiy holda, mashinaning F.I.K. Mashinaning kirishidagi va chiqishidagi quvvatlari farqi absolyut isrofni, bu farqning kirish quvvatiga nisbati nisbiy isrofni beradi

    Elektr mashinalarida isroflarni, ularni yuzaga kelish tabiatiga qarab elektr isroflari, o‘zakdagi magnit isroflari, harakatlanuvchi qismlardagi mexnaik isroflar va o‘zgaruvchan isroflar kabi turlarga ajratish mumkin. Elektr isroflari. Energiyaning elektr toki ko‘rinishidagi isroflari mashina chulg‘amlarining (rotor va stator chulg‘amlari), hamda elektr kontaktlarning aktiv qarshiliklari hisobiga sodir bo‘ladi. Ma’lumki, chulg‘amlar asosan mis simlardan o‘raladi, demak mashinadagi tok isroflari mis simning aktiv qarshiligi hisobiga yuzaga keladi (shuning uchun, ingliz va amerika adabiyotlarida bu isrofni misdagi isroflar deb yuritiladi va uni Pisrof - stator copper losses-stator misidagi isrof deb belgilanadi). Umumiy holda stator va rotor chulg‘amlaridagi isroflar

    bu yerda I – chulg‘amdagi tok kuchi, R- chulg‘amning aktiv qarshiligi. Elektr isrofda elektr toki issiqlik energiyasiga aylanib sochilib ketadi. O‘zakdagi isroflar. Elektr energiyasi o‘zakda magnit maydon hosil qiladi. Mashinaning o‘zaklarida hosil qilingan magnit maydonning hammasi ham elektromagnitik jarayonlarda qatnashmaydi. Magnit maydoni o‘zak bo‘ylab tarqalganda uning bir qismi sochilib ketadi. Odatda bu sochilishni kamaytirish uchun mashinalarda o‘zaklar turli konstruksion ko‘rinishlarda yasaladi. Uyurmali toklar hisobiga sodir bo‘luvchi isroflar ham o‘zakdagi magnitik isroflarga kiradi. Magnit maydon isroflari mashinadagi isrofning asosiy qismini tashkil qiladi.
    Mexanik isroflar. Bu isrof, mashinaning harakatlanuvchi mexanik qismlaridagi (masalan podshipniklardagi) ishqalanishni yengishga sarflanadigan energiyadir. Mexanik isroflarni ikkiga ajratish mumkin, ishqalanishni yengishga sarflangan isroflar va havoning qarshiligini yengishga sarflangan isroflar. Ishqalanishga sarflangan isroflar asosan aylanuvchi va o‘zaro tegib turuvchi yuzalarda paydo bo‘ladi (masalan, podshipniklarda). Bu isroflar mashina rotori aylanishi tezligining uchinchi darajasiga proporsional. Bu isrofni kamaytirish uchun ishqalanish kuchi turli mexanik usullar bilan kamaytiriladi, Masalan podshipniklar moylanadi, ishqalanuvchi sirtlar sayqallanadi va hokazo. Mexanik isroflar va o‘zakdagi magnitik isroflar mashinaning salt rejim isroflari, deb ham yuritiladi. Chunki, mashinaning yuklamasiz salt ishlash rejimida, mashinaga berilayotgan quvvatning hammasi aynan shu isroflarni yengishga sarflanadi. Demak, mashinaning salt rejimda iste’mol qilayotgan quvvatini mexanik va magnitik isroflar quvvati deb qabul qilish mumkin. O‘zgaruvchan isroflar Ushbu isroflarni yuqorida ko‘rib o‘tilgan isrof turlariga kiritib bo‘lmaydi. Bu isroflar mashina ishlashidagi tashqi muhitning ta’siri va mashinaning yuklangan darajasiga bog‘liq holda kelib chiqadi. Bunday isrofga masalan mashinani katta yuklama bilan ishlagandagi qizib ketishi va bu qizish natijasida mashinada yuzaga keluvchi isroflarni kiritish mumkin. Ko‘rinib turibdiki, bunday isroflar asosan mashina nominal ish rejimining buzilishi oqibatida yuzaga keladi.

    Download 3,34 Mb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   28




    Download 3,34 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1 Mavzu: Avtomobillarning elektr va elektron jihozlari fanining predmeti va vazifalari Reja

    Download 3,34 Mb.