Islom dinidagi asosiy yo‘nalishlar va mazhablar




Download 1,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/52
Sana19.06.2024
Hajmi1,35 Mb.
#264388
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   52
Bog'liq
111553 ruza matnlari 2-kurs uchun

Islom dinidagi asosiy yo‘nalishlar va mazhablar 
Islom dinida ilk davrdan paydo bo‘lgan eng birinchi yirik muammo – oliy 
hokimyatni egallashga payg‘ambardan keyin kim haqliroq, degan muammo bo‘ldi. 
Halifa Ali bilan ummaviylar o‘rtasidagi taxt uchun kurashda VII asrning ikkinchi 
yarmi boshlarida horijiylarida horijiylar (arabcha – ajralib chiqqan, isyonchi) oqimi 
ajralib chiqqan. Ali Muoviya taradorlari bilan oliy hokimyatga vorislik masalasida 
muzokara olib borishga ko‘ngan. Bu xol Ali haqiqiy vorislik huquqiga ega, deb 
hisoblangan tarafdorlarning o‘rtasida norozilik tug‘dirgan. Qo‘shinning bir qismi 
(12 ming kishi) halifa Alini kelishuvchilikda ayblab, undan ajralib ketdi. Ajralib 
chiqqan qo‘shin Aliga ham, ummaviylarga (muoviya tarafdorlari) ham bab-barobar 
qarshi kurashganlar. Horijiylar harakati arablar tomonidan bo‘ysundirilgan Iroq va 
Eron aholisi, oddiy arab musulmonlar manfaatini ifodalagan. Ular o‘zlarini haqiqiy 


musulmon hisoblab, “dindan qaytgan” deb e’lon qilingan siyosiy va g‘oyaviy 
raqiblarga nisbatan murosasiz bo‘lganlar.
Horijiylik yo‘nalishi ta’limoti halifa diniy jamoat tomonidan saylanadi va unga 
bo‘ysunadi; har qanday taqvodor musulmon (hatto qo‘l yoki habash bo‘lsa ham) 
halifa bo‘lib saylanishi mumkin; agar halifa jamoat manfaatlarini himoya qilmasa 
vazifasidan bo‘shatiladi hatto qatl qilinadi. 
Horijiylar e’tiqod amaliy faoliyat bilan mustahkamlanishi lozim deb 
hisoblaganlar. Ular e’tiqodsiz va gunohkor kishilarni jazolash muddatini 
kechiktirishga qarshi turganlar. Diniy masalalarda islom “musaffoligi” tarafdori 
bo‘lib, shariat ko‘rsatmalariga qat’iy rioya qilishlari bilan ajralib turganlar.
Xorijiylar. (Аl-xavorij) Bu oqimning nomi, «chiqing», «qarshi bo‘lish», 
«isyonchilar» ma'nolarini anglatuvchi arabcha «haraja» so‘zidan olingan. Bu oqim 
islomdagi ilk sektalardan hisoblanadi. Islom olamini 1% ni tashkil etadi. U Аli bilan 
Muoviya o‘rtasida xalifalikning oliy lavozimini qo‘lga kiritish uchun olib borilgan 
keskin kurash jarayonida paydo bo‘lgan. 
Xorijiylar 661 yili Аlini o‘ldirishgan. Muoviya hukmronligi yillarida (661-
680) va undan kyoyin xorijiylarning yirik qo‘zg‘alonlari bo‘lib o‘tgan. 
Ummaviy va abbosiy halifalar VII – IX asrlarda Horijiylarga qarshi keskin urush 
olib bordi. Buning natijasida ular qirib tashlandi. Horijiylarning qolganlari Shimoliy 
Afrikada o‘z davlatini vujudga keltirdi. Hozirgi davrda horijiylarning ibodiy firqasi 
Jazoir, Tunisda uchraydi. Bugungi kunda Islom dinida sunniylik va shialik 
yo‘nalishlari amal qilib kelmoqda.

Download 1,35 Mb.
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   52




Download 1,35 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Islom dinidagi asosiy yo‘nalishlar va mazhablar

Download 1,35 Mb.
Pdf ko'rish